Moskva aeroportlaridagi parvozlar bekor qilindi: ziddiyatlar avjida, muzokaralarga umid bormi?

So‘nggi oylarda Ukraina havo hujumlari tufayli Moskva viloyatidagi aeroportlar bir necha bor ishlamay qoldi

Surat manbasi, EPA/Shutterstock

Surat tagso‘zi, So‘nggi oylarda Ukraina havo hujumlari tufayli Moskva viloyatidagi aeroportlar bir necha bor ishlamay qoldi
O'qilish vaqti: 6 daq

So‘nggi kunlarda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi vaziyat keskinlashdi. Ukraina dron hujumlari Rossiya ichki hududlariga, shu jumladan Moskva aeroportlariga ham yetib bordi. Ukrainaning Rossiyaga qarshi dron hujumlari oqibatida Moskva yirik aeroportlari vaqtincha yopildi va kamida 140 ta reys bekor qilindi, deya xabar berdi rasmiylar.

Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra hozirda Rossiyada taxminan 1 millionga yaqin o‘zbekistonlik muhojir mehnat qilmoqda. Ulardan aksariyati aynan poytaxt Moskva va Moskva viloyati hisobiga to‘g‘ri kelishi aytib kelingan.

Shuni aytib o‘tish kerakki, eng serqatnov parvozlar Rossiya- O‘zbekiston yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.

Bu yo‘nalish orasida parvozlar qatnovidagi ma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarga ko‘ra hozircha faqat O‘zbekiston Havo Yo‘llarining 21 iyul kuni rejalashtirilgan Toshkent – Irkutsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar majburiy tarzda kechiktirilishi va o‘zgartirilgan harakat jadvali bo‘yicha amalga oshirilishi e’lon qilingan.

Bu hodisalar ikki davlat o‘rtasidagi mojaroda yangi bosqichni boshlab berganiga o‘xshaydi.

Ukrainaning Rossiyaga qarshi uyushtirgan dron hujumlari jiddiy oqibatlarga olib keldi. Rossiya mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, shanba tongidan beri 230 dan ortiq Ukraina droni urib tushirilgan, shundan 27 tasi Moskva uzra bo‘lgan. Bu hujumlar tufayli Moskvaga xizmat ko‘rsatuvchi to‘rtta yirik aeroport vaqtincha yopilib, 140 dan ortiq reys bekor qilingan yoki boshqa manzillarga yo‘naltirilgan. Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (Ator) hatto 24 soat ichida Moskva aeroportlari 10 marta yopilganini xabar bergan. Kaluga viloyati va boshqa chegara hududlarida ham dron hujumlari qayd etilgan. Bu voqealar Rossiya poytaxtida aholining tinchligi va kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.

Urushning og‘ir oqibatlari va qurbonlar ikki tarafda ham bor

Rossiya hujumi tufayli Donetskda bir kechada bir nechta uy vayron bo‘lgan va yo zarar ko‘rgan

Surat manbasi, Donetsk Regional State Administration

Surat tagso‘zi, Rossiya hujumi tufayli Donetskda bir kechada bir nechta uy vayron bo‘lgan va yo zarar ko‘rgan

Ayni paytda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi havo hujumlari ham davom etmoqda. So‘nggi hujumlar natijasida kamida uch kishi halok bo‘lgan. Donetsk va Sumi viloyatlarida tinch aholi orasida qurbonlar borligi, turar-joy binolari vayron bo‘lgani xabar qilingan. Ukraina harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, Rossiya 340 dan ortiq portlovchi va soxta dron hamda 35 ta qanotli va ballistik raketalardan foydalangan, biroq ularning ko‘pchiligi urib tushirilgan. Urushning boshlanganiga deyarli uch yarim yil bo‘lgan bo‘lsa-da, har ikki tomonda ham qurbonlar soni oshishda davom etmoqda.

Ufqda muzokaralar

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bevosita o‘zi va Rossiya rahbari o‘rtasidagi uchrashuv tinchlikni ta’minlashning yagona yo‘li ekanini aytdi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bevosita o‘zi va Rossiya rahbari o‘rtasidagi uchrashuv tinchlikni ta’minlashning yagona yo‘li ekanini aytdi.

