Rossiya taklifi: O‘z mamlakatingiz siyosatidan norozimisiz? Unda Rossiyaga keling

Россия Президенти Владимир Путин

Сурат манбаси, Reuters

Ўқилиш вақти: 2 дақ

Prezident Vladimir Putin "Rossiya an'anaviy qadriyatlariga hammaslak" chet elliklarga Rossiyaga ko'chib o'tishlarini yengillatish ko'zda tutilgan farmonni imzoladi.

19 avgustda Rossiya prezidenti imzolagan farmon "An'anaviy Rossiya ma'naviy-axloqiy qadriyatlarini bo'lashadigan shaxslarga insonparvarlik qo'llab-quvvatlovini ko'rsatish to'g'risida" deb nomlanadi.

Aloqador mavzular:

Rossiya prezidenti farmonida aytilishicha, o'z mamlakatida zo'rlab singdirilayotgan "an'anaviy Rossiya ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga zid buzg'unchi neoliberal mafkuraviy" g'oyalardan norozi xorijiy fuqarolarga Rossiya yordam berishga tayyor.

Bunday odamlar rus tilini, Rossiya tarixi va qonunlarini bilmasalar ham Rossiyada ularga rezidentlik berilishi mumkin.

Xabar qilinishicha, buzg'unchi neoliberal mafkuraviy" g'oyalarni zo'rlik bilan singdirishga harakat qilayotgan davlatlarning ro'yxati Rossiya hukumati tomonidan ishlab chiqiladi, bu ro'yxat Tashqi ishlar vazirligi taqdim etgan hujjat asosida tuziladi.

Buning uchun 30 kun muhlat berildi.

иқтибос

Сурат манбаси, .

Ukraina urushi boshlanganidan keyin Rossiyaning G'arb bilan munosabatlari sovuqlashdi.

Rossiya siyosatchilari G'arbni "ma'naviy tanazzulga ketayaptilar" deb qoralaydilar, o'zlarini an'anaviy insoniy qadriyatlarni himoya qilayotgan insonlar deb taqdim etadilar.

Oxirgi vaqtda Rossiya hukumati konservativ qarashdagi g'arbliklarni jalb etishga urinmoqda.

2023 yil may oyida Rossiya rasmiylari konservativ amerikalik muhojirlar uchun Moskva tashqarisida "migrantlar qishlog'i" tashkil etilganini e'lon qildilar.

O'shanda migratsiya bo'yicha advokat "taxminan amerikalik 200 oila" "mafkuraviy sabablarga ko'ra" Rossiyaga ko'chib ketmoqchi deb aytdi.

O'tgan hafta Rossiya Ichki ishlar vazirligi amerikalik er-xotin va ularning farzandlari AQShdagi "an'anaviy va oilaviy qadriyatlarning bekor qilinishi, shuningdek, ta'lim darajasining pastligi" tufayli Rossiyadan "vaqtinchalik boshpana" so'ragani xabarini tarqatdi.

2022 yil noyabrida Rossiyada "Rossiya ma'naviy-axloqiy qadriyatlarini saqlash va mustahkamlash bo'yicha davlat siyosati asoslari" qabul qilindi.

Bu hujjatda aytilishicha, Rossiya an'anaviy qadriyatlari - "bu Rossiya fuqarolarining dunyoqarashini shakllantiradigan axloqiy yo'nalishlardir".

Bunday qadriyat deb 17 qadriyat tanlangan.

Ularga "yuksak axloqiy ideallar", "tarixiy xotira", "avlodlar davomiyligi" singarilar kiritilgan.

Ayni paytda Rossiya parlamenti 2024 yil iyulida migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishning maxsus rejimini kiritish ko'zda tutilgan qator qonunlarni qabul qildi.

MDH mamlakatlaridan vizasiz tartib bo'yicha Rossiyaga ishlab pul topish uchun borgan muhojirlar uchun rejim qattiqlashtirilishiga shu yil mart oyida Moskva yaqinidagi Krokus Hollga qurolli halokatli hujumlar uyushtirilgani sabab bo'ldi.

Rossiya rasmiylari ushbu qurolli hujumlarda asli Tojikistonda tug'ilib o'sgan migrantlarni ayblab hibs qildi.

Ikki oy oldingi Rossiya qonunchiligidagi o'zgarishlarga ko'ra, borgan migrantlardan Rossiyaning ichki va tashqi siyosatiga aralashmasliklari, shuningdek, "Rossiyaning ayol va erkak o'rtasidagi nikoh singari an'anaviy ma'naviy-axloqiy qadriyatlarini hurmat qilish" talab etiladi.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002