Rossiya bezovta, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo-chi - har qanday ehtimolga tayyor turishi kerakmi? Video

Mirziyoyev, Putin, temir yo‘llar va Tolibon jangarilari aks etgan surat.

Surat manbasi, gettyimages/alexandrdemyanchuk/rasmiy

Surat tagso‘zi, Markaziy Osiyoda yangi xavotir, Rossiya ham bezovta, o‘z tashvishini rasman va oshkora bildirdi. Mintaqa tinchligi va barqarorligiga xavfli signallar paydo bo‘ldimi?
O'qilish vaqti: 15 daq

Mintaqa tinchligi va barqarorligiga xavfli signallar paydo bo‘ldimi?

Nima gap?

Markaziy Osiyoda yangi xavotir, Rossiya ham bezovta, o‘z tashvishini rasman va oshkora bildirdi.

Mintaqa tinchligi va barqarorligiga xavfli signallar paydo bo‘ldimi?

Endi butun mintaqa xavfsizlik arxitekturasi o‘zgaradimi?

Afg‘oniston va Pokiston orasidagi so‘nggi tanglik O‘zbekistonda ham aks-sado berdi.

Xuddi ana shunday tahlil va talqinlarga sabab bo‘ldi.

Ammo nega?

Mavzu tahlilini "Diqqat, BBC" dasturimizning bu galgi sonida tinglab, tomosha qilishingiz ham mumkin. Buning uchun quyida ilova qilingan linkni bosing:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Chegaradagi to‘qnashuvlar

Afg‘oniston-Pokiston chegarasi

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Pokiston Tolibon qudratga qaytishi ortidan, Afg‘oniston eng ko‘p to‘qnashayotgan mintaqa mamlakatiga aylandi.

Mintaqa so‘nggi oylarda Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi eng halokatli to‘qnashuvlardan biriga sahna bo‘ldi.

Pokiston Tolibon qudratga qaytishi ortidan, Afg‘oniston eng ko‘p to‘qnashayotgan mintaqa mamlakatiga aylandi.

Pokistondan tashqari uch Markaziy Osiyo davlati – O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston ham Afg‘onistonga chegaradosh. Yana Eron va Xitoy ham.

Afg‘onistondagi Tolibon hukumatini Rossiyadan boshqa hech kim tan olmagani ham mavzu ahamiyatini yanada bo‘rttirdi.

Vaziyatga alal-oqibat G‘arbning aralashishi mumkinligiga fikru mulohazalarga ham zamin yaratdi.

Shunday ekan, nega bunday bo‘ldi?

Довуд Аъзамий
skrinshot
Mintaqadagi turli davlatlar xavfsizlik bo‘shlig‘i, kengroq va uzoq davom etadigan beqarorlik oxir-oqibat o‘zlariga ham ziyon yetkazishidan xavotirdalar.
Dovud A’zamiy
Xalqaro siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert, BBC (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Dovud A’zamiy

Xalqaro siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert, BBC

Dovud A’zamiy: Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tanglik yangilik emas. Bu ikki qo‘shni o‘rtasidagi munosabatlarda baland-pastliklar ko‘p bo‘lgan. O‘zaro aloqalari silliq emas. So‘nggi inqiroz Pokiston o‘tgan oy Afg‘onistonga uyushtirgan havo hujumlari ortidan boshlandi. Tolibon Afg‘onistonda qudratga qaytgan so‘nggi to‘rt yil ichida esa, Pokistonning bunga o‘xshash hujumlarining soni o‘ndan ortadi. Islomobod Pokiston Tolibon harakati a’zolari va qo‘mondonlariga zarba berayotganligini aytadi. Guruhni Pokiston ichkarisidagi zo‘ravon hujumlarda ayblaydi. Biroq Afg‘onistondagi Tolibon hukumati Pokistonning ushbu da’volarini takroriy ravishda rad etib keladi. Afg‘on hududidan boshqa bir davlat xavfsizligiga qarshi foydalanilishiga izn bermasligini aytadi. Tolibon hukumati Pokistonning so‘nggi hujumlarini ham bejavob qoldirmadi. Pokistonning bir qancha chegara postlariga dron hujumlari uyushtirdi. O‘nlab Pokiston askarini o‘ldirib, yaraladi. Qarama-qarshilik bir necha kun davom etdi. Keyin Qatar va Turkiya vositachiligida muvaqqat otashkesimga erishildi. Biroq muammo o‘zining yechimini topmadi. Har ikki tomondan tahdid va ayblovlar davom etdi. Islomobod Tolibon hukumatining Pokiston Tolibon harakatiga qarshi jang qilishi, uning kurashini Islomga zid va noqonuniy, deb e’lon qilishini istaydi. Boshqa tomondan, Tolibon hukumati Pokistonni o‘zlariga qarshi urushayotgan IShIDning Xuroson qanotiga xavfsiz boshpana berishda ayblaydi. Biroq Pokiston ham buni rad etadi. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasidagi tanglikning kuchayishiga sabab bo‘lgan boshqa tarixiy va geosiyosiy muammolar ham bor. Masalan, Tolibon hukumatining Pokistonning azaliy raqibi bo‘lgan Hindiston bilan aloqalari yaxshilandi. Pokiston Hindistonning Afg‘onistondagi roli va ta’siri ortib borayotganini o‘zining manfaatlariga zid, deb biladi. Pokistonning Afg‘onistondagi so‘nggi havo hujumlari ham Tolibon Tashqi ishlar vazirining Hindistonga ilk safari chog‘ida yuz berdi. Ikkinchidan, ba’zi afg‘onlar va Tolibon hukumati rasmiylari Pokistonning hozirgi keskin mavqeini Afg‘onistonda to‘g‘on qurish masalasiga ham bog‘lashmoqda. Bilasiz, Afg‘onistonning iqtisodi ko‘proq qishloq xo‘jaligiga asoslangan. Ammo so‘nggi bir necha yil qattiq qurg‘oqchilikka duch kelgan. Tolibon hukumati endi asosan qo‘shni davlatlarga oqib ketayotgan mamlakat daryolarini boshqarishni rejalashtirmoqda. Bundan bir necha o‘n yillar avval rejalashtirilgan, biroq Afg‘onistondagi davomiy urushlar sabab qurilmay qolgan to‘g‘onlarni barpo etmoqchi. Ana shunday to‘g‘onlardan biri Afg‘oniston sharqidagi Pokistonga oqib o‘tuvchi daryolar ustiga qad rostlashi kerak. Uchinchidan, chegara mojarosi ham ikki tomon o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatga sabab asos va azaliy muammolardan biri bo‘ladi. Afg‘oniston o‘zining Pokiston bilan chegarasini qonuniy xalqaro chegara, deb tan olmaydi. Bu "Dyurand chizig‘i" etnik pushtunlarni bo‘lib tashlagan. Shu bois, mazkur chegara nizosi ham geosiyosiy beqarorlik va o‘zaro tanglik manbasiligicha qolayotir."

