Tramp va Harris debatida kim yutdi - 6 muhim nuqta

Сурат манбаси, Getty Images
Donald Tramp va Kamala Harris birinchi marta seshanba kuni Filadelfiyadagi prezidentlik debatlari sahnasida uchrashdi.
Ular ehtimol qo'l siqishgan bo'lishi mumkin, lekin umumiy til topisholmadi.
Qizg'in o'tgan 90 daqiqada Harris sobiq prezidentni shaxsiy hujumlari bilan ko'p marta lol qoldirdi, bu Trampni asosiy maqsadidan chalg'itdi va bu intiqlik bilan kutilgan bahsning haroratini oshirdi.
Uning Trampning mitinglardagi ishtirokchilari soni, Kapitoliydagi tartibsizlik paytidagi xatti-harakatlari va uning ma'muriyatida xizmat qilgan mansabdor shaxslar haqida aytgan tanqidlari ko'p marta Trampni himoyaga o'tishga majbur qildi.
Aloqador mavzular:
Debatlarning asosiy qismida Harris o'zining respublikachilar raqibini o'tmishdagi xatti-harakatlari va bayonotlari bo'yicha uzun himoyalarga tortishga harakat qildi. Tramp esa mamnuniyat bilan javob qaytardi, ba'zi vaqtlarda ovozini ko'tarib, boshini chayqab turdi.

Kamala Harris va Donald Trampning debatidan olti muhim nuqta
Millionlab amerikaliklar seshanba kungi debatni tomosha qildi, boshqalar esa prezidentlik bahsining natijalariga uyqusidan turdi. Televideniyeda efirga uzatilgan bu voqeani o'tkazib yuborganlar uchun, asosiy muhim nuqtalar bilan tanishib chiqing:

Сурат манбаси, Getty Images
1. "Siz bilan ko'rishganimdan mamnunman"
Debat boshida Tramp o'z minbariga yaqinlasharkan Harris sahna bo'ylab u tomon yurdi.
Ular ilk bor yuzma-yuz kelar u "Kamala Harris", deb o'zini tanishtirdi va "Yaxshi debat o'tkazaylik", dedi.
"Siz bilan ko'rishganimdan mamnunman. Vaqtingiz chog' bo'lsin," dedi sobiq respublikachilar prezidenti.
Bu oxirgi sakkiz yil ichida prezidentlik debatidagi ilk qo'l siqishish edi.
Harris debatning ko'p qismini to'g'ridan to'g'ri raqibiga qarab o'tkazdi, ko'pincha jilmayib, baland ovozda kuldi yoki Tramp savollarga javob berganida ishonmaganday boshini chayqadi.
Ekranda esa Tramp asosan oldiga tikilib turgani, ba'zan esa boshini chayqab turgani ko'rindi.
2. "Hozir men gapiryapman"
Harris debat boshidanoq hujumga o'tib, Trampni uning jinoiy sudlovlari va COVID-19 pandemiyasiga munosabati bo'yicha tanqid qildi.
U raqibini irq masalasini muntazam ko'tarib, undan "amerikaliklarni bo'lish" uchun foydalanayotganlikda aybladi.
Tramp esa mavzuni bir necha bor inflyatsiya va migratsiyaga qaytardi, bu mavzular Harris uchun siyosiy jihatdan nozik hisoblanadi.
Uning ta'kidlashicha, Bayden-Harris ma'muriyati mamlakatni "vayron qildi", Harrisning otasi - iqtisodiyot professoriga ishora qilib, uni "Marksist" deb atadi.
Harris uning mitinglaridagi to'plangan odamlar soniga kuldi. "Odamlar charchab, zerikkanligidan uning mitinglaridan erta ketishni boshlaydi", dedi u.
Tramp "Odamlar Harrisning mitinglariga bormaydi. Borishga sabab yo'q", deb javob qaytardi.
Bir vaqtda, Harris Trampning gapini bo'lganida, u "Hozir men gapiryapman. Bu tanish eshitilyapdimi?" , dedi. U bu bilan 2020 yilda Harris Mayk Pensga qarshi vitse-prezidentlik bahsida aytgan shunga o'xshash javobiga ishora qildi.
Keyinroq, Harris uning ustidan gapira boshlagach, Tramp: "Jim bo'ling, iltimos," dedi.
Tramp, shuningdek, demokratlarning keskin ritorikasini uni o'ldirishga urinishda sabab bo'lganlikda aybladi, iyul oyida uni otgan qurollini nima undagi hamon noma'lum.
"Ehtimol, ular men haqimda aytgan gaplari tufayli boshimga o'q tegdi", dedi u.
3. "Ular itlarni yeyishyapti"
Debat oldidan Trampning yordamchisi JD Vans Ogayodagi Gaiti qochqinlari haqidagi asossiz da'volarni tarqatdi.
U gaitilik muhojirlar hayvonlarni o'g'irlab, ularni yeyayotganlikda ayblandi.
Shahar rasmiylari Bi-bi-siga bu da'volarni qo'llab-quvvatlaydigan hech qanday ishonchli xabarlar yo'qligini aytganiga qaramay, Tramp bu masalani bahsda ko'tarib chiqdi.
"Ular itlarni yeyapti, ular mushuklarni yeyapti, ular u yerda yashayotgan odamlarning uy hayvonlarini yeyapti. Uyat," dedi u.
"Ekstremizm haqida gapiring," dedi Harris o'z raqibiga.
4. Abort haqidagi fakt-cheking
Abort masalasidagi tortishuv eng muhimlaridan biri bo'ldi. Harris Trampni ayollarga abort qilish huquqini cheklashga harakat qilishda aybladi.
Tramp esa bunday ayblovlarni rad etdi va ba'zi istisnolarni qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Ayni damda Tramp ba'zi bolalar tug'ilgandan keyin "qatl" qilinayotganini da'vo qildi, shunda moderator uni faktlar bilan to'g'riladi.
5. Siyosatlar?
Tramp Harrisni siyosatsizlikda ayblab, uning o'z g'oyalarini ko'chirib olganini aytib, "Uning siyosati yo'q", dedi.
Harris esa: "Shu aniqki, men Jo Bayden emasman," deb javob qaytardi.
6. Harris qurol egasi
Debatda Tramp Harrisni radikal liberal sifatida tasvirlashga harakat qildi. U: "Uning politsiyani moliyadan mahrum qilish rejasi bor, qurollarni tortib olish rejasi bor," dedi.
Harris esa bu da'volarni ham rad etib: "Tim Valz va men ikkimiz ham ham qurol egasimiz. Biz hech kimning qurolini tortib olmoqchi emasmiz" dedi.
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002













