Afg‘onistondan Erongacha: AQSh aralashuvlari hech ish berganmi? Podkast

Tolibon jangchisi, Hirot, 2010 yil

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Tolibon jangchisi, Hirot, 2010 yil
O'qilish vaqti: 8 daq

O‘tgan may oyida Prezident Donald Tramp o‘zidan avvalgi AQSh prezidentlarining xalqaro mojarolarga aralashuv siyosatlarini qattiq qoralashi bilan ko‘plarni hayron qoldirdi.

«Natijada, o‘zlarini davlat quruvchisi deb ataganlar aslida ko‘proq davlatlarni barbod qilishdi», - dedi u 2003 yilgi Iroq ishg‘oliga ishora qila turib.

«Va bu intervertsionistlar o‘zlari tushunmagan murakkab jamiyatlarga aralashdilar», - deya qo‘shimcha qildi u.

Trampning Saudiy poytaxti Riyodga tashrifi chog‘ida aytilgan bu so‘zlaridan ko‘plar uning ikkinchi prezidentlik muddati davrida AQShning Yaqin Sharqqa aralashuvi kamayar ekan, degan xulosani oldi.

Lekin, bir oy o‘tib, AQSh Eronning uchta yadroviy inshootlariga hujum qilib, Eron va Isroil orasidagi mojaroga aralashdi.

AQSh va Isroilning maqsadi Eronning yadroviy ambitsiyalarini to‘xtatish edi.

«Maqsadimiz Eronning uranni boyitish salohiyatini yo‘q qilish va jahondagi eng yetakchi davlat terrorizmi homiysidan keladigan yadroviy tahdidni kamaytirish edi», - dedi Tramp hujumdan ko‘p o‘tmay.

Ammo, tarixdan ma’lumki, G‘arb xorijdagi biron muammoni «hal qilish» uchun aralashganida, hamma narsa ham rejadagidek amalga oshavermaydi.

London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabidagi Yaqin Sharq siyosati professori Favaz Jerjesga ko‘ra, AQSh 1940-yillar oxirlaridan beri Yaqin Sharq siyosatiga muntazam ravishda aralashib keladi.

"AQShning Eronga qarshi oxirgi hujumlari ana shu aralashuv siyosatining yorqin misoli», - deydi professor. U «Nima noto‘g‘ri ketti: G‘arb, hamda Yaqin Sharqdagi demokratiya mag‘lubiyati» nomli kitob muallifidir.

Xo‘sh, AQSh yana qaerlarga aralashgan va oqibatlari qanday bo‘lgan?

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Erondagi davlat to‘ntarilishi

1953 yilda Eronda demokratik saylangan Bosh vazir Muhammad Mussadiq Eron harbiylari tomonidan ag‘darildi. Harbiylarni AQSh va Britaniya qo‘llab-quvvatlagandi.

Mussadiq atigi ikki yil avval Eronning yirik neftь zahiralarini davlat tasarrufiga o‘tkazish va’dasi bilan hukumat tepasiga kelgan bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Ammo, bu va kommunizmning tahdidi London va Vashingtonni tashvishga qo‘ygan. Ikkinchi jahon urushi ortidan ularning iqtisodlari Eron neftiga juda qaram bo‘lib qolgandi.

Avvaliga Shoh Muhammad Rizo Pahlaviyni taxtga tiklash yo‘lida chiqqan xalq qo‘zg‘olonlari deya taqdim qilingan bu isyonni Britaniya va AQSh xavfsizlik kuchlari dastaklagan.

2000 yilda AQSh Davlat kotibi Madlen Olbrayt Amerikaning bu davlat to‘ntarishida o‘ynagan roli haqida ochiq gapirdi.

2009 yilda esa Prezident Barak Obama Qohirada nutq so‘zlay turib, Vashingtonning o‘sha voqealardagi rolini tan oldi.

