Suriyadagi islomiy inqilob, kutilmagan qaror yoki endi O‘zbekiston, Markaziy Osiyoga tahdid kuchaydimi? Video

Kollaj

Surat manbasi, AFP/REUTERS/BBC

Surat tagso‘zi, Asad tuzumi ag‘darilishi ortidan mamlakatni amalda boshqarayotgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi esa, hozir ham turli xalqaro tashkilotlar nazdida Suriyadagi asosan o‘zbeklardan iborat ekani aytiluvchi "Tavhid va Jihod" hamda "Imom al-Buxoriy" katibalarining ham yaqin ittifoqchisi sanaladi.
O'qilish vaqti: 22 daq

Suriyadan olinayotgan kutilmagan xabarlar Markaziy Osiyoda yangi xavotirlarni paydo qilmoqda. Qudratli Xitoy allaqachon g‘azabda. Mintaqaga-chi, endi tahdid kuchayadimi va yoki yana Rossiya faollashadi?

Aloqador mavzular:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Суриядаги жангарилар
htspropaganda
Shu qadar oshkora tayinlanishi bu jangarilarning uzoq yillik ittifoqchi sifatida "Hay’at Tahrir ash-Shom" va uning lideri Ahmad ash-Sharaa uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.
Barri Marston
Jihodiy masalalar bo‘yicha xalqaro ekspert (batafsil: bbc.com/uzbek da).
Skip Bizga a’zo bo‘ling: and continue readingBizga a’zo bo‘ling:

End of Bizga a’zo bo‘ling:

Nima gap?

O‘zini Suriyaning keyingi rahbari imijida taqdim etayotgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi lideri Ahmad ash-Sharaa.

Surat manbasi, sana

Surat tagso‘zi, Suriyada Rossiya va Eron tomonidan qattiq qo‘llab-quvvatlangan prezident Asadning uzoq yillik rejimi "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi yetakchiligidagi isyonchi kuchlar ittifoqi tomonidan 8 dekabrda qulatilgan, so‘nggi yangilikning muvaqqat hukumati qudratga kelgan qisqa vaqtning ichida olingani esa, uning ahamiyatini yanada bo‘rttirgan.

So‘nggi haftalarda Suriyaning yangi rahbariyati dunyoning e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Ularniki ekani aytilgan kutilmagan qaror jahon bo‘ylab sarlavhalarga chiqdi.

Yangilik Markaziy Osiyoda ham yangi savol va xavotirlarni paydo qildi.

Allaqachon mintaqa davlatlari Suriyadagi islomchi isyonchi kuchlar mafkurasi va islomiy inqilobining o‘zlariga ko‘chishi ehtimolidan tashvishda, degan tahlil va talqinlarga ham zamin yaratdi.

Yaqin Sharq birgina IShID misolida xalqaro hisobotlarda aksariyati o‘zbeklarga nisbat berilgan minglab Markaziy osiyolik ham jang qilgani ishoniluvchi mintaqa bo‘ladi.

Aynan Suriya Afg‘oniston bilan birga dunyoning eng ko‘p o‘zbek jangari guruhlari urushgan, boshpana topgan va jon saqlab kelayotgan ikkita davlatidan bittasi o‘laroq ko‘riladi.

Asad tuzumi ag‘darilishi ortidan mamlakatni amalda boshqarayotgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi esa, hozir ham turli xalqaro tashkilotlar nazdida Suriyadagi asosan o‘zbeklardan iborat ekani aytiluvchi "Tavhid va Jihod" hamda "Imom al-Buxoriy" katibalarining ham yaqin ittifoqchisi sanaladi.

Har ikkovlon ham xalqaro tahlillarda so‘nggi janglarda "Hay’at Tahrir ash-Shom" tomonida ishtirok etgan yoki qatnashganliklarini ko‘rsatgan, unga bay’at keltirgan va yo ittifoqchisi bo‘lgan o‘nga yaqin guruh qatorida tilga olinishgan.

Ularning orasida ikkovlondan tashqari asosan Kavkaz va postsovet davlatlaridan kelgan rusiyzabonlardan iborat yoki Turkiston Islomiy harakati kabi bir qancha uyg‘ur jangari guruhlarining ham borliklari ko‘rilgan.

Tanqidchilari yaqin-yaqingacha "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning o‘zini ham asosan xorijiy jangarilardan iborat ekanlikda tanqid qilib kelishgan.

Imkonli bo‘lgan ayrim xabarlarda ularning orasida Markaziy osiyolik va rossiyaliklarining ham soni oz emasligi aytilgan.

"Hay’at Tahrir ash-Shom" va uning ittifoqchilari saflaridagi xorijiy jangarilarning sonlari bir necha yuzga nisbat berilarkan, o‘z vaqtida ulardan ko‘pchiligining murosasiz talqindagi Islomga moyilligi ham G‘arb matbuotida ta’kidlangan nuqtalardan biri bo‘lgan.

Chetda orttirgan tajribalarini o‘z ona Vatanlarida qo‘llashga harakat qilishlari gumonida esa, Afg‘oniston misolida bo‘ladimi yoki Yaqin Sharq, bu kabi jangarilar, yillarki, dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida mintaqa mamlakatlari poytaxtlarida ham xavfsizlikka asosiy tahdidlardan biri sifatida ko‘rilishadi.

Isyonchi kuchlar ittifoqi tomonidan o‘tgan oy ag‘darilgan Asad boshqaruvi davrida esa, Bi-bi-si O‘zbek xizmati suhbatlashgan ayrim xalqaro ekspertlar bu jangarilarning O‘zbekistonga qaytish-qaytmasliklari masalaning geosiyosiy jihati bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlashgan.

Rossiya Suriya masalasiga juda faol bosh qo‘shgani bois, ular ortga qaytish niyatida bo‘lgan jangarilarni nazoratsiz qoldirmasliklari, shuning uchun ham bu ishning imkonsiz ekanligini aytishgandi.

Ammo so‘nggi janglarda ikkita eng yaqin ittifoqchisidan biri bo‘lgan Rossiya ham Suriyada Asad tuzumini saqlab qola olmagan.

Suriyada o‘zbek jangarilari ham jang qilishdimi - videomizda.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Rasmiy lavozim va harbiy rutbalar...

"Hay’at Tahrir ash-Shom" jangarilari

Surat manbasi, AFP

Surat tagso‘zi, Manbalarga ko‘ra, 50 ga yaqin yangi harbiy tayinlovlardan kamida oltitasi xorijiy jangarilarga ketgan.

Xabar qilinishicha, Suriyaning yangi isyonchi yetakchilari o‘zlariga ittifoqchilik qilgan ba’zi yetakchi xorijiy jangarilarga ham katta harbiy rutbalar bergan yoki maqomlarini ko‘targan, ularni mamlakat Qurolli kuchlarida yuqori lavozimlarga ham tayinlagan.

Ro‘yxat amalda bo‘lgan Suriya Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akauntida bo‘y ko‘rsatgan.

Suriyada Rossiya va Eron tomonidan qattiq qo‘llab-quvvatlangan prezident Asadning uzoq yillik rejimi "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi yetakchiligidagi isyonchi kuchlar ittifoqi tomonidan 8 dekabrda qulatilgan, so‘nggi yangilikning muvaqqat hukumati qudratga kelgan qisqa vaqtning ichida olingani esa, uning ahamiyatini yanada bo‘rttirgan.

Manbalarga ko‘ra, 50 ga yaqin yangi harbiy tayinlovlardan kamida oltitasi xorijiy jangarilarga ketgan.

Xabarlarda ularning orasida asli tojikistonlik tojik misolida bir nafar Markaziy osiyolik va mintaqaga qo‘shni Xitoydan uch uyg‘ur jangarisining ham borligi aytilgan.

Ammo Suriya Mudofaa vazirligining bu xususdagi ro‘yxatida polkovnikdan tortib, brigada generaligacha bo‘lgan katta harbiy rutbalar berilib, rasmiy lavozimlarga ham tayinlangani aytilayotgan xorijiy jangarilarning fuqaroliklari ochiqlanmagan.

