Kuniga necha marta hojatga chiqasiz va axlatingiz shakli qanday bo‘lishi kerak?

hojat

Surat manbasi, Emmanuel Lafont/BBC

    • Author, Jasmin Foks-Skelli
    • Role, Frilans jurnalist
  • O'qilish vaqti: 7 daq

Ideal najas "3-tur" yoki "4-tur" – yorilgan yoki silliq sosiska shaklida bo‘lib, kuniga bir marta chiqarilishi kerak.

Siz kuniga uch marta hojatxonaga borasizmi yoki bundan ancha kammi? Eng muhimi, najasning chiqish tezligi sog‘lig‘ingiz haqida nimani ko‘rsatadi?

Katta hojatga qanchalik tez-tez borishimiz har kimda turlicha. Har safar ovqatlanganimizda, yo‘g‘on ichak qisqaradi va ovqatni hazm yo‘li bo‘ylab harakatlantiradi. Bu "gastro-kolik refleks" najas qilish istagini uyg‘otadigan gormonlar ajralishiga olib keladi. Ko‘pchiligimiz bu istakni bostirishni o‘rganganmiz, shuning uchun kuniga bir marta yoki undan kamroq najas qilish me’yorga aylangan.

Avstraliyadagi Kanberra kasalxonasida ishlaydigan gastroenterolog va umumiy tibbiyot shifokori Martin Veysi shunday deydi: "Biz hammamiz hojatga chiqishga kelganda juda bandmiz".

An’anaga ko‘ra, ko‘pincha kuniga bir marta hojat qilish ichak salomatligi belgisi hisoblanadi. Ammo ilgari ich kelishi haqida gap ketganda, "normal" qandayligi noma’lum edi. Bir tadqiqot hatto bir necha hafta yoki oyda bir marta ichak harakatidan tortib kuniga 24 martagacha bo‘lgan har qanday holatni normal deb hisoblash mumkinligini ko‘rsatgan.

Biroq Buyuk Britaniyadagi Bristol Qirollik shifoxonasida maslahatchi shifokor Ken Hiton kabi olimlarning kashfiyotlari tufayli biz buni yaxshiroq bilamiz. 1980-yillar oxirida Hiton va uning hamkasblari Sharqiy Bristol aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ularga "Qanchalik tez-tez hojatga borasiz?" deb, odobsizroq savol berishdi.

Natijalar ichak harakatlarining juda xilma-xilligini ko‘rsatdi. Garchi eng keng tarqalgan odat kuniga bir marta bo‘lsa-da, erkaklarning atigi 40 foizida va ayollarning 33 foizida shunday. Ba’zilar haftada bir martadan kam, boshqalar kuniga uch marta hojat qilgan. Umuman olganda, tadqiqotda "odatda normal ichak faoliyati aholining yarmidan kamrog‘ida uchraydi va inson fiziologiyasining bu jihatida yosh ayollar ayniqsa noqulay ahvolda" degan xulosaga kelindi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Haftasiga to‘rt marta yumshoq najas chiqaradigan odamlar haftasiga yetti marta oddiy najas chiqaradiganlarga qaraganda besh yil ichida 1,78 baravar ko‘proq ehtimol bilan vafot etadi.

hojat

Surat manbasi, Emmanuel Lafont/BBC

Surat tagso‘zi, Tezroq hazm qilib yubora olish va, ayniqsa, tez-tez hojatxonaga borib turish sog‘lomroq mikrobiomdan dalolat ekani aniqlangan.

Aytgancha, bu Hitonning najaslar haqidagi bilimga qo‘shgan yagona hissasi emas edi. Keyinchalik u najas shakli shkalasini ishlab chiqishga yordam berdi. Bu shkala, ilova qilingan rasmlar bilan, shifokorlarga ovqat hazm qilish muammolarini tashxislashda keng ishlatiladigan amaliy qo‘llanmaga aylandi. Shkalada "yong‘oq kabi alohida qattiq bo‘laklar"dan tortib "chetlari notekis yumshoq parchalar"gacha bo‘lgan najaslar tavsiflari mavjud.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlari kuniga uch martadan haftasiga uch martagacha hojatxonaga borish odatiy ekanligini ta’kidlamoqda. Ammo odatiylik va sog‘lomlik bir narsa emas. Olimlar qanchalik tez-tez hojat qilishimizni aniqlagan bo‘lishlari mumkin, ammo sog‘lom me’yor qanchaligiga bu javob bermaydi. Tadqiqotchilar odamning ich kelishi ko‘proqligi uning salomatligi ko‘rsatkichi ekanligini ta’kidlamoqda.

