Asad qulashidan larzaga kelgan Suriyani nimalar kutmoqda?

Suriya poytaxti Damashqda qo‘shiqlar va avtomobillar karvoni bilan Asad rejimi qulashini bayram qilayotgan suriyalik qizlar mamlakat bayrog‘ini ushlab turishipti. 2024 yil 9 dekabr.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Suriyaliklar Asad rejimi qulaganidan shodmonlar, ammo mamlakat kelajagi noma’lum
    • Author, Jeremi Bouen
    • Role, Bi-bi-sining xalqaro muharriri
  • O'qilish vaqti: 6 daq

Nihoyat, Asad rejimi shunchalik bo‘sh, korruptsiyalashgan va chirigani sababli, ikki haftadan kam vaqt ichida barbod bo‘ldi.

Men gaplashgan biror kishi rejimning bu qadar tez qulaganidan hech ham hayratda emas.

2011 yilning bahorida, Arab qo‘zg‘olonlari yilida, bu boshqacha edi, curiyaliklar Tunis va Misr prezidentlarini quvib solgan, Liviya va Yamanning uzoq yillik hukmdorlariga tahdid tug‘dirgan inqilobiy mo‘’jizaning bir qismini olishga harakat qilishdi.

2011 yilga kelib, Hafiz al-Asad tomonidan yaratilgan va 2000 yildagi o‘limi bilan o‘g‘li Basharga o‘tgan rejim allaqachon korruptsiyaga botib buzilishga ulgurgan edi.

Lekin Hafiz qurgan tizim hali ham Suriyani nazorat qilish uchun zarur deb hisoblangan shafqatsiz kuchga ega edi. Asad davlat to‘ntarishi ehtimoli katta bo‘lgan mamlakatda hokimiyatni qo‘liga olgan va bu hokimiyat va taxtni o‘g‘liga katta qarshiliksiz topshirishning uddasidan chiqqan edi.

Video tagso‘zi, Millionlab suriyalik qochqinlar vataniga qaytmoqchi

Bashar al-Asad 2011 yilda otasining siyosatini davom ettirdi.

Hozirgi kunda tasavvur qilib bo‘lmaydi, ammo o‘shanda "rejim qulashi kerak" deya ko‘chalarni to‘ldirib eski diktatorlarni qulatgan olomonga solishtirganda Asad suriyaliklar ko‘zi oldida ko‘proq legitimlikka ega edi. Bashar al-Asad falastinliklarni va 2006 yilda Livandagi urushda Isroilga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan «Hizbulloh»ni qat’iy qo‘llab-quvvatlab chiqqan edi. U sobiq va tez orada sobiqqa aylanajak boshqa Arab mamlakatlari rahbarlari orasidagi eng yoshi edi.

Otasi vafot etganidan keyin u islohotlarni va’da qilgandi. 2011 yilda ayrim suriyaliklar uning va’da qilgan o‘zgarishlar uchun namoyishlar uning uchun turtki bo‘lishiga umid qilib, uning so‘zlariga ishonishni istashgan, toki u tinch namoyishchilarni ko‘chalarda o‘ldirishga buyruq bergunicha.

Bir kuni Suriyadagi Britaniya elchisi Asad rejimini tushunish uchun "Cho‘qintirgan ota" kabi mafiya filmlarini ko‘rish kerak deb aytgan edi. Itoatkorlik mukofotlanishi mumkin.

Oila rahbariga yoki uning eng yaqin odamlariga qarshi borgan har kim yo‘q qilinadi. Suriya holatida bu osish, otilish yoki zindonda noma’lum muddatga qamalishni anglatardi.

Hozir biz ularni ko‘rayapmiz, sillasi qurigan, sarg‘ayib ketgan, jangari mobil telefoni yorug‘iga qarolmaydigan, yillarki panjara ortida saqlanib chiqib kelayotgan minglab insonlarni.

Basar al-Assad attends Organisation of Islamic Cooperation (OIC) summit in Riyadh, Saudi Arabia, November, 11, 2023 - he sits slightly slumped in his seat with a serious expression on his face, and the Syrian flag visible in the near ground. He is wearing a blue suit and blue tie.

Surat manbasi, Reuters

Suriya xaritasi

Surat manbasi, .

Qog‘oz qop kabi tez yemirilib ketgan rejimning zaifligi hali ham saqlab qolingan dahshatli va bosim o‘tkazuvchi gulag ortida yashiringan edi.

Xalqaro konsensus shu ediki, Bashar Asad zaif, Rossiya va Eronga qaram bo‘lib qolgan, o‘z oilasi hukmronligini saqlab qolish uchun bo‘laklarga bo‘lib tashlagan mamlakatga rahbarlik qilar - ammo hali ham Yaqin Sharq hayotining haqiqati deb ko‘radigan darajada kuchli, hatto foydali ham bo‘lishi mumkin deb ko‘rilar edi.

Idlibga isyonchilar bostirib kirishidan oldingi kunlarda AQSh, Isroil va BAA Asadning Suriyasini Erondan ajratishga harakat qilayotgani haqida ko‘p xabarlar tarqaldi.

Isroil Suriya hududidagi nishonlarga qarshi tobora kuchli havo hujumlarini amalga oshirib kelayotgandi, bu nishonlar Livandagi "Hizbulloh"ga qurol yetkazib berish uchun Eron foydalanayotgan ta’minot zanjirining bir qismi ekanligi aytilgandi.

Isroilning Livandagi hujumi "Hizbulloh"ga jiddiy zarba bergan, ammo maqsad uning qayta bosh ko‘tarishini to‘xtatish edi. Shu bilan birga, BAA va AQSh Asadni Tehron bilan ittifoqni buzishga rag‘batlantirish uchun sanksiyalarni yumshatish va Asadga xalqaro reabilitatsiyasini davom ettirishga imkon berishga harakat qilayotgandilar.

Benyamin Netanyahu va Jo Bayden Asad rejimining qulashi o‘zlarining xizmai ekanini iddao qilishdi. Bu gapda jon bor.

Isroilning AQSh qurollari va doimiy qo‘llab-quvvatlovi bilan "Hizbulloh" va Eronga yetkazgan zarar va Baydenning Ukrainaga qurol berishi Asadning eng yaqin ittifoqchilariga uni qutqarishni imkonsiz va hatto istaksiz qilib qo‘ydi.

Ammo ular Asadni Eronni cheklash maqsadidagi o‘z strategiyalarining bir qismi sifatida ko‘rganlar, u Rossiyaga yashirincha qochib ketishidan bir necha kun oldin ham uning qulashiga ishonmaganlar.

Ular uning yakuniga atayin emas, tasodifan sababchi bo‘ldilar.

A man embraces a child at the entrance of Aleppo city, on December 9, 2024, as people wait for the return of relatives after the release of detainees from Syrian government prisons following the ousting of Syria's president.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Suriyada rejimi o‘zgarishi qamoqxonalardan ko‘plab insonlar ozod bo‘lishiga olib keldi

Rejimning qulashi Eronning ta’minot zanjirini tugatishi mumkin, agar Suriyaning yangi hukmdorlari boshqalar bilan tuzadigan bitimlari Eron bilan ittifoqdan ko‘ra foydaliroq deb hisoblasalar.

Barcha tomonlar keyin nima bo‘lishi haqida jiddiy o‘ylamoqdalar va aniq xulosa chiqarishga hali erta. Suriyaliklar, qo‘shnilari va butun dunyo hozir 2022 yil oktyabrida Hamas Isroilga qilgan hujumdan keyingi qator geosiyosiy zilzilalarning eng kattasiga duch kelmoqdalar. Bu oxirgisi bo‘lmasligi mumkin.

Eron o‘zi "qarshilik o‘qi" deb atagan tarmoq asosiy tayanchlarining yakuniy qulashini ko‘rmoqda. Uning eng muhim tarkibiy qismlari o‘zgardi: «Hizbulloh» jiddiy shikast yetdi va Asad rejimi yo‘q bo‘ldi.

Eron hukmdorlari Donald Tramp lavozimiga qaytganidan keyin kelishuvga erishish muzokaralariga qaytish ishoralarini berishlari Yoki uning yangi strategik yalang‘ochligi uni yuqori boyitilgan uranni yadroviy qurolga aylantirishdek keskin qaror qabul qilishga majburlashi mumkin.

Suriyaliklar quvonish uchun barcha asoslarga ega. 2011 yildan keyingi yillarda, rejimning barcha bosim va shafqatsizligiga qaramasdan, Asad va uning xizmatkorlari hali ham jang qilishga tayyor odamlarni topishi mumkin edi. Men urush jabhasida uchratgan ko‘plab askarlar Asad Islomiy Davlat guruhining jihodchi ekstremistlaridan yaxshiroq deb aytgandilar.

