O‘zbekiston: siyosiy muxolifat qonuni qabul qilindi

Surat manbasi, O'zbekiston Xalq Demokratik partiyasi
O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi mamlakatda siyosiy muxolifat qonunan faoliyat yuritishi mumkinligiga yo‘l ochadigan qonunni ma’qulladi.
Endi bu qonun kuchga kirishi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolashi talab qilinadi.
Qonun "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun deb nomlanadi.
Endi ushbu qonunga binoan, Qonunchilik palatasidagi o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraktsiyasiga bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlari kafolatlanadi.
Agar birorta yangi qonun tayyorlanayotgan bo‘lsa, muxolifat taklif qilinayotgan qonun loyihasiga o‘zining muqobil loyihasini taqdim etoladi.
Yilning har choragida "hukumat soati" va parlament so‘rovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar beriladi.
Bir oy oldin O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi o‘zini hukumatga muxolif siyosiy partiya deb e’lon qilgan edi.

Surat manbasi, .
2025 yil 14 may. O‘zbekiston: siyosiy muxolifat endi hukumat oldiga qaltis savollarni qo‘yadimi?
O‘zbekiston parlamentidagi siyosiy partiya o‘zini hukumatga muxolif deb e’lon qilishi, Xalq Demokratik partiyasi O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati bilan bog‘liq muhim, ba’zan keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qaror qabul qilinayotgan masalalar bo‘yicha qaltis savollarni Prezident Mirziyoyev, Vazirlar Mahkamasi oldiga qo‘ya oladimi, degan savolni paydo qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi axborot xizmati tarqatgan xabarda shunday deyiladi:
"O‘zXDP so‘l qanot partiya sifatida faoliyati davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning hayotiy ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, aholini kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishda faol qatnashib kelmoqda.

Surat manbasi, .
Qonunchilik palatasi faoliyatini chuqur tahlil qilish, uning ishini kuzatish va xolis baholash hamda elektorat fikrini inobatga olgan holda partiya o‘tgan davrdagi faoliyati natijalari, saylovoldi platformasi va hukumat dasturi yo‘nalishlari tahlili asosida o‘z siyosiy pozitsiyasini shakllantirdi.
Shu bois, partiya elektorati ovozini parlament va hukumatga yetkazish, ularning manfaatlarini samarali himoya qilish, mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni davom ettirish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraktsiyasi, deb e’lon qildi".
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 1
5 may kuni O‘zbek parlamenti quyi palatasidagi "Milliy tiklanish" va O‘zLidep partiyalari "Taraqqiyot bloki" degan tuzilma tuzishga qaror qilganlari, buning maqsadi - o‘zlarini o‘ng va o‘ng-markaz deb biladigan partiyalarni yagona kuch sifatida birlashtirish deb aytildi.
O‘zbek siyosiy partiyalarining o‘ng yoki so‘l qanot ekanliklarini yana bir bor urg‘ulayotganlari O‘zbekiston "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" ilk sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazgani, buning ortidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda rus tilidagi yozuv yo‘qligidan norozi bo‘lgani va "O‘lmas polki" soxta harakati yurishini Toshkentda o‘tkazmoqchi bo‘lganlar "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirovni bunga mone’lik qilish va AQSh USAid tashkilotidan pul olishda ayblaganlari ortidan kuzatilmoqda.
BMT va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti xulosalariga ko‘ra, mustaqil O‘zbekiston parlamentida tarixan "cheklangan siyosiy raqobat, asl muxolif partiyalarning yo‘qligi, parlamentga omma ishonchining pastligi, boshqaruvda avtoritar tendentsiya" kuzatilgan.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 2
2023 yildagi kun.uz veb-nashri siyosiy tahliliga ko‘ra, bugungi O‘zbek parlamenti "ayrim islohotlarga uchragan bo‘lsa-da, hamon parlament mustaqilligi va omma legitimligi yetishmaydi, haqiqiy plyuralizm va elektoral raqobat cheklanganicha" qolayotir.
Mustaqil O‘zbekiston tarixida 1989 yili saylangan parlament haqiqiy mustaqil bo‘lgan, deb ko‘riladi, u mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasi va mustaqilligi kuni va boshqa muhim hujjatlarni qabul qilgan.
1988 yili tashkil etilgan "Birlik" Xalq harakati, 1991 yili tuzilgan "Erk" demokratik partiyasi o‘sha davrda haqiqiy muxolifat partiyalari deb e’tirof etilgandi.
Ammo bu partiyalar a’zolarining parlament deputati sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tishlariga Islom Karimov hukumati ruxsat bermagan.
2000 yillar boshlarida "Birlik" o‘z a’zolarining mustaqil deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishlari yo‘lida imzo to‘plaganlar, lekin O‘zbekiston Adliya vazirligi qo‘llab-quvvatlovchilar imzolari soxtalashtirilgan, degan vaj bilan muxolifatchilarni ro‘yxatga olmagan.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 3
Ushbu faoliyat ortidan O‘zbekiston parlamenti deputatligiga nomzodlik uchun talablar mamlakat qonunchiligida yanada og‘irlashtirildi.
Ushbu omil Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelib, muxolifat xorijda emas, "mamlakatning ichidan chiqishi kerak" deb aytgani ortidan Xidirnazar Olloqulov muxolif partiyasini Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilishiga mone’lik qilgan omil bo‘ldi.
2021 yil iyunida Adliya vazirligi qonunda talab etilgan 20 ming fuqaro imzosi o‘rniga "9,8 ming imzo yig‘ilgan" degan vaj bilan "Haqiqat va taraqqiyot sotsial-demokratik partiyasi"ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi.
Imzo to‘plash jarayonida qatnashgan bir qancha faollar O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlari tomonidan ta’qibga uchragani yoki vaqtincha hibs etilganini xabar qilganlar.
2023 yili faollar hukumatga muxolif "Haqiqat, Taraqqiyot va Birdamlik Demokratik partiyasi" (HTBDP) ta’sis etilgani, uning rahbari etib Xidirnazar Allaqulov saylangani haqida xabar qildilar.
Hozircha "Haqiqat, Taraqqiyot va Birdamlik Demokratik partiyasi" rasman O‘zbekistonda ro‘yxatga olingani yo‘q.
"Erk" va "Birlik" partiyalari ham O‘zbekistonda rasman tan olinmagan.












