Yangilandi: "Rossiyaning urushi mahalliy mojaro emas" – Samarqand sammitida geosiyosiy tahdidlar e’tibordagi asosiy mavzu bo‘ldi. Video

samarqand

Surat manbasi, President's press service

O'qilish vaqti: 8 daq

Juma kuni Yevropa Ittifoqi yetakchilari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan Samarqandda yirik tarixiy sammit o‘tkazdi. Asosiy e’tibor Rossiya va Xitoy ta’siri hali kuchli bo‘lgan mintaqa bilan diplomatik hamda savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratildi.

4 aprel kuni Markaziy Osiyo prezidentlari Samarqandda o‘tgan tarixiy sammitda Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan uchrashdi.

Mazkur sammit kuzatuvchilar tomonidan mintaqaning Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan kuchaygan Moskva ta’siridan imkon qadar chekinish harakatida muhim nuqta, deya qayd etilgan.

Bir vaqtning o‘zida, YeI mintaqa uchun nafaqat Rossiya, balki Xitoy bilan ham raqobatni kuchaytirishga ahd qilgani ko‘zga tashlangan.

MFA
Noaniqlik hukm surayotgan zamonda Yevropa ochiqlik va hamkorlik tomonida turibdi. Yevropa uchun Markaziy Osiyo tanlangan hamkordir.
Ursula fon der Lyayen
Yevropa komissiyasi raisi (Batafsil: bbc.com/uzbek)

YeI yetakchisi Ursula fon der Lyaen Bryussel ushbu sammit ortidan Markaziy Osiyo bilan munosabatni "yangi daraja"ga ko‘tarishi hamda transport, tabiiy resurslar, energetika sohalarida aloqalarni mustahkamlashidan umid qilayotganini tilga olgan.

"Noaniqlik hukm surayotgan zamonda Yevropa ochiqlik va hamkorlik tomonida turibdi. Yevropa uchun Markaziy Osiyo tanlangan hamkordir", ta’kidlagan u.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

"Rossiya xalqaro tizim barqarorligiga putur yetkazdi"

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Samarqand sammitida Rossiya Ukrainaga qarshi boshlagan urush va tinchlikka erishish masalasi kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lgan.

KG President's press service
Bugun biz duch kelayotgan eng jiddiy xavfsizlik tahdidi — Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiyasidir. Bu urush Ukraina va Yevropadan ancha chetga borib taqaladi.
Antoniu Koshta
Yevropa kengashi prezidenti (Batafsil: bbc.com/uzbek)

"Bugun biz duch kelayotgan eng jiddiy xavfsizlik tahdidi — Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiyasidir. Bu urush Ukraina va Yevropadan ancha chetga borib taqaladi. Rossiyaning urushi mahalliy darajadagi mojaro emas, balki xalqaro tartibning asosini tashkil etuvchi, qoidaga asoslangan xalqaro tartib tamoyillariga qilinayotgan hujumdir", ta’kidlagan Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta Samarqandda qilgan nutqida.

Janob Koshta BMT Xavfsizlik Kengashi a’zosi bo‘lmish Rossiya xalqaro qonunlarni poymol etgani hamda xalqaro tizim barqarorligiga putur yetkazayotganini tilga olgan.

Shuningdek, u hozirda Ukrainada tinchlik o‘rnatishga imkoniyat paydo bo‘lgani va har tomonlama, adolatli, bardavom tinchlikni kafolatlash yo‘lida birgalikda harakat qilish lozimligini aytgan.

Prezident Mirziyoyev bunday chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

President's press service
Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha muzokaralar jarayonlari boshlanganini olqishlaymiz va toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz.
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti (Batafsil: bbc.com/uzbek)

"Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonlari boshlanganini olqishlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Oldinda juda murakkab va yechimi oson bo‘lmagan masalalar turganini tushunamiz. Biroq diplomatik sa’y-harakatlar va siyosiy qarorlar qabul qilishdan boshqa muqobil yo‘lni biz ko‘rmayapmiz", degan O‘zbekiston yetakchisi.

Xavfsizlik va Afg‘oniston

Sammitda ko‘tarilgan yana bir geosiyosiy xavfsizlikka oid masala bundan to‘rt yil muqaddam Tolibon hokimiyatga kelgan Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash zaruriyati bo‘lgan.

Mirziyoyev "dunyo Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlarga yetarlicha baho bermayotgan"ini ta’kidlagan.

"Afg‘on tomonini mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga, jumladan, investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, ijtimoiy sohani qayta tiklash yo‘li bilan faol jalb etish zarur, deb hisoblaymiz. Qabul qilingan majburiyatlarni bajarish uchun xalqaro hamjamiyatning amaldagi afg‘on hukumati bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish muhimligini tushunishi va qo‘llab-quvvatlashiga umid qilamiz", qayd etgan u.

samarkand

Surat manbasi, Kyrgyz President Press Service

O‘z navbatida Antoniu Koshta Markaziy Osiyo davlatlarida mintaqaviy tahdidlarni yumshatish tajribasi shakllanganini e’tirof etgan.

"Afg‘onistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda bir nechta xavfsizlik tahdidlari, xususan, terrorizm, zo‘ravon ekstremizm va giyohvand moddalar savdosining Markaziy Osiyo hamda Yevropaga tarqalib ketish xavfi tug‘ilmoqda. Markaziy Osiyo bu tahdidlarni yumshatish borasida boy tajribaga ega. Birgalikda biz mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida harakat qilishimiz mumkin".

"Bizga ishonsa bo‘ladi"

Sammit doirasidagi tadbirlarda Yevropa Ittifoqi o‘zini Markaziy Osiyoga "ishonchli hamkor" o‘laroq taqdim etgan.

Tadbirda tabiiy zaxiralarga boy mintaqa bilan muhim mineral resurslar va yashil energetika borasida hamkorlikni yangi darajaga chiqarish masalasi muhokama qilingan.

YeI va mintaqaning besh davlati aloqalarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarishni kelishib olgan hamda Yevropa transport koridorlari va foydali qazilma boyliklardan iborat to‘rt sohani rivojlantirish yo‘lida 12 milliard yevrolik investitsiya paketini e’lon qilgan.

Bir vaqtning o‘zida, inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar sammit oldidan YeIni Markaziy Osiyo yetakchilari bilan huquq masalasini ko‘tarishga chaqirgan.

Xususan, YeIga maktub yo‘llagan Cotton Campaign ittifoq yetakchilaridan paxta sanoatidagi ishchilar huquqlari masalasini ko‘tarishni so‘ragan.

"Yevropa Ittifoqi ushbu muloqotni ishchilar huquqlarida aniq yutuqlarga erishishni talab qilish orqali savdo va investitsiya imkoniyatlarini shartli ravishda bog‘lash bilan mustahkamlashi lozim", deyiladi tashkilot 3 aprel kuni e’lon qilgan bayonotda.

Shunga qaramay, BBC'ning Samarqand sammitini bevosita kuzatayotgan muxbirlarining xabar berishicha, oliy darajada o‘tkazilgan tadbirlarda inson haqlari masalasi tilga olinmagan.

3 aprel: Nigohlar Samarqandda - Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo sammitidan nimalar kutish mumkin? Video
Samarqand

Surat manbasi, Getty Images

Firdavs Zavqiev

bbc.com/uzbek. Toshkent-Samarqand

3 aprel tonggi. Samarqand kelgusi ikki kun davomida Yevropa Ittifoqi rahbarlari va Markaziy Osiyo Prezidentlari ishtirokidagi sammitga mezbonlik qiladi.

Bu kabi ikki tomonlama yirik yig‘ilish ilk marta o‘tkazilmoqda. Kun tartibida xavfsizlikdan tortib, transport yo‘laklari masalalarigacha bor.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo hamkorlikni yangi bosqichga chiqarmoqchimi?

Samarqanddagi sammitdan nimalar kutish mumkin?

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi

Uchrashuv

Surat manbasi, president.uz

So‘nggi vaqtlarga kelib, Yevropa mamlakatlari va kompaniyalari asosan Markaziy Osiyoning boy energiya va mineral resurslariga qiziqish bildirmoqda.

Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela biroz vaqt oldin o‘z Linkedin sahifasida mintaqaning muhimligini ta’kidlab, uning iqtisodiy salohiyatini alqagan edi:

"Litiy, mis va boshqa strategik minerallar elektron transport vositalaridan tortib raqamli qurilmalargacha bo‘lgan barcha narsalar uchun zarurdir. Markaziy Osiyoda katta zahiralar mavjud va biz ularni qazib olish va qayta ishlashda adolatli, hamkorlikka asoslangan yondashuvni — yuqori ekologik va ijtimoiy standartlarni ta’minlashni taklif qilmoqdamiz".

So‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar manzarasida ayni qiziqish yana-da rivoj topgani aytiladi.

Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Trans-Kaspiy Xalqaro Savdo Yo‘lagining ahamiyati yana-da oshdi. Ushbu yo‘lak Markaziy Osiyodan Kaspiy dengizi orqali Kavkazga, Qora dengiz va Turkiya orqali esa Yevropa bozoriga chiqadi.

Sammit kun tartibidagi masalalardan biri ham ayni transport yo‘lagidir.

O‘zbekiston: Yevropa Ittifoqi Samarqandda Trampning bojlariga javob qaytardi - videomizni ko‘ring:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Aloqador mavzular

O‘rta yo‘lak

O‘rta yo‘lak

Surat manbasi, rasmiy

Surat tagso‘zi, Siyosiy tahlilchi Uilder Alesandroga ko‘ra, Trans-Kaspiy yo‘lagining taqdiri Ukrainadagi urushning yakuni hamda Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarning kelajagiga bog‘liq.

Sikela bu yo‘lak haqida shunday izoh bergan: "O‘rta Yo‘lak Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yuk tashish muddatini atigi o‘n besh kunga qisqartirishi mumkin. Bu esa biz uchun an’anaviy yo‘llarga muqobil muhim variant degani."

Yevropa Ittifoqi ayni loyihaga allaqachon sarmoya kiritishni ham boshlagan. Jumladan, bog‘liqlikni yaxshilash uchun 30 million yevro ($32 million) va iqtisodiy rivojlanish uchun 28,4 million yevro ($30,6 million) ajratgan.

Biroq, ayrim kuzatuvchilar YIning ushbu strategiyasi Rossiya va Xitoy aralashuvisiz amalga oshishi qiyinligini ta’kidlaydi.

Siyosiy tahlilchi Uilder Alesandroga ko‘ra, Trans-Kaspiy yo‘lagining taqdiri Ukrainadagi urushning yakuni hamda Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarning kelajagiga bog‘liq.

"Yevropa va Markaziy Osiyo hukumatlarining tashqi siyosatdagi ustuvorliklari va mafkuralari inobatga olinsa, Samarqandda diplomatik alyans tuzilishi ehtimoli kam. Bundan tashqari, besh Markaziy Osiyo davlati Yevropa bilan hamkorlik qilishga bir xil darajada ishtiyoq bilan yondashayotganini taxmin qilish noto‘g‘ri bo‘ladi."

"Masalan, diktatorlik boshqaruvidagi Turkmaniston o‘zining betaraf tashqi siyosatiga sodiq qolayotgan bo‘lsa, Tojikiston va Qirg‘iziston so‘nggi yillarda Xitoy bilan aloqalarini mustahkamladi. Boshqa tomondan, sammit mezboni O‘zbekiston Yevropa bilan munosabatlarni yaxshilashni istamoqda", - deb yozgan u "National Interest"dagi maqolasida.

Yondashuv

Самарқанд
gettyimages
Hammasi yaxshi ketsa, Samarqand Qozog‘iston va uning Yevropadagi hamkorlari o‘rtasidagi aloqalar kabi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichiga aylanishi mumkin...
Uilder Alesandro
Siyosiy tahlilchi (batafsil: bbc.om/uzbek da).

Sammit mezboni O‘zbekiston kabi qo‘shni Qozog‘iston ham Yevropa bilan hamkorlikka alohida qiziqish bildirib keladi.

Yevropa Ittifoqining Qozog‘istonga nisbatan alohida qiziqish bildirayotgan yo‘nalishlari orasida strategik ta’minot zanjirlarini mustahkamlash, O‘rta Yo‘lak orqali tezkor savdo yo‘llarini rivojlantirish hamda raqamli bog‘liqlikni yaxshilash bor.

Mart oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan Milliy Qurultoyda (Milliy Kengash) Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev global siyosatning mintaqaviylashuvi va ta’sir doiralari uchun kurash haqida fikr yuritgan.

Qozog‘iston allaqachon nisbatan ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosati bilan tanilgan bo‘lsa-da, davlat rahbari milliy manfaatlarni himoya qilish uchun "pragmatik va oqilona harakat qilish" zarurligini alohida ta’kidlaganini ko‘rish mumkin.

"Prezident Toqaev Samarqandga tashrif buyurganida, murakkab Yevroosiyo geosiyosatini izdan chiqarmasdan Yevropa bilan hamkorlik qilish uchun pragmatizm va realistik yondashuv talab etiladi".

"Turkmaniston inson huquqlari masalalarining yakuniy deklaratsiyada aks etishini istamaydi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoning Rossiya bilan yaqin aloqalari tufayli Ukraina masalasi tilga olinmasligi mumkin", - deydi Uilder Alesandro.

O‘zbekiston: Ukraina urushi fonida Samarqandda tarixiy sammit boshlanmoqda - videomizni ko‘ring:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 3
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 3

Kun tartibi

Samarqand sammiti

Surat manbasi, president.uz

Sammit kun tartibida iqtisodiyot, savdo va yashil energiya masalalari bilan birga xavfsizlik omilini ham ko‘rish mumkin. Biroq, tahlilchilarga ko‘ra, xavfsizlik yuzasidan keskin bayonotlar va chiqishlar bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

"YI-MO sammiti, ehtimol, yanada ko‘proq hamkorlik va integratsiyani targ‘ib qiluvchi umumiy diplomatik bayonot bilan yakunlanadi", - deya qo‘shimcha qiladi u.

Uilder Alesandro sammit doirasida yashil loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi yoki muzokaralar boshlanishi amaliyotga yaqinligini ta’kidlaydi.

"Masalan, Qozog‘iston kichik gidroelektr va atom elektr stantsiyalarini qurish uchun investitsiyalar izlamoqda, bu esa Yevropaning yashil maqsadlariga mos keladi. Shu bilan birga, Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish hamda qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, IT va ishlab chiqarish sohalariga investorlarni jalb qilishni xohlamoqda".

So‘nggi yillarga kelib, o‘zaro qiziqishlar muntazam o‘tkazib kelinyotgan uchrashuvlarda ham ko‘rinmoqda. 2023 yilda Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan bo‘lsa, 2024 yilda Ostonada Markaziy Osiyo-Germaniya sammiti bo‘lib o‘tgandi.

Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi diplomatik muloqot sezilarli darajada mustahkamlangan. Xususan, hududga tikiluvchi investitsiyalarning eng ko‘pi (40 foizdan oshig‘i) ayni Yevropa Ittifoqidan keladi.

Sammit ahamiyati

Ayni sababdan ham Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo sammiti muhim voqelikka evrilmoqda. Tadbir Bryussel va Yevropa hukumatlari Markaziy Osiyoni muhim hamkor sifatida ko‘rayotganini namoyon qiladi.

"Diplomatik nuqtai nazardan, YI-MO sammiti global keskinliklar va geosiyosiy o‘zgarishlar fonida o‘tmoqda. Yevropa va Markaziy Osiyo bir-biridan geografik jihatdan uzoqda joylashgan, shuningdek, ayrim davlatlarning tashqi siyosat ustuvorliklari va ichki muammolari yaqinroq integratsiya uchun to‘siq bo‘lishi mumkin", - deydi Uilder Alesandro.

"Ammo hammasi yaxshi ketsa, Samarqand Qozog‘iston va uning Yevropadagi hamkorlari o‘rtasidagi aloqalar kabi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichiga aylanishi mumkin".

2 aprel. YeI-Markaziy Osiyo: Samarqand sammitidan umidlar kattami?
Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat idorasi rahbari Kaya Kallas Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan.

Surat manbasi, O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Surat tagso‘zi, Samarqand sammiti arafasida Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat idorasi rahbari Kaya Kallas mintaqa rahbarlari bilan uchrashib chiqdi

Aslida 2024 yili rejalangan, biroq Yevropa Ittifoqidagi yangi tuzilmalarni shakllantirish jarayoni bois ortga surilgan Samarqanddagi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi sammit AQSh Prezidenti Trampning Yevropaga qarshi ochgan "savdo urushi" boshlanishiga to‘g‘ri keldi.

