Gruziya prezidenti: saylov soxtalashtirildi - Video

Surat manbasi, Reuters
Gruziyadagi parlament saylovi ortidan o‘n minglab odam Tbilisi shahridagi parlament binosi qarshisida norozilik namoyishiga to‘plandilar, ular "qudratdagi partiya saylov natijalarini soxtalashtirdi, bu soxtalashtirishga Rossiya aralashdi", demoqdalar.
Norozi namoyishchilar endi yangi saylangan deputatlarni parlamentning dastlabki majlisiga kiritmoqchi emaslar.
28 oktyabr tunida protestchilar qarshisida so‘zga chiqqan Prezident Salome Zurabishvili gruziyaliklarni ommaviy norozilikka chaqirdi.
Gruziyada parlament saylovi 26 oktyabrda bo‘lib o‘tdi.
Qudratdagi "Gruzin orzusi" partiyasi va Gruziya Markaziy Saylov komissiyasi 54 foiz ovoz to‘plaganliklarini e’lon qildilar.
Muxolifatdagi "O‘zgarishlar uchun" koalitsiyasi 11%, "Birlashgan Milliy harkat" 10,17 fozi, "Kuchli Gruziya" 8 foiz, "Gruziya uchun" partiyasi 7 foiz ovoz to‘plaganliklari e’lon qilindi.
Prezident Zurabishvili va muxolifatdagi to‘rt partiya saylov soxtalashtirildi deb hisoblaydilar.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
"Gruzin orzusi" saylov erkin va adolatli bo‘ldi, deydi.
Dekabr oyida vakolat muddati tugaydigan Prezident Salome Zurabishvili qudratdagi partiyani saylov natijalarini keng miqyosda soxtalashtirishdi aybladi.
Prezident Zurabishvili misol tariqasida davlat nafaqasiga boqimanda oilalarning a’zolari ID kartalari saylov oldidan olib qo‘yilganini aytdi.
Saylovdan keyin ushbu shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar "karusel ovoz berishda" foydalangani aniq bo‘ldi, ya’ni bir odam nomidan saylov qutisiga qayta-qayta bir nechta byulleten tashlangan.
Evropa Ittifoqi saylov soxtalashtirilishi da’volarini tekshirishga chaqirdi.

"Bu erdagi odamlar Gruziyaning Evropa orzusini “bizdan o‘g‘irladilar” degan xavotirdalar. Ammo kulgili tomoni – ko‘pincha Kremlparast deb ayblanadigan qudratdagi partiya ham “biz Gruziyaning Evropa Ittifoqiga qo‘shilishini istaymiz” deydi. Balki ular boshqa Evropa Ittifoqini nazarda tutishar?", deya savol beradi Tbilisidagi norozilik namoyishidan reportaj uzatgan Bi-bi-sining Rossiya bo‘yicha muharriri Stiv Rozenberg.
Biroq "Gruzin orzusi" partiyasi istayotgan ittifoq qanaqa ittifoq?
Bu savolga javobni Gruziyaga tunda etib kelgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban berishi mumkin.
Viktor Orban Evroittifoq bo‘shashtirilishi, kam integratsiya, mamlakatlarga esa ko‘proq qudrat berish tarafdori.
"Bunaqa Evropa bilan muomala qilishni Moskva aniq xohlaydi", deydi Bi-bi-si muxbiri.
Hozir Evropa Ittifoqi raisligi Vengriyada.
Evropa IttifoqiningTashqi siyosat bo‘yicha komissari Jozep Borrel shunday dedi: "Gruziyaga tashrifi payti Orban nima deyishidan qat’i nazar, u Evropa Ittifoqini tamsil etmaydi".
Evropa Ittifoqining 13 ta tashqi ishlar vaziri qo‘shma bayonot tarqatdilar, unda janob Borrel bayonotini takrorladilar.
Bi-bi-si bilan suhbatda Prezident Zurabishvili Gruziya xalqi o‘z istagini izhor etishi bilan birga aksar gruziyaliklar qo‘shilishni istayotgan Evropa Ittifoqi ham Gruziyani qo‘llab-quvvatlashi muhimligini aytdi.
"Gruziya xalqi o‘z istagini izhor etishi hayotiy muhim. Bizning sheriklarimiz aholisi va dastagi bilan tezroq Evropa yo‘limizga peshvoz chiqishlari muhimdir. Toki Rossiyaga o‘z qo‘shnilari ustidan ustunlikka erishishi oson bo‘lmasin", dedi Prezident Salome Zurabishvili.
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002












