Odamzod va dunyoni qutqarayotgan mitti hasharot nima?

hasharot

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

    • Author, Jorjina Rannard
    • Role, BBC
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Yangi tadqiqotga ko‘ra, akvarium uchun ozuqa sifatida sotiladigan kichik va kam tanilgan hayvon turi global isishdan sayyoramizni himoya qilib kelmoqda – bu ularning har yilgi ulkan migratsiyasi tufaylidir.

Bu "kuylanmagan qahramonlar" – zooplanktonlar bahorda o‘zlarini fitoplanktonga to‘ydirib, yog‘ to‘playdi, so‘ng Antarktidada yuzlab metr chuqurlikdagi okean tubiga cho‘kib, ushbu yog‘ni yoqadi.

Aloqador mavzular:

Olimlar ta’kidlashicha, bu jarayonda Yer atmosferasidagi issiqlikni oshiradigan uglerodni 55 million benzinli avtomobil yiliga chiqargan gaz miqdoriga teng darajada to‘sib turadi.

Bu natija olimlar kutganidan ancha katta. Biroq, olimlar zooplanktonlarning bu foydali xizmatini aniqlayotgan bir paytda, bu jonivorlarga tahdidlar ham ortib bormoqda.

urg'ochisi

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

Olimlar Antarktika suvlarida, ya’ni Janubiy okeanda zooplanktonlarning har yilgi ko‘chish jarayonini va buning iqlim o‘zgarishiga qanday ta’sir qilishini yillar davomida o‘rganishgan.

Xitoy Fanlar Akademiyasi vakili, tadqiqot rahbari doktor Guang Yan bu xulosalarni "ajoyib" deb baholab, Janubiy okean qancha miqdorda uglerod saqlashini qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelayotganini ta’kidladi.

iqtibos

"Bu hayvonlar haqiqiy qahramonlar, ularning hayot tarzi juda ajoyib," deydi Britaniya Antarktika Tadqiqot markazidan hammuallif doktor Jennifer Frir.

Biroq kitlar yoki pingvinlar kabi mashhur Antarktika hayvonlariga solishtirganda kichik bo‘lsa-da qudratli zooplanktonlar yetarlicha qadrlanmaydi.

yaqindan

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

Agar odamlar ular haqida eshitgan bo‘lsa, ehtimol, internetda baliqlar uchun ozuqa sifatida sotilgani uchundir.

Ammo ularning hayot sikli g‘alati va e’tiborga loyiq. Masalan, kopepodlar deb atalgan zooplankton turi krab va lobsterlarga yaqin bo‘lgan jonzotlardir.

Ular atigi 1-10 mm o‘lchamda bo‘lib, umrlarining asosiy qismini okean tubida – 500 metrdan 2 km.gacha bo‘lgan chuqurlikda uxlab o‘tkazadi.

okean osti

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

Mikroskop ostida olingan suratlarda ularning tanasi ichida uzun yog‘ "kolbasalari", boshida esa yog‘ "pufaklari"ni ko‘rish mumkin, deydi ularni Antarktikada suratga olgan Ekseter universiteti professori Daniel Meyor.

Bu zooplanktonlarsiz sayyoramiz atmosferasi ancha issiq bo‘lardi.

Dunyo okeanlari inson faoliyati tufayli yuzaga kelgan ortiqcha issiqlikning 90 foizini yutgan. Buning taxminan 40 foizi Janubiy okean hissasiga to‘g‘ri keladi va bunda zooplanktonlar asosiy rol o‘ynaydi.

yaqindan

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

Zooplanktonlar qanday qilib uglerodni saqlashini yaxshiroq tushunish uchun butun dunyo bo‘ylab millionlab dollar sarflanmoqda.

Olimlar allaqachon aniqlaganidek, zooplanktonlar har kuni uglerodga boy chiqindi chiqarib, uni okean tubiga cho‘ktiradi.

Biroq Janubiy okeandagi mavsumiy migratsiya paytida nima ro‘y berishi aniq hisoblanmagan edi.

Yangi tadqiqotda kopepodlar bilan birga kril va salpa deb atalgan boshqa zooplankton turlariga ham e’tibor qaratildi.

Bu jonzotlar okean yuzasida o‘sadigan fitoplanktonlar bilan oziqlanadi. Fitoplanktonlar fotosintez orqali atmosferadagi uglerod dioksidini o‘zlashtirib, organik moddaga aylantiradi. Bu modda zooplanktonlarda yog‘ga aylanadi.

"Bu yog‘ ular uchun batareya kabidir. Qishni okean tubida o‘tkazar ekan, ular shu yog‘ni sekin yoqib, energiya olishadi", deydi tadqiqotda ishtirok etmagan Ekseter universiteti professori Daniel Meyor.

"Bu jarayonda uglerod dioksidi ajralib chiqadi. Ammo okeanlarda uglerod chuqur saqlansa, u yerdan atmosferaga qayta chiqishiga o‘n yillar, hatto yuz yillar kerak bo‘ladi," deya qo‘shimcha qiladi u.

doktor

Surat manbasi, Jennifer Freer

Tadqiqotchilar bu jarayonni "mavsumiy vertikal migratsiya nasosi" deb atab, u orqali har yili kamida 500 metr chuqurlikka 65 million tonna uglerod tushishini hisoblashdi.

Bu jarayonga eng katta hissani kopepodlar qo‘shar ekan, so‘ng kril va salplar keladi.

Bu miqdor AQSh Ekologiya agentligining atmosfera ifloslanishi hisoblagichi bo‘yicha 55 million dizel avtomobilining bir yilda chiqargan gaziga teng.

Planktonlar asosan tun yarmida, ya’ni ular okean yuzasiga eng yaqin kelgan vaqtda to‘planadi.

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

Surat tagso‘zi, Planktonlar asosan tun yarmida, ya’ni ular okean yuzasiga eng yaqin kelgan vaqtda to‘planadi.

Planktonlar asosan tun yarmida, ya’ni ular okean yuzasiga eng yaqin kelgan vaqtda to‘planadi.

Yangi tadqiqot 1920-yillargacha boradigan ma’lumotlar asosida bu uglerod saqlanish miqdorini hisoblab chiqdi.

Biroq bu ilmiy kashfiyot hali davom etmoqda – olimlar migratsiya davomiyligi haqida yanada aniqroq ma’lumot topishni o‘ylayapti.

Joriy yil boshida doktor Frir va professor Meyor "Ser Devid Attenboro" polyar tadqiqot kemasida Janubiy Orkney oroli va Janubiy Jorjiya yaqinida ikki oylik ekspeditsiyada ishtirok etdi.

Olimlar ulkan to‘rlar yordamida zooplanktonlarni tutib, ularni kemaga olib chiqishdi.

"Biz to‘liq qorong‘uda, faqat qizil chiroqda ishladik, chunki ularni bezovta qilmaslik kerak edi," deydi doktor Frir.

"Boshqalar 3-4°C temperaturada saqlanadigan xonalarda ishlashdi. U yerda soatlab turish uchun juda ko‘p himoya vositalari kerak bo‘ladi – mikroskop oldida tik turib ishlash oson emas," deya qo‘shimcha qiladi u.

toygan holati

Surat manbasi, Prof Daniel J Mayor @oceanplankton

Ammo suvlarning isishi va krillni tijorat maqsadida ovlash zooplankton kelajagiga tahdid solishi mumkin.

«Iqlim o‘zgarishi, okean qatlamlarining buzilishi va ekstremal ob-havo – bularning barchasi jiddiy xavf tug‘diradi», deydi Plimut dengiz laboratoriyasi professori, maqola hammuallifi Angus Atkinson.

Bu Antarktikada zooplankton miqdori kamayishiga va chuqur okean qatlamlarida uglerod saqlanishi imkoniyatlari cheklanishiga olib kelishi mumkin.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda krill ovlovchi kompaniyalar qariyb yarim million tonna krillni ovlagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Bu amalda xalqaro qonunlarga muvofiq hisoblanadi, biroq atrof-muhit himoyachilari, jumladan, yaqinda namoyish etilgan Devid Attenboroning «Okean» hujjatli filmida ham tanqid qilingan.

Olimlar bu yangi xulosalar sayyoramiz qanday tezlikda isib borayotganini bashorat qiluvchi iqlim modellariga kiritilishi lozimligini ta’kidlashmoqda.

«Agar bu biologik nasos mavjud bo‘lmaganida, atmosferadagi SO₂ darajasi hozirgidan taxminan ikki barobar yuqori bo‘lar edi. Demak, okeanlar SO₂ ni singdirib, undan xalos bo‘lishda ancha samarali ishlamoqda», deya izohlaydi professor Atkinson.

Tadqiqot «Limnology and Oceanography" jurnalida chop etilgan.