Putindan keyin Rossiya prezidenti bo‘lishga tayyorman

Surat manbasi, Navalny family
- Author, Keti Razzall/Deniel Fisher
- Role, BBC News
- Author, Deniel Fisher
- Role, BBC News
- O'qilish vaqti: 7 daq
Yuliya Navalnaya Rossiya prezidenti bo‘lishni niyat qilganini ta’kidlaydi. Uning so‘zlari qat’iy. Ko‘zlarida esa hech qanday ikkilanish yoki mavhumlik mavjud emas. Turmush o‘rtog‘i, muxolifat lideri Aleksey Navalniy bilan qabul qilgan boshqa qarorlari kabi bunisi ham aniq.
Navalnaya Putin hali hokimiyatdaligida uyga qaytadigan bo‘lsa, uni hibsga olishga buyruq berilishi mumkinligini biladi. Putin ma’muriyati uni ekstremizmda ishtirok etishda ayblagan. Bu oddiy tahdid emas. Bu ayblov Rossiyada o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
- Rossiya muxolifati etakchisi Aleksey Navalniy Moskvada dafn etildi
- Navalniy: Marhum qanday odam edi – o‘zbekistonliklar Putinning ashaddiy tanqidchisi o‘limiga qanday munosabat bildirmoqda?
- Yuliya Navalnaya: Rossiya Prezidenti Putin erimni nega o‘ldirganining aniq sababini bilaman
- Yangiliklar: Putinga qarshi chiqqan odamlarning taqdiri qanday tugaydi?
Uning eriga, prezident Putinning eng ovozli tanqidchisiga, ekstremizm ayblovi bilan 19 yil qamoq jazosi tayinlangan edi. Bu esa siyosiy motiv sifatida ko‘rilgan. U fevral oyida Shimoliy aylana ichidagi qattiq tartibli koloniyada olamdan o‘tgandi. AQSh prezidenti Jo Bayden, bu jinoyatda “Putin aybdor” ekanligiga hech qanday shak-shubha yo‘qligini aytgandi. Rossiya esa Navalniyning o‘limida javobgarlik haqidagi ayblovlarni inkor etgan.
Londonning yuridik kutubxonasida intervyu berar ekan, Yuliya Navalnaya har bir imo-ishoralaridan tortib gap-so‘zlarigacha yangi Rossiya orzusi bilan advokatdan siyosatchiga evrilgan eri Navalniyning izdoshidek gavdalanadi.
Erining o‘limidan oldin yozayotgan xotiralar kitobi “Patriot”ni taqdim etar ekan, Yuliya Navalnaya demokratiya uchun kurashda davom etishini qat’iy ta’kidlaydi.
Vaqti kelganda, “men saylovlarda ishtirok etaman… nomzod sifatida,” deydi u BBCga.
“Mening siyosiy raqibim Vladimir Putin. Va men uning rejimini iloji boricha tezroq qulatish uchun qo‘limdan kelganini qilishga tayyorman”.
Hozircha, bu harakatlar Rossiyadan tashqarida bo‘lishi kerak.
U Putin boshqaruvdalik paytida vatanga qaytib kelolmasligini aytadi. Ammo Yuliya, Putin davri tugaydigan va Rossiya yana dunyoga ochiq bo‘ladigan kunni intizorlik bilan kutmoqda.
Eri kabi u ham bir kun kelib erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish imkoniyati bo‘lishiga ishonadi. Bunga erishilgan paytda u, albatta, vataniga qaytadi.
Uning oilasi Rossiya rejimiga qarshi kurashda allaqachon juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, biroq intervyu davomida Putin nomi tilga olinar ekan, Yuliya doimgidek qat’iylik va xotirjamligini saqlab qoladi.
Uning shaxsiy tashvishlari ham omma orasida siyosiy xabarlarga aylantirilishi mumkin. Ammo Aleksey o‘limidan keyin juftlikning umumiy siyosiy e’tiqodlari va qarorlari bolalari, 23 yoshli Dasha va 16 yoshli Zaxarga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida ko‘proq qayg‘uryotganini urg‘ulaydi Yuliya.
“Men ular bu yo‘lni tanlamaganini tushunaman”.
Ammo hech qachon Navalniydan yo‘lini o‘zgartirishini so‘ramaganligini qo‘shimcha qiladi u.

Surat manbasi, Evgeny Feldman
Rossiyaning Markaziy Saylov Komissiyasi Alekey prezidentlikka nomzodligini qo‘yishini taqiqlagan edi.
Navalniyning Anti-Korruptsiya Jamg‘armasi orqali olib borgan tadqiqotlarini internetda millionlab foydalanuvchilar tomosha qilgan.
Oxirgi marta hibsga olinganidan keyin yuklangan videosida esa Putin Qora dengiz bo‘yida bir milliard dollarlik turar joy qurgani da’vo qilingan edi.
Prezident bu da’voni inkor etgan.

