Tramp: "Eron namoyishchini qatl qilsa, juda qat’iy chora ko‘ramiz". Video

Surat manbasi, Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Eron norozilik namoyishlarida qatnashganlarni qatl qilsa, bunga javoban "o‘ta qat’iy amal" qilinishi haqida ogohlantirgan.
Inson Haqlari guruhlari hozirga qadar aksil-hukumat namoyishlarini bostirish harakatlari natijasida 2400 inson o‘ldirilganini aytishmoqda.
O‘tgan hafta hibsga olingan Erfon Sultoniy yaqinining BBS Fors xizmatiga ga aytishicha, uni bugun, chorshanba kuni qatl qilish rejalangan.
Eron hukumati o‘limlar uchun javob beradi"
Hengaw Inson Haqlari tashkiloti vakilining BBSga aytishicha, bu qadar tezlik bilan o‘lim jazosi chiqarilishi holatini hozirgacha kuzatmagan.
Sultoni yaqini so‘zlariga ko‘ra, mahkama unga "o‘ta tez sur’atda, 2 kunning ichida o‘lim jazosi hukmini chiqargan".
Hengaw tashkilotidan Anvar Shayxning aytishicha, "Eron hukumati odamlarni bostirish va qo‘rquv tarqatish yo‘lida o‘zi bilgan hamma choradan foydalanmoqda".
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post

Surat manbasi, Hengaw Organization for Human Rights
AQSh qanday chora ko‘rishi mumkin?
Seshanba kuni janob Tarmp o‘zining Truth Social Ijtimoiy Tarmog‘idagi postida "Eron hukumati o‘limlar uchun javob berishi" ni aytib, odamlarni " namoyishlarni davom ettirishga" chorlagan. "Yordam kelmoqda, kuting", deya xitob qilgan u namoyishchilarga qarata.
AQSh prezidenti harbiy amaliyot doxil boshqa turli chora ehtimollarini ko‘rib chiqayotgani xabar berilmoqda.
U allaqachon Eron bilan savdo aloqalariga ega mamlakatlar uchun 25 foizlik tariflar kiritilishini e’lon qilgan.
Eron hukumati o‘z navbatida AQShni "harbiy aralashuv uchun bahona qidirayotganlikda" ayblagan.

Surat manbasi, EPA
Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh prezidenti so‘zlaridan so‘ng mamlakat "xorijiy va yovuz kuchlar" aralashuvidan o‘zini himoya qilishi haqida aytgan.
Janob Aroqchi o‘zining Telegram kanalida Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Frantsiya rasmiylari bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi Ishlar vaziri bilan telefon suhbatida janob Aroqchi Erondagi beqarorliklar vaziyatini muhokama qilib, "bosiqlik ustun kelishi" haqida aytganligini bildirgan.
Tashqi Ishlar vazirligi Telegram kanalida aytilishicha, suhbat mobaynida "AQSh rasmiylarining Eron ichki ishlariga aralashuv, deya ko‘rilayotgan ig‘vogarlik bayonotlariga ishora qilinib, Eron xalqining o‘z mustaqilligini xorijiy va yovuz kuchlardan himoya qilishdagi qat’iyati" borasida so‘z yuritilganligi ma’lum qilingan.

Surat manbasi, Reuters
Hozirga kelib norozilik chiqishlari Eron bo‘ylab 180 shaharga tarqalgani aytilmoqda.
Narxlar oshishi va eron valyutasining keskin qadrsizlanishidan norozilik sifatida boshlangan namoyishlar tez orada siyosiy o‘zgarishlarni talab qilayotgan noroziliklarga aylandi.
Joriy namoyishlar 1979 yilgi Islomiy Inqilobdan beri eng jiddiy va keng ko‘lamli chiqishlar sifatida ko‘rilmoqda.
Namoyishlar o‘tgan payshanba kuni anchayin kuchaydi va xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirila boshladi. Internet tizimi va boshqa aloqa vositalari o‘chirildi.
Inson Haqlari faollari yangilik agentligi HRANA 18 mingdan ziyod inson hibsga olinganini aytmoqda.