Bi-bi-si ham buni mustaqil manbalar orqali hali tasdiqlay olganicha yo‘q.

Asosan uyg‘urlardan iborat Turkiston Islomiy harakati o‘tgan oy Suriyada Asad tuzumiga qarshi jang qilgan xorijiy isyonchi guruhlar qatorida ko‘rinish bergan.

Suriya muvaqqat rahbariyati tomonidan bir qo‘mondoni va uch nafar jangarisiga katta harbiy rutba berilgani haqida ham bayonot chiqarib, guruhning o‘zi ma’lum qilgan, ularning ism-shariflarini ham keltirib o‘tgan. Britaniyaning "Reyter" axborot agentligi yozishicha, buni Suriyadagi harbiy manbalar ham tasdiqlashgan.

Xitoy so‘nggi yangilikka o‘zining munosabatini uzoq kuttirmagan, rasmiy Pekinning bu xususdagi bayonoti keskin bo‘lgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi orada qilgan chiqishida "Sharqiy Turkiston Islomiy harakati BMT Xavfsizlik Kengashi ro‘yxatiga kiritilgan terrorchi tashkilot" ekanini eslatgan.

" Xalqaro hamjamiyat bu guruhning zo‘ravon mohiyatini to‘liq tan olishi va unga qarshi qat’iy choralar ko‘rishi kerak", - deya bayon qilgan u.

Suriyada yuzlab jangarilari borligi taxmin etiluvchi Turkiston Islomiy harakati Xitoy va Markaziy Osiyoning musulmon uyg‘urlar ko‘p yashovchi hududlarida islomiy davlat barpo etish istagidagi guruh, deb ko‘riladi.

Markaziy Osiyo xaritasi

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, "Hay’at Tahrir ash-Shom" boshchiligidagi isyonchi kuchlar tomonidan Asad rejimining qulatilishi va ularning muvaqqat hukumati tomonidan Markaziy osiyolik jangarining ham harbiy rutbasi ko‘tarilib, unga Suriya Qurolli kuchlarida rasmiy lavozim berilganiga oid xabarlarga hozircha mintaqa davlatlari poytaxtlarining rasmiy munosabati kuzatilmaydi.

Tojikistonlik jangari?..

"Reyter" birlari misolida Suriyadagi harbiy, boshqalarida esa, "Hay’at Tahrir ash-Shom"dagi manbalarga tayanib, o‘zining xabarida Suriya muvaqqat hukumati harbiy rutba berib, ko‘targan Turkiya, Iordaniya, Albaniya va misrlik xorijiy jangarilarning ham ism-shariflariga to‘xtalib o‘tgan.

Axborot agentligi misrligi haqida so‘z ketganida, bu xususda o‘zining rasmiy Qohiradan munosabat olish urinishlari besamar ketgani haqida ham yozgan.

Ammo qator G‘arb nashrlarinikida bo‘lgani kabi mazkur axborot agentligi xabarida ham asli tojikistonlik tojik ekani aytilayotgan xorijiy jangariga oid tafsilotlar noayon qolgan.

Uning ism-sharifi, Suriyada jang qilgan qay bir xorijiy jangari a’zosi ekani va Asad rejimiga qarshi kurashib, mamlakat muvaqqat rahbariyati tomonidan qanday maqom va harbiy rutbaga loyiq, deb topilganiga oid imkonli bo‘lgan xabarlarning esa, faqat "Hay’at Tahrir ash-Shom"ga yaqin ayrim tojik blogerlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlariga tayanishi ko‘rilgan.

Ayni mazmundagi xabarlarda uning 41 yoshli Sayfiddin Tojiboev ekani, "Jamoat at-Tavhid val Jihod" guruhi jangovar qanoti qo‘mondoni bo‘lgani, yangi shakllanayotgan Suriya hukumati Mudofaa vazirligining Tezkor shtabi rahbari etib tayinlangani, allaqachon ishiga kirishib ketgani, rutbasi esa, mayordan polkovnik darajasiga ko‘tarilgani aytiladi.

Ayrim jihodchi ekspertlar esa, "Reyter"ning Turkiston Islomiy harakati bayonotiga tayangani aytiluvchi xabarida uyg‘ur sifatida nomi tilga olingan Mavlon Tursun Abdul Samadni Tojikiston fuqarosiga nisbat berishgan, uning "Hay’at Tahrir ash-Shom" safidagi eng ko‘zga ko‘ringan xorijiy yetakchilardan biri ekanini aytishgan.

Shu orada bo‘y ko‘rsatgan ayrim xabarlarda Suriya Mudofaa vazirligining ro‘yxatida keltirilgan Abdul Samriz Yashariy va Sayfuddin Ma’mur Muhammad Tajiliylarning ism shariflari ham Markaziy osiyolik yoki turklarnikiga o‘xshashib ketishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Ammo Bi-bi-si O‘zbek xizmati bu ma’lumotlarni halicha rasmiy va mustaqil manbalar orqali tasdiqlay olgani yo‘q, mavzuni o‘rganishda davom etmoqda.

"Jamoat at-Tavhid val Jihod" xalqaro terrorchi tashkilot va Yaqin Sharqdagi IShID guruhi bilan afillangan tashkilot sifatida ko‘riladi, aksariyat a’zolarining Markaziy osiyoliklar ekani aytiladi va ayrim mintaqa davlatlarida faoliyati rasman taqiqlangan.

So‘nggi yillarda xuddi shu guruhga a’zolik gumoni bilan Qirg‘izistonda qator hibslar amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan.

2022 yilda "Jamoat at-Tavhid val-Jihod"ning Suriyadagi yetakchilari topshirig‘i bilan Qirg‘izistonda terrorchilik amali sodir etish uchun kelgan "xudkush" qo‘lga olingani ham xabar qilingan.

Orada ayrim o‘zbekistonliklarning ham "Jamoat at-Tavhid val Jihod"ga moliyaviy yordam berganlikda aybdor deb topilib, uzoq yillik qamoq jazosiga hukm etilishganiga oid yangiliklar ham bo‘y ko‘rsatgan.

Asad tuzumi ag‘darilishi manzarasida esa, O‘zbekistondan Suriyadagi ikki o‘zbekistonlikka nisbatan jinoiy ish ochilib, ularning qidiruvga berilganiga oid rasmiy xabarlar olingan.

"Suriya hukumatiga qarshi qurolli hujumlardan qatnashayotgan"i aytilgan biri "Tavhid va Jihod" katibasi bilan uyg‘unlikda ko‘rilgan, ijtimoiy tarmoqlarda Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan boshqasining "terrorchi tashkilot a’zosi" ekani aytilgan, ammo aynan qay biriniki ekani tafsilotlari ochiqlanmagan.

"Hay’at Tahrir ash-Shom" boshchiligidagi isyonchi kuchlar tomonidan Asad rejimining qulatilishi va ularning muvaqqat hukumati tomonidan Markaziy osiyolik jangarining ham harbiy rutbasi ko‘tarilib, unga Suriya Qurolli kuchlarida rasmiy lavozim berilganiga oid xabarlarga hozircha mintaqa davlatlari poytaxtlarining rasmiy munosabati kuzatilmaydi.

Ammo, xabarlarga ko‘ra, Tojikiston kuch ishlatar tuzilmalaridagi manba 5 yanvar kuni Ozodlik radiosi bilan suhbatda Sayfiddin Tojiboev katta harbiy lavozimga tayinlanganidan xabardorligini aytgan.

Mintaqa uchun tahdid kuchaydimi?

Мурод Батал аш-Шишоний
facebook
Bu xorijiy jangarilar Markaziy Osiyodagi hamfikrlari bilan aloqa o‘rnatib, Yaqin Sharqdagi boshqa jangari guruhlar bilan ittifoqchilikni boshlashsa, muammo o‘shanda boshlanadi.
Murod Batal ash-Shishaniy
Londondagi "Remarks on Political Violence" guruhi rahbari (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Shunday ekan, Suriyadagi voqealarning bu kabi rivoji mintaqa davlatlari xavfsizligi uchun nimani anglatadi?

"So‘zsiz, bu ko‘p narsani anglatadi. Chunki bu odamlar yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan. Suriyada nufuzi bor. Mamlakatning yangi yetakchilarining qo‘lloviga ham ega. Ulardan aksariyati, asosan o‘zbek va tojik jangarilari Markaziy Osiyodagi tuzumlarga qarshi guruh tuzish maqsadida o‘z vatanlarini tark etishgan. Bu endi ularning Yaqin Sharqda aloqalarga ega bo‘lishlari, o‘z maqsadlarini qayta ilgari surish yoki davom ettirish uchun kuchga ega bo‘lishlarini anglatadi. Va bu Markaziy Osiyodagi jangarilar uchun juda yaxshi panohgoh deganidir", - deydi Londondagi "Remarks on Political Violence" guruhi rahbari Murod Batal ash-Shishaniy Bi-bi-si O‘zbek xizmatining ayni mazmundagi savoliga javoban.

Jihodiy masalalar bo‘yicha xalqaro ekspert bo‘lgan yana bir suhbatdoshimiz Barri Marstonning aytishicha, ayni o‘rinda ikki toifa xorijiy jangarilarni farqlash lozim bo‘ladi.

"Bu odamlarning aksariyati qariyb o‘n yil yoki undan ko‘proq vaqtdan buyon Suriyada. Ko‘pchiligi arab tilida ham so‘zlashadi, Suriya jamiyatiga aralashib ketgan. Ularni o‘zlarining ona Vatanlaridan ko‘ra ko‘proq Suriyada nimalar bo‘layotgani qiziqtiradi. Ya’ni, bu yerda farq bor. Markaziy Osiyodan kelgan birlari haliyam asosan o‘z mintaqalarida nimalar bo‘layotganiga diqqatlarini qaratishsa, boshqalarini ko‘proq Suriyaning o‘zida bo‘layotgan voqea-hodisalar tashvishlantiradi. Polkovnik yoki brigada generali harbiy rutbalari berilganlariga keladigan bo‘lsak, ularning o‘z e’tiborlarini endi, deylik, O‘zbekiston yoki Tojikiston, ya’ni Markaziy Osiyo emas, Suriyaning o‘ziga qaratishlari aniq", - deydi bu ekspert suhbatdoshimiz.

"Reyter" axborot agentligining nega ayrim xorijiy jangarilarni Qurolli kuchlari saflariga olib, ularga harbiy rutba bergani yuzasidan Suriya muvaqqat hukumati matbuot voizidan izoh olish urinishi samara bermagan.

So‘nggi yangilik Asad tuzumi ag‘darilishi ortidan Suriyani amalda boshqarayotgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi mamlakat Qurolli kuchlarini qayta tashkil qilish, o‘zining ittifoqchisi bo‘lgan turli jangari kuchlarni yagona professonal armiya ostida birlashtirish harakatida bo‘lgan bir paytda o‘rtaga chiqqan.

"Bu juda muhim. Chunki o‘ta ziddiyatli qadam. Shu qadar oshkora tayinlanishi bu jangarilarning uzoq yillik ittifoqchi sifatida "Hay’at Tahrir ash-Shom" va uning lideri Ahmad ash-Sharaa uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu ittifoqchilarini hozirgi siyosiy va xavfsizlik bilan bog‘liq murakkab o‘tish jarayonida o‘ziga yaqin tutish, keyinchalik o‘ziga raqib guruhlar shakllanmasligi uchun ularni "Hay’at Tahrir ash-Shom" soyaboni ostida ushlab turish jihatidan ham muhim", - deydi voqealarning bu kabi rivojiga baho berarkan jihodiy masalalar bo‘yicha xalqaro ekspert Barri Marston Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan suhbatida.

Yangi qarorning chet ellik jangarilarga foydasi-chi, degan savolimizga javob berarkan, u buning ayrim xorijiy jangari guruhlarning Suriya Qurolli kuchlari saflariga to‘lig‘icha olish, ularni Armiyaning to‘laqonli bir qismiga aylantirish uchun eshiklar qanchalik ochiq ekani masalasiga bog‘liq ekanini aytadi.

"Bu xususda hozircha biror bir bayonot bo‘lgani yo‘q. Ammo xorijiy jangarilar bilan bog‘liq so‘nggi tayinlovlar "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning bu haqda o‘ylayotganiga dalolat qiladi. Biz Ahmad ash-Sharaa va boshqa yuqori martabali shaxsiyatlarning Suriyadagi boshqa muhim yarim harbiy va qurolli guruhlar yetakchilari bilan ko‘plab uchrashuvlari aks etgan suratlarga guvoh bo‘layapmiz. Aniqki, bu muzokaralar hanuz davom etmoqda va "Hay’at Tahrir ash-Shom" va boshqalar bularning barchasi qanday amalg oshishi borasida halicha bir to‘xtamga kelmagan bo‘lishlari mumkin", - deydi u.

Xorijiy jangarilar

O‘zbekiston Islomiy harakati jangarilari

Surat manbasi, skrinshot

Surat tagso‘zi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining rasmiy ma’lumotlariga tayanilsa, Imom al-Buxoriy katibasiga 2011 yilda Afg‘oniston-Pokiston chegarasida, O‘zbekiston Islomiy harakati saflaridan ajralib chiqqan jangarilar tomonidan asos solingan. Agar, ayrim yetakchi xalqaro ekspertlarning baholariga tayanilsa, dastlab Afg‘onistonda bo‘y ko‘rsatgan O‘zbek jangariligi aynan Suriya inqirozi sabab, Yaqin Sharqda boshqa bir qiyofada namoyon bo‘lgan. Ularga ko‘ra, o‘zbek jangarilari "Imom Buxoriy" katibasi nomi ostida eng yirik guruhlardan biriga aylanishgan.

13 yillik fuqarolik urushi boshida Asad rejimi va uni qo‘llab-quvvatlagan Eron tomonidan dastaklanuvchi shia jangarilariga qarshi kurashish uchun minglab sunniy xorijliklar Suriyadagi isyonchilarga kelib qo‘shilishgan. Bu o‘shanda mojaroga mazhabiy tus ham bergan.

Ayrim xorijiy jangarilar o‘zlarining qurolli guruhlarini tuzishgan, boshqalari esa, Iroq, Suriya hukumatlari, ularning ittifoqchilari va turli xalqaro koalitsiyalar ko‘magida mavh etilishidan avval Yaqin Sharqda qisqa muddat o‘zining islomiy xalifatiga ham asos solgan IShID kabi tayyor guruhlarga qo‘shilishgan.

Chet ellik jihodchilarning boshqa guruhlari esa, 8 dekabrda Suriyada uzoq yillik Asad rejimini ag‘dargan yashin tezligidagi amaliyotlarga boshchilik qilishidan avval IShID va "al-Qoida" bilan aloqalarini uzib, ularga qarshi qaqshatqich janglar olib borgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" saflariga kirishgan.

Orada "Hay’at Tahrir ash-Shom" yetakchisi Ahmad ash-Sharaa guruhini suriyaliklashtirish va mo‘’tadillashtirish masadida o‘nlab xorijiy jangarilardan voz kechganiga oid xabarlar ham olingan.

O‘tgan dekabr oyida esa, Suriya shimoli-g‘arbidagi islomchi va isyonchi kuchlar xorijiy jangarilar bilan birga sanoqli kunlarning ichida uzoq yillik Asad tuzumini ag‘darishdi, dunyoning e’tiborini o‘zlariga qaratishdi.

Ular bu ishni yangi koalitsiya – "Harbiy amaliyotlar bo‘linmasi" soyaboni ostida amalga oshirishdi.

Koalitsiyadagi yetakchi kuch esa, Idlibni boshqarayotgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" islomiy jangari guruhi bo‘ldi.

"Tajovuzni bartaraf etish" amaliyotida suriyalik jangchilar ustunlik qilishdi, ammo unda asosan xorijlik jangarilardan iborat bir qancha yirik guruhlar ham ishtirok etishdi.

