Serbiyadagi o‘zbek migrantlar matbuot va diplomatlar e’tiborida

Maqola skrinshoti

Surat manbasi, balkaninsight.com

O'qilish vaqti: 7 daq

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Serbiya va boshqa Bolqon mamlakatlarida O‘zbek migrantlari ekspluatatsiya qilinayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Serbiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarning xavfsizligi, sharoitlarda ishlashi va har qanday ekspluatatsiyadan himoyalanishi masalalari Elchixonaning doimiy diqqat markazida turadi", deya xabar tarqatdi elchilik o‘zining Telegram kanalida.

Iqtibos

Surat manbasi, .

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

5 may. Rossiya elchisiga o‘zbek migrantlar ahvolidan xavotir bildirildi

Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov uchrashdi.

Surat manbasi, gov.uz

Surat tagso‘zi, Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov uchrashdi.

Rossiyaning Toshkentdagi elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib Rossiyada mehnat muhojirligida band bo‘lgan o‘zbekistonliklarning haq-huquqlari poymol etilayotganidan norozilik bildirildi.

Bu haqda gov.uz veb-sayti xabar qildi.

Uchrashuv 2 may kuni bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qilgan.

Aloqador mavzular

"Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini kelishib oldilar", deyiladi xabarda.

"Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha hamkorlik yuqori darajada ekanini ta’kidladilar: har yili konsullik masalalari yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, migratsiya sohasida ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan: O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishlash uchun tashkiliy jalb etish masalalarini tartibga solish yuzasidan ikki tomonlama ishchi guruh har oy muntazam yig‘ilishlar o‘tkazmoqda", deyiladi xabarda.

"O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam maslahatlashuvlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishga, konsullik xizmatlari sohasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Bularga fuqarolarning jo‘nab ketishidan oldingi til va kasbiy tayyorgarlik, ruxsat berish tartib-taomillarining bir qismini O‘zbekistonda amalga oshirish va qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash kabi masalalar kiradi", deyiladi gov.uz xabarida.

Iqtibos

Surat manbasi, .

"Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini Rossiya Federatsiyasida O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qo‘pol muomala holatlari haqidagi ko‘payib borayotgan xabarlarga qaratdi.

Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buzish hisoblanishi, bu huquq va erkinliklar esa yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, ko‘tarilgan masalani sinchkovlik bilan o‘rganish va O‘zbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarining ikki mamlakat hududidagi huquq va erkinliklarini o‘zaro ta’minlash bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishildi", deyiladi gov.uz xabarida.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tashkillashtirgan ushbu muloqot Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Samarqandda aytgan gaplari O‘zbek jamoatchiligida noroziliklarga sabab bo‘lgani ortidan bo‘lib o‘tdi.

Samarqanddagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘ygan Sergey Lavrov nega rus tilida yozuv yo‘qligini aytdi, "Ona muqaddas", dedi.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning inson huquqlari ham muqaddasligini eslatdi.

"Har bir mamlakat o‘zining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozishini faqat o‘zi hal qiladi. Chetdan kelib, boshqa davlatning Tashqi ishlar vaziri bizni tanqid qilishi noto‘g‘ri. Zero, biz ularning koloniyasi emasmiz!" deb yozdi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

2 may. Rossiya qurilishda O‘zbekiston migrantlarisiz qiynalmoqda, AQSh Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi, Rossiya safida jang qilayotgan o‘zbekistonliklar xabari tekshiriladi

Qurilish

Surat manbasi, Getty Images

Rossiya qurilish sohasi Rossiyaga kelmay qo‘ygan O‘zbekiston va Tojikistonlik migrantlarning yetishmasligi sabab og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. O‘zbekiston tegishli idoralar 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining Rossiya armiyasida jang qilayotgani haqidagi xabarni tekshirishni boshladi. AQSh deportatsiya borasidagi ko‘magi uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.

Bir vaqtlar gurkuragan Rossiya qurilish sohasi qiyin kunlarni boshidan kechirmoqda. Buning asosiy sababi O‘zbekiston va Tojikistonlik migrantlarning kelmay qo‘ygani hamda banklardagi yuqori foiz stavkasi ekanligi aytilmoqda.