Vaziyatning og‘irligiga qaramay, diplomatiya uchun eshiklar butunlay yopilmagan ko‘rinadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining yangi bosqichini taklif qildi. Uning aytishicha, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov kelasi hafta Rossiya tomoni bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan.

Zelenskiyning o‘zi ham Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini takrorlab, "Tinchlikni chinakam ta’minlash uchun yetakchilar darajasidagi uchrashuv zarur"ligini ta’kidladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin "Ukraina masalasini tinch yo‘l bilan yakunlash istagi" borligini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Moskva o‘zining "maqsadlariga erishish"ni ustuvor vazifa deb biladi.

Istanbul muzokaralarida o‘t ochishni to‘xtatishga erisha olinmagan bo‘lsa-da, mahbuslar almashinuvi va halok bo‘lgan askarlar jasadlarini qaytarish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Biroq, Ukraina muzokarachilari Rossiya "so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish" talabini rad etganini bildirishgan. Rossiya esa, Ukrainadan ko‘proq hududlarni berish va G‘arb harbiy yordamidan voz kechishni talab qilmoqda.

Rossiya esa, Ukrainadan ko‘proq hududlarni va G‘arb harbiy yordamidan voz kechishni talab qilmoqda.

Kimga bosim, kimga yordam

Tinchlik kelishuvlarida AQShning pozitsiyasi ham diqqatga sazovor. Prezident Donald Tramp Ukrainaga NATO mamlakatlari orqali "eng ilg‘or qurollar" yuborilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u agar urushni tugatish bo‘yicha kelishuv 50 kun ichida amalga oshmasa, Rossiyaga jiddiy tariflar qo‘llash bilan tahdid qildi va hatto Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan 100% ikkilamchi tariflar joriy etishini aytdi. Bu Trampning Putinni qattiq tanqid qilganini va "hafsalasi pir bo‘lganini" bildirganini ko‘rsatadi.

"Yakshanba kungi intervyusida Peskov bu holatga izoh berar ekan, shunday dedi: "Hamma Trampning ancha keskin va ochiqdan-ochiq gapirish uslubiga ko‘nikib qolgan. Shunga qaramay, u tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish uchun bor kuchini ishga solish niyatida ekanini tasdiqlaydi."

Hozirda Rossiya Ukraina hududining taxminan 20 foizini, shu jumladan 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim yarimorilini nazorat qilmoqda. Ziddiyat harbiylashgan holatda qolayotgan bir paytda, muzokaralarga bo‘lgan umid yana paydo bo‘lmoqda. Ammo bu muzokaralar urushni yakunlab, tinchlikka olib keladimi yoki shunchaki navbatdagi qurbonlar almashinuviga xizmat qiladimi, buni vaqt ko‘rsatadi.

18 iyul: Ukraina AQSh bilan "mega-shartnoma"ni muhokama qilmoqda, Tramp Zelenskiyga himoyadan hujumga o‘tishni tavsiya qildimi?

Zelenskiy "mega-shartnoma" tafsilotlarini bermagan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Zelenskiy "mega-shartnoma" tafsilotlarini bermagan

Prezident Zelenskiy Ukraina va AQSh "mega-shartnoma"ni muhokama qilayotganini aytdi. Washington Postga ko‘ra, Tramp Zelenskiy bilan suhbatda Ukraina himoyada qolmasdan hujumga o‘tish kerakligini aytgan.

"Mega-shartnoma"

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy New York Post nashriga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan "mega-shartnoma" haqida muzokara olib borayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ukraina urushda sinab ko‘rilgan ukrain dronlarini AQShga sotadi va bunga javoban AQShdan qurollar xarid qiladi.

Zelenskiy Amerika havo himoya tizimlarini "dunyodagi eng yaxshi" deb atadi. U shartnomaning boshqa tafsilotlarini oshkor etmagan.