Suriyada yig‘ilgan jangarilar

Suriyadagi xorijiy jangarilar

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, O‘z Vatanlariga qaytishsa, hibsga olinishlari mumkinligi bois, ko‘pchilik xorijlik jangarilar Suriyada qolishni afzal bilgan bo‘lishlari mumkin.

Katta sondagi xorijiy jangarilarning Suriyaga oqib kelishlariga Asad hukumatiga qarshi 2011 yilgi qo‘zg‘olon sabab bo‘lgan.

Turli manbalarda sonlari minglab ekani aytiluvchi bu jangarilar amalda bo‘lgan rejimga qarshi "jihod" qilish maqsadida Suriyaga kelishgan.

Ammo ulardan aksariyati alal-oqibat isyonchilarning Suriyadagi so‘nggi muhim tayanch nuqtasi bo‘lgan va "Hay’at Tahrir ash-Shom" nazorati ostidagi Idlibdan boshpana topishga majbur bo‘lishgan.

"Hay’at Tahrir ash-Shom"ga aynan bugun Suriyaning de-faktori rahbari sifatida ko‘rilayotgan Ahmad ash-Sharaa yetakchilik qiladi.

Unga asos bo‘lgan "Nusrat jabhasi" guruhiga dastlab aynan 2011 yilda, "al-Qoida"ning Suriyadagi bo‘linmasi sifatida asos solingan.

Uning shakllanishida Yaqin Sharqdagi IShID guruhining hozirda marhum lideri Abu Bakr al-Bag‘dodiy ham muhim o‘rin tutgan.

Ammo "Nusrat jabhasi" orada har ikki guruh bilan ham aloqasini uzganligini e’lon qilgan.

Guruhni bunga o‘zini mo‘’tadil ko‘rsatish, mahalliy miqyosda dastakka ega bo‘lish va "al-Qoida"ga o‘xshash transmilliy guruhlar bilan aloqasidan jiddiy e’tirozda bo‘lgan Suriyadagi boshqa isyonchi guruhlar bilan osonroq hamkorlikka kirishish istagi undagani aytilgan.

Keyin esa, "Nusrat jabhasi" bir nechta guruhni birlashtirgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" nomi ostida qayta bo‘y ko‘rsatgan.

"Al-Qoida"ning Suriyadagi keyingi bo‘linmasi – "Hurras ad-Din"ga 2018 yilning fevralida asos solingan.

U asosan "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning "al-Qoida"ga sodiqligicha qolgan sobiq a’zolaridan tashkil topgan.

Ammo 2020-yillarning o‘rtalariga kelib, "Hay’at Tahrir ash-Shom" mazkur guruh faoliyatini deyarli falajlashga muvaffaq bo‘lgan.

"Ansar al-Islom" va "Ansar al-Tavhid" kabi "al-Qoida" bilan hammaslak faqat sanoqli jihodchi guruhlargina Idlib va uning atrofida jon saqlab qolishgan.

Suriya shimoli-g‘arbidagi boshqa qurolli guruhlar esa, qisman yoki to‘lig‘icha "Hay’at Tahrir ash-Shom"ga qo‘shilishgan.

Ular o‘tgan yili tashkil etilgan yangi - "Harbiy Amaliyotlar Bo‘linmasi" koalitsiyasi tarkibiga ham kirishgan.

O‘ziga bo‘ysinishdan bosh tortgan "Furqatul G‘uraba", "Jundulloh" va "Junud ash-Shom" kabi Idlibdagi boshqa kichik xorijiy jihodchi guruhlarni "Hay’at Tahrir ash-Shom" kuch bilan tarqatib yuborgan, ular yetakchilaridan ayrimlarini qamoqqa tashlagan.

O‘z Vatanlariga qaytishsa, hibsga olinishlari mumkinligi bois, ko‘pchilik xorijlik jangarilar Suriyada qolishni afzal bilgan bo‘lishlari mumkin.

Ulardan aksariyati Suriyaning shimoli-g‘arbida joylashishgan, oila qurib, uy-joy ham qilishgan.

Suriyadagi asosan o‘zbeklardan tashkil topgani aytiluvchi "Tavhid va Jihod" hamda "Imom al-Buxoriy" katibalari esa, "Hay’at Tahrir ash-Shom" tomonida ishtirok etgan yoki o‘z ishtiroklarini ko‘rsatgan o‘nga yaqin xorijiy jangari guruh sifatida o‘rtaga chiqishgan.

Asad tuzumi qulab, o‘zlari hokimiyatga kelishlari ortidan, "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi yetakchisi Suriyadagi barcha jangari guruhlar "tarqatib yuborilishi" va jangchilari muntazam armiya tarkibida tayyorgarlikdan o‘tkazilishini aytgani xabar qilingan.

Xorijiy kuchlar Suriyaning yangi Qurolli kuchlari tarkibiga qo‘shilib ketadimi va jangarilar o‘zlarining o‘tmishdagi aloqalari, mafkuralari hamda o‘ziga xosliklaridan voz kechishga majbur bo‘ladi – hozircha ma’lum emas.

Xalqaro hisobotlarda saflarida mingdan ortiq o‘zbekistonlik, aksariyati o‘zbeklardan iborat minglab Markaziy osiyolik jang qilgani aytilgan Yaqin Sharq – Suriya va Iroqdagi yana bir jangari guruh IShID esa, 2019 yilga kelib, har ikki davlat hukumatlari va turli xalqaro koalitsiyalar ko‘magida mavh etilgan.

Katta sondagi a’zolari o‘ldirilgan va hibsga olingan, ulardan minglabi hanuz Suriya hududlaridagi qamoqxonalarda qolmoqda.

Orada Asad rejimining qulatilishi ortidan Suriyada yuzaga kelajak xavfsizlik bo‘shlig‘i IShIDning qayta bosh ko‘tarishiga sabab bo‘lishiga oid jiddiy xavotirlarni ham paydo qilmay qo‘ymagan.

Suriya jamlog‘i: Bolalarni IShID g‘oyalarida tarbiyalashayapti - video

O‘tkazib yuboring YouTube post , 3
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 3

O‘zbek jangari guruhlari

O‘zbek jangari guruhi yetakchisi

Surat manbasi, http://buhoriy.com/

Surat tagso‘zi, Suriyadagi asosan o‘zbeklardan tashkil topgani aytiluvchi "Tavhid va Jihod" hamda "Imom al-Buxoriy" katibalari esa, "Hay’at Tahrir ash-Shom" tomonida ishtirok etgan yoki o‘z ishtiroklarini ko‘rsatgan o‘nga yaqin xorijiy jangari guruh sifatida o‘rtaga chiqishgan.

Agar, ayrim yetakchi xalqaro ekspertlarning baholariga tayanilsa, dastlab Afg‘onistonda bo‘y ko‘rsatgan O‘zbek jangariligi aynan Suriya inqirozi sabab, Yaqin Sharqda boshqa bir qiyofada namoyon bo‘lgan.

