Amnesty International: Isroil G‘azoda genotsid sodir qilgan, falastinliklarni odam o‘rnida ko‘rmagan

Amnesty International inson haqlari tashkiloti Isroilni G‘azodagi falastinliklarga qarshi genotsid sodir etganlikda aybladi. Unda aytilishicha, Isroil G‘azodagi falastinliklarni "odam o‘rnida ko‘rmagan". Isroil ushbu ayblovlarni rad qilmoqda.
300 sahifali hisobotda tashkilot o‘z xulosasiga vizual va raqamli dalillar, guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, Isroil rasmiylarining bayonotlari asosida kelgan.
Unda aytilishicha, Isroil G‘azodagi falastinliklarni "odam o‘rnida ko‘rmagan" va ularning hisoboti xalqaro hamjamiyat uchun "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i" bo‘lishi kerak.
Shuningdek, unda "Isroil harbiy kampaniyasining kengroq tasviri va ushbu siyosatning umumiy ta’siri" baholangan.
Yagona oqilona xulosa shuki: Isroil genotsid qilishni niyat qilgan va hamon shu niyatda. U buni o‘zining harbiy maqsadlari bilan bir qatorda amalga oshirishi mumkin.
"Biz e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan hamma narsani ko‘rib chiqdik. Va nihoyat, yagona oqilona xulosa shuki: Isroil genotsid qilishni niyat qilgan va hamon shu niyatda. U buni o‘zining harbiy maqsadlari bilan bir qatorda amalga oshirishi mumkin. U buni Hamasni yo‘q qilish yoki undan qutilish yo‘lida qo‘shimcha ravishda qilishi mumkin. Bunga shubha yo‘q. Biz bilmaslik oqibatida ehtiyotkorsizlik qilingan deb izohlab bo‘lmaydigan xatti-harakatlarni, ularning takrorlanishi aniqladik. Ushbu harakatlarning umumiy ta’sirini birma-bir o‘rgandik. Urush Kabinetidagi mas’ul shaxslarning aytganlari orqali niyatlariga qarab chiqdik. Ular tomonidan yangragan genotsid sodir qilishga chaqiriqlardan ko‘p o‘tmasdan huddi shunday harakatlar sodir etilgan", deydi Amnesty International bosh kotibi Anьes Kallamar.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Isroil armiyasining aytishicha, bu da’volar "mutloqo asossiz va u duch kelayotgan operativ voqelikni hisobga olmaydi".
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

BBCning Quddusdagi Yaqin Sharq bo‘yicha muxbiri Yolande Nill shunday deydi:
"Biz Isroil harbiylarining bayonotini oldik. Unda G‘azodagi asosiy maqsad Hamasni butunlay yo‘q qilish ekani ta’kidlangan. Shuningdek, harbiylar har qanday harbiy jinoyatlar sodir etganlik haqidagi da’volarni rad etib, o‘z amaliyotlari xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshirilayotganini aytadi. Biroq, shu yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng yuqori mahkamasi —Gaagadadi Xalqaro jinoyat Sudi Janubiy Afrika tomonidan ko‘tarilgan va Isroilni genotsid sodir etganlikda ayblagan ishni ko‘rib boshladi. Isroil esa bu kabi ayblovlarni qat’iy rad etadi. G‘azodagi harakatlarini Hamas tomonidan o‘tgan yilning 7 oktyabrida amalga oshirilgan qonli hujumlardan keyin o‘zini himoya qilish deb ta’riflaydi."