Rossiya, Xitoy, Hindiston... Bu tanglik yadroviy qudratlarning e’tiborini ham o‘ziga tortdi.

Boshqa yirik mintaqaviy o‘yinchilarda ham xavotir uyg‘otdi, Eron ham aralashmoqchi bo‘ldi, o‘zining vositachiligini taklif qildi.

Pokistonning o‘zi ham mintaqadagi to‘rtta yadroviy qudratdan bittasi bo‘ladi.

Shunday ekan, so‘nggi vaziyat butun mintaqa uchun nimani anglatadi?

Mintaqa xaritasi
Surat tagso‘zi, Pokistondan tashqari uch Markaziy Osiyo davlati – O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston ham Afg‘onistonga chegaradosh. Yana Eron va Xitoy ham.

Dovud A’zamiy: "Menimcha, bu butun mintaqa uchun xavfli oqibatlarga ega. Agar, Afg‘oniston yoki Afg‘oniston bilan Pokiston beqarorlashadigan bo‘lsa, bunga o‘xshash bir holat xavfsizlik bo‘shlig‘ini paydo qilishi mumkin. Bu narsa "al-Qoida" va IShIDga o‘xshagan boshqa guruhlarga bu narsa qo‘l keladi. Chunki tartibsizlik qancha ko‘p bo‘lsa, ular uchun xavfsiz boshpanalar, tayyorgarlik jamloqlariga asos solishlarining imkoniyati shunchalik kattaroq bo‘ladi. Davlatlar boshqa masalalar bilan chalg‘ib qolishganida, ushbu guruhlar buni o‘z hujumlarini rejalashtirish yoki amalga oshirish uchun qulay bir fursat, deb bilishlari mumkin. Shuning uchun ham, bu kabi bir ehtimolning oqibatlari butun mintaqa uchun salbiy bo‘ladi. Mintaqadagi turli davlatlar xavfsizlik bo‘shlig‘i, kengroq va uzoq davom etadigan beqarorlik oxir-oqibat o‘zlariga ham ziyon yetkazishidan xavotirdalar. Ikkinchidan, bu mintaqaning taraqqiyoti uchun ham yaxshi bo‘lmaydi. Agar bu davlatlar urush ichida bo‘lishsa yoki o‘z e’tiborlarini urushga qaratishsa, yirik mintaqaviy loyihalarning ijrosi ham chippakka chiqadi. Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi Afg‘oniston orqali so‘nggi yillarda jonlangan savdo ham to‘xtab qoladi. Alal-oqibat bundan butun mintaqa aholisi jabr chekadi. Chunki bu jangarilik, qochqinlar oqimi, giyohvand moddalar ishlab chiqarish va kontrabandasining yanada kuchayishiga olib keladi. Ishsizlik va qashshoqlik ortsa, ko‘knori yetishtirish ham ko‘payishi mumkin. Iqtisodiy qiyinchilik davrida ko‘knori yetishtirish dehqonlar uchun eng qulay tanlov bo‘lishi mumkinligini o‘tmishda ko‘rganmiz. Chunki bu ularga boshqa ekinlardan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradi. Keyin bu kabi bir inqiroz natijasida chetga muhojirat va noqonuniy odam savdosi kuchayishi mumkin. Sabab, qashshoqlashib, ochlikka yuz tutgan odamlar tirikchilik ilinjida boshqa davlatlarga yo‘l solishadi. Agar chegara uzoqroq muddatga savdo uchun yopiq qolsa, bu, boshqa tomondan, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo iqtisodlariga integratsiyalashuvini kuchaytirishi, boshqa mintaqa davlatlari, jumladan Eron, Rossiya va Hindiston bilan savdosini oshirishi mumkin. Shunday ekan, mavjud vaziyatning nazoratdan chiqib ketmasligini ta’minlash butun mintaqa manfaatlari uchun muhim. Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida uzoq davom etuvchi inqirozning geosiyosiy jihati ham birdek ahamiyatga ega. Agar bunga o‘xshash bir inqiroz cho‘ziladigan bo‘lsa, bunga mintaqadagi boshqa davlatlar ham aralashadi. Hindiston sahnaga chiqadi. Rossiya, Eron, Xitoy va Yaqin Sharqdagi boshqa o‘yinchilar ham ham bir chetda qarab turmaydi. Agar inqiroz kengayadigan bo‘lsa, bunga hatto AQSh va boshqa G‘arb davlatlarining ham turli yo‘llar bilan aralashishi ehtimoli yo‘q emas. G‘arb va mintaqaviy qudratlar o‘rtasidagi tanglik nazarda tutilganida esa, Xitoy, Rossiya va Eron Afg‘onistonda yana amerikaparast hukumatning o‘rnatilishini ham qo‘llab-quvvatlashlari anchayin haqiqatdan yiroq. Shu bois ham, bunga o‘xshash inqirozlar qancha tez yechim topsa, bu nafaqat mazkur ikki davlat, balki-da butun mintaqa aholisi uchun shuncha yaxshi bo‘ladi."

Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlardan biri

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, To‘rxam va Chamandagi yirik chegara o‘tish joylari har ikki mamlakat aholisi uchun juda muhim bo‘lsa-da, "Dyurand" chizig‘i bo‘linish, meros va hal etilmagan keskinlik ramzi bo‘lib qolmoqda.
Aloqador mavzular:

"Dyurand" chizig‘i...

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara chizig‘i esa, oradan bir asr o‘tib ham, dunyodagi eng bahslilaridan biriligicha qolmoqda.

Keskinlik va isyonchilikni kuchaytirmoqda.

Ammo nega?

"1883 yilda ingliz diplomati Genri Mortimer Dyurand Afg‘oniston amiri Abdurrahmon Xon bilan Britaniya Hindistonini Afg‘onistondan ajratuvchi chegarani belgilovchi shartnomani imzolaydi.

Shimoldagi Hindikush tog‘laridan boshlanib, janubdagi Balujistongacha uzangan 2600 chaqirim uzunlikdagi chegara "Dyurand" chizig‘i, deb nomlanadi.

Inglizlar bu chegarani bir qancha strategik va siyosiy sabablarga ko‘ra yaratishgan.

Ammo oradan bir asr o‘tib ham, "Dyurand" chizig‘i Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida tanglik manbasiligicha qolmoqda.

"Dyurand" chizig‘i dunyoning eng bahsli chegaralaridan biri bo‘ladi.

U Britaniya manfaatlarini janubdagi Rossiya ekspansiyasidan himoya qilishni ko‘zda tutgan.

Ammo bir sahifalik kelishuv afg‘onlarga tegishli bo‘lgan Pushtun va Baluj hududlarini kesib o‘tgan.

Oilalar va qabilalarni ajratib, bir necha asrlik savdo yo‘llarini bo‘lib qo‘ygan.

1947 yilda yangi tashkil etilgan Pokiston davlati ushbu shartnomani meros qilib olgan.

"Dyurand" chizig‘ini belgilangan xalqaro chegara, deb hisoblagan.

Uni to‘siqlar, nazorat punktlari va rasmiy o‘tish joylari bilan mustahkamlagan.

Afg‘oniston bu chegara chizig‘ini hech qachon tan olmagan. Kelishuv bosim ostida imzolanganini da’vo qilgan.

Keyinchalik qudratga kelgan afg‘on hukumatlari uni mustamlakachilik, "jamoalarni ajratuvchi nafrat chizig‘i" va suverenitetni buzish, deb atashgan.

Bu mojaro chegaraosha isyonchilik, kontrabanda va ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning keskinlashishiga olib keldi.

To‘rxam va Chamandagi yirik chegara o‘tish joylari har ikki mamlakat aholisi uchun juda muhim bo‘lsa-da, "Dyurand" chizig‘i bo‘linish, meros va hal etilmagan keskinlik ramzi bo‘lib qolmoqda".

Boshqa xavotirlar...

So‘nggi yillarda Afg‘onistonning bugungi rahbariyati Pokiston Tolibon harakati a’zolarini mamlakatning Markaziy Osiyoga chegaradosh hududlariga ko‘chirayotganiga oid xabarlarning soni ortgan.

Allaqachon buning mintaqa barqarorligiga tahdid ekaniga oid xavotirlar ham yangrab bo‘lgan.

Afg‘onistonlik taniqli O‘zbek qo‘mondoni, sobiq-vitse prezident marshal Do‘stum ham orada ularni buning xavfi bilan ogohlantirib chiqqan.

Shunday ekan, ayni mazmundagi xabar va xavotirlar qanchalik asosli?

