Rossiya O‘zbekistonning e’tirozlarini jiddiy qabul qila boshladimi? (video)

Surat manbasi, Telegram/Следком Приморья
Rossiyaning Vladivostok shahridagi O‘zbekiston konsulxonasi jinoyat ishi qo‘zg‘atish va chora ko‘rish talabi bilan murojaatlar qilgani ortidan Primorsk o‘lkasi Tergov qo‘mitasi o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilgan uch o‘smirga qarshi jinoyat ishi ochganini xabar qildi.
Ilk bor rasmiy Toshkentning notasidan bir kun o‘tib, Vladivoctokda o‘zbekistonlik migrantlarni kaltaklagan o‘smirlar qidiruvga berildi va ulardan biri ushlandi.
Odatda O‘zbekiston pul ishlab topish uchun borgan fuqarolari borasida yoki imperialistik ruhdagi chiqishlarga Rossiyaga e’tirozlarini ochiq bildirmaslikka harakat qilib kelgan.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
2023 yilning 21 dekabridan vaziyat o‘zgara boshladi.
O‘shanda Rossiyalik siyosatchining O‘zbekistonni qo‘shib olish kerak, degan shov-shuvli gapiga javoban O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya elchisi taklif qilindi va unga rasmiy Toshkentning e’tirozlari bildirildi.
Bu nisbatan yumshoq deya tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, keyinchalik O‘zbekiston tashqi siyosatda Rossiyaga dadilroq va ochiq munosabat bildira boshladi.
2025 yilning 1 fevralida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zbek xalqini haqorat qilgan holat bo‘yicha, Rossiyaga "zudlik bilan murojaat" qilganini bildirdi.
Moskva tekshiruv o‘tkazib, ushbu shaxs Rossiya fuqarosi emasligini ma’lum qildi.

Surat manbasi, .
2025 yilning 2 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston tomoni Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquqlari toptalayotgani va ularga qo‘pol muomala holatlari ko‘payib borayotganiga e’tibor qaratgan.
O‘zbekiston o‘z xavotirlarini Rossiyaning tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligini alohida ta’kidlagan.
Bu orada Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarni tahqirlash holatlari to‘xtatamadi.
Rossiya kuch ishlatar organ xodimlari yana migrantlarni tepkilab tekshiruv o‘tkazdi.
10 iyunda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoni bilan yana uchrashuv tashkil qilib, O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar kuzatilayotganidan tashvish bildirdi.
Va bu safar norozilik notasini topshirdi.
Xabarda vazirlik matbuot kotibi migrantlar borasidagi uchrashuvlar har oy o‘tkaziliyotganini ma’lum qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibasi Mariya Zaxarova O‘zbekiston e’tirozini tegishli idoralarga yuborishini ma’lum qildi.
Ammo uning natijalari rasmiy munosabat bildirilmadi.
3 sentyabrda rasmiy Toshkent Rossiyaga navbatdagi notasini yubordi. Bu safar mahalliy xalq vakillaridan biri o‘zbekistonlik taksi haydovchiga ruslarning quli ekanligini, aytib haqorat qildi.
O‘zbekiston mazkur videodagi shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishni so‘ragan.
Ochiq manbalarda Rossiya tomonining ushbu e’tirozga javob bergani yoki holat bo‘yicha surishtiruv boshlagani borasida xabar yo‘q.
Nihoyat O‘zbekistonning so‘nggi bir yil ichida Rossiyaga yuborgan uchinchi norozilik notasiga Rossiya tomoni zudlik bilan munosabat bildirdi.












