Tramp Obamalarni "maymun" sifatida ko‘rsatilgan videoning bir qismini ko‘rmaganini aytdi
- Author, Kichik Bernd Debusmann
- Role, Oq Uydan
- O'qilish vaqti: 2 daq
AQSh prezidenti Donald ijtimoiy tarmoqlardagi Tramp Barak va Mishel Obamalar maymun sifatida tasvirlangan irqchilik ruhidagi videoni "ko‘rmagan"ini ta’kidladi.
Tanqidlar markazida "The Lion Sleeps Tonight" - "Bu tun sher uxlayapti" qo‘shig‘iga moslab tayyorlangan 62 lahzalik videolavhaning so‘nggi qismi.
Videoda 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridagi ovoz berish jarayonlarida soxtakorliklar bo‘lgani haqidagi iddaolar ilgari surilgan.
Keyinchalik video o‘chirib tashlandi.
Juma kuni jurnalistlarga gapirgan Tramp, uzr so‘rash-so‘ramasligi haqidagi savolga: "Men xato qilganim yo‘q", deb javob berdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, video xodim tomonidan joylashtirilishidan oldin u faqat boshini ko‘rgan va unda Obamalarning lavhada maymun kabi tasvirlanganidan xabari bo‘lmagan.
Respublikachi senator, asli kelib chiqishi afroamerikalik bo‘lgan Tim Skott buni "Oq uy tomonidan sodir etilgan o‘ta irqchi kayfiyatdagi amal" deb baholagan.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Surat manbasi, Reuters
Eski adovat va yangi bahslar
Rangli aholi huquqlarini himoya qilish milliy assotsiatsiyasi (NAACP) prezidenti Derrik Jonson videoni "jirkanch" deb atadi va Trampni jamoatchilik e’tiborini Epshteyn ishi va "inqirozga yuz tutayotgan iqtisod"dan chalg‘itishda aybladi.
Obama ma’muriyati davrida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari bo‘lgan Ben Rouds shunday dedi: "Kelajak avlod Obamalarni sevimli arboblar sifatida eslasa, Trampni mamlakatimiz sha’nidagi dog‘ sifatida o‘rganadi. Tramp va uning irqchi izdoshlarini bu malomat ta’qib qiladi".
Kelajak avlodlar Obamalarni sevimli arboblar sifatida eslasa, Trampni mamlakatimiz sha’niga dog‘ sifatida o‘rganadi. Tramp va uning irqchi izdoshlarini bu malomat ta’qib qiladi.
Illinoys gubernatori Jey Bi Prisker esa qisqacha qilib: "Donald Tramp — irqchi", deb yozdi.
Ushbu lavha 2020 yilgi saylovlarda Michigan shtatidagi "fitnalar" haqidagi iddaolarni ham o‘z ichiga olgan.
Bu iddaolar avvalroq sud jarayonlarida o‘z isbotini topmagan va rad etilgan edi.
Donald Tramp Obamalarni uzoq vaqtdan beri tanqid qilib keladi. Prezidentlik davridan oldin ham u Obamaning Amerikada tug‘ilganini shubha ostiga olib, uning Keniyada tug‘ilgani haqida asossiz da’volarni ilgari surgan edi. Keyinchalik u Obamaning AQShda tug‘ilganini tan olgan.




