Fazl Ahmad Yolg'iz
skrinshot
Pokistonlik toliblarning Afg‘oniston shimoliga ko‘chirilishiga oid gap-so‘zlar uzoq vaqtdan beri katta janjallarga sabab bo‘lib keladi...
Fazl Ahmad Yolg‘iz
BBC.COM/UZBEK (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Fazl Ahmad Yolg‘iz

BBC.COM/UZBEK

Fazl Ahmad Yolg‘iz: "Pokistonlik toliblarning Afg‘oniston shimoliga ko‘chirilishiga oid gap-so‘zlar uzoq vaqtdan beri katta janjallarga sabab bo‘lib keladi. Ammo Tolibon hukumati Pokiston Tolibon harakatining Afg‘oniston ichkarisida hozir ekanini tan olmay kelayapti. Bundan oldin, ya’ni 2021 yilda Tolibon hukumatining so‘zchisi Zabihulloh Mujohid Pokistonning Vaziriston mintaqalaridan kelgan qochqinlarni yaxshiroq nazorat qilish uchun Afg‘onistonning boshqa hududlariga yerlashtirmoqchi ekanliklarini tasdiqlagan. Lekin ularning sonlari va kimliklariga aniqlik kiritmagan. Aynan qaysi viloyatlarga joylashtirilishlari ham noayon qolgandi. Lekin bu katta xavotirlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, marshal Abdulrashid Do‘stum bunga jiddiy munosabat bildirib, Tolibon hukumati Pokiston Tolibon harakatini Afg‘oniston shimoliga joylashtirishni rejalagan, bu nafaqat Afg‘oniston shimoli, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham katta xavf tug‘dirishi mumkin, degan tashvishlarni bildirgandi."

Qo‘sh-tepa kanali qurilishi

Surat manbasi, Ndc.gov.af

Surat tagso‘zi, Ammo uch Markaziy Osiyo davlati va Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston o‘rtasida ham Qo‘shtepa kanali qurilishi kabi ziddiyatli masalalar yo‘q emas.

Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari esa hozircha jim, ularning butun mintaqa taraqqiyoti, o‘z xavfsizliklari va iqtisodlari uchun muhim bo‘lgan bu ikki davlat o‘rtasidagi tanglik yuzasidan biror bir bayonot bilan chiqqanliklari ko‘rilmaydi.

Ammo uch Markaziy Osiyo davlati va Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston o‘rtasida ham ziddiyatli masalalar yo‘q emas.

Bir tomondan, Afg‘onistonning amaldagi rahbariyati jadallik bilan qurishni boshlagan ziddiyatli Qo‘shtepa kanali misolida Amudaryo suvi taqsimoti....

Boshqa tarafdan, Afg‘onistondan olib qochilgan AQSh harbiy aviatexnikasining taqdiri.

Tolibon o‘tgan yili qattiq yuvilib ketgani talqinida yana Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegaralarini ham qayta ko‘rib chiqmoqchi ekanini aytgan.

Yaqinda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga Panj (Amudaryo) daryosining oqimi o‘zgargani va bu ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy chegara chizig‘iga ta’sir qilgani sabab bo‘lgani aytilib, Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasida otishma yuz berganiga oid xabarlar ham olingan.

Suv taqsimoti, ya’ni to‘g‘onlar masalasida esa o‘zaro qurolli to‘qnashuvlar bugungi Afg‘oniston va Eron o‘rtasida ham yuz bergan.

Shunday ekan, bularning barchasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun qanchalik va nimasi bilan xatarli?

Алишер Илҳомов
facebook
Pokiston Toliboni masalasi bugun O‘zbekiston uchun, mintaqamiz uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri hayotiy masalaga aylandi, deyish mumkin...
Alisher Ilhomov
Londondagi “Markaziy Osiyo Due Deligence” tahlil markazi direktori (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Alisher Ilhomov

Londondagi "Markaziy Osiyo Due Deligence" tahlil markazi rahbari

Alisher Ilhomov: "Xavfsizlik nuqtai nazaridan, hozirgi paytda Tolibonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurollli qarama-qarshilikka borishi ehtimoli juda past. Hozir ikki tomonda ham muzokara olib borish, qaysidir sohalarda hamkorlik qilish, yuzaga kelgan muammolarni hal qilish siyosiy irodasi mavjud. Biroq Pokiston bilan Afg‘oniston o‘rtasida kelib chiqqan oxirgi nizo O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki Afg‘oniston hududi orqali Pokiston janubidagi dengiz portlariga olib chiqadigan savdo logistika yo‘llarini o‘tkazish rejasi bor. Mana shunga o‘xshagan notinch zamonda bu rejalarni hayotga tadbiq etishga umid qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun Pokiston Toliboni masalasi bugun O‘zbekiston uchun, mintaqamiz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayotiy masalaga aylandi, deyish mumkin. Bunday sharoitda O‘zbekiston ushbu muammoni hal etishda faol mavqe’ni egallashi lozim, eng avvalo diplomatik sohada harakat qilmog‘i lozim. Afg‘oniston Tolibon rahbariyatini o‘z hududida Pokiston Toliboniga boshpana bermaslikka, "Tahriki Tolibon"ning Afg‘onistondagi faoliyatini cheklashga ko‘ndirishi kerak. Bu narsa deyarli imkonsiz narsa, chunki Afg‘oniston va Pokiston Toliboni bir qabila vakillaridirlar. Lekin "Tahriki Tolibon Pokiston"ning Afg‘onistondan turib Pokistonga qarshi qandaydir amallarga qo‘l urishiga yo‘l qo‘ymaslik Afg‘onistonning o‘zining manfaatiga xizmat qiladi deb ko‘ndirish muhimdir."

AQSh harbiy aviatexnikasi

Surat manbasi, Getty Images

2021 yilda afg‘on uchuvchilari tomonidan havo hududlarini buzib, O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan o‘nlab AQSh harbiy aviatexnikasining taqdiri esa o‘zi Afg‘onistonda qudratga qaytgan so‘nggi to‘rt yilcha vaqt ichida Tolibon hukumati diqqat-e’tiborida turgan eng asos masalalardan biri ekani ko‘riladi.

Bu xususda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi har qanday muhokama yoki kelishuv tafsilotlariga befarq emas, munosabatini uzoq kuttirmaydi va oshkora bildirib keladi.

Orada Afg‘oniston muvaqqat Mudofaa vaziri ayni masala yuzasidan mintaqa davlatlariga ogohlantirish bilan chiqishgacha borgan.

Mavlaviy Muhammad Yoqub Mujohid AQSh harbiy aviatexnikasi olib qochilgan davlatlar ularni Afg‘onistonga qaytarishmasa, "buning oqibatlariga yuz tutishlari" bilan po‘pisa qilgan.

U, o‘shanda "bizni majbur qilishmasin, yaxshilik bilan qaytarishsin, hafsalamizni pir qilishmasin", derkan, "qo‘limizdagi bor imkoniyatlardan foydalanib, kuchimizni ko‘rsatib qo‘yamiz", degan so‘zlargacha qo‘llagan.

Amerika tomonining bu o‘zlarining mulklari ekani va rasmiylarning ulardan aksariyati O‘zbekiston ixtiyoriga topshirilganiga oid bayonotlari ham Tolibon hukumatini mazkur aviatexnikani Afg‘onistonga qaytarish talabidan qaytara olmagan.

Vazirlik shu yil fevral oyida "Black Hawk" rusumidagi yetti qiruvchi vertolyotning O‘zbekistondan Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarilganiga oid xabarlardan Islomiy Amirlik xavotirda ekanligini bildirgan.

Tolibon Mudofaa vazirligi o‘zining so‘nggi bayonotida ham mazkur vertolyotlarning Afg‘onistonga tegishli ekanini qayta bayon qilgan.

Ular sobiq ma’muriyat mulozimlari qochgan paytda, O‘zbekistonga o‘tib qolgani va Afg‘onistonga qaytarilishi kerakligini yana bir bor ta’kidlagan.

O‘zlarining bu vertolyotlarning Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarilishini "hech qanaqasiga qabul qila olmaslik"larini ham bildirgan.

Tolibon Mudofaa vazirligi buning sababini "Afg‘oniston xalqi o‘z haqqini himoya qilish va talab qilish huquqiga ega ekani, shuning barobarida, qo‘shni davlatlar ham afg‘onlarning huquqlarini hurmat qilishlari shart" ekanligi bilan izohlagan.

Ammo, shunday derkan, mintaqadagi biror bir mamlakatdan alohida nom tutmagan, aks-holdagi oqibatlariga ham xosan to‘xtalmagandi.

Mas’uliyatini IShIDning Xuroson qanoti o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa-da, aynan Tolibon qudratga qaytishi ortidan bu ikki Markaziy Osiyo davlati Afg‘onistondan ilk bor raketa hujumiga ham uchragan.

Shunday ekan, bu mintaqa davlatlari poytaxtlarining ham Tolibon bilan to‘qnashuv ehtimolidan xavotirda bo‘lishlari qanchalik asosli?

Farhod Tolipov
facebook
...har qanaqa, shu kelajakni, voqealar rivojini inobatga olgan holda, hozir mintaqaviy xavfsizlikka ancha urg‘u berib, e’tiborni shunga qaratish kerak ko‘proq.
Farhod Tolipov
Siyosiy tahlilchi, O‘zbekiston (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Farhod Tolipov

Siyosiy tahlilchi, O‘zbekiston

Farhod Tolipov: "Menimcha, bunday bo‘lmasa kerak. Afg‘onistonning hozirgi hokimiyati boshqa keraksiz, behuda, ma’nosiz maqsadlarga ko‘z olaytirmasdan, o‘zining yurtini tinchlantirish, o‘zining yurtini rivojlantirish haqida ko‘proq o‘ylashi kerak. Chegaralarni ko‘rib chiqish bo‘ladimi yoki boshqa, qanchalik boshqa masalalarga o‘taversa, shunchalik o‘zining rivojlanishi sekinlashaveradi, istiqboli mavhumlashib boraveradi, demak, o‘ziga jabr bo‘lib, degandek, o‘zining barqarorligi va xavfsizligiga, hattoki, zarar yetkazgan bo‘ladi."

Ammo, boshqa tomondan, aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari Tolibon hukumati bilan faol diplomatik muloqotda.

Ular bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishayapti.

Yirik miqdordagi bitimlar imzolashayapti.

Insonparvarlik yordamlari yuborishyapti.

Transafg‘on bo‘ladimi yoki Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilishi, TAPI, CASA-1000 - turli katta mintaqaviy loyihalarni ham hamkorlikda amalga oshirishmoqchi.

Bundan buyog‘iga yana Afg‘on muammosi yechimiga Markaziy Osiyo bir hamjamiyat bo‘lib, yakdil yondashmoqchi.

Afg‘onistonning o‘zlariga - mintaqaga integratsiyasini kuchaytirishmoqchi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston esa yaqinda birinchilardan bo‘lib Afg‘oniston Tolibon harakatini ketma-ket o‘zlarining "terrorchi tashkilotlar ro‘yxati"dan chiqarishgacha borishgan, bu kabi kutilgan va kutilmagan qarorlari bilan dunyo bo‘ylab sarlavhalarga ham chiqishgan.

Shunday ekan, bu Tolibonni tiyib turish, ikki o‘rtada har qanday ehtimoliy to‘qnashuvlarning oldini olishga kifoya qiladimi?

O‘zbekiston va Afg‘onistondagi Tolibon hukumatining tashqi ishlar vaziri quchoq ochib ko‘rishayotgan payt.

Surat manbasi, Baxtiyor Saidov_Telegram

Surat tagso‘zi, Ammo, boshqa tomondan, aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari Tolibon hukumati bilan faol diplomatik muloqotda.

O‘zbekiston ichkarisidan munosabat

Farhod Tolipov: "Bir tomondan, ha. Ikkinchi tomondan, baribir, Afg‘onistonning taqdiri doim geosiyosiy tus olgan. Shuning uchun, bu davlatning taqdiri buyog‘iga ham ko‘p jihatdan faqatgina o‘zining ichki kuchlari, ichki mustaqil jarayoni bo‘lib qolmay, unda yirik kuchlarning murosasi, yirik kuchlarning, kerak bo‘lsa, yordami, ko‘magi, ijobiy ma’nodagi aralashuvi ham, balki, maqsadga muvofiq bo‘lar. Bejiz emas, biz, mana, hozir Amerika Qo‘shma Shtatlarining yangi rahbariyatiri tomonidan shunday bir signallarini eshitdik, shuning uchun, kim biladi, balki, uyoq tomondan ham ma’lum darajada bu mojaroga qandaydir aralashuv bo‘lib ham qolar, yaxshi ma’noda. Xavotirlanishga har doim sabablar topiladi. Shuning uchun ham, toki, "qo‘shning tinch, o‘zing tinch", degan maqol bor ekanki, qo‘shning notinch bo‘lsa, senga ham notinchlik bo‘ladi, deb, har qanaqa shu kelajakni, voqealar rivojini inobatga olgan holda, hozir mintaqaviy xavfsizlikka ancha urg‘u berib, e’tiborni shunga qaratish kerak, ko‘proq. Kezi kelganda, eslatmoqchiman, o‘tgan yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostonadagi navbatdagi Maslahatlashuv uchrashuvida aynan mana shu masala yangicha kun tartibiga qo‘yilgan edi. Ya’ni, Markaziy Osiyoni deyilgan, mintaqaviy, xavfsizlik arxitekturasini, deb aytiladi, yaratish to‘g‘risida. Markaziy Osiyo davlatlari, ya’ni mintaqaviy xavfsizlik choralari, mexanizmlarini ko‘rib,..xususan, buning birinchi alomatlari turlicha mashqlarda, qo‘shma mashg‘ulotlarda namoyon bo‘ldi. Demak, mana shunday yo‘ldan, ya’ni, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidan borish kerak."

O‘zbekiston tashqarisidan munosabat

Alisher Ilhomov: "Tolibonni har xil harbiy tashkilotlarning hamjamiyati deyish mumkin. Tolibon ichida Haqqoniy rahbarlik qiladigan urushqoq, ekstremistik yo‘nalishi ham bor, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishni istaydigan konstruktiv, texnokratlar qanoti ham mavjud. Fikrimcha, shunga erishish kerakki, qo‘shni mamlakatlar bilan siyosatni ana o‘sha texnokratlar belgilab bersin, chunki bu narsa yana o‘sha Afg‘onistonning o‘zining manfaatiga to‘g‘ri keladi. Biz Tolibonni mamlakatning qonuniy rahbariyati deb tan olishimiz shart emas, ammo hukumati bilan muloqot, muzokaralarni davom ettiraverish kerak. O‘zbekiston hukumati hozir to‘g‘ri yo‘l tutayapti: Tolibon bilan hamkorlik qilayapti, insonparvarlik yordamlari yuborayapti. Bu Afg‘onistondan olib chiqilgan aviatsiyani qaytarmaganimiz uchun tovon pulidek bo‘lishi mumkin, chunki AQSh ruxsatisiz O‘zbekiston ularni Afg‘onistonga qaytarolmaydi. Shuning uchun o‘rtadagi taranglikni yumshatish uchun iqtisodiy hamkorlik, gumanitar yordamlarni davom ettirish kerak. Eng muhimi, savdo-logistika yo‘llari ochilishiga erishish. Yoki bo‘lmasa, yana Rossiyaning qanoti ostiga borish kerak. U yerda ham muammolar bor, chunki Ukrainaga bostirib kirgani uchun sanksiyalar kiritilgan. O‘zbekiston xohlagan taqdirida ham Rossiya orqali dunyoga chiqish qiyin bo‘lib qoldi. O‘zi shundog‘am geografik jihatdan dengiz yo‘llaridan qamalib qolgan O‘zbekiston harbiy mojarolar tufayli ikki karra tiqilib qoldi. Bu esa mamlakat iqtisodiga salmoqli salbiy ta’sir qiladi."

Iqtisodiy rejalar taqdiri-chi?

Afg‘oniston va Pokiston, ayniqsa, dengizga yo‘li ikki karra yopiq O‘zbekistonni dengiz savdo yo‘llariga olib chiqish potentsialiga ega.

Markaziy Osiyo so‘nggi yillarda Janubiy Osiyoning bu ikki davlati bilan o‘zaro manfaatli yirik energetika va temir yo‘llari loyihalariga bosh qo‘shish, jahon bozorlariga osonlik bilan chiqib, savdo-sotig‘ini kuchaytirish harakatida.

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi so‘nggi inqiroz esa ularning Markaziy Osiyo bilan savdo-sotiqlariga ham ta’sir qilmay qo‘ymadi.

Pokiston bilan savdosini to‘xtatgan, O‘zbekiston esa ilk bor Tolibon bilan havo va quruq yo‘l koridorini ochishgacha borgani aytildi.

