O‘zbekiston: Qarindoshlar nikohidan nosog‘lom bola tug‘ilishi ilmiy isbotlandimi? Oltin sotishda rekord, firibgarlarga blok. Video

Chaqaloqlar oyoqchalari DNK tasvirlariga kollaj qilingan

Surat manbasi, Getty Images

    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
    • Reporting from, London
  • O'qilish vaqti: 5 daq

O‘zbekistonda inson genomini to‘liq o‘rganishga qaratilgan ilk keng qamrovli tadqiqot — "O‘zbekistonning 1000 genomi" loyihasi amalga oshirilgan.

Bu loyiha mamlakatning Ilg‘or Texnologiyalar Markazi tomonidan amalga oshirilgan.Loyihada aholi uchun genetik xarita yaratish hamda milliy biobank tashkil etish maqsad qilingan.

Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning xalqaro genomika sohasidagi mavqeini sezilarli darajada oshirdi. Olimlar ilgari dunyoda noma’lum bo‘lgan o‘nlab yangi gen variantlarini aniqlashgan. Aniqlangan mutatsiyalarning qariyb uchdan biri xalqaro ilmiy bazalarda avval qayd etilmagan bo‘lib, ular endi ushbu bazalarga kiritilgan.

Tadqiqotning eng xavotirli jihati — bolalar orasida irsiy mutatsiyalar darajasining yuqori ekanligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, tekshirilgan bolalarning 86 foizi kamida bitta "shikastlangan" gen tashuvchisi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich xalqaro me’yordan ikki barobar yuqori.

Olimlar irsiy mutatsiyalarning yuqori darajasini mamlakatning ayrim hududlarida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ulushining katta ekani bilan bog‘lashmoqda. Ba’zi hududlarda bunday nikohlar umumiy nikohlarning to‘rtdan bir qismini tashkil qilishi mumkin. Bu holat kelajak avlodlar uchun diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va onkologik kasalliklarning erta paydo bo‘lish xavfini oshirishi aytilmoqda.

Loyiha rahbari, professor Shaxlo Turdikulova, genetik muammolarni oldini olish uchun turmush qurishdan oldingi genetik skrining dasturlarini majburiy joriy etish va bolalarni erta skrining hamda profilaktika dasturlariga jalb qilish zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bunday tizimsiz irsiy kasalliklarning keng tarqalishini to‘xtatish mumkin emas.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Oltin g'isht

Surat manbasi, Reuters

O‘zbekiston rekord darajada oltin sotdi

2025 yilning yanvarь-sentyabrь oylari oralig‘ida O‘zbekiston 9,9 milliard dollarlik oltin eksport qilgan.

Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Faqat sentyabrь oyining o‘zida 1,5 milliard dollarlik oltin chetga sotilgan.

Eksport qilingan mahsulotlar tarkibida oltinning ulushi 37,1 foizga yetgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan ancha yuqori — o‘shanda ulush 28,9 foiz bo‘lgan.

Oltin eksportining o‘sishiga jahon bozorida narxlarning ko‘tarilishi ham ta’sir qilgan. Masalan, 20 oktyabrь kuni Nyu-Yorkdagi COMEX birjasida oltinning narxi tarixiy rekordni yangilab, bir troya untsiyasi uchun 4300 dollardan oshgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ham sentyabrь oyida 4,9 milliard dollarga ko‘payib, umumiy zaxiralar 55 milliard dollarga yetgan. Bu ham tarixiy rekord hisoblanadi. Zaxiralardagi oltinning qiymati 44,2 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, fizik hajmi biroz kamaygan — 11,8 million untsiyadan 11,6 million untsiyaga tushgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, geologiya-qidiruv ishlariga yangi yondashuvlar joriy etilgani tufayli oltin va uran qazib olish hajmi ancha oshgan. Masalan, 2016 yilda 86 tonna oltin qazib olingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 118 tonnaga yetishi kutilmoqda.

Telefon firibgarligiga so‘ng

Beeline Uzbekistan va Mobiuz mobil operatorlari Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida "anti-spyfing" texnologiyasini ishga tushirdi. Bu haqda ular o‘z sahifalarida xabar berishadi.

Bu tizim soxta raqamlardan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni aniqlab, avtomatik tarzda bloklaydi. Natijada, telefon firibgarligi va shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi xavfi sezilarli darajada kamayadi.

Beeline Uzbekistan texnologiyalar direktori Gediz Sezgin: "Bu texnologiya mobil aloqa xavfsizligini mustahkamlaydi va foydalanuvchilarni eng keng tarqalgan telefon firibgarligi turlaridan himoya qiladi," — deydi.

Mobiuz vakillari esa tizim minglab firibgarlik qo‘ng‘iroqlarini abonentlarga yetib borishidan oldin to‘sib qo‘yayotganini ta’kidladi. Texnologiya barcha foydalanuvchilar uchun bepul va hech qanday ilova o‘rnatishni talab qilmaydi.

15 oktyabr 2025 - O‘zbekiston: UzPost "yashirin privatizatsiyasi"dan jamoatchilik g‘azabda, Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ni hayratlantirdi, Samarqandda mintaqaviy harbiy mashq

UzPost logosi tushirilgan sellofan idish

Surat manbasi, Gazeta.uz

"O‘zbekiston pochtasi"ning aktsiyalari Rossiyaning elektron tijorat giganti Wildberriesga sotilgani xabarlari tarqaldi.

