Tramp: Putin kelishuvni xohlamayotganga o‘xshaydi

Tramp vaa Putin

Surat manbasi, Getty Images

O'qilish vaqti: 6 daq

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatishni muhokama qilish uchun Rossiya va Ukraina prezidentlarini uchrashishga yana bir bor chaqirgan bir vaqtda Kreml Zelenskiy bilan Putin sammiti haqidagi gap-so‘zlar ahamiyatini pasaytirdi.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchrashsinlar degan chaqiriq AQSh Prezidenti Donald Tramp Putin bilan Alyaskada ko‘rishgani va Oq Uyda Yevropa liderlari va Zelenskiy kutib olingani ortidan yangramoqda.

19 avgust kuni Prezident Tramp YouTube dagi The Mark Levin Show podkastiga intervyu berdi.

Prezident bo‘lib saylanishidan oldin Ukraina urushini bir kunda tugatishga va’da bergan Tramp nizoni hal etish "murakkab ekanini" tan oldi.

Ehtimolki, Rossiya prezidenti hozir urushni to‘xtatishdan manfaatdor emas, dedi.

"Keyingi haftalarda Prezident Putin nima qilishini bilib olamiz. U kelishuvga erishishni xohlamayotgan bo‘lishi mumkin", dedi Prezident Tramp.

Tramp qo‘shimcha qilishicha, agar shunday bo‘lsa, Putin "og‘ir vaziyat" bilan yuzma-yuz kelishi mumkin, ammo Amerika prezidenti bu "og‘ir vaziyat" nimadan iborat bo‘lishi mumkinligini ochiqlamadi.

Tramp so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan Zelenskiyning "mensiz uchrashganlari yaxshi bo‘ladi".

"Agar zarur bo‘lsa, Zelenskiy va Putin uchrashuviga men ham qo‘shilishim mumkin, lekin ko‘raylikchi, nima bo‘larkin", dedi Prezident Tramp.

18 avgust kuni Ukraina va Yevropa rahbarlari Oq Uyda Prezident Tramp bilan uchrashganlaridan keyin AQSh Prezidenti Rossiya Prezidenti Vladimirga Putinga qo‘ng‘iroq qildi.

Iqtibos

Surat manbasi, .

19 avgust. Putin Zelenskiyni ham Moskvaga taklif qildimi? "Xohishlilar ittifoqi" va Tramp hammavqelari haqida qanday fikrda?

Tramp va Zelenskiy

Surat manbasi, ANDREW CABALLERO-REYNOLDS/AFP via Getty Images

Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishni taklif qildi

AFP agentligi suhbatning mazmunidan xabardor bo‘lgan ikkita manbaga tayanib xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishni taklif qilgan.

"Putin Moskvani tilga oldi", — dedi manbalardan biri. Agentlik suhbatdoshi qo‘shimcha qilishicha, suhbat davomida Oq uyda bo‘lgan Zelenskiy bunga "yo‘q" deb javob bergan.

Ilgari, Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan muzokaralar paytida Putin qo‘ng‘iroq qilganida alohida xonaga chiqqanini aytgan edi.

Kreml Putinning Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini rasman tasdiqlamadi, garchi Tramp va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya prezidenti bunga rozi bo‘lganini ta’kidlashgan.

"Xohishli ittifoqi" yaqin kunlarda AQSh bilan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokara olib boradi

Britaniya Bosh vaziri Kir starmer va Emmanuel Makron

Surat manbasi, Win McNamee/Getty Images

Surat tagso‘zi, Britaniya Bosh vaziri Kir starmer va Emmanuel Makron

"Xohishli ittifoqi" yaqin kunlarda AQSh bilan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokara olib boradi

"Xohishli ittifoqi"dagi rejalashtirish guruhlari yaqin kunlarda AQShdagi hamkasblari bilan uchrashib, ishonchli xavfsizlik kafolatlarini berish va Ukrainadagi harbiy harakatlar tugagach, yordam kuchlarini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish rejalarini kuchaytiradi.

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning ittifoqining virtual uchrashuvi yakunlari bo‘yicha matbuot xizmati xabar berdi.

Starmer va Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron raisligida o‘tgan uchrashuvda 30 dan ortiq davlat yetakchilari ishtirok etdi.

Ular xavfsizlik kafolatlaridan tashqari, Vladimir Putin noqonuniy bosqinni to‘xtatish uchun jiddiy qadamlar qo‘yishga tayyorligini ko‘rsatmaguncha, Rossiyaga bosimni qanday kuchaytirish, jumladan sanksiyalar orqali qanday ta’sir qilishni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda aynan qaysi davlatlar ishtirok etgani aniqlanmagan. Ilgari Polsha bosh vaziri Donald Tusk onlayn koalitsiya yig‘ilishida bir qator Yevropa davlatlari, Kanada, Yaponiya, Turkiya va Yangi Zelandiya yetakchilari ishtirok etganini aytgan edi.

"Xohishli ittifoqi" — bu Ukrainani qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqayotgan davlatlar guruhidir.

Tramp Fox News telekanalida yana nimalar dedi?

Tramp kulmoqda

Surat manbasi, REUTERS/Al Drago

Vladimir Putin haqida

Trampning fikricha, Putin urushdan charchagan va kelishuvga erishish "muammo bo‘lmasligi kerak". Shu bilan birga, Tramp Rossiya prezidentining kelishuvga erishishni xohlamaslik ehtimolini ham istisno qilmasligini ta’kidladi. Agar shunday bo‘lsa, Putinni "murakkab vaziyat" kutmoqda.

Vladimir Zelenskiy haqida

Trampning aytishicha, Zelenskiy moslashuvchanlikni namoyish etishi kerak, ammo u nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmagan.

Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida

Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirmayapti.

"Menimcha, ular men o‘ylagandan biroz yaxshiroq chiqishadilar, aks holda men ikki kishi uchun uchrashuv tashkil qilmagan bo‘lar edim. Men uch kishi uchun, tr uch tomonlama uchrashuv tashkil qilgan bo‘lar edim, lekin o‘ylaymanki, ishlari avvalgidan ko‘ra yaxshiroq ketmoqda", — dedi u.

Hududlar almashinuvi haqida

Fox News boshlovchisining hududlar haqidagi savoliga javob berar ekan, Tramp Ukrainaning "juda ko‘p yerga ega bo‘lishini" aytdi, lekin keyin Rossiya harbiy qudrati Ukraina harbiy qudratidan qanchalik kuchli ekanligi haqida gapirdi.

Xavfsizlik kafolatlari haqida

Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukrainaga o‘z harbiy kontingentini yuborishga tayyor. AQSh yevropaliklarga, masalan, havodan yordam berishi mumkin.

Tramp kulib turipti
REUTERS/Al Drago
Men uch tomonlama uchrashuvga qarshi emasman, lekin ko‘rinishidan Putin va Zelenskiy mensiz ham munosabatlarini yaxshi ushlab turishibdi.
Donald Tramp
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

18 avgust 2025. "Ukraina NATOga kirmaydi, Qrim qaytarilmaydi" - Vashingtondagi uchrashuvlar Ukraina kelajagi uchun qanchalik muhim?

zelenskiy

Surat manbasi, Ludovic Marin/Pool via REUTERS

Juma kuni Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskada uchrashgandan so‘ng, Oq uy rahbari Ukraina NATO tarkibiga kirmasligi va Rossiya 2014 yil qo‘shib olgan Qrim Ukrainaga qaytarilmasligini bildirdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Vashingtonga keldi.

Juma kuni Oq uy rahbari Vladimir Putin bilan Alyaskada suhbatlashdi va tinchlikka erishish uchun o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasidan voz kechdi. Yevropa mamlakatlarining yetakchi rahbarlari Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSh poytaxtiga birga borishini ma’lum qildilar.

Oq uydagi shiddatli muzokaralar Ukraina kelajagini o‘zgartirishi mumkin

BBC muxbiri Frank Gardner tahlili:

Dushanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Ukraina taqdiri uchun – va butun Yevropaning xavfsizligi uchun – o‘tgan juma kuni Alyaskada o‘tgan AQSh-Rossiya sammitiga qaraganda ham muhimroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Tashqaridan Putin-Tramp uchrashuvi kutilganidik natijasiz yakunlandi.

O‘t ochish to‘xtatiladi degan e’lon ham bo‘lmadi, sanksiyalar masalasida ham yangilik yo‘q, katta bayonotlar qilinmadi.

Nahotki, Ukraina va Yevropa dunyodagi eng qudratli ikki yadroviy davlat yopiq eshiklar ortida tayyorlagan kelishuvdan chetda qoladimi?

Ukraina va uning hamkorlari bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilayotgani ko‘rinib turibdi.

Vashingtonda prezident Zelenskiy bilan birga Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Frantsiya prezidenti Makron, Germaniya kantsleri Merts va boshqa yetakchilarning kelishi Zelenskiy 28 fevralda bo‘lganidek Oval ofisda yana "qopqonga" tushib qolmasligi uchun emas.

Ular Donald Trampga ikki narsani aniq yetkazishga bel bog‘lashgan: birinchisi – Ukraina ishtirokisiz Ukrainaga hech qanday tinchlik bitimi bo‘lishi mumkin emas; ikkinchisi – u kelishuv "temirdek mustahkam" xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlanishi shart.

Eng avvalo, Yevropaning yetakchilari AQSh prezidentiga Ukraina va Yevropa yagona frontda ekanini ko‘rsatishni istashmoqda. Ular shuningdek, uning Vladimir Putin bilan shaxsiy yaqin munosabatlari Rossiya yetakchisining talablariga bo‘ysunishga olib kelmasligiga ishonch hosil qilishni xohlashadi.

Mana shu yerda Kir Starmerning diplomatik mahoratlari jiddiy sinovdan o‘tadi.

Tramp Starmerni yoqtiradi va uni tinglaydi. Bir oydan keyin esa Tramp davlat tashrifi bilan Britaniyaga keladi.

U, shuningdek, uchrashuvga borayotgan NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan ham yaxshi munosabatda. Ryutte ba’zan "Trampning shivirlovchisi" deb ham ataladi.

Ammo AQSh prezidenti Frantsiya rahbari Makronni unchalik yoqtirmaydi va yaqinda Oq uy uning BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini shartsiz tan olish niyatini qattiq tanqid qildi.

Aloqador mavzular:

Yevropa yetakchilari xalqaro chegaralar kuch bilan o‘zgartirilishi mumkin emasligini ta’kidlab keladi. Prezident Zelenskiy esa hech qachon hududdan voz kechmasligini va buni Ukraina konstitutsiyasi ham taqiqlashini qayta-qayta aytib kelmoqda.

Biroq Putin Donbassni xohlaydi – u yerda Rossiya kuchlari hozir 85 foizdan ortiq hududni nazorat qiladi. Shu bilan birga u Qrimni hech qachon qaytarish niyatida emas.

Bir vaqtlar Estoniya bosh vaziri bo‘lgan va hozir Yevropaning oliy darajadagi diplomati Kaya Kallas aytganidek: Ukraina uchun g‘alaba faqat bosib olingan yerlarni qaytarishdan iborat bo‘lishi shart emas.

Agar Ukraina NATOning 5-moddasiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini qo‘lga kirita olsa, kelgusida Rossiya tajovuzini tiyib turishga va davlat mustaqilligini ta’minlashga yetarli bo‘lsa, u ham g‘alaba shakli bo‘lishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Hozir AQSh va Rossiya muhokama qilayotgan taklif Ukraina hududining bir qismini xavfsizlik kafolatlari bilan almashishga o‘xshaydi.

Ammo savollar juda ko‘p.

Ukraina urushni tugatadigan, ammo yerlarining bir qismini yo‘qotadigan kelishuvni qabul qila oladimi, ayniqsa, minglab insonlar aynan o‘sha yerlar uchun halok bo‘lgan bir paytda?

Agar Ukrainadan Rossiya hali egallamagan Donetsk viloyatining qolgan 30 foizidan voz kechishi so‘ralsa, bu Kiev tomon yo‘lni himoyasiz qoldirmaydimi?

Starmer maqtayotgan "Ko‘ngillilar ittifoqi"-chi?

Ilgari muhokama qilingan Ukrainaga o‘n minglab askar joylashtirish rejalaridan qaytildi.

Endilikda asosiy e’tibor "havo va dengiz xavfsizligini ta’minlash" hamda Ukraina armiyasini tiklashga yordam berishga qaratilgan.

Biroq maydonda urush to‘xtagan taqdirda ham xavfli sharoit saqlanib qoladi.

Men suhbatlashgan har bir harbiy ekspert shu fikrdaki: jangovar harakatlar to‘xtashi bilan Putin armiyasini qayta tuzadi, yana ko‘proq qurol ishlab chiqaradi va ehtimol, uch-to‘rt yil ichida yangi hududlarni bosib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Agar bu holat amalga oshsa, Rossiya kolonnasiga qarshi birinchi raketani otishga tayyor turadigan jasur "Tayfun" yoki F-35 uchuvchisi kerak bo‘ladi.