Tavhid va Jihod katibasi

Tavhid va Jihod katibasiga 2014 yilda asos solingan. Dastlab "Jannat oshiqlari" nomi ostida tanilgan. "Tavhid va Jihod" guruhi a’zolarining aksariyati qirg‘izistonlik o‘zbeklar, deb ishoniladi. Ammo imkonli bo‘lgan rasmiy ma’lumotlarda ularning qay bir davlat fuqarosi ekanliklari ochiqlanmagan. Xuddi o‘sha yili guruh yetakchisi Abu Saloh o‘zlarining "al-Qoida"ga bay’at keltirganliklarini e’lon qilgan. Ammo oradan besh yil o‘tib, "Tavhid va Jihod" guruhi liderining o‘zgarganiga oid xabarlar olingan. Guruhning Suriyadan tashqari yana Turkiya va Afg‘onistonda faol ekani aytiladi. "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning uzoq yillik qo‘llovchisi. Joriy paytda xuddi shu guruh qo‘mondonligi ostida faoliyat yuritadi. Prezident Asad rejimining ag‘darilishi bilan yakun topgan va aynan "Hay’at Tahrir ash-Shom" boshchilik qilgan so‘nggi janglarda ham ishtirok etgan. Guruh ijtimoiy tarmoqlarda janglar chog‘ida olingan fotosuratlar va videolarini tarqatgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi tashkilot sifatida ko‘riladi. Guruh Suriyaning Hama, Idlib va Latakiya viloyatlarida faol. BMT Xavfsizlik Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Tavhid va Jihod katibasi jangarilari soni 500 nafarga yaqin. Shuningdek, "Imom al-Buxoriy" va "Islomiy Jihod" guruhlari bilan hamkorlik qiladi. AQSh Davlat departamenti tomonidan maxsus global terrorchi tashkilotlar, BMT Xavfsizlik Kengashining IShID va "al-Qoida" tarmog‘iga qarshi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlardan guruh aktivlarini muzlatishlari, ularga sayohat cheklovlari kiritishlari va qurol-yarog‘ sotmasliklarini taqozo etilgan. Tavhid va Jihod katibasi Suriyadan tashqarida amalga oshirilgan qator hujumlarga ham mas’ul ko‘rilgan. Ular sirasida 2017 yilning aprelida Sankt-Peterburg metrosi va 2016 yilda Bishkekdagi Xitoy elchixonasi tashqarisida uyushtirilgan hujumlar ham tilga olingan. Tavhid va Jihod katibasi Turkiston Islomiy harakati bilan birga Suriyadagi eng jangovar, yaxshi qurollangan va yirik xorijiy jangari bo‘linmalardan biri hisoblanadi. G‘arbdagi qator nashrlarda faqat Farg‘ona vodiysilik ekani aytilib, taxallusi Abdul Aziz al-O‘zbekiy bo‘lgan va al-Qoida tarmog‘ining sodiq izdoshlaridan biri sifatida tilga olingan Ilmurod Hikmatov guruhning amaldagi rahbari ekani ta’kidlanadi. Aytilishicha, u hozirgi lavozimiga qadar "al-Qoida"ga aloqador, deb ko‘riluvchi "Islomiy jihod ittifoqi" guruhining Afg‘onistondagi amiri muovini bo‘lgan.

Имом Бухорий катибаси
http://buhoriy.com/
Imom Buxoriy katibasi liderlari Markaziy Osiyo davlatlariga hujumlarini rejalashtirish uchun ularning qo‘shnisi Afg‘onistonni yangi platsdarm sifatida ko‘radi.
Birlashgan Millatlar Xavfsizlik Kengashi
Батафсил: bbc.com/uzbek да.

Imom al-Buxoriy katibasi

2018 yilda AQSh Davlat departamenti "Imom Buxoriy" katibasini o‘zining xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan. Davlat departamenti o‘shanda ularni "al-Qoida"ning ittifoqchisi va Yaqin Sharqdagi o‘zbek jangarilaridan iborat eng katta guruhga nisbat bergan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining rasmiy ma’lumotlariga tayanilsa, Imom al-Buxoriy katibasiga 2011 yilda Afg‘oniston-Pokiston chegarasida, O‘zbekiston Islomiy harakati saflaridan ajralib chiqqan jangarilar tomonidan asos solingan. Kengashga ko‘ra, Imom al-Buxoriy katibasi 2015 yilning mart oyidan boshlab "Nusrat jabhasi" va unga izdosh qurolli guruhlar bilan faol hamkorlik qilib kelgan. 2018 yilda Idlib janubidan boshpana topgan. Idlibdan tashqari Suriyaning yana Halab va Hama viloyatlarida faol. BMT Xavfsizlik Kengashining ma’lumotlariga tayanilsa, "Imom al-Buxoriy" katibasi Suriyada 500 nafargacha xorijlik terrorchi jangarilarga boshchilik qiladi. Ularning aksariyatini O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Shimoliy Kavkaz mintaqasilik Rossiya fuqarolari tashkil etishadi. Guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘proq o‘zbekistonliklarni yollashga harakat qiladi. BMT Xavfsizlik Kengashining ma’lum qilishicha, "Nusrat jabhasi" tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur guruh Suriyada harbiy va fuqaroviy ob’ektlarga qarshi terrorchilik hujumlarini amalga oshirgan. Suriya hukumat kuchlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangga kirishmaslikka harakat qilgan. Odam o‘g‘irlash ishlari bilan ham shug‘ullangan. "Imom al-Buxoriy" katibasining ixtiyorida "Grad" rusumidagi ko‘p manzilli va bundan tashqari tankka qarshi raketa tizimlari, og‘ir qurollar bilan jihozlangan mashinalar ham bor. BMT Xavfsizlik Kengashiga ko‘ra, katiba liderlari Markaziy Osiyo davlatlariga hujumlarini rejalashtirish uchun ularning qo‘shnisi Afg‘onistonni yangi platsdarm sifatida ko‘radi. 2016 yildan boshlab, tayyorgarlik jamloqlarini ochish va yangi yollanganlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish maqsadida jangarilari Suriyadan Afg‘onistonning shimoliy Faryob, Bodg‘iz va Jauzjon viloyatlariga safarbar etilishgan. "Imom al-Buxoriy" katibasining Afg‘onistonda 80-100 tacha jangarisi bor, deydi BMT Xavfsizlik Kengashi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ham Suriya va ham Afg‘onistonda faol "Imom al-Buxoriy" katibasi Tolibonning hozirda marhum lideri Mulla Umarga bay’at keltirgan. "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning uzoq yillik ittifoqchisi. "Ansor al-Islom" va "Jaysh al-Muhojirin val-Ansor" bilan birga jang qilgan. Tavhid va Jihod katibasi bilan yaqindan ish olib borgan. 2024 yilning 9 dekabr kuni esa, Suriyaning Latakiyasida bo‘lgan liderining videosini e’lon qilgan.

Guruhga tegishli 2018 yilgi bayonotda aytilishicha, "Imom al-Buxoriy" katibasi "Farg‘ona vodiysida Shariat tuzumini o‘rnatish uchun kurashgan, biroq diniy qarashlari tufayli kofir rejimlarning tazyiqlaridan qochishga majbur bo‘lgan Turkiston musulmonlaridan iborat".

"Sut va asal yurti Shom(Suriya)ga esa, Allohning da’vati bilan, Yaqin Sharqdagi zulmga uchragan musulmonlarga kofir tuzumlarni ag‘darish va ozod qilingan hududlarda Shariat qonunlarini mustahkamlashda ko‘mak berish uchun kelishgan".

2017 yildan boshlab guruhga asli tojikistonlik Abu Yusuf Muhojir Hafizullohning yetakchilik qilib kelayotgani aytiladi. Aksariyat a’zolari o‘zbeklar ekani aytiluvchi har ikki guruh ham BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan o‘z vaqtida "al-Qoida" tarmog‘iga ham aloqadorlikda ko‘rilgan.

Xabarlarga ko‘ra, ular "Hay’at Tahrir ash-Shom" boshchiligidagi isyonchi kuchlarning Suriyada Asad tuzumini ag‘darishi bilan yakun topgan so‘nggi janglarda faol ishtirok etishgan.

Bundan tashqari, Markaziy osiyolik jangarilarning nomlari Suriyada "Hay’at Tahrir ash-Shom"ni dastaklovchi yirik guruhlarga asosan ko‘mak berish – tayyorgarlikdan o‘tkazish va maxsus xizmatlar ko‘rsatish vazifasi bilan shug‘ullanuvchi hozir ham faol taktik guruhlar ro‘yxatida tilga olinadi.

O‘zbek taktik guruhlari

"Muhojir" taktik guruhiga 2022 yilda ikki o‘zbek jangarisi – Abu Valid ash-Shomiy va Ayyub Hok tomonidan asos solingan. Ayyub Hok 2023 yilda bergan suhbatlaridan birida mazkur guruhning turli bo‘linmalarga harbiy yo‘riqchilik qilarkan, "Hay’at Tahrir ash-Shom"ga bo‘ysinishini aytgan.

"Musofir" taktik guruhi 2024 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning qozoq va tojiklardan tashkil topgani xabar qilinadi. Ular Instagram da kamida 2024 yil iyuni, Telegram da esa, kamida xuddi shu yilning oktyabridan faol ekanliklari aytiladi. So‘nggi bir necha oy ichida guruh ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining mashg‘ulotlari aks etgan videolarni ham joylashtirgan.

BBC Monitoring mutaxassislariga ko‘ra, so‘nggi janglar paytida har bir guruh o‘zining harbiy faolligini ijtimoiy media platformasida namoyish etmagan bo‘lsa-da, ularning ishtiroki haqida belgilar mavjud.

Aks-sadolar

IShID jangarilari

Surat manbasi, Manbar.me

Surat tagso‘zi, 2010-yillardagi dastlabki inqiroz paytida esa, aksariyat yetakchi ekspertlar aynan Suriyani nazarda tutarkan, O‘zbeklari ilova u yerda jang qilgan xorijiy jangarilarning taqdiri, ularning ortga, o‘z ona Vatanlariga qaytish-qaytmasliklari mazkur mamlakatdagi siyosiy va harbiy vaziyatning qanday yakun topishi, uzoq yillik bo‘hronning qanday yechim topishiga bog‘liq bo‘lishini ta’kidlashgandi.

"Bu islomiy jihodchilar Asad zulmidan ozod bo‘lish uchun olib borgan kurashimizda bergan qurbonliklarining kichik bir e’tirofi", - deb aytgan "Hay’at Tahrir ash-Shom"dagi manba "Reyter" axborot agentligiga.

Yangi muvaqqat rahbariyatining xorijiy jangarilarga Suriya Qurolli kuchlari saflarida rasman lavozim va harbiy rutba berish qarori islomiy va jihodiy sharhlovchilar orasida qarama-qarshi munosabatlarga sabab bo‘lgan.

Ulardan ayrimlari bu odamlarning "Hay’at Tahrir ash-Shom" yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan shaxsiy aloqalarga ega, xuddi shu guruh va uning yaqin ittifoqchilariga mansub shaxslar ekanliklariga o‘zlarining e’tiborlarini qaratishgan.

Islomiy sharhlovchilardan biri o‘zining Telegram kanalida hatto "Al-Sharaa o‘zining shohligini barpo etayotgani"ni iddao etishgacha borgan.

Ko‘plab mutaassib islomchilar esa, Ash-Sharaa va "Hay’at Tahrir ash-Shom" tomonidan ko‘rilayotgan bu va boshqa turli choralar uning qudratini maksimal darajada oshirish barobarida so‘nggi mojaro chog‘ida ko‘plab jangari guruhlar kurashgan diniy maqsadlarga putur yetkazishini ta’kidlashgan.

Asosan Suriya masalalariga e’tibor qaratgan qator sharhlovchilar esa, uzoq vaqtdan buyon jangarilik bilan uyg‘unlikda ko‘rilgan xorijiy jangarilarga ko‘rsatilgan bu kabi iltifotga G‘arbning qanday qarashiga oid savollarni ilgari surishgan.

Hatto "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning bu ishini ma’qullagan ayrim o‘ta mutassib tanqidchilari ham G‘arb mazkur shaxslarga qarshi yakka tarzda chora ko‘rishi mumkinligidan tashvish bildirishgan.

Shu kunlarda olingan xabarlarga ko‘ra, qator G‘arb davlatlari allaqachon Suriyaning yangi islomchi va isyonchi rahbariyatiga o‘zlarining bu xususdagi tashvishlarini izhor etib bo‘lishgan, ularni bu qarorini qayta ko‘rib chiqishga undashga urinishgan.

AQSh, Frantsiya va Germaniya elchilari mamlakat muvaqqat rahbariyatini xorijiy jangarilarga Suriya Qurolli kuchlari saflaridan yuqori harbiy martabalar berilishi xavfsizlikka tahdid ekani bilan ogohlantirishgan.

O‘zi chet davlatlari bilan aloqalar o‘rnatishga intilayotgan bir paytda bu Suriyaning yangi hukumati obro‘si uchun yaxshi ish emasligini aytishgan.

Bu haqda mavzudan xabardor ikki manbaga tayanib, "Reyter" axborot agentligi xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Vashington Suriya tomoni bilan davomiy muloqotda ekanligini aytgan.

"Markaziy Osiyo davlatlariga kelsak, ular Rossiya bilan yaxshi aloqalarga ega. Rossiya uzoq yillar davomida Asad rejimini himoya qilib kelgan. Suriyaning yangi yetakchilari hozir Rossiya bilan muzokaralar boshlayapti. Menimcha, Markaziy Osiyo mamlakatlari ham Suriyaning yangi rahbariyati bilan munosabatda Rossiyaning yo‘lidan borishadi. Suriyadagi jangarilar o‘zlarining boshqaruvlariga rostmana tahdid tug‘dirishmasa, Rossiya bilan aloqalarini xavf ostiga qo‘yishmaydi. Chunki Rossiya ularga o‘zining Suriya bilan aloqalarini xavf ostiga qo‘yishlariga izn bermaydi. Chunki Rossiya Suriyada o‘zining harbiy bazalari, manfaatlariga ega. Ularni imkon qadar himoya qilishni istaydi", - deydi ekspert suhbatdoshimiz Murod Batal ash-Shishaniy.

Ammo, unga ko‘ra, bu Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston misolida bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari va Suriyaning yangi yetakchilari o‘rtasida muzokaralar manbasiga aylanishi, ular jangarilarni jilovlagan, chetdagilarning ishlariga aralashmagan taqdirda, Suriya yangi hukumatini tan olish shartlarini ilgari surishlari ham mumkin.

Uning aytishicha, Suriyaning yangi rahbariyati aksariyat Markaziy osiyolik jangarilarni nazorat qila oladi.

"Ammo bu jangarilar, shu qatorda boshqalari ham, agar o‘rtalaridagi kelishmovchiliklar kuchaysa, o‘z fikrlarini o‘zgartirishlari, boshqalar bilan birlashib, Suriyaning yangi yetakchilariga muammolar ham yaratishi mumkin", - deydi suhbatdoshimiz.

Lekin, unga ko‘ra, joriy paytda bunday muammo yo‘q va Suriyaning yangi rahbariyati ularni o‘z nazorati ostida ushlab turibdi.

Ayrim ekspertlarga ko‘ra, Qurolli kuchlarning rasmiy harbiy tuzilmasiga qo‘shish bilan bu jangarilarning hozirligiga rasmiy va institutsional tus berishga urinarkan, ayni qarori "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning strategiyasidagi sifat jihatdan yangi o‘zgarishlarga dalolat qiladi.

Ular xalqaro hamjamiyat va qo‘shni davlatlarda xavotirlar uyg‘otayotgan voqealarning bu kabi rivoji Suriyaga Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrikadan xorijlik jangarilar kelishda hanuz davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri kelayotganiga ham o‘zlarining diqqatlarini qaratishgan.

Ayni fikrda bo‘lgan ekspertlarga ko‘ra, bu kabi yondashuv "al-Qoida"ning Afg‘oniston va Iroqdagi amaliyotini eslatib, Suriyaning transchegaraviy terrorchi tashkilotlar uchun ochiq maydonga aylanib qolishiga oid qo‘rquvlarni ham kuchaytirmay qolmagan.

AQSh, Yevropa va qator Arab davlatlari ham Suriya yangi yetakchilarining xorijiy jangarilar bilan bog‘liq yangi tayinlovlariga qarshi ekanliklarini aytisharkan, bu kabi bir ish transmilliy jihodchilarni ruhlantirajagini o‘z e’tirozlarining asosiy sabablaridan biri o‘laroq keltirishgan.

Agar, "Reyter" axborot agentligining xabariga tayanilsa, rasmiy Damashq o‘z qarori sababini G‘arb tomoniga xorijiy jangarilarni ularning o‘z Vatanlari yoki boshqa davlatga shunchaki chiqarib yubora olmasliklari, u yerlarda ta’qiblarga uchrashlari mumkinligi, shu bois ham, Suriyada olib qolishlari yaxshiroq ekani bilan izohlashgan.

