Hillari Klinton Tramp ma’muriyatini Epshteyn hujjatlarini bosti-bosti qilishda aybladi

Hillari va Bill Klintonlar ham Epshteyn fayllarida tilga olingan
Surat tagso‘zi, Hillari va Bill Klintonlar ham Epshteyn fayllarida tilga olingan
    • Author, Bi-bi-si yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 2 daq

Hillari Klinton AQSh Prezidenti Donald Trampning ma’muriyatini seks-jinoyatchi Jeffri Epshteynga bog‘liq hujjatlarni "bosti-bosti" qilishda aybladi.

"Hujjatlarni oching. Ular imillashyapti", dedi sobiq AQSh Davlat kotibi Klinton VVS bilan Berlinda o‘tgan intervyusida.

Oq Uy shu paytgacha ochiqlagan hujjatlar bilan Epshteynning qurbonlariga "demokratlardan ko‘ra ko‘p" yordam qilganini bildirgandi.

Fevralning boshida marhum jinsiy zo‘ravon Epshteynga bog‘liq millionlab yangi fayllar AQSh Adliya vazirligi tomonidan ommaga taqdim qilindi. Lekin, hammasi emas.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

O‘shanda Bosh prokurorning muovini yana uch million sahifa undagi tibbiy tafsilotlar, bolalar zo‘rlanishiga oid ochiq tasvirlar va boshqa materiallar borligi uchun ochiqlanmayotganini, hamda bu tergovga daxl qilishi mumkinligini aytgan.

Hillary Clinton
Reuters
Bizning yashiradigan hech nimamiz yo'q. Biz qayta-qayta Epshteyn fayllari ochilishiga chaqirganmiz.
Hillari Klinton
Sobiq AQSh davlat kotibi, sobiq prezident Bill Klintonning rafiqasi (bbc.com/uzbek)

Hillari Klinton va uning turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Bill Klinton ham Epshteyn bilan aloqada bo‘lganlar.

Er-xotin u bilan aloqalari haqida Kongress hay’ati oldida chiqishga roziliklarini bildirishgan.

"Bizning yashiradigan hech nimamiz yo‘q. Biz qayta-qayta bu fayllar ochilishiga chaqirganmiz", - dedi Klinton xonim, savol-javob jamoatchilikka ochiq bo‘lishini istashini ayta turib.

Uning aytishicha, Klintonlardan Trampdan e’tiborni chalg‘itish uchun foydalanilmoqda.

Hillari Klinton Epshteyn bilan hech qachon uchrashmagani, lekin uning yaqin do‘sti Gileyn Maksvellni "bir necha marta" uchratganini bildirdi.

Bill Klinton Oq Uyda Gileyn Maksvell va Jeffri Epshteyn bilan

Surat manbasi, Bill Clinton Presidential Library

Surat tagso‘zi, Bill Klinton Oq Uyda Gileyn Maksvell va Jeffri Epshteyn bilan
Donald Tramp Epshteyn bilan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Donald Tramp Epshteyn bilan

Bill Klinton esa Epshteyn bilan tanish bo‘lgani, lekin u bilan 20 yil avval aloqalarni uzganini aytgandi.

Hillari va Bill Klintonni Epshteyn jinoyatlarining qurbonlari hech nimada ayblashmagan. Klintonlar o‘sha vaqtda Epshteynning jinsiy jinoyatlaridan bexabar bo‘lishganini aytishgan.

Adliya vazirligi "Epshteyn fayllari shaffofligi to‘g‘risidagi qonun"ga muvofiq barcha hujjatlarni ommalashtirganini aytyapti. Ammo, Trampning partiyadoshlaridan biri, Respublikachi Kongressmen Tomas Massi hukumatning bu fayllar borasidagi ichki yozishmalari ham ochilishiga chaqirdi.

Epshteyn 2019 yil 10 avgustda Nyu-Yorkdagi turmada jinsiy savdo ayblari bo‘yicha sudni kutayotganida o‘lgan.

Epshteynga bog‘liq hujjatlarda tilga olingan Tramp qayta-qayta jinoyat qilmaganini va u bilan aloqalarni o‘nlab yil avval uzganini aytgan.