Yangiliklar: Trampning gapiga Moskva jim, Kiev hayron, rubl qimmatlayapti, Toqaev mintaqada ildamlik qildimi va Markaziy Osiyoda o‘nlab odam hukm qilindi – ular IShID ga aloqadormi? Video

Putin va Zelenskiy

Surat manbasi, EPA

O'qilish vaqti: 4 daq

Mintaqa va dunyoda nima gap – shu soatlarda sarlavhalarga chiqqan va chiqayotgan yangiliklar.

Aloqador mavzular:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Kim haq?

Donald Tramp

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Donald Tramp AQSh, Rossiya va Ukraina Myunьxenda uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishlarini aytmoqda.
O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Yirik Xavfsizlik anjumaniga mezbonlik qilayotgan Myunьxendan ziddiyatli xabarlar olinmoqda.

Donald Tramp AQSh, Rossiya va Ukraina Myunьxenda uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishlarini aytmoqda.

Ammo rasmiy Moskva bu xususda hozircha jim, Kiev esa, bunaqa uchrashuvdan "xabarlari yo‘q"ligini aytib turibdi.

Bi-bi-sining Xavfsizlik masalalari bo‘yicha muxbiri Frank Gardnerning anjuman tashkilotchilariga tayanib aytishicha, Myunьxenda Rossiya hay’atining o‘zi yo‘q.

Moskva esa, sammitga delegatsiya yubormayotganini ma’lum qilgan.

Dunyo davlatlari liderlarining mazkur anjumanida aynan Ukraina urushining kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lishi aytilgan.

АҚШ вице-президенти
gettyimages
Putin Ukrainaning uzoq muddatli mustaqilligini kafolatlovchi tinchlik kelishuviga rozi bo‘lmasa, Moskva sanksiyalar va ehtimoliy harbiy harakatlarga yuz tutishi mumkin...
Jey Di Vens
AQSH vitse-prezidenti (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Volodimir Zelenskiy Myunxen Xavfsizlik anjumanida Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha "AQShning tayyor rejasini" ko‘rmayotganini bayon qilgan.

Ukraina prezidenti kechroq AQSh vitse-prezidenti bilan ham ko‘rishmoqchi.

Jey Di Vens esa, anjuman arafasida Amerikaning nufuzli Wall Street Journal ga gapirgan, u, "agar Putin Ukrainaning uzoq muddatli mustaqilligini kafolatlovchi tinchlik kelishuviga rozi bo‘lmasa, Moskva sanksiyalar va ehtimoliy harbiy harakatlarga yuz tutishi mumkin"ligini aytgan.

Amerikaning NATOdagi ittifoqchilari Tramp va Putinning telefon orqali Ukraina urushiga chek qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni zudlik bilan boshlashga kelishib olganliklariga oid bayonotga hanuz o‘z munosabatlarini bildirishmoqda.

Volodimir Zelenskiy hech bir kelishuv Ukrainaning ishtirokisiz bo‘lmasligi shart, deb turibdi.

22 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli tajovuziga roppa-rosa uch yil bo‘ladi.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 3
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 3

Toqaev "xush qarshiladi"

Qozog‘iston prezidenti

Surat manbasi, rasmiy

Qozog‘iston prezidenti Tramp va Putinning ilk telefon muloqotini xush qarshilagan.

Qozog‘iston dunyoning quruqlik orqali Rossiya bilan eng uzun chegaraga ega va mintaqaning unga chegaradosh yagona davlati bo‘ladi.

Yaqin-yaqingacha Ukrainadan keyin Rossiyaning navbatdagi nishoniga aylanajagiga oid xavotirlarga sabab bo‘lib kelayotgan postsovet mamlakati.

"Hozir odamlar Ukraina haqida ko‘p gapirmoqda. Biz boshidanoq urushni to‘xtatish, diplomatik muzokaralar yo‘li bilan kelishuv va murosaga erishish tarafdori edik. Bizning mavqeimiz haqiqatga aylanmoqda. Ikki yirik davlat siyosiy muloqotni boshladi. Bu ijobiy tendentsiya. Bu Qozog‘istonga ham foyda keltiradi. Shuning uchun biz bu tendentsiyani imkon qadar qo‘llab-quvvatlaymiz", - deb aytgan Qasim Jomart-Toqaev.

Қозоғистон президенти
rasmiy
Bu ijobiy tendensiya. Bu Qozog‘istonga ham foyda keltiradi. Shuning uchun biz bu tendensiyani imkon qadar qo‘llab-quvvatlaymiz...
Qasim Jomart-Toqayev
Qozog‘iston prezidenti (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston rahbarining bu so‘zlari poytaxt Ostonada, uning bir guruh yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida yangragan.

Prezident "Ishchi kasblar shahri" festivaliga tashrif buyurgan.

Qozog‘iston urush bilan kechayotgan so‘nggi uch yil ichida Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etishga tarafdorlik qilib kelgan.

Rasmiy Ostona orada Xitoy va Braziliyaning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini ham qo‘llab-quvvatlab chiqqan.

Ammo o‘zining har doim barcha mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, BMT Nizomi tamoyillariga rioya qilish pozitsiyasida turishlarini aytgan.

Qolgan mintaqa davlatlari poytaxtlaridan esa, hozircha bunga o‘xshash xabarlar olinmagan.

Muzokaralarning Rossiya ustunligi ostida kechishi va kelishuvga uning shartlari asosida kelinishi istiqboli esa, postsovet makonida yana Kremlning ta’sirini kuchaytirishiga oid xavotirlar ham yo‘q emas.

Rubl qimmatlayapti

Rossiyadagi pul ayirboshlash shoxobchasi

Surat manbasi, Valerij Sharifulin/TASS

Rossiyada 14 fevral, juma kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 91 rubl, yevro qariyb 95 rublni tashkil qilgan.

Kecha, payshanba kuniga qaraganda har ikkala valyuta ham rublga nisbatan sezilarli darajada arzonlagan: ikkalasining qiymati ham uch rublga tushgan.

Shu bilan birga, Rossiya fond bozorlarida birja kotirovkalari keskin ko‘tarilgan.

Ular Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish haqidagi muhokamalar, Tramp va Putin o‘rtasidagi ilk telefon muloqotiga oid xabarlarga shu tariqa munosabat bildirishgan.

Dollar kursi o‘tgan yilgi qiymatlaridan hayratlanarli darajada farq qilmoqda.

Amerika valyutasi o‘tgan yilning kuzida ko‘tarila boshlagan va uning cho‘qqisida qiymati banklararo bozorda 114 rubldan oshgan.

Dollar va yevro 2024 yilning iyun oyidan beri Moskva birjasida sotilmaydi va Markaziy Bank valyuta kurslarini banklararo statistika asosida belgilaydi.

Savdo birjaning o‘ziga va uning infratuzilmasiga qarshi sanksiyalar kiritilishi ortidan to‘xtagan.

Rossiya Ukraina urushi va rasmiy Moskvaning kuchayib borayotgan aksilmigratsion siyosati manzarasida ham aksariyat mintaqa aholisi uchun hali-hanuz yirik mehnat bozori vazifasini o‘tab keladi.

Bu migrantlardan ko‘pchiligi O‘zbekiston fuqarolari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Ular har yili ortga yuborib kelayotgan milliardlab dollarlik mablag‘lar aksar mintaqa davlatlari hukumatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi - har qanday ijtimoiy portlash ehtimolini yumshatib kelayotgan samarali vositalardan biri bo‘ladi.

Markaziy Osiyoda yangi hukmlar

Mahkum

Surat manbasi, gettyimages/illyustrativ

Tojikistonda 30 dan ortiq kishi hukm etilishgan.

Ularga 8 yildan 20 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolari berilgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, hukm etilganlar o‘tgan yili Vahdatdagi Navro‘z ayyomi ishtirokchilarini zaharlashga urinishda aybdor, deb topilishgan.

Bu haqda bugun, 14 fevral kuni Tojikiston Bosh prokuraturasi ma’lum qilgan.

Tojikiston xavfsizlik xizmatlaridagi manba "Reyter" axborot agentligiga mahkumlar barchasi IShIDning Afg‘onistondagi Xuroson qanotiga aloqador ekanliklarini aytgan.

Qoralov tomonining ma’lum qilishicha, bu shaxslar ayyom qatnashchilari uchun mo‘ljallangan taomlarni zaharlashga urinishgan.

"Reyter" axborot agentligining yozishicha, Tojikiston Bosh prokuraturasining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i jurnalistlarga mazkur jinoyatni sodir etganlikda yana 10 kishining qidirilayotganini bildirgan.

Ammo, xabarlarga ko‘ra, Jumanazar Sayidahmadzoda aniq necha kishiga hukm chiqarilganligini aytmagan.

Tojikiston O‘zbekiston va Turkmaniston bilan birga Markaziy Osiyoning Afg‘onistonga chegaradosh uch davlatidan biri bo‘ladi.

So‘nggi paytlarda mintaqa qolib, dunyoda ham IShID-Xuroson qanotining kuchayib borayotganiga oid xavotirlar ortgan.

Kuni-kecha xuddi shu guruh tahdidi BMT Xavfsizlik Kengashida ham muhokama qilingan.

Ammo "Reyter"ning manbasi mahkumlar nega IShIDning hozirda eng faol va jangari qanoti sifatida ko‘riluvchi Xuroson qanotiga aloqador, deb ko‘rilayotgani sababi va tafsilotlariga to‘xtalgani yoki yo‘qligi agentlik xabarida noayon qolgan.

Skip Bizga a’zo bo‘ling: and continue readingBizga a’zo bo‘ling:

End of Bizga a’zo bo‘ling: