Biz Xitoy mehmonxonasida seks bilan shug‘ullandik, so‘ng bu minglab odamlarga ko‘rsatilganini angladik (Video)

- Author, Wanqing Zhang
- Role, BBC Global China Unit and Eye Investigations
- O'qilish vaqti: 6 daq
2023 yilning bir kechasi Erik o‘zi ijtimoiy tarmoqda o‘zi tez-tez kiradigan pornografiya kanalida o‘tirardi. Shunda uning bir videoga ko‘zi tushdi va qotib qoldi.
Videoda xonaga kirib, sumkalarini qo‘yib, keyin jinsiy aloqada bo‘lgani ko‘ringan juftlik uning o‘zi va qiz do‘sti edi. Uch hafta oldin ular Xitoyning janubidagi Shenchjen shahridagi mehmonxonada tunab qolishganida yolg‘iz emasliklarini bilishmagan.
Ularning eng sirli onlari xonada yashiringan kamera tomonidan suratga olingan va tasvirlar Erikning o‘zi pornografiyaga kirish uchun foydalanib kelgan kanalda o‘tirgan minglab notanish odamlarga ko‘rsatilgan.
Erik (uning asl ismi emas) endi shunchaki Xitoydagi yashirin kamerali porno sanoatining iste’molchisi emas, balki qurboniga aylangandi.
Ogohlantirish: Ushbu hikoyada ba’zi haqoratli so‘zlar mavjud
Mamlakatda porno ishlab chiqarish va tarqatish noqonuniy bo‘lishiga qaramay, Xitoyda yashirin kamera pornosi deb ataladigan sanoat kamida o‘n yildan beri mavjud.
Ammo so‘nggi ikki yil ichida bu masala ijtimoiy tarmoqlarda muntazam muhokama mavzusiga aylandi, odamlar, ayniqsa ayollar, qalam o‘chirg‘ich kabi kichik kameralarni qanday aniqlash bo‘yicha maslahatlar almashishadi. Ba’zilar hatto suratga olinmaslik uchun mehmonxona xonalari ichida chodir o‘rnatishgacha borishgan.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
O‘tgan yilning aprel oyida hukumatning yangi qoidalari ushbu epidemiyani to‘xtatishga harakat qildi - mehmonxona egalaridan yashirin kameralarni muntazam ravishda tekshirish talab qilindi.
Ammo mehmonxona xonasida yashirincha suratga olinish xavfi yo‘qolmadi. BBC Jahon xizmati mehmonxona xonalarida suratga olingan va porno sifatida sotilgan minglab yaqinda olingan yashirin kamera videolarini bir nechta saytlardan topdi.
Materiallarning katta qismi Telegram ilovasida reklama qilinadi. 18 oy ichida men Telegramda reklama qilingan oltita turli veb-sayt va ilovalarni topdim. Ular mehmonlarni nafaqat videoga olish, balki jonli efirda ham ko‘rsatib turgan 180 dan ortiq yashirin kameralarni boshqarishlarini da’vo qilishdi.
Men ushbu veb-saytlardan birini yetti oy davomida muntazam ravishda kuzatib bordim va 54 xil kamera tomonidan suratga olingan kontentni topdim, ularning yarmi bir vaqtning o‘zida ishlayotgandi.
BBC taxmin qilishicha, bu davrda minglab mehmonlar suratga olingan bo‘lishi mumkin. Bu odatiy bandlik darajasiga asoslanadi. Ko‘plar kameraga tushirilganlarini bilishlari ehtimoldan yiroq.
Gonkonglik Erik yashirincha suratga olingan videolarni o‘smirlik chog‘ida tomosha qila boshlagan va lavhalarning qanchalik "xom" ekanligiga qiziqib qolgan.
"Meni o‘ziga tortgan narsa shundaki, odamlar ularni suratga olayotganini bilishmaydi", deydi hozir 30 yoshlardagi Erik. "Menimcha, an’anaviy porno juda sahnalashtirilgan, juda soxta tuyuladi."
Ammo u o‘zi va qiz do‘sti "Emili"ning videosini topib, ta’minot zanjirining qarama-qarshi tomonida bo‘lish nimani anglatishini tatib ko‘rdi - va endi bunday kontentdan qoniqish topmayapti.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post

U Emiliga mehmonxonada qolishlari suratga olingani, bir soatlik klipga aylantirilgani va Telegramga yuklanganini aytganida, u buni hazil deb o‘yladi. Lekin keyin lavhani o‘zi ko‘rgach, dahshatga tushdi.
