O‘zbekiston: Telefonda gaplashib, oyiga 10 million topayotgan Sarvigul

O‘zbekiston: Telefonda gaplashib, oyiga 10 million topayotgan Sarvigul - 100 Ayol (Video)
Sarvigul

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, O‘zimning fikrimni aytadigan bo‘lsam, farzandi ilmli, qobiliyatli bo‘lishini istagan ayol-ona rivojlanishdan to‘xtashi kerak emas, deydi Sarvigul.
    • Author, Yulduz Abdurashidova
    • Role, Jurnalist, O‘zbekiston
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Sarvigul "Allo, assalomu alaykum. Sizni "Kutilmagan qo‘ng‘iroq. Quvonch ulashamiz" loyihasidan Sarvigul Xo‘jaqulova bezovta qilyapti", deya har kuni o‘nlab notanish insonlar bilan muloqotga kirishadi, ularning kayfiyatiga kayfiyat qo‘shishga harakat qiladi.

Uning ta’kidlashicha, dastlab bu ishini shunchaki boshlagan, biroq bugun faoliyati muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatish sohasiga aylandi, ikki kishini ish bilan ham ta’minladi.

Hali ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, hozir Sarvigulning oyiga o‘rtacha 9-10 mln so‘m daromadi bor.

Aloqador mavzular:

Skip Bizga a’zo bo‘ling: and continue readingBizga a’zo bo‘ling:

End of Bizga a’zo bo‘ling:

Sarvigul

Sarvigul

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, Sarvigulning aytishicha, ishi ham, daromadi ham o‘ziga yoqadi. Chunki bu shaxsiy biznes, deydi u.

Sarvigul Xo‘jaqulova 26 yosh, ikki qizning onasi.

Ayni paytda Telegram'da onlayn tabrik, dil izhorlari yo‘llash uchun xizmat ko‘rsatadigan

"Kutilmagan qo‘ng‘iroq, quvonch ulashamiz" loyihasi asoschisi va boshlovchisi.

U buyurtmalar asosida turli dil izhorlarini, tug‘ilgan kun tabriklarini egalariga yetkazadi.

Bugun uning hikoyasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Farzand, ish, ro‘zg‘or

Sarvigul

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, Har bir ishni o‘ziga yarasha qiyinchiligi bo‘lganidek, bizning ishimizda ham ancha-muncha, noqulay vaziyat va qiyinchiliklar bor, deydi Sarvigul.

2024 yil O‘zJOKUning teleradio yo‘nalishini tamomladim.

Avvaliga rosa o‘ylaganman, qayerga ishga kirsam bo‘ladi, nima ish qila olaman, ishga kirsam farzandlarimga qanaqa qarayman: davlatni bog‘chasiga beray desam yoshi yetmaydi, xususiylar juda qimmat.

Men ham ishlab, ham bolalarimga qarab, ham ro‘zg‘orimni qilishim kerak, derdim doim. Shaxsiy daromadim bo‘lishini ham istaganman.

Bu loyihani boshlaganimga ko‘p bo‘lmadi, uch oy oldin biroz qo‘rquv, hadik va ikkilanishlar bilan faoliyatimni boshlaganman.

Ko‘p o‘ylardim qo‘limda diplomim bor, endi nima qilaman, deb:

Bu bir parcha qog‘oz menga qanday imkoniyat beradi? Men qaysi ishim bilan qobiliyatimni namoyon eta olaman? Men ta’lim olishim uchun sarflangan mablag‘larni oqlay olamanmi? Yosh bolaliman deb uyda vaqtimni, umrimni behuda o‘tkazmayapmanmi, degan juda ko‘p savollar bilan boshlashga qaror qilganman.

Ilk qo‘ng‘iroq

Sarvigul

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, Sarvigulning aytishicha, moliyaviy mustaqil bo‘lishni, turmush o‘rtog‘ining qo‘liga qarab qolmaslikni istagan.

Aslida sababchilar yaqin dugonalarim bo‘ladi desam, to‘g‘ri bo‘ladi.

Sinfdosh dugonam men kabi faoliyat olib borayotgan boshqa bir guruhga tabrik buyurtma qildirib, uni biz bilan bo‘lishgandi, shunda narxini so‘radim va sinfdosh qizlar guruhida "shu ishni men qilsam bo‘lmasmikin," deb hazil tariqasida yozgandim.

Bir necha kundan so‘ng, Dilnoza ismli dugonam "xolamni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab ber, faqat hozir qo‘ng‘iroq qilib berishing kerak, chunki ular chet elda, bizni vaqtimizdan ancha oldinda yuradi, keyin kech bo‘ladi", deb qoldi.

Juda hayajon bilan, tayyorgarliksiz qo‘ng‘iroqni amalga oshirdim, bir-ikki kun o‘tib, guruh ochishga qaror qildim. Ammo juda ikkilandim, guruhga qo‘shgan, taklif qilgan a’zolarim chiqib ketishsa, uyalib qolsam-chi deya. Allohga shukr-ki, qo‘rquvlarim noo‘rin bo‘lib chiqdi. O‘ylaganim, kutganimdan ancha tez rivojlanib ketdi.

Nafaqat o‘zim, balki bir nechta kishini ish bilan ta’minladim.

Uyda o‘tirib, ikki nafar hali bog‘cha yoshiga yetmagan bolalarim bilan insonlarga quvoch ulashib, ko‘pchilikning duosini olib, olib kelyapman.

Oldin hech qaerda ishlamaganman, farzand tarbiyasi, rafiqa, kelinlik vazifalari bilan band edim.

Soham bo‘yicha ikkinchi kurs paytim juda qisqa vaqt "O‘zbekiston 24" kanalida amaliyot o‘taganman, xolos.

Puldan muammo bo‘lmagan. Chunki menga ikkita telefon bo‘lsa, bas.

Ammo moliyaviy mustaqil bo‘lishni, turmush o‘rtog‘imning qo‘liga qarab qolmaslikni istaganman.

Eng muhimi, "qalb kasb"im bilan boshqacha shaklda bo‘lsa ham shug‘ullanish maqsadim edi. Yana bir asosiy sabab borki, buni aytishni joiz deb bilmadim.

Ammo oson emas...

Sarvigul

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, O‘zim qanday kayfiyatda bo‘lishimdan qat’i nazar, bolalarim kasal bo‘lib qolishiga qaramay, odamlarga quvonch hadya etishga harakat qilaman, deydi Sarvigul.

Har bir ishni o‘ziga yarasha qiyinchiligi bo‘lganidek, bizning ishimizda ham ancha-muncha, noqulay vaziyat va qiyinchiliklar bor.

Ayniqsa, yosh bolali bo‘lganligim va ularga qarab turadigan yordamchi bo‘lmagani juda ko‘p qiynaydi va ancha vaqtim ularga ketadi.

Shu sabab, mijozlar aytgan vaqtida qo‘ng‘iroq qilolmay qolaman, ayni tabrik qilayotgan paytim bolalarim yig‘lab qoladi, yiqilib tushadi va juda tez gapirib, she’rlarni ham haddan tashqari tez o‘qib, go‘shakni qo‘yishga to‘g‘ri keladi.

Ko‘pchilik iltimos bizni tabrigimizni sekinroq o‘qib bering, deyishadi, xijolat bo‘laman, afsuski, ular aytgandek qilib beradigan sharoitim yo‘q, bu ham vaqtinchalik holat, aslida.

O‘zim qanday kayfiyatda bo‘lishimdan qat’i nazar, bolalarim kasal bo‘lib qolishiga qaramay, odamlarga quvonch hadya etishga harakat qilaman.

Asabiy bo‘lib qolganman... Juda asabiylashib, boshim yorilay deb og‘rib, kayfiyatim umuman yo‘q bo‘lgan vaqtlar ham tabassum bilan odamlarga qo‘ng‘iroq qilib tabriklarni yetkazishim kerak.

Ko‘chalarda, noqulay vaziyatlarda qo‘ng‘iroq qilishimga ham to‘g‘ri keladi.

Ba’zida telefonda gaplashganimni yozib olish esimdan chiqib ketadi yoki bilmasdan o‘chirib yuborib keyin qayta telefon qilaman.