Shunday ekan, bu kabi bir vaziyat Markaziy Osiyo tavakkal qilayotganiga dalolat qilmaydimi?

Сапарбой Жубаев
skrinshot
Inklyuziv, ya’ni hamma xalq qo‘llab-quvvatlaydigan davlat kerak-da. U yerda o‘zi uchta-to‘rrtaga bo‘linib turgandan keyin, bir narsa deyish qiyin...
Saparboy Jubayev
Mintaqaviy iqtisodiy tahlilchi, Qozog‘iston (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Saparboy Jubaev

Mintaqaviy iqtisodiy tahlilchi, Qozog‘iston

Saparboy Jubaev: "Albatta, xavf bor. Chunki eng muhim masala, bu, Afg‘onistonning o‘zining ichida. Chunki Afg‘onistonning amaldagi hukumati hamma aholi vakillarini o‘zini jamlamaydi, inklyuziv emas. Pokiston bilan bu pushtun ikkalasining orasidagi kelishmovchilik juda katta. Shuning uchun ham, qudratga inklyuziv bir hukumat kelmagunicha, saylov bo‘libmi yo bo‘lmasa, katta bir, masalan, Xitoymi, Rossiyami yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarimi, shu bir qandaydir hukumatni qo‘llab-quvvatlamagunicha, u yerda hali tinchlik bo‘lmaydi. Shu bois, u yerda katta reja yuritish juda xavfli. Albatta, hozirgi vaqtda Rossiya janubda o‘ziga yondosh davlatlarni topish uchun Afg‘onistonda Tolibon hukumatini tan oldi. Lekin ularni Rossiyadan boshqa hech bir davlat tan olgani yo‘q. Eng birinchi muammo, qo‘shni Eron, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston ularni tan olgani yo‘q. Xitoy ham, shu jumladan. Lekin O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zining biznes qiziqishlari uchun ular bilan savdoni rivojlantirayapti. Pokistonga chiqadigan temir yo‘lga ham o‘zining ishtiyoqini bildirdi. Lekin, tushunib turibdiki, u yerda tinchlik bo‘lmagunicha, bu temir yo‘l yoki TAPI gaz quvurlarini qurish halicha juda xavfli. Mana, masalan, shu savdo qilayotganining o‘zi ham juda xavfli. Tavakkal qilayapti, endi, umid bor-da...Lekin, baribir, shu oxirigacha yetkazishga, bunga katta sarmoya kiritishga faqat Xitoy yoki bo‘lmasa, Amerika Qo‘shma Shtatlari qodir. Endi, AQSh nega Bagram haqida so‘z ochdi. Agar-da, bunga Tolibon ko‘nsa, balki, shunday keyin qandaydir bir garant bo‘lishi mumkin. Xalqaro moliya tashkilotlari ham bu rejalarni biz moliyalashtirmaymiz, deydi. Odatda, bunga o‘xshash xalqaro rejalar oldin Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropa Taraqqiyot banklari, Islom Taraqqiyot banklariga o‘xshash banklar tomonidan moliyalashtiriladi, keyin boshqa davlatlar qo‘shilishadi. Ular hozir qiziqmayotganidan so‘ng, har bir davlat albatta harakat qilayapti, O‘zbekiston juda ko‘p, shu endi, orada ko‘p muammo boru, ularni yechish uchun biz hozir Afg‘oniston bilan kelishamiz, hammasi yaxshi bo‘lishi kerak, deb, uchrashuvlar bo‘layapti, Qozog‘iston ham uchrashuvlar qilayapti, moliyalashtiramiz, deyapti, lekin buni amalga oshirishga hali imkoniyati yo‘q. Inklyuziv, ya’ni hamma xalq qo‘llab-quvvatlaydigan davlat kerak-da. U yerda o‘zi uchta-to‘rrtaga bo‘linib turgandan keyin, bir narsa deyish qiyin."

Infografika
Surat tagso‘zi, Afg‘oniston Tolibon harakati yaqin-yaqingacha mintaqadagi eng yirik jangari guruh, deb ko‘rilgan, ja’mi a’zolari va tarafdorlarining soni 200 mingdan ortishi aytilgan, qudratga qaytishidan qisqa vaqt o‘tmay esa, muvaqqat hukumati mintaqada eng yirik Armiyaga ega bo‘lish rejasini oshkora bayon qilgan tashkilot.

Tomonlar o‘rtasidagi muvaqqat sulhni doimiysiga uzaytirish esa, uzoqqa cho‘zildi.

Ikkovlon o‘rtasiga Qatar va Turkiya tushdi. Xitoy, Hindiston, Eron va Rossiya ham ularga tinchish da’vati bilan chiqdi.

Pokiston esa, orada Tolibon hukumatiga Tora-Borani eslatdi.

Tolibon hukumati ham ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush bilan tahdid qildi.

Uzoq yillik urushlar girdobidagi, so‘nggi chorak asrning o‘zida Afg‘oniston Tolibon harakati misolida bir jangari guruh ikki bor hokimiyatni egallagan yagona mintaqa mamlakati.

Afg‘oniston Tolibon harakati yaqin-yaqingacha mintaqadagi eng yirik jangari guruh, deb ko‘rilgan, ja’mi a’zolari va tarafdorlarining soni 200 mingdan ortishi aytilgan, qudratga qaytishidan qisqa vaqt o‘tmay esa, muvaqqat hukumati mintaqada eng yirik Armiyaga ega bo‘lish rejasini oshkora bayon qilgan tashkilot.

Yaqinda AQSh Afg‘onistonda qiymati $7 milliard dollarga teng harbiy texnika qoldirgan bo‘lsa, ularning 70 foizi Tolibon nazoratiga o‘tganiga oid ma’lumotlar ham bo‘y ko‘rsatgan.

Tolibonning kattarib borayotgan armiyasi asosan xuddi shu texnikaga tayanishi ham aytilgan.

AQSh prezidenti esa yangi ma’muriyati a’zolari bilan ilk yig‘inida Afg‘onistonda hatto qiymati $85 milliard dollarga teng zamonaviy qurol-aslaha qolganligini ham iddao qilgan.

Ammo, shunday derkan, Donald Tramp ularni qaytarib olishlari kerakligini orada bir emas, bir necha bor ta’kidlagan, ammo Tolibon hukumati ularni qaytarmaslik ahdida ham qat’iy.

Rasmiy Islomobod esa Afg‘onistonda qoldirilgan AQSh texnikasidan qanchalik xavotirda ekanliklarini shu yil boshida rasman va oshkora bayon qilgan.

Aynan Pokiston ayni masalada o‘zining rasmiy munosabatini bildirgan Afg‘onistonga chegaradosh birinchi mintaqa davlatiga aylangan.

Rasmiy Islomobod o‘shanda "Afg‘onistonda AQSh zamonaviy qurol-aslahasining borligi mamlakatlari va uning fuqarolari xavfsizligi uchun jiddiy tashvish tug‘dirishi"ni ta’kidlagan.

"Bu qurollar terrorchi tashkilotlar, jumladan, Pokiston Tolibon harakati tomonidan Pokistonda teraktlar uyushtirish uchun ishlatilgan"ini bayon qilgan.

"Afg‘onistonning amaldagi hukumatini bu qurol-aslahalar yanglish qo‘llarga tushib qolmasligi uchun barcha lozim choralarni ko‘rishga ham undagan".

Qo‘shnisining ayni mazmundagi rasmiy bayonotini esa, Afg‘onistonning bugungi rahbariyati bejavob qoldirgandi.

Tolibon hukumatini shu paytgacha Rossiyadan boshqa hech kim rasman tan olmagan.

AQSh prezidenti esa Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonga nisbatan o‘zining siyosatini halicha ochiqlamagan.

Ammo orada Tolibonni "xorijiy terrorchi tashkilot", deb topish-topmaslik masalasini qayta ko‘rib chiqishga kirishgan.

Doimiy yechim nimada?

Afg‘oniston-Pokiston chegarasi

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Tolibon hukumatini shu paytgacha Rossiyadan boshqa hech kim rasman tan olmagan. AQSh prezidenti esa Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonga nisbatan o‘zining siyosatini halicha ochiqlamagan.

Shunday ekan, Pokiston va bugungi Afg‘oniston o‘rtasidagisi kabi bir ziddiyatning diplomatik yechimi bormi, bo‘lsa u nimaga bog‘liq?

Dovud A’zamiy: "Ular muammoni hal qilish uchun samimiy niyat bilan muzokaralarga kirishishlari, uni cho‘zish yoki yanada murakkablashtirmasliklari kerak. Tinchlik imkoniyati bor, yo‘q emas. Savdo-sotiq, bog‘liqlik kuchayadigan bo‘lsa, bu ikki qo‘shni davlat tinchlikda yashay oladi. Ammo, shunda ham, tanglik butkul yo‘qolmaydi. Chunki ikki davlat o‘rtasida murakkab masalalar anchagina ko‘p. Ular, hech bo‘lmaganda, bu muammolardan ayrimlarini muzlatishlari va e’tiborlarini o‘zlari uchun birdek manfaatli boshqa masalalarga qaratishlari mumkin. Deylik, yuqorida aytganimdek, ikki tomonlama va mintaqaviy savdo, hamda TAPI va KASA kabi turli yirik mintaqaviy loyihalar bunga misol bo‘la oladi. Chunki bu narsa mintaqani bir-biriga yanada yaqinlashtirishi va butun mintaqa aholisi uchun birdek foydali bo‘lishi mumkin. Suv taqsimoti masalasida esa, xalqaro qonunlar bor. Ular bu ziddiyatlarini ana shu qonunlar asosida hal qila olishlari mumkin. Agar, ana shu xalqaro tartib-qoida va me’yorlarga amal qiladigan bo‘lishsa, suv taqsimoti masalasi ham ortiq muammo bo‘lmaydi, ya’ni yechimini topa oladi."

Afg‘oniston, boshqa tomondan, so‘nggi o‘n yilliklarda O‘zbekiston Islomiy harakati bo‘ladimi yoki "Islomiy jihod ittifoqi" – ildizlari Markaziy Osiyoga borib taqaluvchi turli jangari guruhlar ham boshpana topgan, jang qilgan va omon qolgan a’zolari hanuz jon saqlab kelayotgani aytiluvchi mintaqa davlati bo‘ladi.

Qanday sabablar bilan bo‘lmasin, bu mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning izdan chiqishi esa, aynan Tolibon qudratga qaytgan o‘tgan to‘rt yil ichida Markaziy Osiyo davlatlari qolib, hatto dunyoning global yadroviy, iqtisodiy va harbiy qudratlar sirasiga kiruvchi qo‘shnilarining ham jiddiy xavotirlariga molik istiqbollardan biri bo‘ladi.