"Tarixiy qaror": Yevropa yo‘nalishi O‘zbekiston uchun strategik ahamiyat kasb etadimi? Video

Makron va Mirziyoyev

Surat manbasi, president.uz

O'qilish vaqti: 3 daq

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Frantsiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani "tarixiy qaror", dedi. Tahlilchilar AQShning ihotalanishi va mintaqaga Rossiyaning ta’siri ortib borayotgan bir vaqtda Yevropa yo‘nalishi O‘zbekiston uchun strategik ahamiyat kasb etishini aytmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ichida mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha deklaratsiyani O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati "tarixiy qaror" dedi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Aloqador mavzular:

Strategik sheriklik shartlari hali ochiqlanmadi.

Ammo 2023 yilning noyabr oyida Frantsiya prezidenti Toshkentga tashrif buyurganda ushbu sheriklikka tamal toshi qo‘yilgandi. O‘shanda tomonlar hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishni kelishib olgandi.

O‘tkazib yuboring X post
X контентига рухсат бериш

Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri X post

Frantsiya hukumati tomonidan inson huquqlarini himoya qilish borasida ishlari e’tirof etilib, mukofotlangan Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov strategik sheriklik qarorini "tashqi siyosatda muhim qadam", ekanligini aytdi.

"Bugun Parijda O‘zbekiston va Frantsiya o‘rtasida strategik hamkorlikka oid shartnoma imzolandi va bu mamlakatimiz istiqboli uchun muhim qadamdir. O‘zbekiston bu shartnomaga fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy hujjatlar, nodavlat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid yangi qonun normalari bilan bordi", deb yozdi Tashanov.

president.uz
Rossiya Fransiya endi Markaziy Osiyoga ko‘z olaytiryapti, deyishi mumkin. Lekin O‘zbekiston prezidenti shuni bilgan holda tashqi siyosatda baribir shu yo‘lni tanladi.
Farhod Tolipov
Siyosatshunos (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Toshkentdan siyosiy tahlilchi Farhod Tolipovning aytishicha, O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan strategik sheriklik, deb atalmish shartnomalari ko‘payib ketgan. Ularning ko‘plari qog‘ozda qolib ketadigan oddiy hamkorlikdan farq bo‘lmagan shartnoma bo‘lsa-da, ayrimlar rostdan ham strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilish sifati bor, deb ta’kidlash mumkin.

"Xususan, strategik sheriklar deb atalgan ikkita davlat, eng dolzarb xalqaro muammolar bo‘yicha pozitsiyalari bir-biriga yaqinlashtiriladi, deb hisoblanadi. Strategik sheriklarning xavfsizlik sohasidagi manfaatlari, siyosati ham bir-biriga uyg‘un, bir-biriga yaqin deb hisoblanadi. Aks holda strategik sheriklik emas, sal boshqacha hamkorlik sanaladi", deydi Tolipov.

Tahlilchi Frantsiya bilan yaqinlashuv dunyoda bo‘layotgan juda yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kontekstida bo‘layotganini inobatga olish kerakligini urg‘ulaydi.

"Rossiyaning Markaziy Osiyoda ta’siri va bosimini ko‘rish uchun tahlilchi bo‘lish kerak emas. Ikkinchidan, Amerikada hukumat o‘zgargandan keyin, Amerikaning olib borayotgan dunyodagi siyosati ham mavhum bo‘lib qolib, ko‘pincha ihotalanish siyosatini yurgizyapti. Shuning uchun ham O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham aynan Yevropa yo‘nalishi, Yevropa mamlakatlari ancha ishonarli sherik, ishonarli hamkor bo‘lib ko‘rinishi mumkin", deydi u.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Farhod Tolipovning aytishicha, O‘zbekiston va mintaqa Tashqi siyosatda Yevropa yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berayotgani boshqa misollarda ham ko‘rinadi.

Unga ko‘ra, shu kunlarda mintaqada "Yevropa Ittifoqi + Markaziy Osiyo" formatida navbatdagi uchrashuv ko‘zda tutilgan.

"Frantsiyaning obro‘si haqiqatdan ham Ukrainaga bergan yordami tufayli keskin oshib bordi. Hozir Yevropa Ukrainaga yordam berishdan to‘xtamasligini, avvalambor, birinchi bo‘lib Makron e’lon qildi. Ramziy ma’noda gapirsak, Frantsiyaning Yevropada yulduzi juda baland ko‘rindi. Yevropa yo‘nalishi O‘zbekiston Tashqi siyosati uchun hozir haqiqatdan ham strategik ahamiyat kasb etadi", deydi Tolipov.

Siyosatshunos harbiy sohada ham O‘zbekiston va Frantsiya o‘rtasida hamkorlik allaqachon yo‘lga qo‘yilganini aytadi va bu rivoj topadi, deb o‘ylaydi.

Farhod Tolipov O‘zbekistonning Frantsiya bilan yaqinlashuvini Rossiya ijobiy qabul qilmasligini taxmin qiladi.

"Hozir Ukraina urushida Yevropa bilan, ayniqsa Yevropa Ittifoqi bilan Rossiya orasida munosabatlar keskin buzilayotganini kuzatsak, Rossiyadan qanday reaktsiya kutish mumkin? Menimcha, rossiyaliklar ham qandaydir ishoralarni berishi mumkindir. Rossiyaning Yevropadagi raqibi yoki dushmani deymizmi, Ukrainani qo‘llab quvvatlayotgan mamlakat (Frantsiya) endi xuddiki, Markaziy Osiyo mamlakatlariga qo‘l cho‘zyapti, qo‘pol qilib aytganda ko‘zini olaytiryapti, degan qandaydir mashmashalarni aytishi mumkin, deb o‘ylayman. Lekin shuni bilgan holda, taxmin qilgan holda ham O‘zbekiston prezidenti tashqi siyosatda baribir shu yo‘lni tanladi va Frantsiya bilan munosabatlarni yuqori darajaga ko‘tardi. Shu nuqtai nazardan Rossiyadan qanchalik do‘q-po‘pisaga o‘xshagan reaktsiyalar jaranglamasin, ularning kuchi juda baland bo‘lmasa kerak", deydi Farhod Tolipov.

Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyadan tashqari, O‘zbekiston va Frantsiya o‘rtasida mutaxassislar va talabalar harakatchanligi, O‘zbekiston-Frantsiya universitetini tashkil etish, Toshkent va Parij o‘rtasida sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnomalar va boshqa qator hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frantsiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Frantsiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi

Surat manbasi, president.uz

Surat tagso‘zi, Prezident Shavkat Mirziyoyev Frantsiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi