O‘zbekiston yangi Yevrosiyo dahlizida asosiy markazga aylanadimi?

Yevrosiyo yo‘nalishidagi bir necha transport turlarini birlashtiruvchi dahliz xaritasi

Surat manbasi, bbc.co.uk/uzbek

Surat tagso‘zi, Yevrosiyo yo‘nalishidagi bir necha transport turlarini birlashtiruvchi dahliz xaritasi
O'qilish vaqti: 3 daq

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi yo‘nalishidagi bir necha transport turlarini birlashtirgan dahlizining ishga tushirilishi Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu dahliz g‘arbiy Xitoyni Kaspiy dengizi bilan bog‘laydi, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali o‘tib, Yevropaga va Yaqin Sharqqa yangi, tezroq va qulay savdo yo‘lini ochib berishi haqida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo nashriyotlarida ta’kidlanadi.

O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovga ko‘ra, davlatning ushbu dahlizda ishtiroki mamlakatni quruq yerda joylashgan berk davlatidan "boshqa davlatlarga ulangan" markazga aylantiradi va savdo hamda iqtisodiy o‘sish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O‘zining ijtimoiy sahifisida u, dahliz nafaqat tovarlar harakatini osonlashtiradi, balki O‘zbekistonning keng Yevrosiyo transport tarmog‘idagi o‘rnini mustahkamlaydi degan.

Rasmiy eraka qora kostyum shimda ukaska ushlagan holda xonaga o'tirgnalarga oq taxtaga qarab tushuntiryapti, taxtada bayroqlari bilan davlatlar nomlanishi yozilgan

Surat manbasi, rasmiy

Surat tagso‘zi, Vladimir Norov: "Dahliz nafaqat tovarlar harakatini osonlashtiradi, balki O‘zbekistonning keng Yevrosiyo transport tarmog‘idagi o‘rnini mustahkamlaydi"

Avto yo‘l, temir yo‘l va chegara infratuzilmasi kabi infratuzilmalarni rivojlantirish tufayli O‘zbekiston eksport mahsulotlarini xalqaro bozorga tez va samarali yetkazilishi mumkin. Ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi bojxona jarayonlarini muvofiqlashtirish ham kechikishlarni kamaytiradi, savdoni silliq va bashorat qilinadigan holatga keltiradi. Bu o‘z navbatida biznes uchun qulay muhit yaratadi va O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, deyiladi shu yili Jamestown nashriyotida chop etilgan maqolada.

Dahliz O‘zbekistonga strategik moslashuvchanlikni taqdim etadi. An’anaviy Rossiya orqali o‘tadigan yo‘llardan tashqari tranzit yo‘llarini diversifikatsiya qilish orqali mamlakat yagona yo‘lga bog‘liqligini oldini oladi va logistika sohasida kutilgan xavf-xatarni yaxshiroq boshqaradi. Bu esa ta’minot zanjirining chidamliligini kuchaytirib, O‘zbekistonning global savdo tarmoqlarida ishtirokini mustahkamlaydi, deyiladi mazkur maqolada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Shuningdek maqolada, Rossiyaning logistik harakatlarda chetlab o‘tish haqida so‘z boradi. Ya’ni, yangi ko‘p yo‘nalishli trabsport dahlizining muvaffaqiyati qisman an’anaviy asosan Rossiya va Qozog‘iston hududi orqali o‘tuvchi tranzit yo‘nalishlari ko‘plab G‘arb yuk tashuvchi shirkatlar uchun qiziqish yo‘qotgan. Bunga asosiy sabab Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirib, urush boshlagani ko‘riladi. Bu esa o‘z navbatida Rossiyaning Markaziy Osiyodagi tranzit ta’sirini kamaytirib, mintaqaviy mustaqil transport yo‘llarini rivojlantirishga turtki bermoqda.

Aloqador mavzular:

Bundan tashqari Jamestown tahliliga asosan, yangi yo‘nalishlar O‘zbekiston mahsulotlari, ayniqsa qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va sanoat mahsulotlari uchun Yevropa va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu eksport hajmi va milliy daromad o‘sishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, aytilishicha, dahlizning ishga tushishi O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan bog‘liqligi kuchayadi, chegaralararo hamkorlik, qo‘shma infratuzilma loyihalari va savdo qoidalarini muvofiqlashtirishni rag‘batlantiradi.

Ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham, dahliz O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi asosiy o‘yinchi sifatidagi rolini mustahkamlashi aytiladi. Savdo va tranzitning ortishi ish o‘rinlari, tajriba almashinuvi va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu dahliz orqali O‘zbekiston mintaqaviy iqtisodiy va transport siyosatini shakllantirishda ta’sirini oshirishi ko‘zlanmoqda.

bbc.co.uk/uzbek
Dahliz nafaqat tovarlar harakatini osonlashtiradi, balki O‘zbekistonning keng Yevrosiyo transport tarmog‘idagi o‘rnini mustahkamlaydi
Vladimir Norov
Sobiq O'zbekiston tashqi ishlar vaziri (Batafsil: bbc.co.uk/uzbek)

Shunday ekan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi yo‘nalishidagi dahliz O‘zbekiston uchun transformatsion imkoniyatni ifodalaydi. Strategik rejalashtirish, sarmoya va hamkorlik orqali mamlakat ushbu yo‘ldan foydalanib, iqtisodiy o‘sish, mintaqaviy ta’sir va Yevrosiyo savdo tarmoqlariga integratsiyani ehtimolini kuchaytiradi. Ushbu dahliz O‘zbekistonning Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi o‘sib borayotgan mavqesini yana bir bor tasdiqlashi mumkin.