Rossiya Markaziy Osiyolik migrantlarning o‘rnini to‘ldirish uchun janubiy Osiyo davlatlari ishchilariga murojaat qilmoqda. Ushbu choralar hozircha samara bermayotgani aytilmoqda.

Ukrainadagi urushga erkaklarni ommaviy jalb qilish va 2024 yili Moskva yaqinidagi kontsert zalida ro‘y bergan halokatli hujumdan so‘ng Markaziy Osiyodan kelayotgan muhojirlarga qo‘yilgan cheklovlar Rossiyada ishsizlik darajasini tarixiy past ko‘rsatkich – 2.3%ga tushirib yubordi.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Ishsizlik darajasining pastligi va Ukrainada urishayotganlar uchun to‘lanayotgan katta pul Rossiya iqtisodiyotida maoshlar uchun mezonga aylandi. Bu maoshlar o‘sishi spiralini keltirib chiqardi va ayniqsa qurilish kabi zaif sohalardagi kompaniyalarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.

Vaziyatning jiddiyligi bu masalaga Prezident Putinning e’tibor qaratishiga olib keldi.

"Quruvchilarning qarzlari ortib bormoqda, bu biznesning barqaror faoliyatini xavf ostiga qo‘yadi. Hatto bozordan butunlay chiqib ketish ehtimoli mavjud. Bu esa sohadagi ishchi kuchining qisqarishiga olib kelib, butun iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Hukumat Rossiya Markaziy banki bilan birgalikda mavjud vaziyatga xos choralar ko‘rishi lozim", dedi Vladimir Putin.

Aloqador mavzular:

Qurilish shirkatlari markaziy foiz stavkalari yuqoriligi va geosiyosiy vaziyatning murakkabligi qiyinchilik tug‘dirayotganini aytishmoqda.

Rossiya Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 21%gacha oshirdi — bu 2000-yillar boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. Qurilish sohasida esa o‘tgan yili ish haqi 35%ga o‘sdi. Bu sohada hozirgi kunda 400 minggacha ishchi yetishmayotgani aytilmoqda.

"Qurilish sohasidagi ishchi kuchi yetishmovchiligi iqtisodiyotda yuqori uchtalikka kiradi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 200 000 dan 400 000 gacha ishchini tashkil etadi. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston va tojikistonlik mehnat migrantlarining katta oqimi ortga qaytayotgani sir emas. Uning turli sabablar bor", deydi Bel Development qurilish kompaniyasi bosh direktori Yelena Komissarova.

Rossiyada qurilish sohasi ko‘p yillar davomida O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan yuz minglab muhojirlar hisobiga rivojlanib keldi. Ular rus tilini biladi va past maoshga rozi bo‘lib ishlashardi.

BBC
Qurilish sohasidagi ishchi kuchi yetishmovchiligi iqtisodiyotda yuqori uchtalikka kiradi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 200 000 dan 400 000 gacha ishchini tashkil etadi.
Yelena Komissarova
Bel Development qurilish kompaniyasi bosh direktori (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Biroq hukumat so‘nggi yillarda migrantlar uchun qoidalarni qattiqlashtirdi.

Jumladan, yangi qoidalarga ko‘ra, migrantlar Rossiyaga kirganidan so‘ng 60 kun ichida ish topishi shart, aks holda ular deport qilinadi va Rossiyaga kirishi besh yilga taqiqlanadi.

Yangi cheklovlar, rublning qadrsizlanishi va Markaziy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy o‘sish mintaqadan ishchi kuchi oqimini sekinlashtirdi.

Rossiya ushbu migrantlarning o‘rnini to‘ldirish uchun yangi bozor izlay boshladi.

Osiyoning Hindiston, Pokiston va Shri-Lanka davlatlari ushbu bo‘shliqni to‘ldirish uchun ehtimoliy manbalar qatorida ko‘rilmoqda.

Rossiya Iqtisodiyot vaziri Maksim Reshetnikov mart oyida Rossiya migrantlar oqimini sobiq Sovet respublikalaridan tashqaridagi Osiyo davlatlari hisobiga kengaytirishi kerakligini aytdi.

Biroq rus tilini bilmaydigan va yetarli malakaga ega bo‘lmagan ishchilar kelayotgan Janubiy Osiyo hozircha kutilgan samarani bermayapti.