3-4 aprel kunlari Samarqand shahri yopiladigan bo‘ldi, talabalar qisqa ta’tilga chiqarilib, haydovchilar yo‘llar yopilishidan ogohlantirildilar.

Yirik sammit arafasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Euronews ga intervyu berdi, O‘zbekiston ushbu tadbirga "O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi institutlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtiradigan" tadbir bo‘lishiga umid qilinayotgani xabar qilindi.

Prezident Mirziyoyev o‘z intervyusida "Markaziy Osiyo plyus" formati tobora ko‘p muloqotlar shakliga aylanib borayotganini ta’kidladi.

"Markaziy Osiyo endi tarixning chetida emas, balki o‘z strategik kun tartibini shakllantirayotgan, jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanmoqda", dedi O‘zbekiston prezidenti.

O‘zbekiston Samarqand sammitiga rasmiy Toshkentning Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishida Yevropa Ittifoqi ko‘magi tegadigan tadbirlardan biri bo‘lishiga umid bildirilayotgani aytildi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Samarqand sammiti Yevropa Ittifoqi uchun ham muhim tadbir deb ko‘rilgan, u Bryusselning Global Gateway deb nomlangan strategiyasiga yanada keng yo‘l ochish imkoniyatini beradigan sammit deb ham ko‘rilayapti.

Global Gateway Xitoyning "Bir qutb, bir yo‘l", "Bir belbog‘, bir yo‘l" yoki "Bir makon, bir yo‘l" deb tarjima qilish mumkin bo‘lgan tashabbusiga muqobil strategiya sifatida o‘rtaga tashlangan.

70 yil SSSR tarkibida bo‘lgan Markaziy Osiyo yaqin-yaqingacha ham Rossiyaning ta’sir doirasidagi hudud deb ko‘rib kelingan, bunday yondashuvni mintaqa siyosatchilari ham qoralaganlar.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Ammo oxirgi o‘n yilliklarda iqtisodiy "oyoqqa turgan" Xitoy Osiyo, Afrika va hatto Yevropada yevropaliklarnikiga nisbatan loyihalarni taklif eta boshladi, Pekin Afrikani "qarz botqog‘iga botirayotgani" haqidagi xavotirlar bildirila boshladi, arzon qurilish takliflari bolqonliklarni ham o‘ziga jalb etdi.

Ikki yil oldin Sian shahrida Markaziy Osiyo prezidentlarini to‘plagan Xitoy 4 milliard dollar beg‘araz yordam taklif qildi, bugungi kunda mintaqa mamlakatlarining eng yirik sarmoyadori Pekin bo‘lib qolayapti.

Rossiya 2022 yil Ukrainaga to‘laqonli bosqin boshlaganidan keyin Yevropa Ittifoqi bilan Rossiya munosabatlari keskin sovuqlashdi, Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bir necha paketini kiritdi.

Yevropa o‘zining Rossiya nefti va gaziga qaramligini tugatishga, energetika manbalarini turfalashtirishga bel bog‘ladi.

YeIning Markaziy Osiyo bilan munosabatlarini yanada yaxshilash maqsadlaridan biri ham energetika manbalarining diversifikatsiyasidir.

2024 yili Yevropa Ittifoqi Trans-Kaspiy savdo tarmog‘ini barpo etishga 10 milliard Yevrolik sarmoya va’da qildi.

Muxbirlarga ko‘ra, Bryussel Markaziy Osiyo davlatlari bilan sheriklik bitimlarini yanada kengaytirishi mumkinligiga ishora bergan va Samarqand sammiti savdo aloqalari yanada faollashishiga turtki berishi mumkin.

Aksar tahlilchilar fikricha, Markaziy Osiyo tarixan muhim mintaqa bo‘lib kelgan va bu yerda Rossiya va Xitoy hozirligi muqimlashib ulgurgan.

Bunday sharoitda Yevropa Ittifoqining mintaqaga o‘z ta’sirini oshirishga intilishi oson kechmaydi.

Samarqand sammiti arafasida Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat idorasi rahbari Kaya Kallas mintaqa davlatlariga tashrif buyurdi, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart Toqaev Qozog‘istonda sammit masalasini muhokama qildilar.