Emili klipni hamkasblari va oilasi ko‘rishi mumkinligidan juda qo‘rqdi. Juftlik bir necha hafta davomida bir-biri bilan gaplashmadilar.
Xo‘sh, hech narsadan shubhalanmayotgan juftliklarning yaqin jinsiy harakatlaridan pullik mijozlar uchun foydalanadigan sanoat qanday ishlaydi va buning ortida kim turibdi?
Men duch kelgan eng taniqli yashirin kamera porno savdogarlaridan biri "AKA" nomi bilan tanilgan agent edi.
Iste’molchi sifatida o‘zimni ko‘rsatib, men u tomonidan targ‘ib qilingan jonli efir veb-saytlaridan biriga kirish uchun oyiga 450 yuan (65 dollar) to‘lab qo‘shildim.
Tizimga kirgandan so‘ng, men beshta kanallardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldim, ularning har birida bir nechta mehmonxona xonalari ko‘rsatilgan - mehmon kalit kartasini kiritish orqali elektr ta’minotini ishga tushirishi bilanoq ular ishlab ketadi. Jonli efirlarni boshidan orqaga qaytarish va arxivlangan kliplarni yuklab olish ham mumkin edi.
Xitoyda taqiqlangan, ammo ko‘pincha noqonuniy faoliyat uchun ishlatiladigan Telegramda AKA ushbu jonli efirlarni reklama qilardi. Bizning tergovimiz davomida bitta Telegram kanalida 10 000 gacha a’zo bor edi.
Uning tahrirlangan jonli efir kliplari kutubxonasi ham Telegramda muayyan to‘lov evaziga mavjud. Arxivda 2017 yilgacha bo‘lgan 6000 dan ortiq videolarni ko‘rishim mumkin edi.
AKA obunachilari Telegram kanalining funktsiyasida videodagi mehmonlarni tomosha qilib, ularning tashqi ko‘rinishini baholashadi, ularning suhbatlari haqida g‘iybat qilishadi va jinsiy faoliyatini baholab, izohlar berishadi.
Ular juftlik jinsiy aloqa qilishni boshlaganda xursand bo‘lishadi va agar chiroqlarni o‘chirib qorong‘ilikka sho‘ng‘isalar, shikoyat qilishadi. Ayollar muntazam ravishda "fohishalar" va "engiloyoqlar" deya ta’riflanadi.
22 000 долларАКА агенти қарийб бир йилда кўрган даромад
6 200 долларХитойдаги ўртача йиллик даромад
Biz obunachilar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va o‘z tadqiqotlarimizdan bir nechta ma’lumotlarni to‘plash orqali Xitoyning markaziy qismidagi Jengjou shahridagi mehmonxonadan josuslik kameralaridan birini topishga muvaffaq bo‘ldik.
U yerdagi tadqiqotchilarimiz xonaga kirishga muvaffaq bo‘lishdi va linzasi to‘shakka qaratilgan kamerani devordagi shamollatish moslamasidan topishdi. U binoning elektr ta’minotiga ulangan edi.
Mehmonxonada qoluvchilar uchun "o‘ta zarur" buyum sifatida onlayn sotiladigan yashirin kamera detektori bu kamerani topa olmadi.
Jamoa maxfiy kamerani o‘chirib qo‘yganida bu xabar Telegramda yashin tezligida tarqaldi.
Jongxua [kamera nomi] olib tashlandi!" deb yozdi bir obunachi AKA tomonidan boshqariladigan asosiy kanalda.
"Bu juda yomon. Bu xonada eng yaxshi ovoz sifati bor edi!" deb javob berdi AKA chatda.
Ammo shikoyatlar bir necha soat ichida bayramga aylandi, chunki AKA boshqa mehmonxonadagi yangi kamera ishga tushirilgani haqida xabar berdi.
"Bu... [bizning jonli efir platformamiz] tezligi", dedi AKA o‘z obunachilariga. "Zo‘r-a?"
18 oylik tergov davomida biz AKA kabi o‘ndan oshiq agentni aniqladik.
Ularning obunachilar bilan olib borgan suhbatlari ular ta’minot zanjirining teparog‘idagi boshqalar uchun ishlayotganini ko‘rsatdi. Teparoqdagilar "kamera egalari" deb ataldi. Agentlarning sharhlaridan ko‘rinib turibdiki, bu odamlar josuslik kamerasini o‘rnatishni tashkil qilishgan va jonli efir platformalarini boshqarishgan.
AKA bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar almashishimiz paytida u tasodifan "kamera egasi" deb aytgan odam bilan yozishmalarining skrinshotini ulashdi. Undagi profil nomi "Brother Chun" («Chun aka») edi.
AKA xabarni tezda o‘chirib tashladi va uni muhokama qilishdan bosh tortdi, ammo biz "Chun aka" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldik. Uning AKAga jonli efir veb-saytini taqdim etganiga oid dalillarimizga qaramay, Chun aka u shunchaki oddiy savdo agenti ekanligini da’vo qildi, lekin ta’minot zanjiri o‘zidan tepaga yoyilganini tan olgandek ko‘rindi.

Ayon bo‘lgani shuki, bundan katta miqdorda pul topish mumkin. Kanal a’zoligi va obuna to‘lovlariga asoslanib, BBC AKA ning o‘zi o‘tgan aprel oyidan beri kamida 163 200 yuan (22 000 dollar) daromad olganini taxmin qilmoqda. Xitoy Statistika byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoyda o‘rtacha yillik daromad 43 377 yuan (6 200 dollar) bo‘lgan.
Xitoyda josuslik kameralarini sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha qat’iy qoidalar mavjud, ammo biz mamlakatning eng yirik elektronika bozori bo‘lgan Huaqyangbey shahrida uni sotib olish nisbatan oson ekanligini aniqladik.
Lekin, yashirin kamera pornosi uchun sudga tortilgan odamlar soni bo‘yicha aniq raqamlarni topish qiyinroq. Xitoy rasmiylari so‘nggi yillarda ancha kam sud ishlari tafsilotlarini baham ko‘rishgan, ammo biz topgan ishlar Xitoy bo‘ylab - shimoldagi Jilin provintsiyasidan janubdagi Guangdonggacha bo‘lgan.
Gonkongda joylashgan RainLily nomli nodavlat tashkiloti jabrlanuvchilarga internetdan yashirincha suratga olingan kadrlarni olib tashlashga yordam beradi. Uning vakili Blu Li o‘z guruhining xizmatlariga talab ortib borayotganini aytmoqda. Ammo, unga ko‘ra, vazifa borgan sari qiyinlashyapti.
Telegram hech qachon RainLily ning video yo kanalni o‘chirish so‘rovlariga javob bermaydi, deydi u, «buning ortidan kanal adminlari, ya’ni yashirin kamera pornografiyasini sotadigan yoki ulashadigan odamlarning o‘zlari bilan bog‘lanishga majbur bo‘lamiz, ular esa javob berishga unchalik qiziqishmaydi».
"Biz texnologik kompaniyalar bu muammolarni hal qilishda katta mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishi kerak, deb hisoblaymiz. Chunki bu kompaniyalar neytral platformalar emas. Ularning siyosati kontentning qanday tarqalishini shakllantiradi", deydi Li.

BBC ham Telegramga shikoyat funktsiyasi orqali AKA, Chun aka va ular boshqargan guruhlar o‘z platformalari orqali yashirin kamera pornosini ulashayotganini aytdi, ammo Telegram javob ham bermadi, chora ham ko‘rmadi.
O‘n kundan keyin BBCning to‘liq tergov natijalari bilan yana bog‘langanimizda, Telegram bizga shunday dedi: "Telegramning xizmat ko‘rsatish shartlari roziliksiz pornografiyani ulashishni qat’iyan taqiqlaydi" va "u har kuni millionlab zararli kontentni olib tashlash uchun proaktiv ravishda moderatsiya qiladi... va [nomaqbul kontent] haqidagi shikoyatlarni qabul qiladi".
Biz rasman Chun aka va AKAga ular bexabar mehmonxona mehmonlaridan foydalanishdan daromad ko‘rayotganliklari haqidagi xulosalarimizni taqdim etdik. Ular javob berishmadi, lekin bir necha soatdan keyin kontentni reklama qilishlari uchun foydalangan Telegram akkauntlari o‘chirilgan ko‘rindi. Biroq, AKA menga kirish huquqini bergan veb-sayt hali ham mehmonlarni jonli efirda ko‘rsatyapti.
Erik va Emili o‘z tajribalaridan ruhiy jarohat olishgan. Ular har doim jamoat joylarida tanib qolishmasin deya qalpoq kiyib yurishadi va mehmonxonalarda qolmaslikka harakat qilishadi. Erik endi bu Telegram kanallaridan porno tomosha qilish uchun foydalanmaydi, lekin baribir ularni vaqti-vaqti bilan tekshirib turadi – chunki u o‘zi tushgan video qayta paydo bo‘lishidan qo‘rqib qolgan.

























