Rossiya qamoqxonalarida ikki kishining o‘limi sobiq ittifoqchisi Ozarbayjon bilan ziddiyatni kuchaytirdi. Video

Dushanba kuni Ozarbayjonda ikki nafar Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari xodimi FSB ga ishlashda ayblanib hibsga olindi.

Surat manbasi, Azertag

Surat tagso‘zi, Dushanba kuni Ozarbayjonda ikki nafar Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari xodimi FSB ga ishlashda ayblanib hibsga olindi
O'qilish vaqti: 6 daq

Rossiya qamoqxonalarida Ozarbayjonlik ikki aka-ukaning o‘limi, Ozarbayjon allaqachon Moskvani Janubiy Kavkazdagi hukmron mavqeini shubha ostiga qo‘yib, mintaqaviy kuch sifatida shakllanayotgan bir davrida, mavjud diplomatik kelishmovchiliklarni gazak oldirdi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Boku rasmiylari seshanba kuni ma’lum qilishicha, vafot etgan ikki Ozarbayjonlik erkakda tan jarohatlari belgilari bo‘lgan. Hukumat ommaviy axborot vositalari esa politsiya zo‘ravonligida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni aybladi.

Ozarbayjon rasmiylari Rossiya davlat mediasining ikki xodimini allaqachon hibsga olgan va ularni FXX (FSB) agentlari deb ayblamoqda.

Ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi keskinlik allaqachon yuqori darajada edi. O‘tgan dekabrda Ozarbayjon Havo Yo‘llari samolyoti Rossiyaning tasodifan otilgan zenit raketasi tufayli urib tushirilganida 38 kishi halok bo‘lgan edi.

Co‘nggi mojaro o‘tgan juma kuni Yekaterinburg shahrida boshlandi. O‘shanda Rossiya politsiyasi 2001 yilga oid eskigan qotillik ishlari bo‘yicha gumonlanuvchilarni nishonga olgan operatsiya o‘tkazgan edi.

Gumonlanuvchilardan ikki nafari, Ozarbayjonda tug‘ilgan aka-uka Ziyaddin va Guseyn Safarovlar hibsda vafot etdi, bir necha kishi esa shifoxonaga olib ketildi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Rossiya politsiyasini aka-ukalarni qiynoqqa solish va qasddan o‘ldirishda ayblab, jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ozarbayjonda o‘tkazilgan ekspertiza ularning hibsda qattiq kaltaklanganidan so‘ng post-travmatik shokdan vafot etganini aniqladi.

Rossiya huquq-tartibot idoralari erkaklardan birining yurak xurujidan vafot etganini, ikkinchi o‘lim sababi esa hali tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.

Prezident Aliev Ozarbayjon Havo Yo‘llariga qarashli samolyot urib tushirilganida, Rossiyadan to‘liq javobgarlikni tan olishni talab qildi.

Surat manbasi, Azertag

Surat tagso‘zi, Prezident Aliev Ozarbayjon Havo Yo‘llariga qarashli samolyot urib tushirilganida, Rossiyadan to‘liq javobgarlikni tan olishni talab qildi.

Bunga javoban Boku Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukning bo‘lajak tashrifini, shuningdek, rossiyalik ijrochilar ishtirokidagi barcha kontsertlarni bekor qildi.

Hukumatga yaqin Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari Putinni tanqid qilib, uning hukmronligini millionlab odamlarni o‘lim lagerlariga jo‘natgan sovet diktatori Iosif Stalinnikidan ham shafqatsizroq deb atadi.

O‘tgan, 2023 yil dekabrida Ozarbayjon Havo Yo‘llariga qarashli samolyot qulaganida, Putin uzr so‘ragan edi, ammo bu Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievni qanoatlantirmadi.

Aliev to‘liq javobgarlikni tan olishni va har tomonlama tergov o‘tkazishni talab qildi. Bu esa targ‘ibot urushini keltirib chiqardi: Boku Rossiya madaniyat tashkilotlarini josuslikda aybladi va Rossiya davlat media-kanali Sputnikning Boku ofisini yopishni talab qildi.

Sputnik shu haftagacha faoliyat yuritgan, ammo keyin Ozarbayjon politsiyasi uning Boku byurosiga reyd o‘tkazib, ikki xodimini – Igor Kartavyx va Yevgeniy Belousovni hibsga oldi. Rasmiylar ularning ikkalasi ham Rossiya xavfsizlik xizmati (FSB) bilan aloqador ekanligini da’vo qilmoqda. Rossiya buni rad etib, hibsga olishlarni "adolatli emas" deb atamoqda.

O‘tgan, 2023 yil dekabrida Ozarbayjon Havo Yo‘llariga qarashli samolyot qulaganida, o‘ttiz sakkiz kishi halok bo‘ldi va 29 kishi tirik qoldi.

Surat manbasi, Azertag

Surat tagso‘zi, O‘tgan, 2023 yil dekabrida Ozarbayjon Havo Yo‘llariga qarashli samolyot qulaganida, o‘ttiz sakkiz kishi halok bo‘ldi va 29 kishi tirik qoldi.

