Amerika prezidentini xalq saylamaydimi? Unda kim?

Donald Tramp va Kamala Harris

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Amerikaliklar bevosita Donald Tramp yoki Kamala Harris uchun emas, "saylov kollegiyasi" (electoral college) a’zolariga ham ovoz berishdi.
O'qilish vaqti: 2 daq

2016 yilgi prezident saylovida Donald Tramp Hillari Klintondan 3 million kamroq ovoz olgan, ammo o‘shanda aynan u ilk bor Amerika Qo‘shma Shtatlarining prezidenti etib saylangan.

Ovozlarni sanash jarayoni hanuz davom etarkan, bu gal esa, u allaqachon o‘zini g‘olib, deb e’lon qilgan.

Ammo qanday qilib?

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Amerikacha usul

Amerikaliklar 5 noyabr kuni yana bevosita Donald Tramp yoki Kamala Harris uchun emas, "saylov kollegiyasi" (electoral college) a’zolariga ham ovoz berishdi.

Xuddi ana shu saylov yoki saylovchilar kollegiyasi esa, so‘ng prezidentni saylaydi.

Har shtatda muayyan sondagi shunday saylovchilar bor.

Bu son taxminan shu shtat aholisi soniga mutanosib bo‘ladi.

Hozirda AQSh bo‘ylab 538 nafar shunday saylovchi ovozi mavjud.

Prezidentlikka nomzod saylovda g‘alaba qozonishi uchun bu ovozning yarmi, ya’ni 270 yo undan oshig‘ini olishi kerak.

Aksar shtatlarda xalq ovozini yutgan nomzod saylov kollegiyasining ovozini ham oladi.

Masalan, bir nomzod Kaliforniya shtatidagi xalq tomonidan berilgan ovozlarning 99% yo 51%ini olsa ham, faqat belgilangan 55ta kollegiya ovozini oladi.

Shu tariqa, umumiyla, bir shtatda kamroq ovoz olgan nomzod baribir mamlakat bo‘ylab aksar kollegiya ovozlarini olishga erishishi va prezident bo‘lishi mumkin.

Bu oxirgi beshta AQSh saylovidan ikkitasida yuz berdi.

Tarixda bu kam sodir bo‘lgan.

Mana shu tizim tufayli prezidentlikka nomzodlar 270 saylovchining ovozini olish uchun asosan yetarli shtat kollegiyalarida g‘olib chiqishga kuch sarflashadi.

Saylovchilar kollegiyasi vakillari o‘zi kim?

Kollegiya saylovchilarini, odatda, shtatlardagi turli qoidalarga asosan ikki asosiy partiya tayinlaydi.

So‘ng saylov kunida ular rasman tayinlanadi.

Bu saylovchilardan o‘sha shtatdagi eng ko‘p xalq ovozini olgan nomzodni tasdiqlash kutiladi.

Ammo ba’zi shtatlarda ular o‘zlari istagancha ham ovoz bera oladi. (Bu kam yuz beradi).

Yillar osha bu tizimni o‘zgartirishga chaqiriqlar yangramoqda.

Lekin, hozircha, saylovchilar kollegiyasi uslubi amalda qolyapti.

Saylov kuni amerikaliklar prezident, vitse-prezident, shuningdek, Kongress a’zolari uchun ovoz berishadi.

Bundan tashqari, 11 shtatning gubernatorini ham saylashadi.

Saylovchilar kollegiyasi jami 538 vakildan tashkil topgan.

AQSh saylov tajribasida g‘olib aksaran saylov kunining o‘zida e’lon qilingan.

Ammo ovozlarni sanash jarayonining bir necha kunga cho‘zilgani holati ham kuzatilgan.

Agar hech bir nomzod saylovchilar kollegiyasining 270 ta ovoziga qo‘lga kirita olmasa, qonunchilikda yangi prezidentning Vakillar Palatasi tomonidan saylanishi ko‘zda tutilgan.

Bu gal 10 ta shtatda abort to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham ovozga qo‘yilgan.

Skip Telegram kanalimiz: and continue readingTelegram kanalimiz:

End of Telegram kanalimiz: