Rossiya: "Vatanga uning nohaq ekanligini aytish vatanparvarlikdir..."

Surat manbasi, SKAZHI GORDEEVOY
Alla Pugachyova urush boshlanganidan keyingi ilk bor media bilan suhbatlashdi.
Pugachyova bir necha yil avval Rossiyani tark etgandi. Jurnalist Katerina Gordeeva bilan suhbatning asosiy mavzusi urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay Rossiyani tark etish qarorini bergani va undan keyingi voqealarga munosabatlar bo‘lgan.
Suhbat 3 yarim soatdan ko‘proq davom etgan, unda Rossiya va sobiq Sho‘ro davlatlarining eng mashhur xonandasi turli davr siyosatchilari, o‘zining turmush o‘rtoqlari haqida ham gapirgan.
U o‘z qo‘shiqlari va butun hayoti davomida uni ham sevgan, ham yomon ko‘rgan har bir insonga nimalarni qoldirmoqchi ekanligi haqida ham so‘z yuritdi.
Pugachyova muqaddam bu kabi katta suhbatni 2017-yilda aktyor Oleg Menьshikovga (undan oldinroq 2012-yilda Vladimir Poznerga) bergan edi va o‘shanda ular hayrat va hayojonini yashirmasdan, asosan, sahna va uning ortida bo‘layotgan voqealar haqida hikoyalarni tinglashgan.
Ammo Katerina Gordeeva bilan suhbat ohanggi boshqacha bo‘ldi.
Alla Pugacheva va uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin (Ukraina bilan urush boshlanganidan keyin Rossiyani tark etgan va Pugacheva Rossiya hukumatidan eridan keyin uni ham «xorijiy agent» deb tan olishini so‘ragandi).
2024-yil iyul oyida Kievdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasiga hujumdan so‘ng u shunday deb yozgan edi: "XUDO sabrli, lekin hamma narsaning ChYeGARASI bor".
"Odamlar uchun bir hujjat bo‘lib qolaversin", u suhbat maqsadini shunday ta’rifladi.
Pugachyovaning suhbatda aytishicha, Rossiyani tark etish qarori asta-sekin qabul qilingan. Prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Sergey Kirienko u bilan gaplashishni so‘ragan va xavotirlanmaslikka chaqirgan.
Pugachyovaning aytishicha, u hatto unga ishongan, lekin bu suhbatdan so‘ng ikki kun o‘tib Galkin «xorijiy agent» deb topilgan.
Galkin va Pugachyova farzandlari maktabda masxara qilingan. Sinfdoshlari ularni "Josus bolalari" deya haqoratlashgan.

Surat manbasi, TASS
"Oyoqlar qaltiramoqda, ammo qo‘llar hali ham titramayapti", deydi Pugacheva o‘zi haqida va bunda u faqat yoshi yoki sog‘lig‘ining holatini nazarda tutmayotgan ko‘rinadi.
"Vijdon tushunchasi bor, u shuhratdan, hashamatdan, dunyodagi hamma narsadan qimmatroq", deydi Pugacheva.
"Vatanga uning nohaq ekanligini aytishning o‘zi vatanparvarlikdir..."
Suhbatning kattagina qismi xonandaning estrada va hayoti haqidagi xotiralari haqida kechgan.
U o‘z hamkasblari ham eslaydi. Xususan, u har doim Tatyana Bulanovaga xayrixoh bo‘lgani, Manijaga bo‘lgan muhabbati haqida, renessansni boshdan kechirayotgan Nadejda Kadisheva haqida iliq so‘zlaydi.
Faqatgina Shaman maqtovga sazovor bo‘lmadi, bu ham uning musiqasi yoki iste’dodi bilan emas, balki shaxsiy fazilatlari bilan bog‘liq.
"Xudo saqlasin, menga Primadonna deyishsa, yoqtirmayman. "Primadonna" - bu qo‘shiq nomi", deydi Pugachyova.
"Men — qo‘shiq kuylovchi ayolman". Bu ham uning qo‘shig‘i nomi.
Pugachyova hatto bir paytlar Vladimir Putinning muxlisi bo‘lganligini, uni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi: «U ajoyib to‘g‘ri gaplarni aytdi. Hatto Ukraina haqida ham. Umuman olganda, men o‘ylagan hamma narsani u aytdi"
"Kursk" suv osti kemasi bilan bog‘liq fojiadan so‘ng bu o‘zgardi.
Cuhbat yakunida Pugachyova bir necha marta ko‘z yoshlarini tiya olmay, o‘z muxlislariga, ular qaerda bo‘lmasin murojaat qildi.
U muloqot baxti va muhabbat, hozir ham uning yonida ekanliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ammo xonanda ba’zilar "qanday qilib shunday yashaydilar" deya hayratini ham yashirmaydi.
"Tarixni bilishmaydi, lekin undan faxrlanadilar, tibbiyotda nimalar bo‘layotganini bilishmaydi, lekin sog‘liqni saqlash tizimidan faxrlanadilar…"
"Yaxshilik, mehr va go‘zallikka intilishni o‘rganing. Hech narsani buzish kerak emas. Yaratish kerak. Tinchlik tilab ibodat qilish kerak, urushdan o‘yin kabi rohatlanish emas..."
Rossiya adliya vazirligi Katerina Gordeeva va Maksim Galkinni xorijiy agentlar deb e’lon qilgan.