2024 yili yaxshi tashkillangan va o‘zini milliychi, islomiy, lekin endi jihodchi emas deb e’lon qilgan isyonchi kuchlar bilan yuzma-yuz kelgan Suriya armiyasining istar-istamay xizmat qilayotgan askarlari jang qilishdan bosh tortdilar, harbiy kiyimlarini yechib tashlab, uylariga qaytdilar.

People walk past a tank abandoned by Syrian troops after opposition fighters took control of the city of Hama, Syria, 07 December 2024.

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Suriya hukumat armiyasi askarlari o‘z qurol-yarog‘ini, tanklarini tashlab, harbiy kiyimini yechib qochdilar

Eng yaxshi stsenariy shundaki, suriyaliklar mintaqaning yirik kuchlarining yordami bilan mamlakatni yana bir urushga tortib kiritadigan talon-taroj va o‘ch olish to‘lqinini emas, balki urushdan keyingi milliy yarashuv muhitini yaratish yo‘lini topadilar. G‘olib bo‘lgan "Hay’at Tahrir ash-Shom" rahbari Abu Muhammad al-Jo‘loniy o‘z askarlarini va Suriyaning barcha mazhablarini bir-birlariga hurmat qilishga chaqirdi.

Uning askarlari rejimni yo‘q qildi va u Suriyadagi de-fakto rahbarga aylandi.

Biroq Suriyada u bilan kelishmaydigan va o‘z hududlarida hokimiyatni egallamoqchi bo‘lgan o‘nlab qurolli guruhlar bor. Suriyaning janubida qabilaviy jangarilar Asadlarning hukmini tan olmadi. Ular Damashqdagi yangi tuzumning o‘zlariga yoqmagan buyruqlariga bo‘ysunmaydilar.

Sharqiy cho‘lda AQSh Islomiy Davlat guruhining qoldiqlaridan yetarli tahdid his qildi va havo hujumlari to‘lqinini boshladi. Isroil, chegarasida «Islomiy davlat» paydo bo‘lishidan xavotirlanib, Suriya qurolli kuchlarining harbiy infratuzilmalariga zarba berayapti.

Qonun va tartib kam bo‘lgan mamlakatda isloh qilingan Suriya Arab armiyasini yechimning bir qismiga aylantirish yo‘lini topish yaxshiroq bo‘lishi mumkin. 2003 yilda AQSh tomonidan Iroq qurolli kuchlarini tarqatish bo‘yicha beparvo qaror og‘ir oqibatlarga olib keldi.

Turkiyada Prezident Erdo‘g‘on ko‘rib turgan narsalaridan qoniqish his qilayotgan bo‘lishi kerak.

Erdo‘g‘onning Turkiyasi «Hay’at Tahrir ash-Shom» jangovar kuchga aylanib borayotgan paytda Idlib viloyatining mustaqilligini saqlab qolish uchun boshqa har qanday kuchdan ko‘ra ko‘proq ish qildi.

Isroil bilan Turkiya munosabatlari G‘azodagi urush tufayli zaharlangan bir paytda Erdo‘g‘on o‘zining ta’siri Isroil chegaralarigacha yetib borayotganini ko‘rishi mumkin.

Suriyaliklar uchun eng yomon stsenariy mamlakatlarining rejimlari qulagani ortidan zo‘ravonlik va boshboshdoqlik avj olgan ikki Arab diktaturasi izidan borishidir.

Liviyadagi polkovnik Qaddofiy va Iroqdagi Saddam Husayn hokimiyatdan chetlatilganda, ularning o‘rnini egallaydigan tayyor almashtiruvchi topilmadi. Noto‘g‘ri o‘ylangan xorijiy aralashuv ikki fojiaga yetakladi.

Diktatorlar qoldirgan bo‘shliqni talon-taroj, o‘ch olish, hokimiyatni tortib olish va fuqarolar urushi to‘lqinlari to‘ldirdi.

Suriyaliklar avlodlar davomida o‘z taqdirlarini boshqara olmaganlar. Ikki Asad prezidenti va ularning izdoshlari buni insonlardan tortib oldi. Urush mamlakatni shunchalik zaiflashtirdiki, undan o‘z hokimiyatini kengaytirish va saqlab qolishni istagan katta xorijiy kuchlar ko‘proq foydalandilar.

Suriyaliklar hamon o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilmaydilar. Agar ularga shunday imkoniyat berilsa, yangi va yaxshiroq mamlakat bunyod etishlari mumkin.