Endi Rossiya bilan bellashib bo‘ladimi? Video

Surat manbasi, Alexandr Demyanchuk
- Author, Anastasiya Zanuda
- Role, BBC, Ukraina xizmati
- O'qilish vaqti: 6 daq
Rossiyaga qarshi urushish uchun endi Ukrainaning kuchi yetadimi?
Aloqador mavzular:
- AQSh-Rossiya muzokaralari yakunlandi. Ukraina urushi bo‘yicha murosaga kelishildimi?
- Trampning gapiga Moskva jim, Kiev hayron, rubl qimmatlayapti, Toqaev mintaqada ildamlik qildimi va Markaziy Osiyoda o‘nlab odam hukm qilindi – ular IShID ga aloqadormi?
- Rossiya: Putinning yaqin ittifoqchisi Markaziy Osiyoda, mintaqaga tahdid kuchaydimi?
- Volodimir Zelenskiy Kiev Rossiya va AQSh o‘rtasida Ukraina ishtirokisiz kelishilgan har qanday tinchlik bitimini qabul qilmasligini aytdi
Rossiya baribir kuchlimi - videomizni ham tomosha qiling:
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 1

Rossiyaning Ukrainaga to‘laqonli bosqinidan uch yil o‘tarkan, ko‘pchilik o‘zining e’tiborini eski bir naqlga qaratgan:
Harbiylar jangda yengishi mumkin, ammo urushda iqtisodlar g‘alaba qozonadi.
Shunday ekan, Rossiyaga qarshi urushish uchun endi Ukrainaning kuchi yetadimi?
Prezident Zelenskiy yaqinda Ukraina urushning "nafaqat tez, balki adolatli" yakunlanishini xohlashini ta’kidladi.
Ammo yirik ittifoqchisi bo‘lgan AQSh Ukrainaga ko‘magini muzlatdi.
Bundan tashqari, kelajakda qo‘llovini kamaytirishga ham sha’ma qildi.
Shunday ekan, Ukrainaning uch yillik urushdan charchagan iqtisodi yana bir yil jangga bardosh bera oladimi?
Ukrainaning urush davri moliyasi

Surat manbasi, Getty Images
Ukraina Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan katta bo‘lsa-da, aholisi, hududi va iqtisodi jihatidan Rossiyadan ancha kichik.
To‘laqonli urushdan avval Rossiya iqtisodiyoti Ukrainanikidan 10 baravar katta edi.
Urush Ukraina iqtisodiga bergan zarba esa, mamlakatning bu yaqin tarixida kuzatilmagan.
Bunaqasi, hatto, Sho‘rolar Ittifoqi qulab, iqtisodiy parokandalik yuzga kelgan va inflyatsiya osmonga sapchigan 1990-yillarda ham bo‘lmagan.
2022 yil fevralidan boshlab, hukumat davlat daromadlarining katta qismini mudofaa xarajatlariga sarfladi.
Ammo, shu bilan birga, boshqa muhim – davlat xizmatlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalarga pul ajratishi oson bo‘lmadi.
Bu esa, davlat byudjetida ulkan bo‘shliqni yuzaga keltirdi.
Rossiya tajovuzining ilk oylarida Kiev davlat obligatsiyalarini sotish va qo‘shimcha pul chop etish orqali kamomadni qoplashga harakat qildi.
Ammo, 2022 yil yakuniga kelib, Ukraina iqtisodiyoti qariyb uchdan bir qismga qisqardi, inflyatsiya 25 foizdan oshdi.
Barqarorlikka esa, Ukraina xalqaro ittifoqchilari ko‘magida erishdi.
Dastlab AQSh Ukrainaning asosiy donori va yordamchisiga aylandi.
Amerika mamlakatga harbiy va insonparvarlik ko‘magini ko‘rsatdi, iqtisodini barqarorlashtirish uchun moliyaviy sohada ham qo‘lladi.
Ammo keyinchalik bu vazifa, ayniqsa, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash Yevropa Ittifoqi zimmasiga o‘tdi.
"Bugungi kunda urush xarajatlarining 80 foizini Ukraina va Yevropa qoplaydi, 20 foizini esa, Amerika Qo‘shma Shtatlari", - deya ma’lum qilgandi prezident Volodimir Zelenskiy xalqaro Myunьxen Xavfsizlik anjumaniga yo‘l olar ekan.
2022-2024 yillar oralig‘ida Ukraina kreditlar, grantlar va qarzlarini yengillashtiruvchi kelishuvlar shaklida chetdan jami $115 milliard dollar mablag‘ olgan.
Urushni davom ettirishi uchun Ukrainaga yiliga $40 milliard dollarcha kerak bo‘ladi. Agar bu pul bo‘lmasa, ahvol o‘ta ayanchli tus oladi.
Yordam qanday ko‘mak qilmoqda?

