Rossiyada yana yangi qonun, yana bosh nishonda migrantlar

Rossiyadagi migrantlar

Сурат манбаси, Getty Images

Ўқилиш вақти: 2 дақ

Bir kun ichida Davlat Dumasi uch o'qishda Rossiyaning yangi fuqarolarini pasport olgandan so'ng darhol harbiy ro'yxatdan o'tishga majbur qiladigan qonunni qabul qildi. Tez orada Rossiya pasporti beriladigan shaxslar to'g'risida Ichki ishlar vazirligi harbiy ro'yxatga olish uchun harbiy bo'limlarga xabar beradi. Harbiy ro'yxatga tushmaganlar fuqarolikdan mahrum etiladi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, qonun asosan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarga qaratilgan - ular Rossiya fuqaroligini olishga da'vogarlar orasida ko'proq.

Aloqador mavzular:

"Qonun loyihasi Davlat Dumasining Migratsiya siyosati komissiyasi ishining bir qismi sifatida tayyorlangan va Rossiya Federatsiyasi "yangi fuqarolari"ning Vatanni himoya qilish bo'yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishga qaratilgan", deyiladi qonun loyihasi muqaddimasida.

Deputatlar yangi fuqarolarning harbiy burchni bajarishdan qochishi "keng tarqalgan"ini ta'kidlashgan.

Qariyb bir yildan buyon Rossiya politsiyasi masjidlar, umuman mehnat muhojirlari - xoh xorijlik bo'lsin, xoh Rossiya pasportini endi olganlar ishlayotgan joylarga davriy reydlar o'tkazib, qonun ijrosini ta'minlamoqda.

Har safar bunday amaliyotlardan so'ng o'nlab odamlar majburiy ro'yxatga olish uchun harbiy bo'limlarga olib ketiladi.

Иқтибос

Сурат манбаси, .

Qonun Rossiyaning yangi fuqarolari uchun hech qanday yangi majburiyatlarni kiritmaydi, ilgari ham ular harbiy ro'yxatdan o'tishlari kerakligini tushunishgan.

Qonun loyihasining tushuntirish xatida asosiy yangilik harbiy guvohnoma olmagan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish uchun asoslar yaratish ekanligi ta'kidlangan.

"Ushbu yondashuv jinoyat sodir etgan (jinoyatga tayyorlanish, jinoyatga qasd qilish) yoki milliy xavfsizlikka tahdid soladigan harakatlar sodir etgan "yangi fuqarolar" uchun Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini tugatish uchun ilgari belgilangan asoslarga mos keladi", deydi qonun loyihasi tashabbuskorlari.

BВС hisoblariga ko'ra, birgina 2024 yilning o'zida Rossiyaning turli mintaqalaridagi sudlar xavfsizlik kuchlarining muhojirlarga qarshi o'tkazgan reydlari davomida aniqlangan yangi fuqarolarga nisbatan prokuratura da'volari bo'yicha 130 dan ortiq qaror qabul qildi. Sudlar ularga ikki hafta ichida harbiy bo'limga borishni buyurdi.

"Fuqarolik to'g'risida"gi qonunga kiritilgan o'zgartishlar kuchga kirgandan so'ng, ushbu majburiyatni bajarmaslik oqibatlari yanada og'irlashadi: hokimiyat organlari harbiyga yozilmagan yangi fuqarolarni jinoyatchilar kabi fuqarolikdan mahrum qilishi mumkin."

BВС bilan suhbatlashgan huquqshunos fikricha, qonun loyihasidan maqsad yangi fuqarolarni frontga olib borish uchun ular ustidan nazoratni kuchaytirishdir.

Umuman olganda, Rossiyaning Ukrainaga keng ko'lamli bostirib kirishi boshlanganidan so'ng, Rossiya fuqaroligi kamroq jozibador bo'lib qoldi buni statistikada ham ko'rish mumkin.

Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilda 378,5 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgan. Bu 2022 yilga nisbatan 45 foizga kam. Vazirlik bu pasayishni keng ko'lamli urushning birinchi yilidagi statistik ma'lumotlarda Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya Federatsiyasi pasporti berilganlar hisobga olingani, keyin esa bunday odamlar "yangi fuqarolar" deb hisoblanmagani bilan izohlaydi.

2021 yilda 735 ming kishi Rossiya pasportini oldi, biroq o'shanda ham, ta'kidlanganidek, ular orasida annektsiya qilingan Donbass aholisi ko'p bo'lgan.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002