Amerika va saylov: Ukraina, Yaqin Sharq va Xitoy - prezident o‘zgarsa, dunyoga nima bo‘ladi? Video

Rossiya, Xitoy prezidentlari va Yaqin Sharqdagi vaziyat.

Surat manbasi, EPA, EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK, ANADOLUVIAGETTYIMAGES

Surat tagso‘zi, 5 noyabr kungi prezident saylovi dunyoning e’tiborida. Yangi AQSh prezidenti ko‘pqutbli dunyoga talabgor va da’vogarlar soni ortib borayotgan, jahonda yangi urush o‘choqlari paydo bo‘lib, borlari yanada olovlanayotgan bir paytda qudratga keladi. Shunday ekan, buyog‘i nima bo‘ladi?
O'qilish vaqti: 4 daq

Yaqin Sharqdagi inqiroz.

Ukraina va Rossiya urush ichida.

Kuchayib borayotgan Xitoy ta’siri...

5 noyabr kungi AQSh prezident saylovi allaqachon ozmuncha savollarni paydo qilmay qo‘ymagan.

Ammo Respublikachi Donald Tramp va Demokratchi Kamala Harris AQShning dunyodagi o‘rni haqida turlicha qarashlarni izhor etmoqda.

Shunday ekan, saylovdan keyin AQSh tashqi siyosati qanday bo‘lishi mumkin?

Amerika yanada kuchayadimi yoki jahondagi qudratiga putur etadi?

Joriy paytda AQSh dunyoning eng yirik harbiy, iqtisodiy va yadroviy qudratidan bittasi bo‘ladi.

Tahlilchilar tomonidan jahondagi "gegemon" davlat sifatida ko‘riladi.

Buyog‘i nima bo‘ladi?

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Yaqin Sharq

G‘azo

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Bu galgi AQSh prezident saylovi Yaqin Sharqdagi eskalatsiya bu yaqin o‘n yilliklarda kuzatilmagan bir darajaga etgan bir paytga ham to‘g‘ri kelmoqda. Amerika ham Yaqin Sharqda o‘z manfaatlariga ega, u erdagi vaziyatga befarq bo‘lmagan global qudratlardan biri bo‘ladi, Isroilning mintaqadagi yaqin ittifoqchisi sanaladi.
Камала Ҳаррис
reuters
Biz azob-uqubatlarga shundoq qarab tura olmaymiz va men ham jim qolmayman...
Kamala Harris
AQSH prezidentligiga Demokratchi nomzod (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Hamasning 7 oktyabrdagi hujumidan keyin vitse-prezident Kamala Harris asosan, “Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo otashkesimga erishish uchun mintaqadagi hamkorlarimiz bilan ish olib boramiz”, degan Bayden ma’muriyati mavqe’ni qo‘lladi.

Kamala Harris Isroilni to‘liq dastaklar ekan, G‘azodagi tinch aholini himoya qilish zaruriyati haqida Baydenga qaraganda ancha ochiqcha gapirdi.

U Isroil Bosh vazirining Vashingtonda ekan, shu yil iyul oyida AQSh Kongressida qilgan nutqi chog‘ida ham ko‘rinish bermadi.

Ammo keyinroq Binьyamin Netanьyahu bilan o‘zaro uchrashuvlari chog‘ida qattiq gapirdi, unga G‘azodagi urush tugashi kerakligini aytdi.

"Biz azob-uqubatlarga shundoq qarab tura olmaymiz va men ham jim qolmayman”, - dedi Kamala Harris.

G‘azoda urush boshlangach, prezident Baydenning Isroilga oid siyosatiga qarshi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy namoyishlar ham o‘tkazildi.

Kamala Harris, ba’zi namoyishchilar talab qilganidek, Isroilga qurol-yarog‘ embargosini qo‘llab-quvvatlamadi. Ammo uning ohangi saylovchilarda ko‘proq aks-sado berishi mumkin. Biroq, agar u prezident bo‘lsa, buning siyosatga qanchalik ko‘chishi noma’lum.

Donald Tramp Isroilni dastaklashni o‘z kampaniyasining asosiy qismiga aylantirdi.

Tarafdorlari uning prezident sifatida AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish, Isroil va ayrim arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirgan “Ibrohim kelishuvi”ga kelish kabi qarorlarini tilga olishadi.

Tramp tinchlikni qaror toptirishini aytadi, ammo qanday qilib ekanini ochiqlamaydi. Trampning ikkinchi muddati oldingi siyosatini davom ettirishini anglatishi mumkin.

“Oq uyga qaytganimda, Isroilning terrorga qarshi urushida g‘alaba qozonish huquqini qo‘llayman. Ular bunga haqli bo‘lishi kerak”, - deya bayon qildi u.