2022 yilda keskin pasaygan Ukraina iqtisodi, xorijiy yordam sabab, 2023 yilda 5,3%, 2024 yilda esa, 3,6 foizga o‘sdi.
Bunga rasmiy hisob-kitoblar dalolat qiladi.
Xalqaro ko‘mak Ukrainaga valyuta zaxiralarini to‘ldirish, milliy valyutasini nisbatan barqaror saqlash qolish va byudjet taqchilligini qoplash imkonini berdi.
Ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar tahliliy markazi rahbari Dmitriy Boyarchukning aytishicha, "urushni davom ettirishi uchun Ukrainaga yiliga $40 milliard dollarcha kerak bo‘ladi".
"Agar bu pul bo‘lmasa, ahvol o‘ta ayanchli tus oladi".
Ukrainaning ichki jabhasi

Surat manbasi, Reuters
Ukrainaning urush holatidagi iqtisodi uchun faqatgina pul muammo emas, ishchi kuchi va energiya ham taqchil.
Rossiya Ukrainaning urushdan avvalgi energiya ishlab chiqarish salohiyatining yarmiga yaqinini vayron qilgan yoki bosib olgan.
Agar, Ukraina Energiya vazirligining hisob-kitoblariga tayanilsa, 2022-2024 yillar oralig‘ida mamlakat energiya infratuzilmasi Rossiyaning 1000 dan ortiq hujumiga uchragan.
Ukrainaning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini asosan atom elektr stantsiyalari qoplab turibdi.
Rossiyaning yirik hujumlariga hozircha ularga jiddiy bir ziyon yetkaza olmagan.
Energiyaga ehtiyoj eng katta bo‘lgan soatlardagi taqchillik esa, chetdan olinayotgan elektr toki, shamol va quyosh qurilmalari, shuningdek, mobil gaz turbinalari hisobiga qoplanmoqda.
Ammo bularning barchasi yashash tarzini qimmatlashtirgan, biznes va butun sanoat uchun xarajatlarni oshirgan.

Surat manbasi, Getty Images
Ukraina iqtisodi uchun yana bir katta muammo – ishchi kuchining taqchillashib borayotganidir.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda ishchi kuchi uchdan bir qismga qisqargan.
Bunga esa, urushda berilayotgan qurbonliklar, migratsiya, shuningdek, davomiy safarbarlik sabab bo‘lmoqda.
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy aytishicha, joriy paytda mamlakat Qurolli kuchlari saflarida 880 mingga yaqin odam jang qilayotir.
Bundan tashqari, Rossiyaning ishg‘oli Ukraina aholisining chorak foizga yaqinini uylariga tark etishga majbur qilgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb yetti million ukrainalik chetdan boshpana topgan va 4,6 milliondan ortig‘i mamlakatning o‘zida ichki qochqinga aylangan.
14 fevral: Putin istaganini oladimi?