Surat manbasi, Navalny family
“Siz bu hayotda yashaganingizda edi, u hech qachon taslim bo‘lmasligini va shuning uchun ham siz uni sevib qolishingizni tushungan bo‘lardingiz,” deydi Yuliya.
Navalniy 2020 yilda asabni falajlovchi Novichok vositasi bilan zaharlangan. U davolanish uchun Germaniyaga olib borilgan va Germaniya kantsleri Putin rejimidan vaziyat bo‘yicha izoh so‘ragan.
Navalniy ochiq manbali Bellingkat tadqiqotchilari bilan hamkorlikda zaharlanish Rossiya xavfsizlik xizmati, FSB bilan bog‘liq ekanligini aniqlagan edi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post

Surat manbasi, Navalny family
Tuzalishi bilan, u esdaliklarini yozishni boshladi. Aleksey va Yuliya 2021 yil yanvarida Rossiyaga qaytishdi, ammo u samolyotdan tushishi bilanoq hibsga olindi.
Ko‘pchilik ular nega Rossiyaga qaytishganiga qiziqish bilan qaraydi.
“Bu borada hech qanday savolga o‘rin yo‘q. Men uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligini bilardim. Men uning Rossiyaga qaytishni xohlayotganini bilardim. Men u tarafdorlari bilan bo‘lishni xohlayotganini bilardim. U o‘zining jasorati va qahramonligi bilan odamlarga diktatordan qo‘rqishga hojat yo‘qligini isbotlamoqchi edi.
“Men u o‘ldirilishi mumkinligi haqida o‘ylashni ham istamasdim... biz o‘n yilliklar davomida birga yashadik, biz qiyinchiliklarni baham ko‘rdik, biz fikrlarni baham ko‘rdik. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz”.
Navalniy hibsga olingandan so‘ng, kitobini daftarlardagi yozuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va birinchi marta nashr etilgan qamoqxona kundaliklari orqali davom ettirdi. U ba’zi yozuvlari qamoqxona ma’murlari tomonidan musodara qilinganligini aytgan edi.
“Patriot” — oshkora va qahrli. Biz hammamiz Navalniyning so‘nggi hikoyasini bilamiz. Bu esa uning muomala tavsiflarini va ularga qarshi jasoratini yanada ta’sirli qiladi.

Surat manbasi, Getty Images
Navalniy 295 kunini qamoqda o‘tkazdi. Kitobga ko‘ra, u qamoq qoidalarini buzganlikda, hatto forma ko‘ylagining yuqori tugmasi ochiq qolganligi uchun ham jazolangan. U uchun telefon qo‘ng‘iroqlari va tashriflarga ruxsat berilmagan.
“Odatda, normal amaliyot ikki haftalik surgun va bu eng og‘ir jazodir. Biroq, mening erim u erda qariyb bir yilini o‘tkazdi,” deydi Yuliya Navalnaya.
2022 yil avgustdagi qamoqxona kundaligida Navalniy yakka qamoqdan turib shunday yozadi:
“Hujayralarimda shu qadar issiqlik ko‘tarilganki, men zo‘rg‘a nafas olyapman. Siz o‘zingizni qirg‘oqqa tashlangan baliq kabi his qilasiz, hatto toza havoni ham qizg‘onishadi. Odatda, bu sovuq, nam podvalga o‘xshaydi... Doimo izolyatsiyada saqlashadi, baland musiqani esa hech ham tindirishmaydi. Nazariy jihatdan, bu turli hujayralardagi mahbuslarning bir-biriga baqirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun; amalda esa bu qiynoqqa solinayotganlarning qichqiriqlarini bostirish uchundir.”

