Shu vaqtgacha bilganlarimiz: Eronning yangi zarbalari haqida xabar berildi, Isroil-Hizbulloh orasida keskinlik kuchaymoqda

Bayrutga hujumda zarar ko'rgan uylar

Surat manbasi, EPA

O'qilish vaqti: 2 daq

Nizoning Livanga yoyilishi

  • Dushanba kuni erta tongda Isroil Hizbullohni o‘z hududiga raketa otishda ayblab, ushbu guruhning Livandagi nishonlariga zarba berishni boshladi.
  • Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning Bayrut va Livan janubiga bergan zarbalari oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan va 149 kishi yaralangan.

Mintaqa bo‘ylab Eronning kutilgan zarbalari davom etmoqda

  • Bahrayn va Dubayda portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilindi, Saudiya Arabistonida esa neftni qayta ishlash zavodi yonmoqda.
  • AQSh va Fors ko‘rfazidagi oltita ittifoqchi davlat qo‘shma bayonotda Eronning mintaqadagi harakatlari Yaqin Sharqdagi barqarorlikka tahdid soluvchi "xavfli eskalatsiya" ekanini bildirdi.

AQSh qiruvchi samolyotlarining halokati

  • Avvalroq Quvayt harbiylari AQShning bir nechta qiruvchi samolyoti Quvaytda halokatga uchraganini, biroq ekipaj a’zolari omon qolganini ma’lum qildi.
  • Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda; tasdiqlangan videotasvirlarda qiruvchi samolyotning osmondan qulab, Quvayt shahri yaqiniga tushgan lahzasi aks etgan.

Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi so‘nggi vaziyat

  • Eron Qizil Yarim oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Isroilning 130 dan ortiq shaharlarga bergan zarbalari oqibatida Eronda 555 kishi halok bo‘lgan.
  • Yakshanba kuni Eronning raketa zarbasidan Isroilning Beyt-Shemesh shahrida to‘qqiz kishi o‘lgan.

Kiprdagi vaziyat

  • Yarim tunda Buyuk Britaniyaning "RAF Akrotiri" harbiy bazasiga "taxminiy dron hujumi" uyushtirildi.
  • Britaniya Mudofaa vazirligi "ehtiyot chorasi" sifatida bazada yashaydigan harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini boshqa turar joylarga ko‘chirayotganini ma’lum qildi.
O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Yangilanmoqda: Isroil Livanga hujum qildi, Eron javob zarbalari davom etmoqda

Isroil Mudofaa Kuchlari Hizbullohning yuqori lavozimli a’zosiga zarba berganini aytmoqda.

Isroil Mudofaa Kuchlari Beyrutda Hizbullohning yuqori martabali a’zosiga "aniq zarba" berganini ma’lum qildi.

Isroil Mudofaa Kuchlari tez orada qo‘shimcha tafsilotlar berilishini aytmoqda.

Bayrut va Janubiy Livanga uyushtirilgan Isroil zarbalari oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan va 149 kishi jarohatlangan.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bu ma’lumotlar dastlabgi hisoblashlarga tayanadi.

Hizbullohning Isroilga qilgan hujumi bu yerda keng ko‘lamda guruh va mamlakat uchun o‘z joniga qasd qilishga teng harakat sifatida tasvirlanmoqda.

Bu harakat mamlakatni Isroil bilan yangi urushga tortib ketmoqda va bu urushda Livan yutquzishi aniq.

Mamlakat hali ham 18 oy avval Hizbullohni zaiflashtirgan, uning ko‘plab tayanch hududlarini vayron qilgan uzoq davom etgan urush oqibatlaridan tiklana olganicha yo‘q.

Bu yerdagi odamlar guruh Eron manfaatlarini milliy manfaatlardan ustun qo‘ygani haqida fikr bildirmoqda. Eng ko‘p jabr ko‘rayotganlar — Hizbulloh tarafdorlari, chunki ularning uylari, qishloq va shaharlari o‘q ostida qolmoqda.

Yana bir bor, ular o‘z uylaridan qochishga majbur bo‘lmoqda va ko‘chalar ularning panohgohlariga aylanmoqda.