Surat manbasi, EPA
"Putin jang qilmasdan ham, yirik g‘alabaga erishdi"mi? Rossiya prezidenti G‘arbda katta gap bo‘lmoqda...
Aloqador mavzular:
- Volodimir Zelenskiy Kiev Rossiya va AQSh o‘rtasida Ukraina ishtirokisiz kelishilgan har qanday tinchlik bitimini qabul qilmasligini aytdi
- Zelenskiy birinchi marta Rossiya bilan yer almashish haqida gapirdi. Rossiya bunga rozimi?
- O‘zbekiston. Kun savoli: Rossiya va Xitoy gegemonligi qarshisida bugun Turkiy davlatlar nima qila oladi?
- Rossiya: Putinning yaqin ittifoqchisi Markaziy Osiyoda, mintaqaga tahdid kuchaydimi?
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 2
Aks-sadolar

Surat manbasi, EPA/ILLYUSTRATIV
AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasidagi Ukraina urushini tugatishga qaratilgan ilk telefon muloqotini G‘arbdagi aksariyat yetakchi nashr sharhlovchilari Putinning g‘alabasiga yo‘yishdi.
Ular, "Putin Tramp bilan Ukraina taqdiri bo‘yicha yakkama-yakka muzokaralar olib borish uchun izolyatsiyadan jahon siyosatiga qaytmoqda, Bryussel va Kiev esa, endi o‘zlarini bu jarayondan chetda qolgandek his qilishlari mumkin", - deb yozishdi.
Polshaning "Rzeczpostpolita" nashri sharhlovchisi Yenjey Belitskiyning fikricha, Tramp bilan muloqot Putin izolyatsiyasining yakuni bo‘lgan: "U urush jinoyatchisi hisoblangan. Endi esa, bu bilan dunyoning eng muhim rahbariga teng huquqli hamkor ekanligini isbotlagan".
"Nyu-York Tayms" nashri esa, bu suhbatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya prezidentining "katta g‘alabasi", deb atagan.
"Telefon qo‘ng‘irog‘i Putinni Ukraina taqdiri va boshqa masalalarni Moskva va Vashington hal qilishi kerak, degan fikrda qat’iylashtirdi", - deb yozdi nashrning Moskva byurosi rahbari Anton Troyanovskiy. – "Bu Putin, Rossiyaning 2022 yil boshida Ukrainaga bostirib kirishidagi halokatli muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, urushdan Yevropaning qayta chizilgan xaritasi va mamlakati ta’sirining kuchayishi bilan chiqishi mumkinligi dalolatidir".
Trampdan aniq shartlarning yo‘qligi ko‘proq yomon mujda sifatida qabul qilinadi. Economist nashriga ko‘ra, Tramp "Kremldan aniq yon berishlarga erishmay turiboq, Rossiya bilan munosabatlarini amalda normallashtirishga kirishmoqda".
Ammo "Nyu-York Tayms" nashrining ta’kidlashicha, aksariyat sharhlovchilar, shunda ham, Putin o‘zi istagan hamma narsaga erishadi, degan to‘xtamga kelishga hali erta, degan fikrda: muzokaralarga endi-endi kirishilmoqda.
Le Monde jurnalisti fikricha, Kiev uzoq vaqtdan beri AQShning yangi prezidenti Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara qilishni afzal ko‘rishi mumkinligidan xavotirda edi va endi esa, bundan buyog‘iga jarayonning Rossiyaning yo‘rig‘i ostida kechishi xavfi bor.
"Rossiyaning ta’sir doirasi ostida, G‘arb va NATO undan shunchaki foydalanishmoqda, degan fikridan kelib chiqib, Putin Ukraina kelajagi bo‘yicha Vashington bilan bevosita muloqotni ancha paytdan buyon kutayotgandi", - deb yozadi "Vashington Post". – Chorshanba kungi 90 daqiqalik qo‘ng‘iroq Tramp va Putin o‘rtasidagi ittifoq mustahkamlanganini ko‘rsatdi va bu Zelenskiyni xavotirga solishi aniq".
Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarida qudratga qaytarkan, Putinni "bu ahmoqona urush"ni tugatish uchun muzokaralar stoliga o‘tkazishga va’da bergan va bu ish amalga oshmasa, Rossiya yangi sanksiyalar va bojlarga duch kelishi bilan po‘pisa ham qilgan.
Ukraina prezidenti bunga javoban, o‘zining farmoniga zid ekaniga qaramay, Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga rozi bo‘lgan.
Ammo kelajakda NATOga a’zo bo‘lish, shuningdek, Ukraina hududiga tinchlikparvar kuchlarni, jumladan, AQSh qo‘shinlarini joylashtirish kabi o‘zlariga G‘arbdan xavfsizlik kafolatlari kerakligini ham ta’kidlagandi.
Endi esa, ohang o‘zgardi. Putin-Tramp telefon muloqotidan bir necha soat avval Amerika Mudofaa vaziri Pit Hegset Ukrainaning umidlarini chippakka chiqargan bir qancha bayonotlar berdi.
Xususan, u (va Tramp ham buni keyinroq qo‘llab-quvvatladi) Ukraina NATOga kirishga umid qilmasligi kerakligi, Kievning 2014 yilgi chegaralarga qaytish istagi amaliy emasligi va muzokaralar qanday natija bilan tugashidan qat’inazar, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yubormasligini aytdi.
Yana Putin haqida...
Putin qayta Ukrainaning ortiq biror qarich yerini bosib olishga urinmasligiga ishonch hosil qilishlari kerak...
NATO Mudofaa vazirlarining Bryusseldagi kecha, 13 fevral kungi yig‘ini chog‘ida ittifoq Bosh kotibidan so‘ralgan savollarda ham aynan xuddi shu masala ustunlik qilgani ko‘rildi.
Mark Ryutte ham, "Putinga u istagan narsasini berishlari yoki yo‘qligi" savoli qarshisida qoldi.
U o‘zining javobida ittifoq kelajakda Ukrainani NATOga a’zo qilishga ahd qilgani, ammo bu Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining sharti bo‘lishiga "hech qachon kelishilmagan"ini ta’kidlagan.
Vladimir Putin Ukrainaning NATOga kirishiga doimo qarshi bo‘lib kelgan, shuning uchun ham ittifoqqa a’zo ayrim davlatlar tinchlik muzokaralarida mazkur shartning ilgari surilishi urushning cho‘zilishiga olib kelishidan xavotirda.
Buning o‘rniga, Ryuttega ko‘ra, NATO Rossiya prezidenti "hech qachon Ukrainaga boshqa hujum qilishga urinmasligi"ga ishonch hosil qilishi kerak.
"Putin urushni tugatmoqchi ekanligiga ishonasizmi?", degan savolga esa, u Rossiya prezidentining xayolida nima borligini bilmasligini aytib javob bergan.
Ryuttening aytishicha, u Rossiya prezidenti bilan ko‘p bor uchrashgan.
NATO Bosh kotibiga ko‘ra, Putin kuchli muzokarachi, ammo nimani xohlashini oldindan aytib bo‘lmaydigan shaxs.
Ryuttening aytishicha, agar NATO Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishmoqchi bo‘lsa, muzokaralarni Putin biladigan tarzda olib borishi va shartlarni tushunishiga ishonch hosil qilish kerak.
NATO Bosh kotibining ta’kidlashicha, Putin Ukraina "lozim bo‘lgan barcha yordamni olishini bilishi shart".
Ryutte Ukraina muzokaralarni "kuchsiz" mavqe’da boshlayotganiga oid fikrlarga qo‘shilmasligini ham aytgan.
Unga ko‘ra, bu muloqotlar qanday yakun topishidan qat’inazar, "Putin qayta Ukrainaning ortiq biror qarich yerini bosib olishga urinmasligiga ishonch hosil qilishlari kerak".
End of Bizga a’zo bo‘ling:












