AQSh Demokratlari Tramp va Epshteynga oid elektron xatlarni oshkor qildi: Nimalar ma’lum?

Xatlarning bir qismi 2019 yilda vafot etgan, jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan Epshteyn va uning hamkori Gislen Maksvell o‘rtasidagi yozishmalardan iborat.
Vakillar palatasi Demokratlari tomonidan yangi e’lon qilingan elektron xatlardagi yozishmalar Epshteyn va Donald Tramp haqida to‘rtta kitob yozgan, hamda Epshteyn bilan intervyu qilgan muallif Maykl Vulf o‘rtasidagi go‘yo o‘zaro yozishmalardir.
Vulfning 2015 yil 15 dekabrda, ya’ni Tramp 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida qatnashishini e’lon qilganidan olti oy o‘tib, Epshteynga yozgan elektron maktubida: "Eshitishimcha, CNN bugun kechqurun Trampdan siz bilan bo‘lgan munosabati haqida yo efirda, yoki shundan keyingi matbuot uchrashuvida so‘rashni rejalashtirmoqda", deyiladi.
Epshteyn Vulfga shunday javob berdi: "Agar biz unga javobni tayyorlab bersak, u qanday bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?"
"Menimcha, uni o‘zini osishiga ruxsat berishingiz kerak", deb yozgan Vulf ertasi kuni.

"Agar u samolyotda bo‘lmaganman yoki u uyga bormaganman desa, bu sizga qimmatli piar va siyosiy kuch beradi. Siz uni sizga ijobiy foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tarzda "osishingiz" mumkin, yoki, agar uning g‘alaba qozonishi haqiqatan ham aniq bo‘lsa, siz uni qutqarishingiz va shu bilan uni qarzdor qilishingiz mumkin. Albatta, undan so‘rashganda, u Jeffri ajoyib yigit, unga adolatsizlik qilindi va u Tramp rejimida taqiqlanadigan siyosiy ehtiyotkorlikning qurboni, deb aytishi ham mumkin."
O‘sha paytda Epshteyn prokurorlar bilan kelishuv doirasida Floridada jinsiy jinoyatlarda o‘zini aybdor deb tan olgan edi.
2019 yildagi elektron xatda, Epshteyn AQSh prezidentining uni o‘zining Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohidan quvib yuborgani haqidagi da’volarini rad etgan.
"Tramp mendan, hech qachon a’zosi bo‘lmaganim joydan bo‘shashni so‘raganini aytgan" deydi Epshteyn Vulfga.
" Albatta u qizlar haqida xabari bo‘lgan, chunki Gislendan ishni to‘xtatishni so‘ragan" deb qo‘shimcha qiladi u. Trampning bu gapida u ularga ko‘ngilxushlik uchun yosh qizlarni topib, ta’minlash bilan shug‘ullangani uchun hozirda 20 yilga qamalgan, Epshteynning sobiq sevgilisi haqida gapirayotgani aniq.
Shu yili bundan sal avvalroq, Tramp Mar-a- Lago sohil klubida ishlaydigan bir yosh qizni "undan tortib olgani" uchun Epshteyn bilan munosabatlarini uzgan.
Ochilishi kerak bo‘lgan yana bir sir — bu Tramp…
Iyul oyida Gislen Maksvell AQSh Bosh prokuror o‘rinbosari Todd Blansh tomonidan so‘roq qilindi.
Surishtiruv chog‘ida, Epshteynning qamalgan hamkori Gislen Maksvell Donald Tramp yoki sobiq prezident Bill Klinton tomonidan nomaqbul xatti-harakatlarni ko‘rmaganini aytdi. Klinton ham Epshteynning sobiq tanishi sifatida hujjatlarda tilga olingan, ammo jinoyatga aloqadorlik haqida hech qanday dalil yo‘q.
Tramp ma’muriyati Epshteyn haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish bosimi ostida qolgan, chunki AQSh prezidenti u bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan. Biroq Tramp Epshteyn bilan aloqani 2006 yilda, birinchi marta hibsga olinmasidan oldinoq uzganini aytgan.
Yangi e’lon qilingan stenogrammaga ko‘ra, Gislen Maksvell Blanshga ko‘p muhokama qilingan "mijozlar ro‘yxati" mavjud emasligini aytgan.
Epshteynning taniqli ayblovchisi bo‘lgan Jufrey shu yil boshida o‘z joniga qasd qilgan edi. Bu intervyu Virjiniya Jufrey oilasini g‘azablantirdi - ular hukumat Maksvellga "tarixni qayta yozish uchun maydon" berganini aytmoqda.
Maksvell Trampdan afv so‘ramoqda va federal rasmiylarga yolg‘on gapirishda ayblanmoqda.
Ilgari Trampning shaxsiy advokati bo‘lgan Blanche bilan intervyudan ko‘p o‘tmay, Maksvell Florida qamoqxonasidan Texasdagi yangi minimal xavfsizlikdagi muassasaga ko‘chirildi. Uning nima sababdan ko‘chirilgani noma’lum.
Epshteyn Demokratlar tomonidan oshkor qilingan elektron xatda Tramp uning qurbonlaridan biri bilan "soatlar davomida" bo‘lganini da’vo qilgan
Bugun Vakillar Palatasidagi Demokratlar tomonidan oshkor qilingan elektron xatlardan biri Jeffrey Epshteyn va Gislen Maksvell o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozishmalarga aloqador.
2011 yil aprel oyidagi Epshteyndan Maksvellga yozilgan xatda shunday deyiladi:
"Bir narsani tushunishingni xohlayman, ochilishi kerak bo‘lgan yana bir sir — bu Tramp… [Qurbon] mening uyimda u bilan soatlar davomida bo‘ldi, u hech qachon tilga olinmagan. Politsiya boshlig‘i va hokazo. Men 75 % tayyorman.
" Maksvell javob yozadi: "Men ham shuni o‘ylab yuribman…"
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Elektron yozishmalarni kim e’lon qildi?
Uchta elektron yozishma bugun AQSh Vakillar palatasidagi Nazorat qo‘mitasi Demokratlari tomonidan e’lon qilindi.
Ularning ta’kidlashicha, bu xatlar ularga bugun ertalab Jeffri Epshteyn mulki vakillari tomonidan taqdim etilgan.
Tramp nima dedi?
Oq Uy Vakillar Palatasidagi Demokratlar tomonidan elektron xatlar e’lon qilinishiga javob berdi.
Matbuot kotibi Karolin Leavitt shunday dedi: "Demokratlar elektron xatlarni tanlab olib, liberal OAVga sizdirib, Prezident Trampni obro‘sizlantirish uchun soxta narrativ yaratmoqchi bo‘ldi.
"Ushbu xatlarda tilga olingan ismi oshkor etilmagan qurbon - marhum Virjiniya Jufrey bo‘lib, u bir necha bor Prezident Tramp hech qanday noqonuniy ishga aralashmaganini va ular o‘rtasidagi cheklangan muloqotda undan do‘stona odam bo‘lmaganini aytgan.
"Aslida, Prezident Tramp Jeffrey Epshteynni o‘nlab yillar avval o‘z klubidan haydab chiqargan, chunki u ayol xodimlarga, jumladan Jufreyga, nomaqbul munosabatda bo‘lgan.
"Bu hikoyalar - Trampning tarixiy yutuqlaridan diqqatni chalg‘itish uchun yomon niyatli urinishlardan boshqa narsa emas, va sog‘lom fikrli har bir amerikalik bu fitnani va hukumatning aniq chalg‘itish harakatini darhol anglaydi."





