1991 yilda Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan so‘ng, yangi mustaqil bo‘lgan Ozarbayjon asosan Rossiyadan uzoqlashdi va o‘zining ulkan neft va gaz resurslarini rivojlantirish uchun G‘arb bilan hamkorlik qildi. Ayniqsa, 1992-1994 yillardagi Birinchi Tog‘li Qorabog‘ urushida Moskvaning Armanistonni qo‘llab-quvvatlashi og‘riqli nuqta bo‘ldi, bu urushda Ozarbayjon mag‘lubiyatga uchragan edi.

Aksincha, 2003 yilda Ilhom Aliev otasidan prezidentlikni qabul qilib olganida, Moskvada tahsil olgan yosh rahbar Putin bilan umumiy til topisha oldi.

2020 yilda Ozarbayjon Armaniston bilan yangi urushdan g‘alaba bilan chiqqanida Rossiya chetda turdi. Bu g‘alaba Janubiy Kavkazdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi. Endi Aliev o‘zini nafaqat iqtisodiy, balki harbiy jihatdan ham mintaqaning hukmron o‘yinchisi deb bilar edi.

2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Moskvaning mintaqadagi ta’sirini yanada susaytirdi.

Aliev va Putin ikki davlatni ittifoqchi deb e’lon qiluvchi deklaratsiyani imzolagan bo‘lishsa-da, Ozarbayjon mustaqil pozitsiyani saqlab qoldi — Rossiya nazoratidagi Ukraina hududlarini "bosib olingan" deb atadi va Kievga gumanitar yordam yubordi.

Tafovutlarga qaramay, Moskva Boku bilan yaqin aloqalarni saqlab qoldi. Buning sabablaridan biri Ozarbayjonning yirik energetika va transport yo‘llaridagi, jumladan, Rossiyani Osiyo bozorlari bilan bog‘lovchi Shimol–Janub koridoridagi roli edi.

Karnegi Rossiya-Yevrosiyo Markazining norezident olimi Zaur Shirievning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon Rossiya bilan bevosita raqobatlashmayapti, biroq u Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi hukmron rolini shubha ostiga qo‘ymoqda.

Uning fikricha, Boku Rossiyaning Gruziyadagi istiqboldagi ta’sirining qayta tiklanishidan ehtiyot bo‘lmoqda. Gruziya Ozarbayjon eksporti uchun muhim tranzit mamlakat hisoblanadi.

Ozarbayjon rasmiylari Armanistonda Rossiyaparast guruhlarning, xususan, Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha yarashish harakatlariga qarshi bo‘lganlarning qaytishiga birdek qarshilik ko‘rsatmoqda.

Zaur Shiriev BBCga bergan intervyusida shunday dedi: "Hozir ommaviy dahanaki jang bilan shug‘ullanayotgan Ozarbayjon Rossiyaning harakatlarini, ayniqsa o‘z manfaatlari xavf ostida qolganida, endi shunchaki qabul qilishga tayyor emasligini bildirmoqchi ko‘rinadi."

Zaur Shirievning BBC ga aytishicha, hozirda ommaviy dahanaki jang qilayotgan Ozarbayjon Rossiyaning harakatlarini, ayniqsa o‘z manfaatlari xavf ostida qolganida, endi passiv qabul qilishga tayyor emasligini bildirmoqchi ko‘rinadi.

Yekaterinburgda qo‘lga olishlar sabab, Ozarbayjon Rossiya munosabatlari keskinlashdi - migrantlar borasida O‘zbekiston nima qilgandi?

reydlar

Surat manbasi, İctimai TV

Rossiya huquq-tartibot idoralarining Yekaterinburg shahridagi reydda 50 ozarbayjonlikni qo‘lga olishi va unda ikki ozarbayjonlikning halok bo‘lishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada sovuqlashtirdi. Ozarbayjondagi Rossiya madaniy tadbirlari bekor qilindi, kelishi kutilayotgan Rossiya amaldorining tashrifi qoldirildi.

Yekaterinburgda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan reyd oqibatida halok bo‘lgan ikki ozarbayjonlik aka-ukaning jasadlari yaqinlariga topshirildi. Jasadlar Yekaterinburg-Boku havo yo‘nalishi orqali Ozarbayjonga yuborilishi kutilmoqda.

Yaqinlarining aytishicha, jasadlarni qabul qilgandan so‘ng ularni ko‘zdan kechirishgan va tanalarida jarohat izlarini ko‘rishgan.

Marhumlarning ukasi Sayfiddin Huseynliyning aytishicha, jasadlar Ozarbayjonda yana tibbiy ekspertiza uchun taqdim etiladi. "Ekspertiza yo bugun, yo ertaga bo‘ladi, aniq emas", deydi u.