So‘ng, 2013 yilda, davlat to‘ntarishidan 60 yil o‘tib, AQShning Markaziy josuslik agentligi CIA Amerikaning bu hodisadagi aralashuvi haqidagi hujjatlarni ilk marta ommaga ochiqladi.

AQSh Prezidenti Jimmi Karter 1977 yilda Eron Shohiga Oq uyda mezbonlik qilmoqda.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, AQSh Prezidenti Jimmi Karter 1977 yilda Eron Shohiga Oq uyda mezbonlik qilmoqda.

"Harbiy davlat to‘ntarishi… AQSh tashqi siyosati doirasida CIA buyrug‘i bilan amalga oshirilgandi", deyiladi Milliy xavfsizlik arxivi tomonidan chiqarilgan hujjatlarda.

Professor Jerjesning da’vo qilishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi bugungi mojaro ildizlari ana o‘sha josuslik amaliga borib taqaladi.

"Eronliklar o‘zlaridagi qonuniy, demokratik saylangan bosh vazirning ag‘darilishi va Eron shohidek beshafqat diktatorning uning o‘rniga qo‘yilishi uchun AQShni hech qachon kechirmaganlar", - deydi u.

"Erondagi bugungi aksil-amerikanizmga siyosiy elitaning Erondagi siyosiy yo‘nalish o‘zgartib ketishida hanuz AQShni ayblashlari sabab."

Professor Jerjesning aytishicha, AQSh Misr Prezidenti Gamal Abdel Nasserning o‘z davlatidagi siyosatini o‘zgartirishga va uning millatchi loyihalarini izdan chiqarishga ham uringan, ammo ko‘p muvaffaqiyatga erishmagan.

EPA
Eronliklar qonuniy, demokratik saylangan bosh vazirlarining ag‘darilishi va Eron shohidek beshafqat diktatorning uning o‘rniga qo‘yilishi uchun AQShni hech qachon kechirmaganlar.
Fawaz Gerges
Siyosatshunos (bbc.com/uzbek)

"Erondagi bugungi aksil-amerikanizmga siyosiy elitaning Erondagi siyosiy yo‘nalish o‘zgartib ketishida hanuz AQShni ayblashlari sabab."

Professor Jerjesning aytishicha, AQSh Misr Prezidenti Gamal Abdel Nasserning o‘z davlatidagi siyosatini o‘zgartirishga va uning millatchi loyihalarini izdan chiqarishga ham uringan, ammo ko‘p muvaffaqiyatga erishmagan.

AQShning Afg‘onistondagi islomchilarni qo‘llashi

1979 yilda Sovet armiyasi bir yil avval davlat tepasiga kelgan va bo‘linishlarga yuz tutayotgan kommunist hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun Afg‘onistonga bostirib kirdi.

Ammo, sovetlar tezda Mujohiddin deya tanilgan Islomiy harakatning qarshilishiga duch kelishdi.

Kommunist hukumatga muxolif bo‘lgan Islomiy jihodchi ekstremistlardan tashkil topgan ushbu guruhni AQSh, Pokiston, Xitoy, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar dastaklashayotgandi.

Sovet Ittifoqi kommunist rejimni qo‘llab-quvvatlash uchun Afg‘onistonga bostirib kirgandi.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Sovet Ittifoqi kommunist rejimni qo‘llab-quvvatlash uchun Afg‘onistonga bostirib kirgandi.

Sovuq urush yillarida AQSh Afg‘onistondagi Sovet ta’sirini kamaytirish uchun u yerga eng ko‘p qurol va pul yetkazib bergan davlatlardan bo‘ldi.

Yillar o‘tib jamoatchilikka ochiqlangan hujjatlar, jurnalistik surishtiruvlar va guvohlar ko‘rsatmalariga ko‘ra, AQSh Sovet Ittifoqini Afg‘onistonda qopqonga tushirishni istagan. Maqsad, huddi AQShning o‘zi Vьetnamda yuz tutgani kabi, Sovet askarlari va zahiralarini uvol qilish.

Bu missiya "Siklon operatsiyasi" deb nomlangan va matbuotda «CIA ning tarixdagi eng yirik maxfiy amaliyoti» deya tasvirlangan.

O‘shanda AQSh Prezidenti Ronald Reygan hatto Oq Uyda jihodchi liderlarga mezbonlik qilgan.

1988 yilda, ishg‘olning 10 yilligi yaqinlashayotganda va Jeneva bitimi imzolangach, Sovet lideri Mixail Gorbachyov o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshladi. Oxirgi askarlar 1989 yilda olib chiqildi.

Lekin, ko‘p o‘tmay Afg‘onistonni turli taraflar o‘rtasidagi fuqarolar urushi o‘z domiga tortdi, Sovet Ittifoqining dastagisiz qolgan hukumat esa quladi.

Aloqador maqolalar

Bu vaziyatda shariatning qattiqqo‘l talqiniga bo‘ysunuvchi Tolibon o‘rtaga chiqdi. Uning ko‘p yetakchilari AQShdan pul va qurollar olib Sovet ishg‘oliga qarshi jang qilgan mujohidlar edi.

O‘xshash holda, Sovet-afg‘on urushi tugagach, bir guruh afg‘on urush faxriylari Al-Qoidaga asos solib, Islomiy kurashni Afg‘oniston chegaralaridan tashqariga olib chiqishga bel bog‘ladilar.

Tolibon esa Al-Qoida va uning lideri Usama bin Lodinga o‘z amaliyotlarini olib borish va AQShdagi 2001 yil 11 sentyabrь hujumlarini rejalash uchun boshpana yaratib berdi.

Alabama universitetidagi Yaqin Sharq va siyosatshunoslik professori Valid Hazbunga ko‘ra, mintaqadagi ko‘p AQSh aralashuvlarini «muvozanatlashtiruvchi harakatlar" deya tasvirlash mumkin.

"Ularning maqsadi AQSh va uning ittifoqchilari manfaatlariga zid bo‘lgan siyosiy kuchlarga qarshi chiqish bo‘lgan", - deydi u.

Professor Hazbun AQShning 1990-1991 yillardagi Ko‘rfaz urushiga aralashuvi bunga yaxshi misol deydi.

"Bu Iroqning Quvaytga bostirib kirishiga qarshi amal edi. Quvaytning mustaqilligi tiklandi, va Sovuq Urush tugashi bilan AQSh hukumati va mintaqadagi liderlar o‘rtasida o‘zaro mushtarak xavfsizlik muhokama qilindi", - deydi u.

Lekin, professorga ko‘ra, Klinton ma’muriyati ostida so‘ng boshqacha yo‘nalish yuzaga keldi.

«Maqsad AQShning manfaatlariga xizmat qiladigan va mintaqadagi tartib bo‘yicha AQShning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan xavfsizlik tizimini yaratish bo‘ldi», - deydi u.

«Bunga, bir tomondan, tinchlik jarayoniga asosiy e’tiborni qaratish va arab-Isroil munosabatlarini normallashtirish orqali barcha arab davlatlar AQSh va Isroil mavqeiga moslashishlariga erishish kirsa, boshqa tomondan, Eron va Iroqni harbiy va iqtisodiy jazo choralari orqali jilovlash kirardi», - deydi professor Hazbun.

Ba’zida AQShning aralashuvlari Isroilni dastaklash siyosati bilan birga olib borilgan, chunki AQSh prezidentlari Isroilga dastakni «shartlarsiz va o‘zgarishsiz» deya tasvirlab kelganlar.

Ikkinchi jahon urushidan beri AQSh xorijiy yordamining eng katta qismi Isroilga sarflandi. Bu yiliga milliardlab dollarga teng.

Afg‘onistonga qaytish. Tolibon izidan

2001 yil oktyabrida AQSh va uning ittifoqchilari qo‘shinlari Afg‘onistonga bostirib kirdi. Oq Uy buni 11 sentyabrь hujumlari ortidan Tolibonni siqib chiqarish, Al-Qoida tahdidini yo‘q qilish va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash niyati bilan izohladi.