Bu jangarilar o‘zlariga Suriyani Asaddan ozod etishga yordam berishgani, mamlakatda ekanliklariga o‘n yildan oshgani va ular allaqachon jamiyatning bir qismiga aylanib bo‘lganliklarini ham aytishgan.

Islomiy inqilobni eksport qilmaslik va Suriyadagi yirik ozchilik guruhlariga bag‘rikeng munosabatda bo‘lish va’dalariga qaramay, mamlakat yangi muvaqqat rahbariyatining qator xorijiy jangarilar harbiy rutbasini ko‘tarib, ularga Qurolli kuchlari saflaridan rasmiy lavozim berish qarori Suriya ichkarisi va tashqarisida bo‘y ko‘rsatayotgan qo‘rquvlarni halicha arita olmagan.

Yangi xavotirlar

Suriyada jang qilgan jangarilar

Surat manbasi, AFP

Surat tagso‘zi, Ayrim taniqli xorijiy jangarilar mavqe’larini rasmiylashtirish bilan bog‘liq so‘nggi qarori Suriya yangi rahbariyatining aytgan gapi qilgan ishiga qanchalik mos kelishidan xavotirda bo‘lganlarni yanada o‘ylantirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan voqe’lik sifatida ham baho topdi.

Suriyaning asosan "Hay’at Tahrir ash-Shom" a’zolaridan iborat yangi rahbariyati mas’ullari Asad rejimini ag‘darishda ko‘rsatgan fidoyiliklari uchun Suriyada o‘z o‘rnilariga ega bo‘lishlarini aytib, xorijiy jangarilar yerlashtirilishi, ya’ni o‘zlari va oilalariga fuqarolik berilishi mumkinligiga ham ishora qilishgan.

Ammo bu kabi xorijiy jangarilar Suriya kelajagida qanday rol o‘ynashi mumkinligi savoli mamlakat ichkarisi va tashqarisida xavotirlar uyg‘otishi tabiiy.

"Suriyaning yangi yetakchilari ularni nazorat ostida ushlab turishadi. Shu bilan birga, minnatdorchilik sifatida o‘z tayyorgarlik jamloqlari, jamoalariga ega bo‘lishlariga ham imkon berishadi. Ammo bu xorijiy jangarilar Markaziy Osiyodagi hamfikrlari bilan aloqa o‘rnata boshlashsa, Suriya va Yaqin Sharqdagi boshqa jangari guruhlar bilan ittifoqchilikka kirishsalar, muammo o‘shanda boshlanadi. Bu mintaqa davlatlari uchun ham boshog‘riqqa aylanishi mumkin. Chunki bu odamlar avvalboshda o‘zlaridagi tuzumlarga qarshi chiqish uchun jangarilikni tanlashgan. Yuqorida ham aytganimdek, bu Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari va Suriyaning yangi rahbariyati o‘rtasida muzokaralarga ham yo‘l ochishi ehtimoli yo‘q emas. Ammo bu Suriyaning yangi yetakchilari duch kelajak asosiy muammolardan biriga ham aylanadi. Chunki mazkur jangarilar o‘zlariga Asad tuzumini qulatishga yordam berishgan va ularga iltifot ko‘rsatishmasa, bo‘lmaydi. Biz ko‘rgan o‘zbek jangarilaridan ayrimlari niyatlari yaxshi ekanini namoyish etish uchun toza arab tilida suriyaliklarga murojaat qilib, bu yerga ko‘mak berish uchun kelishgani, biror bir muammo keltirib chiqarish yoki ularning ishlariga aralashish niyatlari yo‘qligini aytishdi. Bu qandaydir ma’noda o‘zaro ishonchni kuchaytirishi mumkin. Ammo muammoning siyosiy jihati keyinchalik bo‘y ko‘rsatishi ehtimoli bor. Chunki bu insonlar Suriyada qolishmaydi, ona Vatanlariga qaytishni maqsad qilishgan. Shu bois ham, ular o‘zlariga hamfikr odamlar bilan aloqa o‘rnatishni boshlashlari mumkin", - deydi Murod Batal ash-Shishaniy.

Hozir esa, Suriyaning yangi isyonchi yetakchilari boshqaruvni qanday eplashi va mamlakat endi qanday yo‘ldan ketishi borasida fikrlari yakdil bo‘lmagan turli guruhlar qanday qilib bir yoqadan bosh chiqarishiga oid qo‘rquvlar bor.

Va bu Suriyada yangi siyosiy va ijtimoiy tuzumga muvaffaqiyatli o‘tishni qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan talay muammolardan faqat bittasi, xolos.

Hokimiyatni qo‘lga olganidan beri ash-Sharaa mamlakatdagi barcha jamoalar huquqlari va manfaatlari birdek himoya qilinuvchi yagona Suriya davlati g‘oyasida ekanini bir necha bor ta’kidladi, kurdlar bo‘ladimi yoki nasroniylar, mamlakatdagi boshqa yirik jamoalar vakillari bilan uchrashishga ham ulgurdi.

Ammo ayrim taniqli xorijiy jangarilar mavqe’larini rasmiylashtirish bilan bog‘liq so‘nggi qarori Suriya yangi rahbariyatining aytgan gapi qilgan ishiga qanchalik mos kelishidan xavotirda bo‘lganlarni yanada o‘ylantirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan voqe’lik sifatida ham baho topdi.

Ammo "Hay’at Tahrir ash-Shoim" guruhi yetakchisi orada qilgan chiqishlaridan biri yangi Suriyani "guruhlar va jangarilar qarashi bilan boshqarib bo‘lmasligi"ni ham bayon qildi.

Ash-Sharaaning ayni mazmundagi bayonotiga asosan O‘zbeklar yoki Markaziy osiyoliklardan iborat ekani aytiluvchi ittifoqchilarining munosabati ma’lum emas.

Suriyaning yangi muvaqqat hukumati hozir jamiyatning barcha qatlamlari vakillarini birlashtirish uchun tayyorlanayotgan Milliy muloqot anjumaniga katta e’tibor qaratmoqda, ammo uning sanasi hanuz belgilanmagan.

Xuddi shu anjuman vayron bo‘lgan va bo‘lingan mamlakatda qayta tiklash jarayonini yo‘lga qo‘yishiga umid qilinmoqda.

"Hay’at Tahrir ash-Shom" omili

Ahmad ash-Sharaa

Surat manbasi, AFP

Surat tagso‘zi, "Hay’at Tahrir ash-Shom" Asad rejimiga qarshi eng samarali va qaqshatqich jang olib borgan isyonchi guruh sifatida ko‘rilgan.

"Hay’at Tahrir ash-Shom" yaqin-yaqingacha islomiy jangari guruh sanalgan, BMT, G‘arbning yetakchi davlatlari, Rossiya, Turkiya tomonidan ham "terrorchi tashkilot" sifatida ko‘rib kelingan.

"Hay’at Tahrir ash-Shom" o‘zining global jihod da’vosidagi "al-Qoida" tarmog‘i bilan aloqasini butkul uzganiga hozir ham barchani birdek ishontira olmagan.

Ammo so‘nggi haftalarda guruh keng qamrovlilik, zo‘ravonlik va qasosdan tiyilishga moyilligini oshkora bildirgan.

Yetakchisi esa, o‘zini bugungi Suriyaning amaldagi rahbari imijida taqdim etishga o‘tgan.

Xorijiy davlatlar vakillari bilan uchrashish, qator xalqaro ommaviy axborot vositalariga tez-tez suhbat bera boshlagan.

Ammo "Hay’at Tahrir ash-Shom" o‘tmishda boshqa isyonchi va muxolif guruhlar bilan o‘zaro to‘qnashuvlarga borgan.

Aksariyat ekspertlar esa, bu holat yana sodir bo‘lishi ehtimolini nazardan soqit etishmaydi.

Xuddi shu o‘rinda ayrim ekspertlar Suriya yangi yetakchilarining isyonchi va jangari guruhlarni qurolsizlantirish niyati amalda qanchalik ish berishini ham savol ostiga olishadi....

