O‘zbekistonliklar uchun demokratiya nega muhim?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 may - Xotira va qadrlash kuni ishtirokchilari bilan muloqoti

Surat manbasi, O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O'qilish vaqti: 2 daq

An’anaviy Demokratiya Indeksining bu yilgi so‘rovi kutilmagan natijalarni berdi. O‘zbekistonliklarning aksari demokratiyaning asosiy maqsadi turmush darajasini yaxshilash deb bilishlari ayon bo‘ldi.

"Demokratiyalar alyansi" jamg‘armasi(Alliance of Democracies Foundation)ning 2025 yilgi "Demokratiyani qabul qilish indeksi"(Democracy Perception Index)da O‘zbekistonning demokratiya darajasi jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkichga egalaridan biri bo‘ldi.

5 balli o‘lchov bilan o‘lchanganda, bu yil O‘zbekistonga 2,6 ball berildi.

Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari ro‘yxatining eng quyisida O‘zbekiston Qozog‘iston (2,49) va Qirg‘iziston(2,71) bilan yonma-yon qo‘yildi, bu, tadqiqot mualliflariga ko‘ra, mamlakatdagi demokratik boshqaruvdan ommaning qoniqishi darajasi pastligini anglatadi.

"Demokratiyani qabul qilish indeksi" hisoboti mualliflariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng muhim demokratik tamoyillar bo‘yicha to‘plagan ballari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha o‘rtacha deb ko‘rilgan darajadan past bo‘ldi.

Bu nimalarda ko‘zga tashlanadi?

So‘z erkinligi: Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati faollari biror bir nojo‘ya oqibati bo‘lishidan qo‘rqmasdan erkin gapirishlariga bo‘lgan ishonch past.

Hokimiyat boshqaruvi shaffofligi: O‘zbekiston hukumatining shaffofligi bu boradagi eng zaif joylaridan biri, chunki ko‘pchilik hukumat muhim axborotni yashirayapti deb ishonadi.

Hokimiyat yoki qudratlarning bir-biridan ajratilgani: O‘zbekiston sudlari hukumatni qonunni buzishidan to‘xtatib qolishga qodirmi, degan savolga ham javob salbiy, sudlarga ishonch kam.

Siyosiy Plyuralizm: Mamlakatda turli siyosiy qarashlarga minbar berilgan deb ishonadiganlarning soni ham kam O‘zbekistonda.

Saylovga ta’sir: Saylov siyosiy yo‘nalishga ta’sir ko‘rsatadi degan ishonch o‘rtacha deb baholangan yangi tadqiqotda.

Iqtibos

Surat manbasi, .

"Demokratiyani qabul qilish indeksi" hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tkazilgan so‘rov respondentlarining aksari demokratiyaning asosiy maqsadi erkinliklarni himoya qilish yoki adolatli saylovni ta’minlash emas, turmush darajasini yaxshilash deb ishonar ekanlar.

Siyosiy tuzum qanday faoliyat yuritishi kerakligi borasidagi jamoatchilik tushunishi darajasi past, bu esa siyosiy savodxonlik darajasi va shaffoflik cheklangani bilan bog‘liq degan xulosaga kelgan hisobot mualliflari.

So‘nggi so‘rovda qatnashgan boshqa ko‘plab mamlakatlardagi kabi o‘zbekistonlik respondentlar ham xavfsizlik va mudofaa masalalarida qandaydir harbiy ittifoqlar yoki majburiy xizmatdan ko‘ra xalqaro ittifoqlar qudratini oshirishni ustuvor vazifa deb ko‘rishlari ayon bo‘ldi.

Butun mintaqada kuzatilayotgani singari agar vataniga hujum bo‘lsa, vatanimni shaxsan himoya qilish uchun qo‘limga qurol olaman degan istak o‘zbekistonliklarda kuchli ekani aniqlandi.

So‘nggi Demokratiya Indeksi so‘rovida dunyoning 100 mamlakatida 111 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan.