Saudiya hojilarni oftob urishidan ogohlantirdi

Surat manbasi, EPA
Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi Haj ziyoratida ishtirok etayotgan ziyoratchilarni kuchli issiqdan salbiy ta’sirlarning oldini olish uchun qat’iy qoidalarga rioya qilishga chaqirdi.
Bu yilgi ziyoratning asosiy marosimlari paytida havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 40°C dan oshishi kutilmoqda.
Saudiya tibbiyot vazirligi mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan 16:00 gacha hojilarni oftob nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlariga tushishi oldini olishga chaqirdi.
Ziyoratchilarga soyabonlardan foydalanish, qizib ketgan yuzalarda yurmaslik va Arafot kuni baland joylarga chiqishda ehtiyot bo‘lish tavsiya etildi, deb xabar berdi Saudiya Arabistonidagi Al Arabiya veb nashri.
Arafot kuni — Hajning eng muhim kunlaridan biri — bu yil 5 iyunga to‘g‘ri keladi.
Bu kuni ziyoratchilar Arafot tog‘iga va uning atrofiga duo qilish va ibodat uchun borishadi.
Vazirlik, shuningdek, Haj ishtirokchilariga muntazam ravishda suv ichish va och rangli kiyimlar kiyishni tavsiya qildi.

Surat manbasi, .
Bu yil Saudiya Arabistoni Podshohligi salomatlikka oid ko‘rsatmalar haqida xabardorlikni oshirish uchun katta sa’y-harakatlar olib bordi.
Hajni xavfsiz o‘tkazish, noqonuniy sayohat tashkilotchilari va ruxsatnomasiz ziyoratchilarga qarshi choralar ko‘rilgani keng yoritildi.
O‘tgan yili juda issiq ob-havo sharoitida bo‘lib o‘tgan Hajda 1300 dan ortiq ziyoratchi vafot etgani xabar qilingan.
2024 yilgi tadbirni tashkil etishdagi kamchiliklar uchun tanqid qilingan podshohlik, vafot etganlarning 83 foizi rasmiy Haj ruxsatnomasiga ega bo‘lmaganini va ular qattiq issiqqa duchor bo‘lganlarini ma’lum qildi.
Ko‘plab ruxsatnomasiz ziyoratchilar turistik vizalar bilan kelishadi va konditsionersiz, ko‘pincha ko‘priklar ostida yoki ochiq havoda tunashga majbur bo‘lishadi.
Bu yil Saudiya rasmiylari ayni Haj vizasisiz mamlakatda bo‘lib turgan ziyoratchilarga qarshi qattiq "ov" qildi, ko‘pchilik xorijliklar qo‘lga olinib mamlakatdan chiqarib yuborildi.
2025 yilgi Hajga 1 million 255 mingdan ortiq ziyoratchiga Ka’batullohga kirishlariga izn berildi, Saudiya rasmiylari bu izdihomlar yuzaga kelishi oldini olish uchun qilinganini aytdilar.
Haj haqida siz bilmagan beshta fakt

Surat manbasi, Reuters
Haj — bu Islom diniga e’tiqod qiladigan musulmonlar uchun muqaddas ziyorat bo‘lib, har yili yuz minglab ibodat qiluvchilar Saudiya Arabistonidagi Makka shahriga oqib boradilar.
Haj Islomning besh arkonidan biri hisoblanadi hamda jismonan va moliyaviy jihatdan qodir bo‘lgan har bir musulmon hayotida kamida bir marta Haj ziyoratini ado etishi kerak.
Haj — dunyodagi eng yirik yillik insonlar to‘planishi bo‘lib, butun dunyodan ibodatchilar Makkai Mukarramada yig‘iladilar.
Makka — Payg‘ambar Muhammad (S.A.Vv.) tug‘ilgan joy va u zotga Qur’oni Karimning ilk vahiylari nozil qilingan makon hisoblanadi.
Makkai Mukarramada Islomdagi eng muqaddas joy — Kaaba joylashgan.
Qaaba — qora mato bilan qoplangan kub shaklidagi bino, u Masjidul Harom (Makkaning Buyuk masjidi) markazida joylashgan. Quyida Haj haqida siz bilmagan beshta qiziqarli fakt keltirilgan:
1. Kaabatulloh — Ibrohim Alayhissalomning merosi
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Haj Islom arkonlaridan biri bo‘lgani uchun, uni faqat Payg‘ambar Muhammad (S.A.V.) bilan bog‘lash tabiiydek tuyulishi mumkin.
Ammo Islom ta’limotiga ko‘ra, bu marosimlar Ibrohim Alayhissalom davriga borib taqaladi.
Kaaba ham aynan u zot tomonidan qurilgan deb hisoblanadi.
Haj marosimlari Ibrohim alayhissalomning Allohga itoat qilib o‘g‘lini qurbon qilishga tayyor bo‘lganini eslash uchun o‘tkaziladi.
Bu sadoqatli amal ilohiy aralashuv bilan to‘xtatilgan.
Ibrohim Alayhissalom (nasroniylik va yahudiylikda Abraham yoki Avram deb ataladi) bu ikki dinda ham muhim shaxs hisoblanadi.
2. Jinslar ajratilmaydi
Ko‘pgina musulmon ibodatlarida erkak va ayollar alohida darvozalardan kirishadi yoki alohida joylarda namoz o‘qiydilar.
Ammo Haj ziyorati paytida erkak va ayollar o‘rtasida bunday ajratish yo‘q.
3. O‘ziga xos kiyinish qoidalari
Haj ziyoratida ishtirok etuvchi ziyoratchilar muayyan kiyinish qoidalariga amal qilishadi, bu ruhiy tenglik va kamtarlikni ifoda etadi.
Erkaklar ikki qismdan iborat oddiy, oq, tikilmagan matodan iborat ihrom kiyimini kiyishadi.
Bu barcha mo‘minlar teng ekanini anglatadi.
Ayollar esa oq kiyim kiyish shart emas, lekin badanni to‘liq yopadigan, keng va kamtarona kiyim kiyishlari kerak.
Ular boshlarini ro‘mol bilan yopishlari lozim, ammo yuzlari ochiq qolishi kerak.
4. Safo va Marva tepaliklari orasida yurish
Hajning eng asosiy amallaridan biri — Tavof bo‘lib, u Kaaba atrofini yetti marta soat yo‘nalishiga qarshi aylanishdan iborat.
Ammo yana bir muhim marosim — ikki tepalik orasida yurishdir.
Ziyoratchilar Masjidul Harom ichida joylashgan Safa va Marva tepaliklari orasida yetti marta tez yurishadi.
Bu marosim Ibrohim Alayhissalomning rafiqasi Hojarning chaqaloq o‘g‘li uchun suv izlab ikki tepalik orasida yugurganini yodga oladi.
5. Arafot tog‘idagi ruhiy avj nuqta - vuquf
Hajning markaziy nuqtasi Kaaba bo‘lsa-da, ziyoratning ruhiy avj nuqtasi Makkatullohdan 20 kilometchar uzoqlikdagi Arafot tog‘ida sodir bo‘ladi.
Bu yerda ziyoratchilar tongdan to quyosh botguncha yig‘ilib, duo, tafakkur va Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lishadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, aynan shu yerda Payg‘ambar Muhammad (S.A.V.) o‘zining oxirgi xutbasini aytgan.
Shu bois bu joy Islomda juda muqaddas hisoblanadi.