Ayrimlarga telefon qilsam, gapimni eshitmay o‘chirib qo‘yadi, ba’zilar o‘rtoqlari bilan tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘lsa, telefonnini unisidan bunisiga berib, kulishadi, o‘yin qilgandek.

Bir xillar uchun tabrik yozib, she’rlarni tayorlab qo‘ng‘iroq qilsam, telefoniga tusha olmay qolaman.

Keyin pulini qaytarib berishimga to‘g‘ri keladi.

Halol pul, chiroyli duo olaman

Sarvigul
bbc.com/uzbek
Qo‘ng‘iroq qilgan paytim xursand bo‘lib juda chiroyli duolar qilishadi, olayotgan pulingizni halollab olyapsiz deyishadi.... Shunda juda ham quvonaman.
Sarvigul
O‘zbekistonlik yosh ona, tadbirkor (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Aytolmaydigan yana ko‘p qiyinchiligi bor, ammo tashqaridan qaragan ko‘pchilikka juda oson ko‘rinadi, ikki og‘iz gapirib, pul olyapti deb o‘ylashadi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, yuqorida aytganimdek, "Qalb kasb"im bilan shug‘ullanayotganimdan xursandman. Yaxshi jihatlari ham juda ko‘p.

Ayniqsa, qo‘ng‘iroq qilgan paytim xursand bo‘lib juda chiroyli duolar qilishadi, olayotgan pulingizni halollab olyapsiz deyishadi, ma’qul bo‘lganini, ko‘nglidagidan a’lo bo‘lganini ta’kidlashadi, ko‘pdan-ko‘p rahmatlar aytishadi, tinmay eshitishini har kuni kuzatib borishlarini bildirishadi. Shunda juda ham quvonaman.

Hozir xizmat ko‘rsatishimizni kengaytirish hamda boshqa niyat va maqsadlarimiz bor.

Ammo, ularni aytishni lozim deb bilmayman, har bir ishni amalda ko‘rsatgan ma’qul nazarimda.

Shunchaki bir joyda to‘xtab qolishni istamayman.

Bir kunda bir million so‘m

Daromadim buyurtmalar soniga bog‘liq.

Hech bo‘lmaganda kuniga 200-300 ming so‘m topaman.

O‘rtacha daromadim 400 ming so‘m, agar yaxshi ishlasak, bir million so‘mlik xizmat ham ko‘rsatamiz.

Daromadim bir o‘zimniki emas, albatta. Sherikli ish, ularga ham bo‘linadi.

Lekin ishim ham, daromadim ham o‘zimga yoqadi. Chunki bu shaxsiy biznes.

Hijobimga qarshilik qiladiganlardan xafa bo‘laman

Sarvigul

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, Sarvigulning aytishicha, hozir hijobda, ammo ro‘moli ishiga halal bermaydi.
O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Ayollarga maslahat berishga yoshlik qilsam kerak.

O‘zimni fikrimni aytadigan bo‘lsam, farzandi ilmli, qobiliyatli bo‘lishini istagan ayol-ona rivojlanishdan to‘xtashi kerak emas.

Va har bitta ayolning o‘z shaxsiy puli bo‘lishi, moliyaviy mustaqil bo‘lishini yomon narsa deb hisoblamayman.

Hozir hijobdaman, ro‘molim ishimga halal bermaydi.

Ko‘pchilik Islom dinini to‘siq deb qarashadi, aslida unaqa emas.

U ayollarni himoya qiladigan din.

Ro‘molimga qarshilar juda ko‘p.

Hijobning nimasi yomon, har tarafda sochim to‘zimaydi, quloqlarim shamollamaydi.

To‘g‘ri, hijobda davlat ishida ishlash qiyin.

O‘zimda ham shuncha yil o‘qib, ishlolmasam nima qilaman, degan qo‘rquvlar bo‘lgan.

Ammo rizqni belgilovchimiz bor. Biz vazifamizni bajarsak bas.

Xohishi bor kishiga tashqi muhit, undagi passiv odamlar halaqit berolmaydi.