Rossiyada o‘ldirilgan ozarbayjonlik aka-ukaning jasadi yaqinlariga berilgan

Surat manbasi, APA

Surat tagso‘zi, Rossiyada o‘ldirilgan ozarbayjonlik aka-ukaning jasadi yaqinlariga berilgan

Tadbirlar bekor qilindi, rasmiylar tashrifdan voz kechdi

Yekaterinburgda ozarbayjonliklarga qarshi uyushtirilgan reyddan so‘ng, Ozarbayjonda Rossiyaga tegishli barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi, deya ma’lum qildi Ozarbayjon Madaniyat vazirligi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Nigor Mammedovaning aytishicha, ozarbayjonliklarga nisbatan "qo‘llangan zo‘ravonlik" sababli Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukning joriy oyda Ozarbayjonga rejalashtirilgan tashrifi ham bekor qilindi.

Aloqador mavzular:

Uning ta’kidlashicha, bu holat Ozarbayjon hukumati "ushbu vaziyatda Overchuk yoki boshqa rasmiy shaxslarning tashrifini muhim deb bilmasligini" ko‘rsatadi.

2025 yil 27 iyun kuni Yekaterinburgda huquqni muhofaza organlari o‘tkazgan hamkorlikdagi amaliyot natijasida ikki ozarbayjonlik halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi va to‘qqiz nafar kishi qo‘lga olindi. O‘sha kuni o‘nlab xonadonlarda tintuv o‘tkazilgani xabar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Qo‘lga olinganlarning ba’zilariga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bu hodisani "ozarbayjonliklarga nisbatan qabul qilib bo‘lmaydigan zo‘ravonlik" sifatida baholadi.

Rossiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi vakili Ozarbayjon TIVga chaqirilib, Bokuning qattiq e’tirozi yetkazildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarovaning ta’kidlashicha, Yekaterinburgdagi hodisalar yuzasidan Bokuga "zarur izohlar berildi".

Rossiya Tergov qo‘mitasi "o‘tgan yillarda sodir etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha" operatsiya o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Ozarbayjonlik deputat Rasim Musabaev bu hodisani "zo‘ravonlik" deb atadi va ozarbayjonliklarni Rossiyadan "namoyishkorona haydash amaliyoti" sifatida ta’rifladi.

"Bir soat do‘pposlashdi"

rossiya

Surat manbasi, AZERTAC

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati amaliyotiga duch kelgan ozarbayjonliklar mahalliy ommaviy axborot vositalariga ular qiynoqqa solinganini aytishdi. Ular tanalarini ko‘kargan holdagi fotosuratlarni ham e’lon qilishdi.

Vugar Safarovning aytishicha, amaliyot tongda uxlab yotishgan paytda sodir bo‘lgan.

"Onam eshik oldiga kelgan, politsiya ekan. Ulardan hujjatlarini ko‘rsatishini so‘ragan, ular eshikni ochishni talab qilgan. Niqobda edilar. O‘sha payti eshikni lom bilan ochishayotganini ko‘rdim. Onamni bir shapaloq urib, chetga uloqtirishdi. Men, ukam va otamning ustiga kelib, qattiq do‘pposlashdi. Hammamizni yerga yuztuban yotqizishdi".

Uning ta’kidlashicha, ularni elektroshok va dubinka, montirovka bilan 1 soat urishgan va keyin "Frunze 74" manzilidagi politsiya bo‘limga olib ketishgan.

Safarovning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda ham qiynoqlar davom etgan. U otasining boshqa xonasida tokka ulangan holda qiynoqqa solinganini eshitgan.

Rossiya tomoni amaliyot asli ozarbayjonlik bo‘lgan Rossiya fuqarolariga nisbatan amalga oshirilganini aytgan.

Migrantlarni tahqirlash kimga kerak?

rossiya

Surat manbasi, E1.RU

Kuzatuvchilar so‘nggi vaqtlarda Rossiyada turli sabablar bilan huquq tartibot idoralari tomonidan migrantlarga nisbatan tahqirlashlar ko‘payganini aytishadi.

Shulardan eng so‘nggisi iyun oyi boshida bo‘lib o‘tdi.

O‘shanda Rossiya kuch ishlatar organ xodimlari yana migrantlarni tepkilab tekshiruv o‘tkazgandi. Avvaliga vaziyatdan xavotir bildirgan O‘zbekiston Migratsiya agentligi "afsus va taassuf"daligini aytdi.

Keyin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva shahridagi reydda mehnat muhojirlariga qilingan muomala munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilganini xabar qildi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov Telegram kanalida ma’lum qilishicha, 10 iyun kuni Toshkentda Rossiya rasmiylari bilan migratsiya masalalari bo‘yicha navbatdagi uchrashuv o‘tkazilgan.

"Rossiya Federatsiyasi hududida ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar kuzatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tashvish uyg‘otayotganini ta’kidladik", deyiladi xabarda.

"Bunday holatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga aslo to‘g‘ri kelmasligi, ularni oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligiga e’tibor qaratdik", deyiladi TIV xabarida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi notada bildirilgan e’tirozlar diqqat bilan o‘rganilishi va kerakli idoralarga yuborilishini ma’lum qildi.

Oradan 3 hafta o‘tgan bo‘lsa-da, ushbu harakatlar borasida Rossiya tomoni hech qanday rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.