Masalan, 2023 yilgi tadqiqotda AQShdagi 14 573 nafar katta yoshli odam o‘rganildi. Eng ko‘p uchraydigan ichak odati haftasiga yetti marta (odamlarning 50,7 foizi) va eng keng tarqalgan najas turi "kolbasa yoki ilon kabi, silliq va yumshoq" edi. Keyin tadqiqotchilar hojat chiqarish chastotasi va o‘lim o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini bilish uchun besh yildan ortiq vaqt davomida ishtirokchilarni kuzatib borishdi. Ular haftasiga to‘rt marta yumshoq najas chiqaradigan odamlarning besh yil ichida o‘lish ehtimoli normal najasni haftasiga yetti marta chiqaradiganlarga qaraganda 1,78 baravar yuqori ekanligini aniqladilar. Kam najas chiqaradiganlar saraton va yurak-qon tomir kasalliklaridan 2,42 va 2,27 marta ko‘proq vafot etish ehtimoli bor edi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

AQShning Sietl shahridagi Tizimlar biologiyasi instituti mikrobiologi Shon Gibbons ham najasning miqdori qancha bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga javob izlamoqda. 2024 yilda Gibbons 1400 nafar sog‘lom odamni hojatxonaga borish odatlariga qarab to‘rt guruhga ajratib tadqiqot o‘tkazdi: qabziyat (haftasiga bir-ikki marta najas chiqarish); past normal (haftasiga uch-olti marta); yuqori normal (kuniga bir-uch marta) va diareya. Keyin ular najas chastotasi va odamning ichak mikrobiomasi o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini tekshirishdi.

Gibbonsning aniqlashicha, kuniga bittadan uchtagacha najas chiqaradigan odamlarning ichaklarida "foydali" bakteriyalar ulushi hojatxonaga kamroq boradiganlarga qaraganda ko‘proq bo‘lgan. Boshqa tomondan, Gibbons haftasiga uch martadan kam najas chiqaradigan odamlarning qonida surunkali buyrak kasalligi va Altsgeymer kabi kasalliklarga aloqador toksinlar bo‘lishi ehtimoli ko‘proq ekanligini aniqladi.

hojat

Surat manbasi, Emmanuel Lafont/BBC

Surat tagso‘zi, Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish hojatga tez-tez chiqishga yordam beradi.

"Yuqori normal toifadagi hojat qiluvchilarda biz qisqa zanjirli yog‘ kislotalari deb ataladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan anaerob mikroblar ko‘proqligini ko‘rdik," deydi Gibbons. Ushbu qisqa zanjirli yog‘ kislotalaridan biri – butirat organizmdagi yallig‘lanishni kamaytirishi ma’lum. Bu muhim, chunki surunkali yallig‘lanish hozirda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-toifa diabet va hatto Altsgeymer kabi kasalliklar omili hisoblanadi.

"Yuqori darajadagi butirat qondagi glyukoza miqdorini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi, shuning uchun insulinga sezuvchanligingiz yaxshiroq bo‘ladi, – deydi Gibbons. – Butirat, shuningdek, ichakdagi hujayralarga bog‘lanib, ularni to‘yganlik hissini uyg‘otadigan gormonlar ishlab chiqarishga undaydi," deb qo‘shib qo‘yadi u.

