Amerika va saylov: Putin va Rossiya uchun kim yaxshi – Tramp yo Harris?

- Author, Stiv Rozenberg
- Role, BBC News
- O'qilish vaqti: 4 daq
Kerakli maslahat — agar u nishonlashga arzigulik narsa ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, katta miqdorda shampanь vinosi sotib olishga shoshmay turing.
2016 yil noyabrda, rossiyalik ultra-millatchi siyosatchisi Vladimir Jirinovskiy Donald Trampning g‘alabasidan g‘oyatda xursand edi va bu AQSh-Rossiya munosabatlarini tubdan o‘zgartiradi, deb ishondi.
Shuning sababdan ham u Duma — Rossiya parlamentida 132 butilka shampanь sotib olib, partiya ofislarida telekameralar qarshisida tantanavor bayram qildi.
U Trampning g‘alabasidan sarmast bo‘lgan yagona siyosatchi emasdi.
Trampning kutilmagan Oq uy g‘alabasining ertasi kuni, RT (Russia Today) davlat telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan o‘z avtomobili derazasida Amerika bayrog‘i bilan Moskva bo‘ylab harakatlanish niyatini tvit qilib qoldirdi.
Rossiya rasmiysi menga Tramp g‘alabasini nishonlash uchun sigara chekilgan va bir butilka shampanь ichilganini aytgan daqiqani men hech qachon unutmayman.
Moskvada Trampning Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni bekor qilishi, hatto Ukraina tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolini Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishi haqida katta umidlar bor edi.
“Trampning qadri u Rossiyadagi inson huquqlari masalasini hech qachon muhokama qilmaganida edi,” deydi Konstantin Remchukov, “Nezavisimaya Gazeta” egasi va bosh muharriri.
Bu gazak pasayishi esa unchalik ham ko‘p vaqt olmadi.
“Tramp Rossiyaga o‘sha paytdagi eng qattiq sanktsiyalarni kiritdi,” deydi Remchukov.
“Uning muddati oxiriga kelib, ko‘plab odamlar uning prezidentligidan norozi bo‘lib qoldilar.”
Shuning sababdan, oradan sakkiz yil o‘tibdiki, Rossiya rasmiylari ikkinchi Tramp davri haqida — hech bo‘lmasa, omma oldida — anchayin ehtiyotkorlik bilan mulohaza qilmoqdalar.

