Diniy hibslar ortyaptimi? DXX: Qashqadaryoda "Jihodchilar"ning 8 a’zosi qamaldi

"Tergov davrida aniqlanishicha, guruh a’zolari o‘z yashash xonadonlarida yig‘ilishlar o‘tkazib, "halifalik davlati" barpo etish masalalarini muhokama qilishgan", deyiladi DXX xabarida.

Surat manbasi, DXX

Surat tagso‘zi, "Tergov davrida aniqlanishicha, guruh a’zolari o‘z yashash xonadonlarida yig‘ilishlar o‘tkazib, "halifalik davlati" barpo etish masalalarini muhokama qilishgan", deyiladi DXX xabarida.
O'qilish vaqti: 2 daq

Davlat xavfsizlik xizmati xabar qilishicha, uning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida "Jihodchilar" diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati fosh etildi.

Ular orasida o‘tmishda Jinoyat kodeksining 155 (terrorizm), 159 (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish), 244 prim 1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244 prim 2 (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalarida ayblangan 48 yashar Qarshi tumani yashovchisi bor.

DXX "o‘ta xavfli retsidivist" deb tasvirlagan bu shaxs Qarshi shahri va tumanida 1964 va 1986 yillar oralig‘ida tug‘ilgan yetti kishini jalb qilib noqonuniy diniy jamoat tuzgani va har 10 kunda bir-birining xonadonlarida uchrashib turganlari aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

"Tergov davrida aniqlanishicha, guruh a’zolari o‘z yashash xonadonlarida yig‘ilishlar o‘tkazib, "halifalik davlati" barpo etish masalalarini muhokama qilishgan", deyiladi xabarda.

DXX, shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarni g‘oyaviy da’vatchilarining jihod, hijrat, halifalik to‘g‘risidagi audio-video materiallarni o‘zaro bir-birlariga tarqatib, o‘z saflarini kengaytirish maqsadida boshqa fuqarolar ongiga ham ekstremistik g‘oyalarni singdirishga harakat qilishgani xabar qildi.

DXX guruh liderini "xavfli retsidivist" deya tasvirladi.

Surat manbasi, DXX

Surat tagso‘zi, DXX guruh liderini "xavfli retsidivist" deya tasvirladi.

"Ta’kidlash lozimki, guruh yetakchisi va a’zolarining 4 nafari muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun umrining ma’lum bir qismini panjara ortida o‘tkazgan bo‘lsalarda, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan", deydi DXX.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 159, 244 prim 1 va 244 prim 2-moddalari bilan aybli deb topilib, ularga 6 yildan 10 yil 6 oygacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

DXX
Tergov davrida aniqlanishicha, guruh a’zolari o‘z yashash xonadonlarida yig‘ilishlar o‘tkazib, “halifalik davlati” barpo etish masalalarini muhokama qilishgan.
DXX
bbc.com/uzbek

Ammo, bu yetti kishi qachon hibsga olingani, ular qancha vaqt hibsda ushlab turilgani va ularning himoyasi qanday ta’minlangani haqida ma’lumot berilmadi.

O‘zbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, "Jihodchilar" nomli diniy tashkilotning faoliyati respublika hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bu oqimga a’zolikda ayblangan shaxslar O‘zbekistonda bot-bot hibsga olinayotgani xabar qilinadi, ammo qariyb barcha holatlarda jamoatchilik faqat rasmiy xabarlar bilan cheklanadi va jabrlanuvchilarning o‘zlari, yaqinlari yo himoyachilaridan eshitmaydi.

Aloqador maqolalar

Yaqin o‘tmishda "Jihodchilar" oqimi O‘zbekistondan yoshlarni Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shish, o‘zlarining aqidaviy mafkurasi tarafdoriga aylantirish va jinoyatlar qilishga da’vat etishgani xabar qilingan.

Reydlarda hibsga olingan shaxslar ham Jinoyat kodeksining 159 va 244-moddalariga muvofiq qamoq jazosiga mahkum qilingan.

Hozirda Turkiyada olib kelinib 13 kundirki tergov izolyatorida saqlanayotgan taniqli diniy olim Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ga ham 244-muvofiq ayblovlar ilgari surilgan.