Gibbonsning fikricha, qabziyatga chalingan odamlarning qon oqimida zararli toksinlar darajasi yuqori bo‘lishi sabablaridan biri shundaki, odam kam hojatga chiqqanda, axlat uzoq vaqt davomida ichaklarda qolib ketadi. Bunda ichakdagi bakteriyalar sog‘liq uchun foydali qisqa zanjirli yog‘ kislotalari chiqarishiga yordam beradigan barcha tolalarni yeb bitiradi. Biroq, muammo shundaki, barcha tolalar tugagach, bakteriyalar oqsillarni fermentlay boshlaydi, natijada qon oqimiga zararli toksinlar chiqadi. Ushbu toksinlar buyrak va yurak kabi a’zolarga zarar yetkazishi ma’lum. Ulardan biri fenilatsetilglutamin bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf tug‘diradi.

"Agar qoningizda ushbu metabolit surunkali yuqori darajada bo‘lsa, bu ateroskleroz, ya’ni arteriyalar qotishi va yurak-qon tomir tizimi shikastlanishiga olib kelishi mumkin," deydi Gibbons.

Gibbonsning aytishicha, klinik ko‘rsatmalarga ko‘ra, kuniga uchtadan haftasiga uch martagacha ichak bo‘shashi sog‘lom holat deb hisoblansa-da, uning tadqiqoti hatto past me’yoriy axlat guruhida ham qon oqimida toksinlar ko‘payganini ko‘rsatdi.

"Aniq aytish qiyin, chunki bizda bu odamlar kelajakda kasal bo‘lib qolmasligini bilish uchun ma’lumotlar yo‘q, lekin biz ko‘rib chiqqan natijalarga asoslanib, har ikki kunda bir marta yoki kuniga bir-ikki marta axlat tashlash sog‘lomlik uchun yaxshiroq ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin," deydi Gibbons.

Biroq, har doimgidek, bog‘liqlik sabab-oqibat munosabati emas. Ehtimol, shundoq ham sog‘lig‘i yomonroq bo‘lgan odamlar kamroq hojatga chiqishlari mumkin. Ammo Gibbons tadqiqotida faqat sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagan kattalarni tanlagan edi.

Ichak salomatligi o‘lchovlaridan biri ovqatning hazm qilish tizimidan o‘tishi uchun ketadigan vaqtdir – bu ichak tranzit vaqti deb ataladi. Siz buni uyda makkajo‘xori kabi yorqin rangli oziq-ovqatlarni iste’mol qilish orqali oson sinab ko‘rishingiz mumkin, keyin u qachon chiqishini belgilab qo‘yasiz. Umuman olganda, odamning ichak tranzit vaqti qanchalik uzoq bo‘lsa, u shunchalik kam axlat tashlaydi va ich qotishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

2020 yilda London Qirollik kolleji tadqiqotchilari 863 kishiga ichaklarining o‘tish vaqtini o‘lchash uchun ko‘k keks berdi. Bu Predict1 tadqiqotining bir qismi bo‘lib, ichak mikrobiomasi va boshqa omillar, turli taomlarning qondagi shakar va yog‘ darajasiga ta’sirini o‘rganish uchun klinik tadqiqot loyihasi edi.

Tadqiqot ko‘rsatdiki, ichaklarning tranzit vaqti qariyb 12 soatdan bir-necha kungacha uzayishi mumkin. E’tiborli tomoni shundaki, tez-tez axlat tashlashga moyil bo‘lgan qisqa tranzit vaqtli odamlarning ichaklarida topilgan mikroblar uzoqroq tranzit vaqtli odamlarnikidan sezilarli darajada farq qilgan, bunda qisqa tranzit vaqti sog‘lom ichak mikrobiomasi bilan bog‘liq bo‘lgan.

"Aniqlashimizcha, uzoqroq tranzit vaqti bo‘lgan odamlarda "yomon" ichak bakteriyalari ko‘proq. Bu bakteriyalar ilgari yurak salomatligi va metabolik salomatlik yomonlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan," deydi London Qirollik kollejining mikrobiom olimi Emili Liming.

Bu natija ichak o‘tish vaqti 58 soat yoki undan ko‘proq bo‘lgan, haftasiga uch martadan kam axlat tashlaydigan odamlarda eng ko‘p uchradi.

Gibbons singari, Liming ham bunday odamlarda mikroblar yangi ozuqa olmasligini taxmin qiladi – shuning uchun bu bakteriyalar tolalar va uglevodlarni iste’mol qilishdan oqsillarga o‘tadi. Oqibatda sog‘liq uchun zararli bo‘lgan qo‘shimcha moddalar ishlab chiqaradi.