Shuning sababdan, oradan sakkiz yil o‘tibdiki, Rossiya rasmiylari ikkinchi Tramp davri haqida — hech bo‘lmasa, omma oldida — anchayin ehtiyotkorlik bilan mulohaza qilmoqdalar.
Garchi bu “qo‘llov” Kreml hazili sifatida talqin qilingan bo‘lsada, hatto Prezident Vladimir Putin Demokratik Partiya nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Putin Kamala Harrisning “yuqumli” kulgisini yoqtirganini iddao qildi.
Biroq, saylov kampaniyasi davomida Harrisdan ko‘ra ko‘proq Trampning aytganlari Putinning yuziga tabassum ulashganini anglash uchun siz tajribali siyosiy tahlilchi bo‘lishingiz shart emas.
Masalan, Tramp Ukraina uchun AQSh harbiy yordamining miqdorini tanqid ostiga olishi, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinchiligida Putinni ayblashni istamasligi va prezidentlik debatida Ukraina g‘alaba haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortishi yuqoridagi nuqtai nazarni yana bir bor mustahkamlaydi.
Bunga butkul qarama-qarshi o‘laroq, Kamala Harris Ukraina uchun yordam Amerika “strategik manfaatida” ekanligini ta’kidlagan va Putinni “qotil diktator” deb atagan.
Ayni paytda Rossiya davlat televideniesi ham Harris haqida juda ijobiy kayfiyatda emas.
Bir necha hafta oldin, Rossiyaning eng og‘ir tanqidiy telesuxandonlaridan biri Harrisning siyosiy qobiliyatlarini mutlaqo rad etib, hatto, Harris televizion oshpazlik shousini olib borishi yaxshiroq ekanligini urg‘ulagan.
Kreml uchun yana bir mumkin bo‘lgan natija — juda yaqin saylov, so‘ngra uning muzokaralarga to‘la oqibati. Saylovdan keyin tartibsizlik, chalkashlik va to‘qnashuvlar bilan band bo‘luvchi Amerika, xorijiy siyosatga, jumladan Ukraina urushiga kamroq vaqt ajratishi mumkin.
AQSh-Rossiya munosabatlari Barak Obama davrida yomonlashdi, Donald Tramp davrida esa yanada og‘irlashdi va Vashingtondagi Rossiya elchisi Anatoliy Antonovning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden davriga kelib, “parchalanyapti”.
Vashington bunda butunlay Moskvani ayblaydi.
Putin va Bayden Jenevadagi sammitda uchrashganidan atigi sakkiz oy o‘tib, Kreml rahbari Ukraina ustida keng ko‘lamli rus bosqinchiligini boshladi.
Rossiyaga qarshi sanktsiyalar to‘lqinini yuborish bilan birga, Bayden ma’muriyati AQSh harbiy yordamining muttasil jo‘natilishi orqali Kievga ikki yarim yildan ko‘proq vaqt davomida Rossiya urushidan omon qolishga imkon yaratib berdi.
Amerika Ukraina uchun taqdim etgan zamonaviy qurollar qatorida Abrams tanklari va HIMARS raketalar tizimi mavjud.
Vaziyat shu qadar qaltislashdiki, bir paytlar ruslar va amerikaliklar global xavfsizlikni mustahkamlash uchun hamkor sifatida ish olib borishga va’dalashganiga ishonish qiyin.
1980 yillarning oxirida Ronald Reygan va Mixail Gorbachev o‘z mamlakatlarining yadro arsenallarini kamaytirish uchun geosiyosiy juftlik tashkil etishgandi.
Agar Reyganga yadro qurolini kamaytirishdek zavq beroladigan yana biron narsa bo‘lganda edi, bu shubhasiz buzilgan rus tilida Gorbachevga rus maqollarini o‘qib berish bo‘lgan bo‘lardi (“Agar u nishonlashga arzigulik narsa ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, katta miqdorda shampanь vino sotib olishga shoshmay turing,” yaxshi tanlov bo‘lardi).
Агар Рейганга ядро қуролини камайтиришдек завқ бероладиган яна бирон нарса бўлганда эди, бу шубҳасиз бузилган рус тилида Горбачевга рус мақолларини ўқиб бериш бўлган бўларди.
1991 yilda SSSR va AQSh birinchi xonimlari, Raisa Gorbacheva va Barbara Bush Moskvada g‘alati bir yodgorlikni ochishdi — bir ona o‘rdak va uning sakkiz polaponlari.
Bu Boston jamoat bog‘laridagi haykalning nusxasi bo‘lib, SSSR va Amerika bolalari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida Moskvaga taqdim etilgandi.
Bu moskvaliklar orasida hali ham mashhur.
Garchi super kuchlar “o‘rdak diplomatiyasi” haqidagi hikoyani kamdan-kam mehmonlar bilishsada, rossiyaliklar Novodevichy Parkiga bronza qushlar bilan suratga tushish uchun tez-tez to‘planishadi.
AQSh-Rossiya munosabatlari kabi, o‘rdaklar ham bir necha marotaba zarar ko‘rgan. Bir safar ularning bir qismi o‘g‘irlangan va almashtirilishiga to‘g‘ri kelgan.
Ruslar Amerika va AQSh saylovi haqida qanday fikrda ekanliklarini bilish uchun sekin Moskva o‘rdagi va uning o‘rdakchalari tomon yaqinlashaman.
“Men Amerika yo‘q bo‘lishini xohlayman,” deydi yaqin atrofdagi hovuzda baliq tutayotgan g‘azabnok baliqchi Igor. “U dunyoda juda ko‘p urushlarni boshladi. AQSh Sovet davrida bizning dushmanimiz edi va hozir ham shunday. Prezident kim ekanligi muhim emas.”

Surat manbasi, Getty Images
Amerikani Rossiyaning abadiy dushmani sifatida gavdalantirish — bu ko‘p hollarda davlat ommaviy axborot vositalarida aks etadigan dunyoqarash. Igor shunchaki asabiylashganmi yoki u yangiliklarini Rossiya televideniesidan qabul qiladimi? Yoki, ehtimol, u baliq tutishda ovi baroridan kelmayotgandir.
Men u erda suhbatlashgan odamlarning hammasi ham Amerikani dushman sifatida ko‘rmaydi.
“Men tinchlik va do‘stlik tarafdoriman,” deydi Svetlana. “Lekin Amerikadagi do‘stim ayni paytda menga qo‘ng‘iroq qilishdan qo‘rqadi. Balki, u erda so‘z erkinligi yo‘qdir. Yoki, ehtimol, bu erda, Rossiyada so‘z erkinligi yo‘q. Bilmayman.”
“Bizning mamlakatlarimiz va ikkita xalqimiz do‘st bo‘lishi kerak,” deydi Nikita, “urushlarsiz va kimda ko‘proq raketalar borligini isbotlash uchun raqobatlashmasdan. Men Trampni afzal ko‘raman. Uning prezidentlik paytida katta urushlar bo‘lmagan.”
Rossiya va Amerika o‘rtasidagi farqlarga qaramay, ikki mamlakatda bir umumiy jihat bor — ular har doim erkak prezidentlarga ega bo‘lib kelgan.
Ruslar bu holatning o‘zgarishini qachondir ko‘rishadimi?
“Agar ayol prezident bo‘lsa, bu juda yaxshi bo‘lardi,” deydi Marina.
“Men bu erda [Rossiyada] ayol prezident uchun ovoz berishga tayyorman. Men yaxshiroq yoki yomonroq bo‘lishini aytmayapman. Lekin bu boshqacha his beradi.”
End of Telegram kanalimiz














