Hamma radarda: Dunyoning istalgan joyida otiladigan raketalarni kuzatib turadigan Amerika bazasi. Video

Surat manbasi, Matthew Goddard/BBC
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Qisqa va keskin ovoz yangraydi: «Yaman uchirdi!» Kompyuter oldida o‘tirgan uniformadagi erkak va ayollar darhol javob qaytaradilar: «Tasdiq, Yaman uchirdi!»
AQSh Kosmik qo‘shinlarida xizmat qilayotganlarni «qo‘shin» emas, «gvardiyachilar» deb ataydilar. Kolorado shtatidagi Denver shahri yaqinida joylashgan harbiy bazadagi gvardiyachilar monitorlar orqali dunyoning istalgan nuqtasidan uchirilgan raketa signalini qabul qilib, uni uchirilgan manzilidan tortib, ehtimoliy urilish nuqtasigacha kuzatish imkoniga ega.
Biz AQSh Kosmik qo‘shinlarining raketa haqida ogohlantirish va kuzatuv markazi – Bakli Kosmik qo‘shinlar bazasiga ilk bor kiritilgan xalqaro jurnalistlardan bo‘ldik. Bu yerda gvardiyachilar kun-tun, ya’ni 24 soat, haftaning yetti kuni davomida navbatchilik qiladi.
Ularning atrofi ulkan monitorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu monitorlarda fazodagi harbiy sun’iy yo‘ldoshlar yuborayotgan xaritalar va ma’lumotlar aks etadi.
Gvardiyachilar raketa uchirilgan paytda yuzaga keladigan infraqizil issiqlik to‘lqinini birinchi bo‘lib aniqlashadi. Shundan keyin yana bir ovoz yangraydi: «Eron uchirdi!» va zudlik bilan «Tasdiq, Eron uchirdi!» degan javob keladi.
Bu gal faqat mashq edi. Ammo o‘tgan oyda bu voqelikka aylandi – Eron AQSh va Isroil tomonidan berilgan zarbalarga javoban Qatardagi al-Udayd harbiy bazasiga bir nechta raketa uchirgan edi.
Polkovnik Enn Hyus o‘sha kunni «og‘ir kun» deb ta’riflaydi. Ko‘plab uchirilishlardan farqli o‘laroq, ular bu holat haqida avvaldan ogohlantirilgan edi. Gvardiyachilar Eron raketalarini kuzatgan, ushbu ma’lumotlarni yerdagi havo mudofaa tizimlariga yetkazgan.
«Oxirida biz butun inshoot va u yerdagi barcha shaxslarni saqlab qoldik», deydi u yengil nafas olib.

Surat manbasi, Matthew Goddard/BBC
Hyus xonimning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda gvardiyachilar Yaqin Sharq va Yevropadagi urushlar soni oshib borayotgani tufayli juda band bo‘lishgan.
Men undan Ukrainaga ham ogohlantirish berilganmi, deb so‘raganimda, u shunday javob beradi: «Biz AQSh va ittifoqchi kuchlarga strategik va taktik raketa ogohlantirishlarini beramiz». AQSh hozircha bu kabi yordamni rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, Kievga Rossiya zarbasidan avval ogohlantirishlar berilayotgan bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Bakli Kosmik qo‘shinlar bazasi prezident Donald Trampning AQShning yangi raketaga qarshi mudofaa tizimi – «Oltin gumbaz» loyihasining markaziy nuqtasiga aylanishi kutilmoqda.
Bu loyihaga Tramp 175 milliard dollar ajratishni rejalashtirgan – u Isroilning «Temir gumbazi» havo mudofaa tizimidan ilhomlangan. Ammo tanqidchilar bu mablag‘ yetarli emas, loyiha ancha qimmatga tushishi mumkinligini aytmoqda.
Ammo Baklida bu tizimning poydevori allaqachon shakllangan. Baza gorizontida ulkan «radiogumbazlar» – yirik sputnik antennalarini himoya qiluvchi sharsimon tuzilmalar gavdalanib turadi. Ular g‘oyat katta golf to‘plarini eslatadi. Ushbu antennalar 11 000 yorug‘lik yili uzoqlikdagi superovnovalardan kelgan radio to‘lqinlarni ham tutib oladi.
AQSh Kosmik operatsiyalar qo‘mondoni general-leytenant Devid Millerning ta’kidlashicha, «Oltin gumbaz» hali dastlabki bosqichda, ammo u AQSh hududiga tahdidlar ortib borayotganini ko‘rsatadi.
U ayniqsa Xitoy va Rossiyani tilga oladi.
Har ikki davlat ovoz tezligidan besh barobar yuqori tezlikda harakatlanuvchi gipertovushli raketalarni ishlab chiqqan. Ular orbital bombalovchi tizimlarini ham sinovdan o‘tkazgan – bu kabi tizimlarni aniqlash ancha qiyin.
«Ularni to‘xtatish uchun faqat fazodagi mudofaa tizimlari kerak», deydi general Miller. U fazoga qurol joylashtirish demasdan, «salohiyatlar» haqida gapirishni ma’qul ko‘radi.

Surat manbasi, Matthew Goddard/BBC
Kosmos harbiy to‘qnashuv maydoniga aylanayotganini AQSh Kosmik qo‘shinlari tuzilgani ham tasdiqlaydi. Bu qo‘shin besh yil avval, prezident Trampning ilk prezidentlik muddati davomida tashkil etilgan va u kosmosni «dunyoning eng yangi jangovar maydoni» deb atagan.
Har ikkala davlat – Xitoy va Rossiya – sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi raketalar hamda aloqani buzadigan texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishgan.
General Millerning ta’kidlashicha, Rossiya kosmosga yadroviy yuk joylashtirish salohiyatini «namoyish qilgan». Uning fikricha, kosmos bugunning o‘zidayoq «keskin tortishuvlar maydoni»ga aylangan va biz «u yerda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarolarga tayyor turishimiz shart».
Polkovnik Feniks Xauser AQSh Kosmik qo‘shinlarining razvedka, kuzatuv va monitoring bo‘limi – «Delta 7»ga rahbarlik qiladi. Bu bo‘limning vazifasi – kosmosda nima bo‘layotganini aniqlash.
Kolorado-Springs yaqinidagi bazalarida ular dunyo orbitasida harakatlanayotgan minglab ob’ektlarni ko‘rsatuvchi ekranlarni kuzatishadi. Bugungi kunda kosmosda taxminan 12 000 ta sun’iy yo‘ldosh bor va ushbu soha mutaxassislari bu raqam yaqin yillarda 60 000 taga yetishi mumkinligini bashorat qilmoqda.
Polkovnik Hauser aytishicha, ularning asosiy e’tibori Xitoyga qaratiladi. "Bu – asosiy tahdid", deydi u. Xitoy allaqachon taxminan mingta sun’iy yo‘ldoshga ega, ularning yarmi harbiy maqsadlarga xizmat qiladi. Keyingi o‘n yil ichida, Hauser xonimning ta’kidlashicha, Xitoy iki, kosmos tobora gavjumlashib, bahsli hududga aylanmoqda.
"Kosmosda allaqachon janjal boshlangan, – deydi u. – Dushmanlarimizdan noprofessional va xavfli harakatlar kuzatilyapti." Bunday harakatlar qatorida elektron to‘sqinlik uskunalari, lazerlar va hatto boshqa yo‘ldoshlarni yo‘ldan chiqarish uchun mo‘ljallangan to‘rlar va mexanik qo‘llar bilan jihozlangan yo‘ldoshlar ham bor.
Ayrimlar fikricha, kosmosda allaqachon "it urishtirish janglari" (dog fight) bo‘layotgandir.
"Menimcha, biz hali 'Top Gun' uslubidagi havo janglarigacha yetmaganmiz, – deydi polkovnik Hauser. – Lekin bunday ehtimolga tayyor turishimiz shart."

Surat manbasi, Matthew Goddard/BBC
AQSh Kosmik Qo‘shinlari kosmosdagi mojarolar ehtimoliga tayyorlanmoqda. Hauser xonim ta’kidlashicha, bir yil avval ular hali "hujumkor kosmik imkoniyatlarimiz bor" deb ochiq gapira olmasdi. Endi esa, u aytganidek, asosiy maqsad – "prezident uchun variantlar yaratish, shunda biz hujumkor va mudofaaviy kosmik nazorat orqali kosmik ustunlikni qo‘lga kiritib, uni saqlab qolishimiz mumkin bo‘ladi."
General Miller fikricha, mojaro oldini olishning yagona yo‘li – "kuch orqali". "Bizning ob’ektlarimizni himoya qilish uchun o‘z imkoniyatlarimiz bo‘lishi shart", deydi u. Ammo bu nimani anglatishi borasida batafsil ma’lumot bermaydi.
Biroq Eronning yadroviy dasturiga qarshi yaqinda o‘tkazilgan AQSh amaliyoti – "Tungi Bolg‘a" AQSh Kosmik Qo‘shinlari nimalarga qodir ekanini ko‘rsatdi. Ushbu amaliyotda V-2 bombardimonchi samolyotlari ishtirok etdi va bu ham AQSh harbiylari uchun kosmosdagi ustunlikni saqlash naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.
"AQSh harbiylari kosmosdan olgan ustunliklariga qanchalik tayanganini tushunib oling", deydi general Miller. Bu ustunlikka uzoq masofalarga navigatsiya va aloqa qilish, shuningdek, GPS orqali aniq zarbalar berish imkoniyatlari kiradi.
Bi-bi-si AQSh Kosmik Qo‘shinlarining ushbu amaliyotda qanday ishtirok etgani haqida ilk bor batafsil ma’lumot oldi.
"Biz qilgan ishlardan biri – elektromagnit urush imkoniyatlarimizni ishga solib, butun amaliyot davomida ustunlikka erishish bo‘ldi", deydi general Miller. Elektromagnit spektr radio to‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil nurlar va ko‘rinishi mumkin bo‘lgan yorug‘lik to‘lqinlarini o‘z ichiga oladi.
"Biz muhitda to‘sqinlik bo‘lishini oldindan bilardik", deydi u. AQSh Kosmik Qo‘shinlari ushbu to‘sqinlik oldini oldi, natijada AQShning V-2 bombardimonchi samolyotlari belgilangan nuqtaga yetib borib, GPS orqali boshqariladigan ulkan bombalarni aniqlik bilan yetkaza oldi.
AQSh Kosmik Qo‘shinlarining Delta 3 bo‘limining elektron urush mutaxassislari ushbu hududda allaqachon joylashtirilgan edi.
Ularning komandiri polkovnik Anjelo Fernandes menga butun dunyo bo‘ylab har qanday nuqtaga yetkazilishi mumkin bo‘lgan yo‘ldosh antennalari va boshqaruv konteynerlarini ko‘rsatadi.
Uning aytishicha, ushbu antennalar dushman aloqalarini tinglash va ularni "shovqin bilan bosib ketish" orqali uzib qo‘yish uchun ishlatiladi.
"Ular bir vaqtning o‘zida ham AQSh ob’ektlarini himoya qilishdi, ham parvoz uchun havo yo‘lagini ochishdi", deydi u.
Amaliyotdan oldin, uning davomida va undan so‘ng AQSh Kosmik Qo‘shinlarining Delta 7 bo‘limi gvardiyachilari kuzatuvni amalga oshirdi.
Polkovnik Feniks Hauserning aytishicha, ular elektromagnit spektrni kuzatib borib, "Erondagilar biror nima bo‘layotganini bilishadimi, zarba bo‘lishi mumkinligi haqida taktik ogohlantirish bormi" kabi savollarga javob izlashgan. Ular amaliyotning raqib tomon uchun kutilmagan bo‘lishiga yordam berishdi va ekipajlar topshiriqni fosh etilmasdan bajarishini ta’minlashdi.
AQSh Kosmik Qo‘shinlari harbiy kuchlar orasida eng yosh bo‘lishiga qaramay, mamlakat mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. General Miller ta’kidlaydi: butun AQSh harbiylari taqdiri "kosmosdagi ustunlikka" bog‘liq.
U bu ustunlik saqlanib qolishini xohlaydi. U har qanday dushmanni ogohlantiradi:
"AQSh harbiylari bir narsaga jiddiy yondashsa – Xudo sizga yordam bersin!"












