Suriya siyosiy kelajagi borasida xavotirlar uyg‘otgan bayroq

Kostyum-shim kiygan erkak orqasida katta bayroqlar bilan stol boshida o‘tiribdi

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Suriyaning yangi o‘tish davri hukumati bosh vaziri Muhammad al-Bashir bahsli bayroq oldida (chapda)
    • Author, Amira Madhabi va Hafizullah Maruf
    • Role, BBC Jahon Xizmati
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Suriyaning yangi muvaqqat bosh vaziri Muhammad al-Bashir 10 dekabr kuni Damashqda o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Al-Bashirning orqasida ikki bayroq turibdi; markazida uchta qizil yulduzi bo‘lgan yashil, oq va qora ranglardan iborat Suriya "inqilob bayrog‘i" va qora rang bilan shahodat kalimasi yozilgan oq bayroq.

Suriyaning ayrim hududlarini nazorat qiluvchi islomiy guruh Hayat Tahrir ash-Shom (HTSh) tomonidan rasmiy bayroq sifatida foydalaniladigan ikkinchi bayroq, 2021-yilda Afg‘oniston nazoratini qo‘lga olgan Tolibon bayrog‘iga o‘xshaydi.

8 dekabrda sobiq prezident Bashar al-Assad rejimi qulaganida, HTSh va boshqa muxolif qurolli guruhlar Suriyani boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Guruh noyabrь oyi oxirida Suriya shimoli-g‘arbida joylashgan Idlibdagi qo‘rg‘onidan janubga qarab harakatlangan edi.

O‘shandan beri guruh rahbari Abu Muhammad al-Jo‘loniy (hozirda Ahmad al-Shara nomi bilan tanilgan) suriyaliklarni mamlakat ozchilik bo‘lgan barcha mazhablarning haq-huquqlarini inobatga olgan holda yagona davlat tuzilishiga, hech qanday guruhlar ta’qibga uchramasligini ishontirishga urinib kelmoqda.

U, shuningdek, odamlarni islomiy boshqaruv tizimidan qo‘rqish kerak emasligiga ishontirishga harakat qilmoqda.

Biroq, bu oq bayroqning paydo bo‘lishi suriyaliklar orasida mamlakatning siyosiy kelajagi uchun nimani anglatishi borasida bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.

Qo‘lida bayroqlar ko‘targan afg‘on xalqi Kobulda Tolibon hokimiyatni egallashining ikki yilligini nishonlamoqda

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Tolibon Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga olganining ikki yilligini nishonlamoqda
Aloqador mavzular

Ijtimoiy tarmoqlarda g‘azab va qo‘rquv

BBC Arab maxsus muxbiri Feras Kilanining xabar berishicha, "bayroq" masalasi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan.

"Bu, yangi hukumat Tolibon modeliga ergashishi va shariat qonunlari asosida boshqariladigan "Islomiy davlat" yaratishi mumkinligini ko‘rsatadi", — deydi Kilani.

Ba’zi odamlar ijtimoiy tarmoqlarda bu harakatdan hafsalasi pir bo‘lganligini bildirishdi.

Suriyalik siyosiy faol va jurnalist Rami Jarrahning gapiga ko‘ra, Al-Bashir suriyaliklarga murojaat qilganida uning orqasida islomiy bayroq ko‘rsatilishi "haqorat"dir.

"Bu odam barcha dinlarga mansub suriyaliklarning vakili bo‘lishi kerak, uning bu harakati barchamiz uchun katta haqorat", deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

O‘tkazib yuboring X post , 1
X контентига рухсат бериш

Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri X post, 1

Boshqalar esa, hukumat muassasalarida inqilob bayrog‘idan boshqa har qanday bayroq ko‘tarilishiga qarshi ekanini bildirgan.

"Biz Baas partiyasidan bezib kettik va yangi tartibsizliklar boshlanishini istamaymiz", deydi jurnalist Nedal Al-Amari X tarmog‘ida.

O‘tkazib yuboring X post , 2
X контентига рухсат бериш

Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri X post, 2

Ammo boshqa suriyaliklar oq bayroqning ko‘tarilishining hech bir zarari yo‘qligini, Tolibon hukumati Suriyaga namuna bo‘la olmasligini aytishadi. Ayrimlar esa, Suriyada boshqa siyosiy partiyalarga ham o‘rin berilgan holda, oq bayroqni o‘z partiyalarining bayrog‘i sifatida qo‘llashlari mumkin deb fikr bildirishadi.