Surat manbasi, Reuters
Navalnaya aytadiki, ikki yil davomida u na eri bilan gaplasha olgan, na uning yoniga tashrif buyura olgan. U Aleksey qiynoqqa solingani, ochlikda saqlangani va “yomon sharoitlarda” saqlanganini ta’kidlaydi.
Navalniyning o‘limidan so‘ng, AQSh, Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Rossiyaga yangi sanktsiyalar joriy etdi. Ushbu sanktsiyalar Arktika aylanasidagi qamoqxona va Navalniyga qarshi jinoiy ishlar bilan shug‘ullangan sudьyalar ustidan aktivlarni muzlatishni o‘z ichiga oladi.
Yuliya Alekseyning o‘limiga nisbatan xalqaro hamjamiyatning munosabatini “hazil” deb ataydi va ularni Putindan “biroz kamroq qo‘rqishga” chaqiradi. U prezidentni qamoqda ko‘rishni istaydi.
“Men u chet elning yaxshi qamoqxonasida kompyuter va yaxshi ovqat bilan saqlanishini xohlamayman... Men u Rossiya qamoqxonasida bo‘lishini xohlayman. Va bu hammasi emas — men u ham Aleksey kabi sharoitda yashashini xohlayman. Lekin bu men uchun juda muhim”.
Rossiyaliklar Navalniyning tabiiy sabablar bilan o‘lganini da’vo qiladi. Yuliya esa Prezident Putin o‘ldirish buyrug‘ini berganiga ishonadi.
“Vladimir Putin erimning o‘limi va qotilligi uchun javobgardir”.
Yuliyaga ko‘ra, u erining o‘rnida olib borayotgan Anti-Korruptsiya Jamg‘armasi allaqachon “dalillar”ga ega va to‘liq tafsilotlarni ochish uchun qulay fursatni kutishyapti.
Siz bu hayotda yashaganingizda edi, u hech qachon taslim bo‘lmasligini va shuning uchun ham siz uni sevib qolishingizni tushungan bo‘lardingiz.
Kitob ozod Rossiyaga ishonadigan har kimga xotira o‘laroq murojaatdir. U rus tilida, elektron va audiokitob sifatida ham nashr etilmoqda. Lekin nashriyotlar qog‘oz nusxalarni Rossiya yoki Belarusga yubormaydi, chunki ular kitobning bojxona orqali o‘tishiga kafolat bera olmaydilar.
Qancha ruslar buni hatto elektron shaklda ham xarid qilishga jur’at eta olishi noma’lum — va uning ta’siri ham savol ostida.

Surat manbasi, Evgeny Feldman
Har bir sahifada muhrlangan xabar shuki, Navalniy hech qachon taslim bo‘lmagan. Bunda uning ajib hazili aks etadi.
Sukut saqlash, kam ovqat eyish va “o‘rta yosh krizisidan aziyat chekayotgan boylar” haqini to‘lagan tashqi dunyodan qochish bo‘yicha darslarni jazolash hujayrasidan turib “bepul” olyotganini aytadi Aleksey.
Faqatgina bir marta u 2021 yilda fuqarolik shifokorlaridan tibbiy yordam talab qilib, ochlik e’lon qilganida “bostirilgan” hislari haqida yozadi.
“Birinchi marta, men hissiy va axloqiy jihatdan pastligimni anglayapman”, deb yozadi u bir esdaligida.
Lekin Yuliya rejim uning irodasini hech qachon sindira olmasligiga doimo ishonganini aytadi.
“Men mutlaqo ishonch bilan aytishim mumkinki, mana shu uni o‘ldirishga qaror qilishlarining sababi. Chunki ular shuni anglab etdilar-ki, Aleksey hech qachon taslim bo‘lmaydi”.
Uning o‘limidan bir kun oldin, sudda paydo bo‘lganida, Navalniy hakam bilan hazil qilayotganini suratga olishdi.

Surat manbasi, SOTA VISION
Kulgi uning “super kuchi” edi, deydi Yuliya.
“U haqiqatan bu rejim va Vladimir Putinning ustidan kuldi. Shuning uchun Vladimir Putin uni yoqtirmadi”.
Uning yozuvlari ironikaga to‘la.
Navalniy yozadi: U o‘lsa, kitob yaxshiroq sotiladi.
“Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsak, agar bir kimyoviy qurol yordamida muvaffaqiyatsiz qotillik urinishidan so‘ng, qamoqxonada fojeali o‘lim sodir bo‘lsa, va bu ham kitobni o‘zgartira olmasa, unda uni nima o‘zgartira olishini tasavvur qilish qiyin. Kitob muallifi yovuz prezident tomonidan o‘ldirilgan; marketing bo‘limi uchun bundan ortiq yana nima kerak?”
Alaloqibat, “Patriot” o‘z qadriyatlariga sodiq qolgan ikki insonning sevgi hikoyasidir.
Yuliya bu qadriyatni endi o‘z zimmasiga oladi.

Surat manbasi, Navalny family
Uning tashrifidan so‘ng, Navalniy yozadi:
“Men uning qulog‘iga shivirlab aytdim: 'Qara, men dramatik eshitilishni xohlamayman, lekin men bu erdan hech qachon chiqmasligimning ehtimoli yuqori deb o‘ylayman... Ular meni zaharlashadi'.
'Men bilaman', u tinch va qat’iyatli ovozda bosh chayqab javob beradi. 'Men o‘zim ham shuni o‘ylagandim'…
Bu kabi lahzalar siz haqiqiy sevgingizni topganingizda va haqiqiy sevgingiz sizni topgandagina yuz beradi.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002