O‘z vaqtida Tramp ma’muriyatining Isroildagi elchisi bo‘lgan Devid Fridmanning da’vo qilishicha, ikki davlatchilik echim emas va Isroilning G‘arbiy Sohil ustidan nazoratini qo‘llash – AQShning diniy burchi.

Ukrainadagi urush

Ukrainadagi urush

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQSh boshchiligidagi kollektiv G‘arb Rossiya tajovuziga qarshi kurashida Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan tomon bo‘ladi. Urush bilan kechayotgan uch yilcha vaqt ichida Ukrainaga birgina AQSh bevosita ko‘magi miqdorining o‘zi $90 milliard dollardan ortgan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan kechayotgan uch yilcha vaqt ichida AQSh Kievga bevosita $90 milliard dollardan ortiq yordam berdi.

Donald Tramp Ukrainadagi urushni 24 soat ichida hal qilishini da’vo qiladi, ammo tafsilotlarini ochiqlamaydi.

Hamkori, vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Vens nazdida AQSh urushga juda ko‘p pul sarflamoqda.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga e’tibor qaratishi, barcha hududini qaytarib olishning iloji bo‘lmasligini qabul qilishi kerak.

Tramp, shuningdek, NATOni ham tanqid qiladi. AQSh mudofaaga etarlicha mablag‘ sarflamagan ittifoqchilarini himoya qilmasligini ham aytadi.

Kamala Harris esa, Baydenning yondashuvini davom ettirishga ahd qilgan.

U NATOni “dunyodagi eng katta harbiy ittifoq”, deb ataydi.

Rossiyaga sanktsiyalar bosimi bilan bir qatorda Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va siyosiy yordamni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yaqinda u prezident Zelenskiy Kreml bilan muzokara olib borishi kerakligini taklif qilgani uchun Trampni tanqid ham qilgan.

Kamala Harrisga ko‘ra, “Bular tinchlikka emas, aksincha, taslim bo‘lishga qaratilgan takliflardir”.

Xitoy

Donald Tramp
EPA
Agar Xitoy yoki boshqa davlat o‘zini yomon tutsa, bizda juda qattiq tariflar bor...
Donald Tramp
AQSH prezidentligiga Respublikachi nomzod (batafsil: bbc.com/uzbek da).

So‘z Xitoyga nisbatan mavqe’ haqida ketganda, ikki raqib tomon qarashida ayrim o‘xshashliklar borligini rad etib bo‘lmaydi.

Ikkovlon ham Xitoyni jiddiy strategik raqib, AQSh manfaatlariga potentsial tahdid sifatida ko‘rishadi, Pekinning butun dunyo bo‘ylab ortib borayotgan ta’siridan ham birdek xavotirda.

Biroq, prezident bo‘lsa, Trampning mavqei qat’iyroq bo‘lishi mumkin. Chunki u Xitoy bilan savdo urushini boshlagan va qayta saylansa, tariflarni ko‘paytirishni va’da qilgan.

“Agar Xitoy yoki boshqa davlat o‘zini yomon tutsa, bizda juda qattiq tariflar bor”, - deya bayon qilgan u.

Kamala Harris senator sifatida Trampning Pekin bo‘yicha xatti-harakatini tanqid qilgan, garchi Bayden ma’muriyati Xitoyga tariflarni oshirayotgan bo‘lsa ham, savdo urushi taktikasiga shubha bilan qarashini aytgan.

Vitse-prezident sifatida Osiyoga bir necha bor safar qilgan, u erda Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi amallarini qoralagan va Tayvanning o‘zini himoya qilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlagan.

Tramp AQShning himoyasi uchun Tayvanь haq to‘lashi kerakligini aytgan, ammo orolni tajovuzdan himoya qilishi yoki yo‘qligi savoliga javob berishdan qochgan.

Immigratsiya, iqlim o‘zgarishi va Afrikaning rivoji Donald Tramp va Kamala Harrisning qarashlari farqli global muammolar sirasiga kiradi.

Bu galgi saylovga saylovga ko‘p narsa tikilgan va dunyo ham uni yaqindan kuzatib turibdi.

AQSh va Xitoy prezidentlari

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, AQSh prezidentligiga har ikki nomzod ham Xitoyni jiddiy strategik raqib, AQSh manfaatlariga potentsial tahdid sifatida ko‘rishadi, Pekinning butun dunyo bo‘ylab ortib borayotgan ta’siridan ham birdek xavotirda.
Skip Telegram kanalimiz: and continue readingTelegram kanalimiz:

End of Telegram kanalimiz: