Mujtaba Xomanaiy kim?

Boshiga qora salla o‘ragan Mujtaba Xomanaiy

Surat manbasi, Tasnim News Agency

    • Author, BBC Fors xizmati
  • O'qilish vaqti: 5 daq

So‘nggi Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtaba Xomanaiy otasining vorisi sifatida Eronning oliy ruhoniy rahbari etib saylandi.

8 mart kuni Eron matbuoti mamlakatning rahbarini saylash uchun mas’ul bo‘lgan diniy olimlar kengashi - Majlisi Xo‘brigoni Rahbari Mujtaba Xomanaiy nomini e’lon qilgani haqida xabar tarqatdi.

Ali Xomanaiy 28 fevral kuni AQSh-Isroil havo zarbasida o‘ldirildi.

Xabarlarga ko‘ra, Mujtaba Xomanaiy Erondagi yagona eng qudratli kuch - Islomiy Inqilob qo‘riqchilari korpusiga juda yaqin shaxs hisoblanadi.

"Agar Tehron mening ma’qullovimni olmasa, yangi ruhoniy rahbar uzoq yashamaaydi", deb ogohlantirdi Prezident Tramp.

Yangi oyatulloh nomini e’lon qilishdan ilgari ulamolar kengashi a’zolaridan biri yangi rahbarni "dushman yomon ko‘rishi kerak" deb aytdi.

Bundan oldin AQSh Prezidenti Donald Tramp Mujtaba Xomanaiy nomaqbul tanlov degan edi.

Qora kostyum, oq ko‘ylak kiygan erkak Tehron ko‘chasida Mujtaba Xomanaiy suratini ko‘tarib turipti.11 February 2026.

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Mujtaba Xomanaiy 20 yildan ortiq vaqtdan buyon Eronning bo‘lajak rahbari sifatida ko‘rib kelinadi

Mujtaba Xomanaiy kim?

Otasidan farqli o‘laroq, Mujtaba ko‘pincha keng omma ko‘zidan panada bo‘lib kelgan. U hech qachon biror davlat mansabini egallamagan. Omma oldida va’z yoki ma’ruzalar qilmagan, intervyular bermagan. Uning kam sondagi foto surati yoki videosi tarqalgan.

Ammo Mujtaba otasining oldiga kim kirishi, kim kirmasligini hal qiladigan kuchli ta’sirga ega shaxs degan ovozalar tarqalganiga ko‘p bo‘lgan.

2000 yillar boshlarida WikiLeaks e’lon qilgan AQSh maxfiy diplomatik yozishmalarida Mujtaba Xomanaiy "parda ortida yashiringan kuch", rejim ichidagi "qobiliyatli va qudratli rahbar" sifatida ta’riflanadi.

Ammo Mujtaba Xomanaiyning saylanishi bahslarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Boisi 1979 yili Erondagi monarxiyani taxtdan ag‘dargan islomiy respublika mafkurasi siyosiy vorislikka emas, balki ruhoniy rahbar diniy e’tiqodi va rahbarlikka munosib ekanini isbotlagani bilan saylanishi kerak degan tamoyilga asoslangan.

Ali Xomanaiy islomiy respublikaning kelajakdagi rahbari kim yoki qanday bo‘lishi kerakligi haqida faqat umumiy ma’noda gapirib o‘tgan.

Otasi o‘g‘li Mujtabaning kelgusi ruhoniy rahbarlikka nomzod bo‘lishiga qarshi ekanini bildirgan edi Eron ulamolar kengashi a’zolaridan biri ikki yil oldin.

Ammo Ali Xomanaiyning o‘zi ushbu mavzuni biror marta keng omma oldid ko‘tarmagan.

Mujtaba Xomanaiy 1969 yil 8 sentyabrida Mashhad shahrida tug‘ilgan.

U Ali Xomanaiy olti farzandi orasida ikkinchisidir.

U Tehrondagi Alaviy maktabida tahsil olgan.

Eron matbuoti yozishicha, Eron bilan Iroq o‘rtasida kechgan urush yillari Mujtaba 17 yoshidan harbiy xizmatga borgan, bir necha marta qisqa fursat harbiy xizmat o‘tagan.

Sakkiz yillik urush tufayli Eron rejimining AQSh va G‘arbga nisbatan shubhalari yanada ortdi, bu vaqtda ular Iroqni qo‘llab-quvvatlagan edilar.

1999 yili o‘z diniy tahsilini davom ettirish uchun Mujtaba Qum shahriga boradi.

Qum Shia mazhabidagi muhim markaz, muqaddas shahar deb ko‘riladi.

Kuzatuvchilar o‘sha yillari Mujtabaning mullalardek diniy libosda yurmagani, nega maktabni tugatishi bilan emas, yoshi 30 ga kirganidan keyin diniy madrasada o‘qishga qaror qilgani sababi noma’lum ekaniga e’tibor qaratadilar.

