Bangladesh sobiq Bosh vaziri Shayx Hasina maxsus tribunal tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi - Video

Boshiga milliy uslubda ro'mol tashlagan Shayx Hasina yon taradna suratga olingan

Surat manbasi, Reuters

O'qilish vaqti: 3 daq

Bangladesh sobiq Bosh vaziri Shayx Hasina insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilib, maxsus tribunal tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Hokimiyatdan majburan chetlatilganidan so‘ng Hindistonda surgunda yashab kelayotgan sobiq Bosh vazir xonim, o‘zining ishtirokisiz - sirtdan sud qilindi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Hukm o‘tgan yili talabalar boshchiligidagi norozilik namoyishlarini bostirishdagi da’vo qilingan roli bilan bog‘liq. Maxsus tribunal uni ushbu namoyishlarni zo‘ravonlik bilan bostirishni buyurganlikda aybdor deb topdi. Namoyishlar ketidan u hokimiyatdan chetlatilib, mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan edi.

BMT hisob-kitobiga ko‘ra, namoyishlarni bostirish chog‘ida 1400 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Ularning aksariyati xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan.

Shayx Hasina shaxsan xavfsizlik kuchlariga namoyishchilarni otishni buyurganini qat’iyan rad etadi.

Hukmdan so‘ng e’lon qilgan bayonotida u sud qarorini "xolis bo‘lmagan va siyosiy maqsadli" deb atadi. Tribunal hukmi o‘qib eshittirilganda, namoyishlarda halok bo‘lgan yoshlarning oilalari ham bo‘lgan.

O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari chog‘ida Bangladeshlik talabalar mamlakatning davlat telekanalini yoqib yuborishdi.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari chog‘ida Bangladeshlik talabalar mamlakatning davlat telekanalini yoqib yuborishdi.

Shayx Hasina Bangladeshning eng uzoq xizmat qilgan bosh vaziri bo‘lib, mamlakatning uning siyosatiga nisbatan keskin ravishda ikkiga bo‘linishga sabab bo‘lgan shaxs sifatida bilinadi.

U ilk bor 1996 yilda saylovda g‘alaba qozongan va 1980 yillarda harbiy hukumatga qarshi boshqa siyosiy partiyalar bilan birlashib, demokratiya tarafdori sifatida tanilgan.

Uning otasi Shayx Mujibur Rahmon 1971 yilda mamlakatni Pokistondan mustaqil qilgan va Bangladeshning birinchi prezidenti bo‘lgan. U 1975 yilda oilasidagilarning aksariyati bilan birga o‘ldirilgan - Hasina va singlisi chet elda bo‘lgani uchun omon qolgan.

Shayx Hasinaning 2009 yilda boshlangan ikkinchi hokimiyat davri bahsli bo‘lib, uning hukmronligi davrida siyosiy sabablarga ko‘ra hibsga olishlar, g‘oyib bo‘lishlar, hukmsiz qatllar va boshqa huquqbuzarliklar ko‘paygan.

Hasinaning partiyasi "Avami ligasi" - ilgari konstitutsiyani o‘zgartirib, bir partiyali davlat qurishga intilgan.

Taqdir hazili bilan, Hasina aynan o‘zi 2010 yilda Bangladeshning 1971 yildagi ozodlik urushi davridagi harbiy jinoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tashkil etgan sud tomonidan hukm qilindi.

Aybdor deb topilishi uning siyosiy qaytish yoki yaqin kelajakda Bangladeshga qaytish imkoniyatlarini keskin kamaytiradi.

Shayx Hasina o‘tgan yil 5 avgustda Bangladeshni tark etganidan beri, Dehlida yashab kelmoqda. Hukm Hindistonni Hasinani ekstraditsiya qilish bosimi ostiga qo‘yadi, Daka rasmiy ravishda uning ekstraditsiyasini so‘radi. Biroq Hindiston bunga rozi bo‘lishi ehtimoldan yiroq va hozircha bunday istakni namoyon qilmayapti.

Ikkala davlat o‘rtasida ekstraditsiya shartnomasi mavjud bo‘lsa-da, ish murakkab diplomatik omillar bilan bog‘liq.

Dehli Hasinaning shaxsiy xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni hisobga olib, unga qarshi qo‘zg‘atilgan ish siyosiy sababga ko‘ra qilinganligi haqidagi da’volarni ham nazarda tutgan holda bir qarorga kelishi kerak.

Hindiston erkin va adolatli saylovlarni qo‘llab-quvvatlashini va xalq irodasi bilan shakllangan istalgan hukumat bilan ishlashga tayyorligini bildiradi. Hindiston Tashqi ishlar kotibi Hasina bilan bog‘liq masalalarni "sud va huquqiy" masalalar deb atab, "ikki qo‘shni o‘rtasidagi kengashni" talab qilishini ta’kidladi.

Hukm Hindiston-Bangladesh diplomatiyasi kelajagi uchun muhim sinov bo‘lishi mumkin. Agar kelasi yil fevralda rejalashtirilgan Bangladesh milliy saylovlaridan so‘ng saylangan hukumat hokimiyatga kelib, uning ekstraditsiyasini talab qilsa, Hindiston uchun bu talabni e’tiborsiz qoldirish yanada qiyinlashadi.