Vashington osonlik bilan Afg‘oniston poytaxti Kobulni qo‘lga oldi.

2003 yildan harbiy amaliyotlarga qo‘shilish va afg‘on qurolli kuchlarini mashqdan o‘tkazish uchun NATO qo‘shinlari ham u yerga kirdi.

Uch yil o‘tib yangi afg‘on hukumati ish boshladi. Ammo, Tolibonning qonli hujumlari to‘xtamadi.

Amerikaliklar Afg‘onistondagi urushdan katta talafotlar bilan chiqdilar.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Amerikaliklar Afg‘onistondagi urushdan katta talafotlar bilan chiqdilar.

2009 yilda Prezident Obama AQSh qo‘shinlari sonini ko‘paytirdi, bu Tolibonni biroz ortga chekintirdi, lekin uzoq davom etmadi.

2001 yildan beri olib borilayotgan urushning eng qonlisi 2014 yilda bo‘ldi, lekin o‘sha yili NATO kuchlari o‘z missiyalarini yakunlab, xavfsizlik mas’uliyatini afg‘on armiyasiga topshirdilar.

Buning ortidan esa Tolibon yana ko‘proq hududlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Bir yil o‘tib Tolibon yana kuch yig‘di va qator hudkushlik hujumlarini amalga oshirdi. U Kobuldagi parlament binosi va xalqaro aeroportga yaqin yirik hujumlar uchun ma’suliyatni o‘z bo‘yniga oldi.

Nihoyat, Bayden ma’muriyati 2021 yil aprelida, AQSh boshchiligidagi bosqindan 20 yil o‘tib, Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishga qaror qildi.

Bu ziddiyatli qaror ortidan Kobul tezda quladi va Tolibon qo‘liga o‘tti. Ko‘plar bunda AQShning 1975 yilda Vьetnam janubidan chiqib ketishiga o‘xshashliklarni ko‘rdilar.

"Bu Jo Baydenning Saygoni. Xalqaro sahnadagi bu yirik mag‘lubiyat hech qachon esdan chiqmaydi», - deb yozdi o‘shanda Respublikachi Kongress a’zosi Eliz Stefanik.

Tolibon ko‘plab harbiy qurol va texnikani o‘z qo‘liga oldi. Bi-bi-siga anonim gapirgan sobiq afg‘on amaldoriga ko‘ra, bu qurollarning aksari Amerikaniki edi.

2023 yilgi BMT hisobotida aytilishicha, Tolibon qo‘lgan tushirilgan AQSh qurollaridan 20 foizi mahalliy dala qo‘mondonlari qo‘liga o‘tishiga ruxsat bergan, qolgani bilan esa qora bozor qizigan.

Iroq bosqini

1990 yilda Prezident Saddam Husayn qo‘mondonligidagi Iroq armiyasi chegarani kesib Quvaytga kirdi, qarshi chiqqan yuzlab odamlarni o‘ldirdi va Quvayt hukumatining Saudiya Arabistoniga qochishiga sabab bo‘ldi.

Ko‘plar uchun bu voqea Yaqin Sharq tarixidagi uzun va notinch davrni boshlab bergan.

Ko‘plab ogohlantirishlar va BMT Xavfsizlik kengashi rezoliyutsiyasi ortidan, AQSh boshchilik qilgan, Britaniya va Saudiya Arabistoni qo‘llagan yirik koalitsiya kuchlari 1991 yil 17 yanvarda Iroq qo‘shinlarini quvib chiqarish uchun Quvaytga kirishdi.

BMT Xavfsizlik kengashi Iroqdan barcha ommaviy qirg‘in qurollari, xususan yadroviy, biologik, kimyoviy qurollar va uzoq masofali ballistik raketalarni yo‘q qilishni talab qilib 687-rezolyutsiyani qabul qildi.

2003 yil aprelida AQSh askarlari Bag‘dod yaqinida buyruqni kutishmoqda.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, 2003 yil aprelida AQSh askarlari Bag‘dod yaqinida buyruqni kutishmoqda.

Ammo, 1998 yilda Saddam Husayn BMTning qurol inspektorlarini mamlakatga kiritmay qo‘ydi. 2001 yil 11 sentbyarь voqealaridan so‘ng esa Prezident Jorj Bush Iroqqa bostirib kirish rejasini tuza boshladi.

Bush Hussaynni ommaviy qirg‘in qurollarini yasash va g‘amlashni davom ettirishda, Iroqni esa Eron va Shimoliy Koreya bilan bir qatorda xalqaro "zulm kamoni"ning bir qismi bo‘lishda aybladi.

AQShning o‘sha vaqtdagi Davlat kotibi Kolin Pauell 2003 yilda BMTga Iroqda biologik qurollarni ishlab chiqaruvchi "mobil laboratoriyalar" mavjudligini aytgandi.

2004 yili esa uning o‘zi buni asoslovchi dalil-isbot «unchalik ham kuchli emas»ligini tan oldi.

Britaniya, Avstraliya va Polsha AQShning Iroq ishg‘oliga qo‘shildilar, lekin ko‘plab boshqa davlatlar, xususan Germaniya, Kanada, Frantsiya va Meksika unga qarshi bo‘lishdi.

Iroq jasad sanog‘i (IBS – Iraq Body Count) tashkiloti raqamlariga qaralsa, 2003 va 2022 yillar orasida 209 982 oddiy iroqliklar halok bo‘lgan.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Iroq jasad sanog‘i (IBS – Iraq Body Count) tashkiloti raqamlariga qaralsa, 2003 va 2022 yillar orasida 209 982 oddiy iroqliklar halok bo‘lgan.

O‘sha vaqtdagi Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Dominik de Villepin Iroq bosqini «eng yomon yechim» bo‘lishini aytgandi, NATO a’zosi va Iroqning qo‘shnisi Turkiya esa AQSh va uning ittifoqchilariga Turkiya havo bazalarini qo‘llashga ruxsat bermadi.

Professor Hazbunga ko‘ra, AQShning maqsadi Iroqdagi rejimni o‘zgartirish va shu bilan mintaqada o‘z talqinidagi xavfsizlikni o‘rnatish bo‘lgan.

Bi-bi-sining Xalqaro masalalar bo‘yicha muxbiri Jeremi Bouen Iroq ishg‘oli Iroq xalqi uchun fojia bo‘lgani, hamda uni o‘nlab yillik boshboshdoqlik qa’riga tashlaganini aytadi.

"Usama bin Lodin va jihodchi ekstremistlarning mafkurasini yo‘q qila olmagani yetmagandek, 2003 yil ortidan yuzaga kelgan xaos jihodchi zo‘ravonlikni yanada gurkiratdi", dedi Bouen bosqinning 20 yilligiga bag‘ishlab yozgan tahlilida.

Iroq ishg‘olining yana bir oqibati shuki, al-Qoida qayta shakllanib o‘zini Islomiy Davlat deb nomladi va yana o‘rtaga chiqdi.

2003 yilgi bosqin natijasida qancha iroqliklar nobud bo‘lgani noma’lum. Iroq jasad sanog‘i (IBS – Iraq Body Count) tashkiloti raqamlariga qaralsa, 2003 va 2022 yillar orasida 209 982 oddiy iroqliklar halok bo‘lgan.

Professor Hazbunning aytishicha, hozir zarur bo‘lgani AQShning mintaqadagi hukumatlarga xavfsizlikni ta’minlashda beradigan yordami.

"AQSh va uning ittifoqchilari yirik harbiy kuch yordamida majburan o‘rnatadigan tartibdan ko‘ra, mushtarak xavfsizlik yo‘lida ishlaydigan mintaqadan AQSh ko‘proq manfaat ko‘rgan bo‘lardi", - deydi u.