Rossiyaning giper tovushli “Sirkon” raketasi nimalarga qodir? - Video

Sirkon ilk marotaba 2020 yilda uchirilgandi

Surat manbasi, Россия мудофаа вазирлиги

Surat tagso‘zi, Sirkon ilk marotaba 2020 yilda uchirilgandi
O'qilish vaqti: 2 daq

Rossiya Mudofaa vazirligi O‘rta Yer dengizida giper tovushli “Sirkon” raketasi, “Kalibr” va “Oniks” qanotli raketalari bilan harbiy mashqlar o‘tkazgani haqida xabar tarqatdi.

Bu “Oreshnik” degan yangi raketasini Ukrainaga otib jangovar holatda sinovdan o‘tkazgani bayonoti ortidan kuzatilmoqda. Vazirlikka ko‘ra, barcha raketalar nishonlarni aniq urgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining ushbu xabari Suriyada “Hay’at Tahrir Ash-Shom” guruhi Prezident Assad kuchlarini shimoliy Halab shahridan siqib chiqargani, Suriya hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Rossiya harbiy kemalari Tartus bandargohidan chiqib ketgani manzarasida kuzatildi.

Ayni vaqtda NATOga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishi asosiy muhokama mavzusi Ukraina bo‘ldi. Unda NATOning yangi Bosh kotibi Mark Ryutte a’zo mamlakatlarni Ukrainaga yana qurol-yarog‘ va havo mudofa tizimi berishga chaqirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi
Sirkon 1000 chaqirim uzoqlikdagi ham dengiz hamda quruqlikdagi nishonni ura oladi va tezligi 9 tovush tezligiga teng.
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Bosh kotib Ryuttening aytishicha, Shimoliy Koreya askarlarini Ukrainaga tashlab evaziga Rossiyadan yadroviy va raketa texnologiyalarini olayapti.

NATO bosh kotibi Moskva bilan Pxenyan harbiy hamkorligi AQShga ham tahdid paydo qilayotganini urg‘ulagan, Trampning Oq Uyga qaytishi arafasida Respublikachilar AQShning Ukrainaga harbiy yordami davom ettirilishiga shubha bildirmoqdalar.

Jang maydonlaridagi vaziyat Ukraina qo‘shinlari uchun og‘ir bo‘lib borayapti, Rossiya qo‘shinlari ilgarilayotgani kuzatilayapti.

3 dekabr kuni AQSh Ukrainaga 725 million dollarlik yangi harbiy ko‘mak berilishini e’lon qildi, ular Stinger raketalari, HIMARS tizimi jihozlari, dron va piyoda minalarini o‘z ichiga oladi.

Bu yordamni Kreml qoralab chiqdi, Amerika urush tugashidan manfaatdor emas, olovga yog‘ quyyapti, dedi Kreml matbot kotibi Dmitriy Peskov.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

“Sirkon” haqida nimalar ma’lum?

Raketa

Surat manbasi, Россия мудофаа вазирлиги

3M22 “Sirkon” ni kemalarga qarshi giper tovushli qanotli raketa sifatida ishlab chiqishgan. Rossiya dengiz kuchlarining bir qismini shu raketa bilan qurollantirishni reja qilgan.

Uning ishlab chiqarilayotgani haqida bir necha yil oldin ma’lum bo‘lgandi. 2019 yili Putin Sirkon 1000 chaqirim uzoqlikdagi ham dengiz hamda quruqlikdagi nishonni ura olishini va tezligi 9 tovush tezligiga tengligini aytgandi.

Oldinroq hukumatning “Rossiyskaya gazeta” nashri 5-6 tovush tezligi haqida yozgan, ammo sinovlarda uning tezligi 8 tovush tezligigacha yetganini aytilgandi.

Rossiya ushbu raketa haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashga harakat qiladi.