"Tolibon bayrog‘i" savollar tug‘diradi

Masjid ichidagi bir guruh erkaklar tepasida baland bo‘yli, zaytun yashili ko‘ylak kiygan erkak turib nutq so‘zlamoqda

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, HTSh yetakchisi Abu Muhammad al-Jo‘loniy Damashq qulaganidan so‘ng Ummaviy masjidida tarafdorlari bilan gaplashmoqda (2024-yil 8 dekabr)

Afg‘onistondagi Tolibon ekstrimistik sunniylik va jihodchi mafkuraga amal qiladi. Guruh 1996-yilda Afg‘onistonda birinchi marta hokimiyat tepasiga kelganidan beri qora rangda islomiy shahodat yozilgan oq bayroqdan foydalanib keladi.

HTSh ham bir muncha vaqtdan beri xuddi shu bayroqdan foydalanmoqda va bu bayroq Idlibdagi ma’muriy idoralardan ham joy olgan.

HTSh va Tolibon bayrog‘i bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, Tolibon hukumatining yuqori martabali rasmiysi Bi-bi-siga, bu ikki guruh bir-biridan ko‘chirmaganligini aytadi.

Afg‘onistondagi Tolibon hukumati HTShning Suriyadagi siyosiy va harbiy yutuqlarini qutlab, "Islomiy davlat" o‘rnatilishiga umid bildirdi.

Tolibon tarafdorlari va ularning ba’zi ittifoqchilari Asad hokimiyatdan chetlatilganini nishonlab,ko‘p joylardagi yig‘ilishlarda shirinliklar tarqatgan.

Ustundan hilpiragan ulkan bayroq ortida oltin gumbazli moviy masjid

Surat manbasi, AFP

Surat tagso‘zi, 2024 yil, 25 noyabrь kuni Kobuldagi Vazir Akbar Xon tepaligida ulkan Tolibon bayrog‘i hilpiraydi.

Tolibon va HTSh o‘rtasidagi "mafkuraviy o‘xshashlik sabablardan biri sifatida Suriyadagi voqealarni Afg‘onistondagi hukumat almashinuviga qiyoslash keltirilmoqda.

Prezident devonida ishlaydigan yuqori martabali Tolibon amaldori o‘zining X hisobiga "Kobul va Damashq voqeasi bir xil, ikkalasi ham yakshanba kuni taslim bo‘ldi, ikkalasi ham 11 kun ichida qo‘lga olindi va ikki davlat rahbari ham qochib ketdi" deb yozdi.

Xuddi shu bayroq o‘tgan hafta CNN telekanaliga bergan intervyusida Al-Jo‘lonining orqasida "inqilob bayrog‘i" bilan birga ko‘rinib turgan. Suhbat chog‘ida u odamlar islomiy boshqaruv tizimidan qo‘rqmasliklari kerakligini aytib, Suriya jamiyatidagi barcha mazhab vakillari hukumatda tamsil etilishini ta’minlashini aytdi.

Қўлида байроқлар кўтарган афғон халқи Кобулда Толибон ҳокимиятни эгаллашининг икки йиллигини нишонламоқда
Getty Images
Kobul va Damashq voqeasi bir xil; ikkisi ham yakshanba kuni taslim bo‘ldi, 11 kun ichida qo‘lga olindi va ikki davlat rahbari ham qochib ketdi
Tolibon amaldori
Batafsil bbc.com/uzbek da

Suriyadagi islomiy guruhlar, jumladan, "Islomiy davlat" (ID) deb ataluvchi tashkilot bo‘yicha ekspert Aymen at-Tamimiyning Bi- bi- siga aytishicha, bayroqdan foydalanish HTSh Suriyada "islomiy boshqaruv loyihasi"ni namoyish qilmoqchi ekanligini ko‘rsatadi.

"Ushbu bayroq HTShning uzoq yillik pozitsiyasiga mos keladi va o‘zini Suriya sunniylarining vakili sifatida ko‘rsatadi", deya qo‘shimcha qiladi u.

Biroq, at-Tamimiyning tushuntirishicha, HTSh uchun Tolibon kabi boshqaruv modelini joriy etish juda qiyin, chunki Suriya jamiyati umuman qizlarni oliy ma’lumotdan mahrum qilish yoki saylovlarni cheklovchi avtoritar hukumat o‘rnatish kabi ta’qiqlarni qabul qilmaydi.