Kelajakda hamma qisqichbaqaga aylanadimi?

Surat manbasi, Getty Images
- Author, Bea Svallov
- Role, BBC
- O'qilish vaqti: 3 daq
Millionlab ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar tomonidan tarqatilayotgan memlarda insoniyatning so‘nggi evolyutsion manzili na robotlar, va na yo‘q bo‘lib ketish, balki hazil ohangida bu qisqichbaqalar deb e’lon qilinmoqda.
Margate shahridagi qisqichbaqalar muzeyi mutaxassislarining aytishicha, endilikda odamlar har kuni muzeyga kelib, "insonlar ham kuni kelib qisqichbaqa panjalarini chiqara boshlaydimi?" degan savolni berishar ekan.
Muzey rahbari Ned Suesat-Vilyams BBC Sounds ga bergan intervyusida muzeyga tashrif buyurganlarga "qoniqarli" javob bera olmaganini tan olgan.
Ammo Bath universiteti olimi, professor M. Vils bu hazilning sababi borligiga ishonadi. Unga ko‘ra, aslida bu jiddiy evolyutsion hodisa - kartsinizatsiya, ya’ni qisqichbaqa bo‘lmagan jonzotlarning unga o‘xshash tana shaklini rivojlantirishining evolyutsion jarayoni bilan bog‘liq deya tushuntiradi.
Millionlab yillar davomida himoya va harakatchanlikni yaxshilash uchun qisqichbaqa kamida besh marta turli shakldagi tabiiy o‘zgarishlarga uchragan.
Bu krabsimon jonzorlatlar tabiiy tanlanish orqali mustaqil ravishda paydo bo‘lgan, chunki dumaloq qobiq va yon tomonga yurish qobiliyati ularning tirik qolish imkonini oshirgan.

Surat manbasi, Getty Images
Qisqichbaqalar dekapodlar deb ataluvchi o‘n oyoqli suv jonzotlari guruhiga kiradi.
Ba’zi dekapodlar, masalan lobster va mayda qisqichbaqalar (krevetkalar), qalin silindrsimon tanasi va orqaga tez harakatlanish hamda qazish uchun xizmat qiluvchi mushakli dumga ega.
Haqiqiy qisqichbaqalar sayoz suv va tosh qirg‘oqlarda yashaydi. Ularning qorni dumaloq, tekis qobiq ostiga yashiringan bo‘ladi.
Bu holat yirtqichlar tomonidan ushlanish imkoniyatini kamaytiradi va yon tomonga tez harakatlanib, tosh yoriqlariga yashirinishni osonlashtiradi.
Evolyutsiya tabiatning har xil yo‘nalishlari va hududlarida bir xil yechimni topishda davom etadi
Ammo kamida to‘rtta dekapod guruhining vakillari - g‘ovakli qisqichbaqalar, chinni qisqichbaqalar, qirol qisqichbaqasi va Avstraliya tukli tosh qisqichbaqasi - karbsimon jonzotlar hisoblanadi. Ular asta-sekin dumlarini qobiq ostiga buklab olib, haqiqiy qisqichbaqa shakliga kirgan.
Demak, qisqichbaqalar biologik jihatdan yagona guruh emas, balki ular millionlab yillar davomida o‘xshash shaklga kelgan turli dekapodlar to‘plamidir.

Surat manbasi, Getty Images
Evolyutsion paleobiologiya bo‘yicha professor Vilsning aytishicha, krabsimon jonzotlar kuchliroq himoya uchun mushakli tanalaridan voz kechishadi.
Kartsinatsiya jarayoni konvergent ya’ni yaqin qarindosh bo‘lmagan turlar bir-biriga o‘xshab qolish evolyutsiyasining bir shaklidir.
"Bu shunday holatki, turli guruhlar tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati yoki ma’lum bir shaklda genetik jihatdan o‘xshash bo‘lib qoladi. Lekin ularning ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan umumiy ajdodi yo‘q", deydi u.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
"Evolyutsiya tabiatning har xil yo‘nalishlari va hududlarida bir xil yechimni topishda davom etadi".
Professor Vils qushlar va ko‘rshapalaklar misolida ham tushuntiradi, ular har-xil turlarga mansub bo‘lsa-da, o‘xshash muhitda hayot kechirishi tufayli har ikkalasida qanotlar rivojlangan.

Surat manbasi, Milner Centre for Evolution
"Qisqichbaqalarga o‘xshashlik - bu ma’lum jismoniy muammolarga eng samarali yechimdir", deya tushuntirdi u.
"Ixcham, keng va himoyalangan tana, qobiq ostida qorin qismining himoyalanganligi, tosh yoriqlarida yashashi, suv to‘lqinlariga bardosh berishi, yon tomonga tezlik bilan harakatlanishi ham umumiy himoya imkonini ta’minlaydi".
Professor Vils internetdagi munozaralarni zavq bilan kuzatganini aytadi, ammo savolga javob - insonlar qisqichbaqaga aylanmaydi.
"Qisqichbaqalarning konvergent evolyutsiyasi faqatgina dekapodlar guruhi ichida tarixda besh marta sodir bo‘lgan", deydi u.





