Limingning tadqiqoti yana ko‘rsatishicha, sog‘lom ichak mikrobiomasi bilan bir qatorda, ichak tranziti vaqti qisqaroq bo‘lgan odamlarda qorinning chuqur qismida joylashgan va qorin bo‘shlig‘i a’zolarini o‘rab turgan yog‘lar kamroq bo‘ladi. Bu tur yog‘ yurak xastaliklari, qandli diabet va ba’zi saraton turlari kabi ko‘plab xavflarni oshirishi mumkin. Va nihoyat, ichak o‘tish vaqti qisqa bo‘lgan odamlarda ovqatdan keyin qonda shakar va lipidlar darajasi past bo‘lgan, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Topilma olimlarning qabziyat va uning surunkali kasallik bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlariga mos keladi. Agar kimdir surunkali qabziyatdan aziyat cheksa, ichak saratoni kabi kasalliklarga chalinish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Biroq, buni tasdiqlovchi dalillar turlicha – bitta meta-tahlil ichak saratoni qabziyatdan aziyat chekkan odamlarda ko‘proq uchramasligini aniqladi.

hojat

Surat manbasi, Emmanuel Lafont/BBC

Surat tagso‘zi, Ekspertlar organizmdagi biror o‘zgarishdan vaqtida boxabar bo‘lish uchun axlatingizni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qiladi.

"Ammo biz tananing boshqa qismlari bilan ham bog‘liqliklarni ko‘ryapmiz. Masalan, Parkinson kasalligi bilan og‘rigan odamlarda belgilar paydo bo‘lishidan 20 yil oldin ham qabziyat kuzatilishi mumkin," deydi Liming.

Veyci esa ichak harakatining sekinligi va o‘t pufagida hosil bo‘ladigan qattiq safro toshlari o‘rtasidagi aloqani ta’kidlaydi. "Bu shuningdek, ichakda poliplar va saraton oldi o‘smalari rivojlanish xavfini oshiradi, keyinchalik ular saratonga aylanishi mumkin," deydi u.

Axlatingiz siz haqingizda nimalarni ko‘rsatadi?

Liming aytishicha, bir haftadagi hojat chiqarish soni emas (bu har bir odamda turlicha bo‘lishi mumkin), balki tushuntirib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar e’tiborga olinishi kerak. U shuningdek, o‘zingiz uchun nima odatiy ekanligini bilish uchun muntazam hojat qilish odatlaringizni kuzatib borishni maslahat beradi.

"Biz hammamiz o‘z axlatimizga e’tibor berishimiz kerak, chunki bu ichak salomatligi bo‘yicha bepul testga o‘xshaydi, – deydi Liming. – Bu nafaqat qanchalar tez-tez hojatga chiqishingiz, balki axlatingizning rangi va shakli ham muhim. Siz aslida 3 va 4-turdagi [Bristol axlat shakli shkalasi bo‘yicha] axlatni ko‘rishni istaysiz, bu yoriqlari bo‘lgan yoki silliq sosiskaga o‘xshaydi."

Rangga kelsak, agar axlatingizda qora yoki qizil rangni ko‘rsangiz, bu qon borligini anglatadi. Buning sabablari zararsiz bo‘lishi ham mumkin bo‘lsa-da, bu kolorektal saraton belgisi bo‘lishi mumkin, shuning uchun iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish muhim. Shuningdek, agar sizda muntazam ravishda ich ketishi yoki to‘satdan hojatga chiqish ehtiyoji bo‘lsa, yoki ovqatlanishdan so‘ng ko‘p qorin og‘rig‘i, dam bo‘lish va gaz paydo bo‘lishi kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Agar siz hojatga chiqishda "muntazamroq" bo‘lishni istasangiz, uchta oddiy narsani qilishingiz mumkin. "Bizning tadqiqotimizda, muvozanatli holatdagi odamlar ko‘proq meva va sabzavot iste’mol qilgan, ko‘proq suv ichgan va jismoniy faol bo‘lgan," deydi Gibbons.