New York Postning yozishicha, ukrain dronlari Rossiya hududining olis qismigacha yetib borib, nishonlarni yo‘q qilish qobiliyatiga ega.

"Amerika xalqi bu texnologiyaga muhtoj, va siz uni o‘z arsenalingizda bo‘lishi kerak", - degan Zelenskiy intervyusida.

14 iyul kuni Tramp NATO doirasida Yevropa davlatlari Amerika qurollarini, ayniqsa Patriot havo mudofaa tizimlarini sotib olib, ularni Ukrainaga berishga kelishib olganini e’lon qildi. Shu kuni u agar Rossiya 50 kun ichida Ukraina bilan sulhga rozi bo‘lmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga "juda qattiq bojlar" joriy etilishini va’da qildi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ma’qulladi — Reuters

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar rahbari Kaya Kallasning aytishicha, bu "Rossiyaga qarshi hozirgacha qabul qilingan eng qattiq sanksiyalar paketlaridan biri"dir. Kallas Yevropa Ukrainaga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovidan voz kechmasligini va Rossiya urushni tugatmaguncha bosimni kuchaytirishda davom etishini ma’lum qildi.

YeIning Rossiyaga qarshi 18-paket sanksiyasi G7 davlatlari uchun xom neft narxining eng yuqori chegarasini bir barrel uchun taxminan 47,6 dollarga tushirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sanksiyalar "Shimoliy oqim-1" va "Shimoliy oqim-2" gaz quvurlariga oid yangi bitimlarga taqiq qo‘yilishini ham nazarda tutadi, deb xabar beradi Reuters.

Aloqador mavzular:

17 iyul kuni Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqidagi mamlakat vakillariga 18-paket sanksiyani qo‘llab-quvvatlashni buyurganini aytdi.

Video bayonotida Fitso Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan Slovakiya uchun gaz narxlari bo‘yicha kafolatlar haqida kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Slovakiya tomonidan sanksiyalarni yana to‘sib qo‘yish "samarasiz va manfaatga zid" bo‘lar edi.

Slovakiyaning veto qo‘yishi 18-paketning qabul qilinishidagi yagona to‘siq edi. Avvalroq Bratislava Yevropa Ittifoqi tashabbusini olti marta bloklagan edi.

Tramp Zelenskiyga Ukraina mudofaada qolsa urush taqdirini o‘zgartirolmasligini aytgan

Getty Images
Donald Tramp Volodimir Zelenskiyga Ukraina urush taqdirini mudofaada qolgan holda o‘zgartirolmasligini aytgan va hujumga o‘tish zarurligini ta’kidlagan.
Washington Post nashri
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

Washington Post gazetasining yozishicha, 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati davomida AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Ukraina urush taqdirini mudofaada qolgan holda o‘zgartirolmasligini aytgan va hujumga o‘tish zarurligini ta’kidlagan. Nashr bu haqda Ukraina amaldoriga tayanib xabar berdi.

Suhbat paytida Tramp Zelenskiydan "Ukraina Moskva yoki Sankt-Peterburgni bombardimon qila oladimi?" deb so‘ragan. Zelenskiy esa: "Agar kerakli qurollar bo‘lsa — qila olamiz", deb javob bergani qayd etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Hafta boshida g‘arb OAVlari ushbu suhbat haqida yozgan, ammo boshqacharoq tarzda yoritgan edi.

Bu qo‘ng‘iroq haqidagi savolga Tramp keyinchalik shunday javob berdi: "Yo‘q, u [Zelenskiy] Moskvaga zarba bermasligi kerak". Shuningdek, u Ukrainaga Rossiya poytaxtiga yeta oladigan uzoq masofali qurol yetkazish niyati yo‘qligini aytdi.

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levittning ta’kidlashicha, Tramp haqiqatdan ham Ukraina Rossiya hududida zarba berish imkoniyatiga ega-egamasligi haqida so‘ragan, ammo uning so‘zlari kontekstdan sug‘urib olingan. Uning aytishicha, Tramp faqat ma’lumot olishni xohlagan, bunday harakatlarni rag‘batlantirmagan.