Ushbu xabar Internet ijtimoiy tarmoqlarda g‘azabli sharhlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zining tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan iqtisodiy tahlilchi Otabek Bakirov va boshqalar ushbu kelishuvni "maxfiy" deb atadilar, monopolist hisoblangan shirkatni bozordagi raqibiga sotish raqobat haqidagi O‘zbekiston qonunchiligini buzish hisoblanishi haqida yozdilar.

Aloqador mavzular

Gazeta.uz veb-nashri yozishicha, "O'zbekiston pochtasi" aktsiyadorlik jamiyatining davlat ixtiyorida bo‘lgan ulushi xususiylashtirilgan, xaridor Rossiyaning onlayn-platformasi bo‘lishi mumkin.

Internetda xaridor Wildberries bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan.

Oldi-berdi haqida rasman xabar tarqatilgani yo‘q.

O‘zbekistonda 2025 yilga mo‘ljallangan xususiylashtirish doirasida UzPostning 29,4% aktsiyalarini ochiq savdoda sotish rejalangani xabar qilingan.

Shu yil sentyabr oyida kompaniyaning ustav kapitali Toshkent shahridagi 50 ta pochta bo‘limi binolarini sotish hisobiga oshirilgan.

O‘zbekistonning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ham, "O'zbekiston pochtasi" ham ushbu mavzu borasida hozircha izoh berganlari yo‘q.

Oldi-berdi haqidagi xabar UzPostning soliqlar bo‘yicha 2,14 million dollarga teng deb ko‘riladigan bahsi mavjudligi, mamlakatdagi Uzum elektron tijorat shirkati sarmoya taklifini kiritgani manzarasida tarqalmoqda.

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ni hayratlantirdi

Abduqodir Husanov o‘yinda

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Abduqodir Husanov 2025 yil yanvaridan "Manchester Siti"da o‘ynashni boshladi

"Manchester Siti" rahbariyati kelayotgan yanvarda yangi o‘ng qanot himoyachisi sotib olish rejasini ko‘rib chiqayapti.

upl.uz veb-cayti xabar qilishicha, rahbariyat shu vaqtgacha jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida yangi o‘yinchi olish rejasida bo‘lgan, biroq Abduqodir Husaanovning yangi o‘yini bu rejani qayta ko‘rib chiqishga undagan.

Yangi O‘zbek futbolchisining o‘ziga ishonchli o‘yini "Manchester Siti" rahbariyati va murabbiylik shtabida yaxshi taassurot qoldirgan, shu sababli ham ular qishki transfer vaqti o‘ng himoyachidan voz kechish haqida jiddiy bosh qotirayapti.

Bu yilgi mavsumda klub bosh murabbiysi Gvardiola 21 yashar Husanovni o‘ng qanot mudofaasida faol ishlata boshladi.

Samarqandda Ozarbayjon va mintaqa harbiylari mashqlari bo‘lib o‘tayapti

O‘zbekiston hududiga kirayotgan Tojikiston harbiylari

Surat manbasi, Tojikiston Mudofaa vazirligi

Surat tagso‘zi, Harbiy mashqlar boshlangani xabarini Tojikiston Mudofaa vazirligi tarqatdi

Tojikiston harbiy xizmatchilari O‘zbekistonning Samarqand viloyatiga «Birlik 2025» deb nom berilgan qo‘shma mintaqaviy harbiy mashqlarda ishtirok etish uchun yetib kelishdi, deb xabar berdi Tojikiston Mudofaa vazirligi sayti 13 oktyabr kuni.

Xabarga ko‘ra, harbiy o‘quv mashqlar 14 oktyabrdan 21 oktyabrgacha davom etadi.

2025 yil 11 oktyabr kuni Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik rejasi asosida «Tojikiston Qurolli Kuchlarining harbiy kontingenti Samarqand shahridagi Kattaqo‘rg‘on o‘quv maydoniga "Birlik-2025" mintaqaviy mashqlarda ishtirok etish uchun jo‘natildi», deb xabar berdi rasmiy sayt.

Xabarda aytilishicha, "Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston respublikalari ushbu mintaqaviy mashqlarda ishtirok etadi. Mashqlar jarayonida harbiy tajriba va g‘oyalar almashinuvi kutilmoqda".

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 11 oktyabr kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasining bir guruh askarlari «Birlik 2025» qo‘shma mintaqaviy mashqlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga jo‘nab ketishgan.

«Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan maxsus kuchlar va uchuvchisiz uchish qurilmalari (UAV) bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etayotgan ushbu mashqlar terrorizmga qarshi operatsiyalarda ishtirok etuvchi askarlarning professionalligini oshirish, mintaqada barqaror tinchlikni saqlash va tajriba almashishga qaratilgan», — deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan oldin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) a’zo davlatlarini 2026 yilda Ozarbayjonda qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazishga taklif etgani haqida prezident sayti 7 oktyabr kuni xabar bergan edi.

Markaziy Osiyo NATOsini tashkil etish chaqiriqlari ham yangragan.

Qo‘shma harbiy mashqlar xabarini O‘zbekiston matbuoti hozircha tarqatgani yo‘q.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: