Tolibon qudrati to‘rt yilligi: hukumat endi muvaqqat emas. Video

Afg‘onistonda Tolibon qudratga kelganining to‘rt yilligi bayram qilinishi

Surat manbasi, EPA

O'qilish vaqti: 2 daq

Tolibon butun Afg‘oniston bo‘ylab hokimiyatni qo‘lga olganining to‘rt yilligi munosabati bilan Tolibon oliy rahbari Hibatulloh Oxunzoda bayonot e’lon qildi.

Unda Tolibon rasmiylari va hukumat a’zolarining lavozimlari nomidan "vazifasini bajaruvchi" so‘zlari olib tashlanishiga farmon berdi.

Mavlaviy Oxunzoda bayonotida aytilishicha, endi Afg‘onistonni qayta qurishga "qulay sharoit" yuzaga keldi, Afg‘onlar "til, millat, hududiy va boshqa bo‘linishlardan ozod bo‘ldilar".

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Aloqador mavzular

Bu yil Tolibon qudratga qaytishining sanasini 2024 yildagidek dabdabali harbiy paradlarsiz nishonlashga qaror qildi.

O‘tgan yil 15 avgustida Kobuldagi Bagram harbiy bazasida yirik harbiy parad uyushtirilgan, unda G‘arb Afg‘onistonning oldingi hukumatiga bergan tikuchar va uchoqlar parvozlari tashkil etilgan, qurol va harbiy texnika namoyish etilgandi.

Bunga AQShning bugungi Prezidenti Donald Tramp g‘azabnok munosabat bildirgandi.

"Bilasizmi, ular har yili parad o‘tkazishadi, o‘zlarining tor ko‘chasidan bizning harbiy mashinalarimizni bosib haydashadi. Bu esa meni g‘azablantiradi. Buni ko‘rsam, meni jahlim chiqadi", degandi Donald Tramp.

Bu yil Tolibon marosimni Kobul shahridagi parlament - Loyya Jirg‘a binosida o‘tkazdi.

Marosimda qator mamlakatlar elchilari ishtirok etishgan.

Biroq muxbirlar Bosh vazir Mullo Muhammad Hasan Oxund va Bosh vazir o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar ko‘rinmaganiga e’tibor qaratdilar.

Bu yilgi bayram marosimi Kobuldagi Loyya Jirg‘a binosida o‘tkazildi

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Bu yilgi bayram marosimi Kobuldagi Loyya Jirg‘a binosida o‘tkazildi

Tolibon bayram munosabati bilan tikucharlardan gullar sochilishini e’lon qildi.

Tolibon qudratga kelganining to‘rt yilligi arafasida Rossiya Tolibonni Afg‘onistonning rasmiy hukumati deb tan olgan birinchi mamlakat bo‘ldi.

Shu kunlarda Yaqin Sharq Instituti Afg‘onistonga bag‘ishlangan hisobot e’lon qildi.

Bu hisobotda Tolibon rahbariyatining 90 foizini bir etnik guruh vakillari tashkil etadi, hukumat tarkibida birorta ham ayol yo‘qligi aytiladi.

Xalqaro tashkilotlar Tolibonni xotin-qizlarning o‘qish va ishlash huquqlarini toptayotganlikda ayblaydilar, vaziyatni o‘nglashga chaqiradilar.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Tolibon bayram arafasida Hirot viloyatida Pashdan suv ombori qurib bitkazilib ishga tushirilgani munosabati tantanali marosim o‘tkazdi.

To‘g‘on Eronga suv eltadigan ikki daryodan biri Harirud daryosida qurildi.

Suv ombori loyihasi Eron noroziligiga sabab bo‘lgan.

Chunki Harirud Eronning ikkinchi yirik shahri Mashhadni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan yagona daryo.

Tolibon qurg‘oqchilik sabab 2011 yilda boshlangan, biroq qurilishi to‘xtab qolgan suv omborini ko‘tarishga majbur bo‘lganini aytadi.

Yangi suv ombori 54 million kubometr suvni yig‘ishi, 13 ming gektar yerni sug‘orish imkonini berishi xabar qilindi.