Zelenskiy ma’muriyati rahbari iste’fo berdi, Putin urush qachon tugashini aytdi

Surat manbasi, Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, prezident ma’muriyati rahbari Andriy Yermak iste’foga chiqqan.
Ukrainaning korruptsiyaga qarshi kurash idoralari 28 noyabr kuni prezident ma’muriyati rahbari Andriy Yermakning uyini tintuv qilishni boshlagandi.
Andriy Yermak Rossiya bilan urushga chek qo‘yish yo‘lida olib borilayotgan AQSh bilan muzokaralarda yetakchi shaxs bo‘lib kelgandi. Ammo oxirgi vaqtlarda qator tanqidlarga yuz tutib, vazifasidan ketish borasida bosimlarga uchragan.
54 yoshi Yermak ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida korruptsiyaga qarshi agentlik rasmiylari uning advokatlari huzurida "uyida protsedural amallarni" o‘tkazayotganligini tasdiqlagandi.

Surat manbasi, Reuters
Ukraina uchun yana bir zarba
Bularning hammasi shu hafta oxirida AQSh Mudofaa vaziri Dan Driskolning Kievga muzokaralar uchun kelishi kutilayotgani manzarasida bo‘lib o‘tmoqda. Kelgusi hafta esa AQSh hay’ati Moskvaga yo‘l olishi rejalangan.
Andriy Yermakning uyi tintuv qilinayotgani haqidagi xabarlar chiqishidan sal avval u The Atlantic veb-sahifasiga bergan intervyusida "Zelenskiy prezident bo‘lib qolar ekan, hech kim hududni yon berishga umid qilmasin. U bu kabi kelishuvga imzo qo‘ymaydi", deb aytgandi.
Joriy korruptsiya mojarosi prezident Zelenskiyning siyosiy mavqeini zaiflashtirayotgani haqida aytilmoqda.
Tekshiruvchilar Ukraina energiya sektoridagi 100 million dollarlik qalloblikka aloqadorlikda gumon qilingan qator taniqli shaxslarni tergov qilishmoqda.
Ukrainaning ikki antikorruptsion agentligi Nabu va Sap "Enerxoatom" davlat atom energiyasi shirkati doxil qator shirkatlarni o‘z ichiga olgan korruptsion tizimlar dalillarini oshkor qilinganini ma’lum qilishgan.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Korruptsiya mojarosi haqida ukrainaliklar qanday fikrda?
Ukrainada bu tekshiruvlar xush qarshilangan. Yaqinda o‘tkazilgan omma fikrini o‘rganish so‘rovlari natijasi so‘ralganlarning yetmish foizi Andriy Yermakning iste’fosi tarafdori ekranligini ko‘rsatgandi.
Yermakning iste’fosini o‘z partiyasi doxil yana ko‘plab partiyalardan bo‘lgan parlament vakillari ham talab qilishgandi.
Xalqaro sahnada esa bu Ukrainaning muzokaralardagi mavqeini zaiflashtirgani aytilmoqda.
Yangragan ayblovlar Ukrainaning Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarini xavotirga solgan.
Korruptsiya ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan qator boshqa shaxslar Ukraina uchun muhim bo‘lgan energiya ta’minoti sohasidan mablag‘larni boshqa sohaga yo‘naltirilganlari aytilgan.
Iste’foga chiqquniga qadar Andriy Yermakka nisbatan rasman ayblovlar e’lon qilinmagan va u o‘zining bu ishga aloqadorligini rad etib kelmoqda edi.
Rossiya hujumlari Ukraina energiya tizimiga jiddiy zarar yetkazgan va ko‘plab ukrainaliklar kuniga atigi bir necha soat elektroenergiya bilan ta’minlanmoqda.
Prezident Zelenskiy allaqachon bu ish yuzasidan qator shaxslarni vazifalaridan bo‘shatgan va bir necha ayblanuvchi hibsga olingan. Janob Zelenskiyning sobiq biznes hamkorlaridan biri Timur Mindich mamlakatdan qochib ketgan.
Rossiya prezidenti Ukraina urushi qachon tugashi haqida aytdi
Ukraina qo‘shinlari egallab turgan hududlaridan chiqib ketishsa, o‘shanda harbiy amaliyotlar to‘xtaydi. Ketishmasa, biz bunga qurol bilan erishamiz
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekka safari nihoyasida bergan matbuot anjumanida Ukrainadagi urush qachon to‘xtashi haqidagi savolga javob bergan.
Janob Putinning aytishicha, "harbiy amaliyotlar Ukraina qo‘shinlari egallab turgan mavqelarini tark etgan vaqti to‘xtatiladi".
"Agar ketishmasa, biz bunga qurol bilan erishamiz", deya urg‘uladi Rossiya prezidenti.
Ayni vaqtda janob Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun kelasi hafta AQShdan muzokarachilar guruhi Moskvaga kelishini tasdiqladi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Putin AQSh tomonidan ilgari surilgan bahsli tinchlik rejasi kelishuvga asos bo‘lishi mumkinligi, ammo hozircha faqatgina kelishib olish kerak bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar mavjudligini aytib o‘tdi.
Taklif qilingan rejada Ukraina Qurolli kuchlarining hali Rossiya egallab olmagan Donetsk mintaqasidagi hududlardan chiqib ketishlari aytilgani matbuotda xabar berilgandi.
Ammo Ukraina va uning G‘arbdagi ittifoqchilari bu taklifni mutlaqo rad etishgan.