Mujtabaning darajasi o‘rta darajadagi ruhoniy hisoblanadi, ayrimlar nazarida ushbu omil uning oliy ruhoniy rahbarlikka saylanishiga mone’lik qilishi mumkin edi.

Wearing a black turban and spectacles, Mojtaba Khamenei is pictured during a visit to Hezbollah's office in Tehran in 2024.

Surat manbasi, West Asia News Agency Via Reuters

Oxirgi kunlarda ayrim ommaviy axborot vositalari va ba’zi hokimiyatga yaqin shaxslar Mujtaba Xomanaiyni yuqori lavozimli diniy unvon "Oyatulloh" bilan atay boshladilar.

Ushbu o‘zgarish ayrim kuzatuvchilarga uning diniy nufuzini oshirish va mamlakat oliy rahbarligiga loyiq nomzod sifatida ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakatdek tuyulmoqda.

Diniy ta’lim tizimida "Oyatulloh" unvoniga ega bo‘lish va oliy darajadagi darslarni o‘tish shaxsning ilmiy saviyasi va bilim darajasining ko‘rsatkichi hisoblanadi hamda kelajakdagi rahbarni tanlash uchun talab va shartlardan biri sifatida ko‘riladi.

Biroq bundan avval ham bunday holat kuzatilgan.

Ali Xomanaiy 1989 yili ikkinchi oliy rahbar bo‘lganidan keyin unga darrov "Oyatulloh" unvoni berilgan edi.

Iqtibos

Siyosatga aralashuv ayblovlari

Mujtaba nomi ilk bor 2005 yildagi Eron prezidenti saylovi paytida keng jamoatchilik e’tiboriga tushdi, o‘shanda qattiqqo‘l siyosat tarafdori hisoblanadigan Mahmud Ahmadinajot g‘alabasi e’lon qilingan edi.

Oliy ruhoniy rahbar Ali Xomanaiyga yo‘llagan ochiq xatida islohotchi nomzod Mehdi Karrubiy Mujtabani Islomiy inqilob qo‘riqchilari va Basij qurolli kuchlarini ishga solib ovoz berishga aralashayotganlikda aybladi.

O‘shanda qurolli kuchlar Ahmadinajot g‘alaba qilishi uchun diniy guruhlarga pul tarqatgani haqida yozgan Karrubiy.

Oradan to‘rt yil Mujtabaga yana o‘sha eski ayblovlar ilgari surildi.

Ahmadinajotning qayta saylanishi butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi, bu namoyishlarga Yashil harakat deb nom berildi.

Ayrim namoyishchilar Mujtabaning otasining o‘rniga Eronning oliy ruhoniy rahbari bo‘lishiga qarshi ekanliklari haqidagi shiorlarni aytib chiqdilar.

Protesters gathering during the 2009 protest, with some individuals blowing smoke into each other's eyes to lessen the impact of tear gas.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Yashil harakat deb nomlangan protestlar 2009 yildagi prezidentlik saylovidan keyin boshlandi

O‘sha paytdagi Eron ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mustafo Tojzoda saylov natijasini "saylov to‘ntarishi" deb ta’riflagan edi. U yetti yilga qamaldi va buni u "Mujtaba Xomanaiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xohishi" deb atagan.

2009 yilgi saylovdan keyin ikki islohotchi nomzod — Mir Husayn Musaviy va Mehdi Karrubiy uy qamog‘iga joylashtirildilar.

2012 yil fevralida Mujtaba Musaviy bilan uchrashib, uni noroziliklarni to‘xtatishga chaqirgani haqida Eron manbalari BBC Fors xizmatiga ma’lum qilgan edi.

Ko‘pchilik taxminicha, agar Mujtaba voris bo‘lsa, otasining qat’iy siyosatini davom ettiradi. Shuningdek, ba’zilar AQSh–Isroil zarbalarida otasi, onasi va rafiqasidan ayrilgan odam G‘arb bosimiga bo‘ysunishi qiyin bo‘lishini ham ta’kidlaydilar.

Biroq u islom respublikasini saqlab qolish va mamlakatni siyosiy hamda iqtisodiy tanazzuldan olib chiqishga qobil ekaniga jamoatchilikni ishontirish kabi ulkan vazifalarga duch keladi.

Uning rahbarlik tajribasi deyarli sinalmagan, shuningdek respublika siyosiy vorislik tizimiga aylanib borayapti degan tasavvur jamoat noroziligini yanada kuchaytirishi mumkin.

Hozir Mujtaba "belgi qo‘yilgan odam" — Isroil mudofaa vaziri Eron oliy ruhoniy rahbarining har qanday vorisi "yo‘q qilish uchun mutlaqo aniq nishon" hisoblanadi degan.