"Yaqinda yirik ko‘chmas mulk shirkati Samolet Hindistondan ishchilarni tajriba sifatida olib keldi. Biroq, bu loyiha hozircha ijobiy natija bermadi. Buning asosiy sabablari til va mentalitet farqi, shuningdek, umuman malakasiz ishchilarni olib kelishgan", deydi Yelena Komissarova.

Malakali va til bilgan migrantlarning ketib qolishi sabab Rossiya iqtisodiyoti zarar ko‘rayotgan bo‘lsa-da, mamlakatda Markaziy osiyolik migrantlarga nisbatan munosabat ijobiy tomonga o‘zgarmayapti.

Ular mehnat qilayotgan, hordiq chiqarayotgan va sport bilan shug‘ullanayotgan ob’ektlarga niqobli reydlar bot-bot uyushtirilmoqda. Migrantlarga kuch ishlatib, tahqiromuz qo‘lga olishlar davom etmoqda.

Ana shunday reydlardan birida hammomdagi Qirg‘iziston fuqarolarining tepkilanib qo‘lga olinishiga Qirg‘iziston hukumati rasmiy e’tiroz ham bildirdi.

Biroq Rossiya rasmiylari ushbu reydlar qonuniy asosda o‘tkazilayotganini ta’kidlamoqda.

Rossiya safida jang qilayotgan o‘zbekistonlik xabari tekshiriladi

Yevgeniy Prigojin o‘z guruhi uchun qamoqxonadagi mahbuslarni ham jalb qilardi

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Yevgeniy Prigojin o‘z guruhi uchun qamoqxonadagi mahbuslarni ham jalb qilardi

O‘zbekiston vakolatli idoralari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar fuqaro haqidagi ma’lumotlarni tekshirishni boshladi.

Bu haqda , gazeta.uz Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonovga tayanib yozmoqda.

Rossiya harbiylariga o‘z ixtiyori bilan asirga tushishda yordam berish uchun yaratilgan Ukrainaning "Yashashni istayman" davlat loyihasi Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan va Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashgan O‘zbekiston fuqarolarining nomma-nom ro‘yxatini e’lon qilgan.

TIV matbuot kotibi "Mamlakatdan tashqarida harbiy harakatlarda ishtirok etish respublika qonunchiligida taqiqlangan. Tegishli choralar ko‘riladi", degan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Vazirlik O‘zbekistonda ikki fuqarolik taqiqlangani va tegishli choralar ko‘rilishini ham ma’lum qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston rasmiylari "O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi har qanday harbiy harakatlarga jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib" borayotganini ta’kidlagan.

Ushbu xabarni o‘z sahifasida joylagan anhor.uz sayti 2025 yil 30 aprel kuni tahririyatga uni olib tashlash talabi qo‘yilgan soxta xat kelganini yozdi.

Maktub Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz nomidan yozilgan.

Ammo nashr Telegramdagi ushbu bot soxtaligini aytgan va boshqa hamkasblarini ham ogohlikka chaqirgan.

Migrantlarning deportatsiyasi uchun AQSh Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekistonliklar bir qismi AQShga Meksika orqali borgan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, O‘zbekistonliklar bir qismi AQShga Meksika orqali borgan

AQShning Ichki Xavfsizlik departamenti Prezident Shavkat Mirziyoyevga 131 nafar insonni — ularning ko‘pchiligi o‘zbekistonliklar — deportatsiya qilish uchun reys tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

Hisobotda qayd etilishicha, ushbu reysda Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham bor edi.

AQSh Ichki Xavfsizlik departamentiga ko‘ra, deportatsiya amaliyoti to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgan va bu "ikki davlat o‘rtasidagi yaqin xavfsizlik hamkorligini namoyon etib, AQSh ittifoqchilari uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi".

Departament rahbari Kristi Noemning aytishicha, AQSh tomoni O‘zbekiston bilan "o‘zaro xavfsizlikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarda hamkorlikni davom ettirish niyatida".

30 aprel kuni 100 dan ortiq o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilingan. Nova24.uz xabarida ta’kidlanishicha, deportatsiya paytida o‘zbek diplomatlari "insonparvarlik tamoyillariga rioya etilishini kuzatib borgan".