"Suriyaning yangi yetakchilari bu kabi shartni qo‘yishyapti. Ularning mamlakatdagi hamma guruhlarni qurolsizlantirishlari kerak bo‘ladi. Ammo ularning barchasi ham bunga rozi bo‘lganicha yo‘q. Xorijiy jangarilarni bu masalada anchayin zaif mavqe’dalar, desak bo‘ladi. Chunki ular Suriyada qolmoqchi bo‘lishsa, qonun-qoidaga rioya etishlari lozim bo‘ladi. Lekin Suriyaning yangi yetakchilari ularni to‘liq qurolsizlantirmasliklari ham mumkin. Chunki bu jangarilarning maqsadi boshqa, shu bois, ortiqcha muammo istamasliklari mumkin. Suriya Qurolli kuchlari safiga olingan jangarilar masalasi hal bo‘lgan. Boshqa guruhlarga esa, cheklangan miqdorda qurol-yarog‘ga egalik qilishlariga izn berishlari mumkin. Joriy paytda bu ish Suriya yangi yetakchilarining qo‘lidan keladi. Ammo, o‘tmish tajribasiga qaralsa, qurolsizlantirish jarayoni to‘qnashuvlarsiz ham kechmasligi mumkin", - deydi xalqaro ekspert Murod Batal ash-Shishaniy.

"Hay’at Tahrir ash-Shom" Asad rejimiga qarshi eng samarali va qaqshatqich jang olib borgan isyonchi guruh sifatida ko‘rilgan.

Aksariyati islomchi isyonchi kuchlar ittifoqi tomonidan uzoq yillik Asad rejimi ag‘darilishi ortidan Suriyani amaldagi Bosh vaziri vaqtincha boshqarib turibdi.

Orada kechgan qisqa vaqtning o‘zidayoq qator G‘arb davlatlari vakillarining Suriyaga tashriflari qanchalik faollashgani esa, so‘nggi haftalarda dunyodagi eng e’tibor tortgan siyosiy voqe’liklardan biri ekani kuzatiladi.

Tahlilchilarning aytishlaricha, Suriyaning yangi yetakchilari xorijliklari ilova ko‘plab guruhlar, aholining liberal qatlami, o‘zlari mamlakatni qayta tiklashga ko‘magiga muhtoj G‘arb va qudratli Arab davlatlari manfaatlari va talablari o‘rtasida muvozanat saqlashi lozim bo‘ladi va bu vazifa osonlaridan emas.

Ularga ko‘ra, bu qiyinchilikni yengib o‘tishi guruhning Suriyada o‘z nazoratini saqlab qolish va siyosiy ambitsiyalarini amalga oshirishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ash-Shaaraning bugungi moslashuvchan yondashuvi chinakam mafkuraviy o‘zgarishmi yoki yanada keskinroq va diniyroq kun tartibini amalga oshirishdan avval qo‘llovga ega bo‘lish hamda hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan oldindan o‘ylangan strategiya – hozircha ma’lum emas.

IShID jangarilari

Surat manbasi, Alamy

Surat tagso‘zi, O‘z vaqtida IShID saflarida dunyoning 100 dan ortiq davlatidan o‘n minglab xorijiy jangarilar jang qilishgan.

IShID omili

Xalqaro jihodchi ekspertlar voqealarning so‘nggi rivoji manzarasida Suriyadagi IShID omiliga ham o‘z diqqatlarini qaratishgan.

Ularning aytishlaricha, operativ va uxlab yotgan yachekaylari orqali hanuz Suriyada faolligini saqlab qolgan IShID jihodining davom etishini e’lon qilgan, "kofir" kuchlar tomonidan qudratga olib kelinganini iddao qilib, "Hay’at Tahrir ash-Shom" boshchiligidagi isyonchi hukumatni "murtadlar", deb atagan.

Ekspertlarga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqida kurdlar boshchiligidagi Suriya Demokratik kuchlari zaiflasharkan, IShID e’tiborini Hasakadagi o‘ziga aloqador jangarilar va ular oilalari saqlanayotgan qamoqxonalar va jamloqlarga qaratishi mumkin.

Ularning aytishlaricha, bu yerda saqlanayotganlarning ommaviy ozod qilinishi yoki qochishga muvaffaq bo‘lishi IShID saflarini mustahkamlab, guruhning Suriyani beqarorlashtirish salohiyatini kuchaytirishi mumkin.

Boshqa tomondan, bugun "Hay’at Tahrir ash-Shom"ning yaqin ittifoqchilari sifatida ko‘riluvchi o‘zbek jangari guruhlarining vaqti kelib unga raqib va o‘z vaqtida saflarida minglab Markaziy osiyoliklar jang qilgani ishonilgan IShID kabi boshqa yirik jangari guruhlar bilan yangi ittifoqchilikka kirishlari va yanada kuchayishlariga oid xavotirlar qanchalik asosli?

"IShIDning Ahmad Sharaa, "Hay’at Tahrir ash-Shom" va "al-Qoida"ga dushmanligi bor. Ular o‘z aloqalarini qayta tiklashni boshlashadi. Ammo nozik jihatlarini topib, bunga qanchalik muvaffaq bo‘la olishi savoli ham bor. Chunki IShID joriy pallada Afg‘oniston va Afrikada faol. Ular Suriya va Yaqin Sharqqa qaytish maqsadida. Agar aloqalarini tiklay olsa, IShID so‘zsiz xorijiy jangarilarni o‘z saflariga yollashi mumkin. Ammo biz bir narsani yodda tutishimiz kerak. IShID va boshqa jangari guruhlar o‘rtasidagi dushmanlik juda chuqurlashgan. Suriyada bir-birlariga qarshi ko‘p jang qilishgan, bir-birlarini o‘ldirishgan, qasos olishgan. Shu bois, o‘zaro ishonch va aloqalarni qayta tiklash vaqt oladi. Eng muhimi esa, jangarilarning harakat qilishi uchun resurslar va pul o‘tkazmalari masalasi. Suriyaning yangi yetakchilari o‘z nazoratlari ostida bu narsaga yo‘l qo‘yishmaydi. IShID o‘zining eski ittifoqchilari bilan shunga o‘xshash muammolarga to‘qnash kelishi mumkin", - deydi espert Murod Batal ash-Shishaniy.

Hali IShID Yaqin Sharqda mag‘lub etilgani e’lon qilingan 2019 yilda O‘zbekistondan rasmiy Toshkent "xalqaro terrorizm jangarilari terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun doimiy yashash joylariga qaytishga harakat qilishayotgani" bilan ogohlantirganiga oid xabarlar olingan.

Xuddi o‘sha yili Rossiyaning BMT qoshidagi doimiy vakili Suriyadagi IShID jangarilari va tarafdorlarining soni 3 mingga yaqin ekanini aytgan.

O‘zbekiston so‘nggi yillarda shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Iroq va Suriyadan jangarilarning oilalari ekani aytilgan yuzlab fuqarosini olib kelgan, ularni tinch hayotga qaytargan.

Rasmiy Toshkentning bu ishi o‘shanda xalqaro miqyosda e’tibor topgan, olqishlangan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati suhbatlashgan ayrim yetakchi siyosiy tahlilchilar esa, buni o‘shanda O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi fuqarolari bilan bog‘liq muammoni anglab yetgani bilan izohlashgan.

"Davlat ularni qaytarish bilan o‘zining istiqboldagi, kelajakdagi xavfsizligini o‘ylab, jiddiy ish qilayotganligi"ni aytishgan.

O‘zbekiston Prezidenti, bundan tashqari, Mirziyoyev 2018 yil sentyabrь oyida afv to‘g‘risida maxsus farmon qabul qilgan.

Bu farmon jangari guruhlarga "adashib kirib qolgan va pushaymon bo‘lgan fuqarolarni afv" etishni ko‘zda tutadi.

Uning qabul qilinishi ortidan, qancha sondagi o‘zbekistonlik jangarining ortga qaytgani ma’lum emas.

O‘zbekiston matbuoti Suriya va Iroqdan qaytgan va olib kelingan qator sobiq jangarilarga uzoq yillik qamoq jazolari berilgani haqida ham xabar berib keladi.