O‘zbekiston fuqarolari Ukrainada Rossiya uchun jon bergan chet elliklar uchligida (Video)

Video tagso‘zi, BBC bu raqamlarni muntazam yangilab boradi
    • Author, Olga Ivshina
    • Role, BBC News
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Ukraina tuproqlarida Rossiya armiyasi safida jang qilib, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yuqori uchtalikka kirdi. BBC hamkorlari bilan yuritgan ro‘yxatda 66 o‘zbekistonlik keltirilgan, asl raqamlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

BBC, "Mediazona" nashri va ko‘ngillilar jamoasi bilan ochiq manbalar asosida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini payti halok bo‘lgan 118 139 nafar rossiyalik harbiy shaxsni aniqladi. Ular orasida — O‘zbekiston va AQSh kabi 28 mamlakatdan 500 nafardan ortiq chet elliklar ham bor.

Bu faqat shartnoma imzolagan paytda Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan hamda halok bo‘lgani rasmiy manbalar — rasmiy xabarlar, yaqinlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlari yoki qabr suratlari orqali tasdiqlangan shaxslar ro‘yxati. Ukraina Rossiya safida jang qilgan chet el fuqarolarining asl yo‘qotishlari bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Ro‘yxatni tuzishda Ukraina tomoni ma’lumotlari yoki G‘arb razvedkasi nashrlaridan foydalanilmadi.

Modeldan harbiy uchuvchigacha

"Tanam sportchiniki, bo‘yim 179 sm. Kitob o‘qish va ovqat tayyorlashni yoqtiraman", — deb yozgan edi 25 yoshli Ahmad Valid Deraz fotomodellar izlanadigan saytdagi anketacida. U o‘tgan loyihalarda tushgan suratlarini ham joylagan.

Ahmad Deraz Rossiya armiyasi safiga qo‘shilganida 25 yashar bo‘lgan

Surat manbasi, Deraz Akhmed Valid

Surat tagso‘zi, Ahmad Deraz Rossiya armiyasi safiga qo‘shilganida 25 yashar bo‘lgan
Video tagso‘zi, Ukrainada jang qilayotgan o'zbekistonliklar

Oq-qora suratda u oq tor kiyingan qizga nozik nigoh bilan qaraydi. Boshqasida esa yalang‘och ko‘krak ostiga qo‘llarini qovushtirib, kameraga tik qaratgan. Yana bir rasmda u vatani Misrdagi dengiz yoqasida turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi postlariga qaralsa, Ahmad Deraz 2021 yildan beri Yekaterinburgda yashab, ishlab kelgan. Bo‘sh vaqtlarida elektrosamokatda yurishni yoqtirar edi.

U oxirgi marta model sifatida ishlash uchun 2023 yil iyunida ariza topshirgan. Keyinchalik misrlikning izlari yo‘qolgan. Faqat u qachondir Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagani va 2024 yil 17 mart kuni Ukrainada halok bo‘lgani ma’lum.

Ahmad Derazning Yekaterinburgdagi qabri
Surat tagso‘zi, Ahmad Derazning Yekaterinburgdagi qabri

Ahmad islom an’analariga muvofiq dafn etishdi, qabri yoniga Misr bayrog‘i qo‘yildi.

U — Misrlik to‘rt fuqaroning biri va Ukrainada Rossiya safida halok bo‘lgan 523 chet ellikdan biri.

Mahbuslardan to ko‘ngillilargacha

Halok bo‘lgan chet elliklar soni bo‘yicha Shimoliy Koreya yetakchilik qilayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq, oddiy shimoliy koreyaliklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmaydi, rasmiy Pxenyan esa yo‘qotishlarini maxfiy saqlaydi. Shundan kelib chiqib, hozircha birorta halok bo‘lgan shimoliy koreyalikning shaxsi aniqlay olmadik. Janubiy Koreya razvedkasi bahosiga ko‘ra, frontda taxminan 600 nafar Shimoliy Koreya askari halok bo‘lgan.

Halok bo‘lgan chet elliklar orasida shaxsi aniqlangan ichida Tojikiston fuqarolari yetakchi — 72 kishi, O‘zbekiston ham unga yaqin — 66 kishi.

Ikki holatda ham halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi Rossiya qamoqxonalaridan frontga jo‘nab ketganlardir. Tojikistonlik 43 va o‘zbekistonlik 46 nafar fuqaro asosan "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, jazo muddatlarini "yo‘q" qilishga urinishgan.

2023 yil yanvaridan koloniyalardan jalb qilish huquqi Rossiya Mudofaa vazirligiga o‘tdi. "Vagner" esa soyada qoldi. Mojaro Yevgeniy Prigojinning amalga oshmay qolgan to‘ntarishi, "Vagner"ning tarqatilishi va uning aviahalokatda halok bo‘lishi bilan tugadi. 2024 yilda qamoqxonalardan chet elliklarni jalb qilish hollari kamroq kuzatildi.

Huquq faollari fikricha, Rossiyaning Ukrainaga bosqini Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga bosim qilish vositasiga aylandi: ularga urushda qatnashish evaziga kirish taqiqini olib tashlash, fuqarolikni tezlashtirib berish yoki chiqarib yuborishni bekor qilishlar va’da qilinmoqda. Advokatlar migrantlarni tahdid orqali Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga majburlash holatlarini qayd etgan.

Gruziyadan Nepalgacha

Sobiq sho‘ro hududlar orasida Gruziyadan chiqqanlar ajralib turadi — 63 kishi. Deyarli barchasi Janubiy Osetiya va Abxaziyada yashovchilar bo‘lib, bu hududlar 1991–1993 yillarda Tbilisi nazoratidan chiqan. Kavkazliklar, urushga qo‘ngilli bo‘lib ketishgan. Ularning ayrimlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan avval zobit yoki professional harbiy bo‘lishgan.

MDHdan tashqarida eng ko‘p yo‘qotish Nepal fuqarolariga to‘g‘ri keladi: bizning ro‘yxatda 70 kishi bor. Bundan tashqari, taxminan 50 nepallik bedarak yo‘qolgan. Katmandu hukumati Rossiyaga qarindoshlarining DNK namunasini yubora boshlagan.

Birinchilardan bo‘lib, 2023 yil iyunida Sandip Tapaliya halok bo‘ldi. U jangdagi qahramonligi bilan mashhur tog‘lik gurkalardan bo‘lgan. Ularni ko‘pincha Britaniya va Hindiston harbiy elita qismlariga jalb qilishadi.

Sandip 30 yoshda halok bo‘ldi va Ivanovoda dafn etildi. Asosiy yollash to‘lqini 2023 yil yozi va kuzida kuzatilgan. Dekabrda Nepal Rossiyadan o‘z fuqarolarini armiyaga yollamaslikni talab qildi. Biroq bu jarayon sekinlashgan holda bo‘lsa-da, bir muddat davom etgan. Bizga ma’lum oxirgi nepallik 2024 yilning martida halok bo‘lgan.

Afrika, Shri-Lanka va AQSh fuqarolari

Rossiya safida Efiopiya, Zambiya, Markaziy Afrika Reuspublikasi, Tanzaniya va Togo fuqarolari ham jang qilgan. Ryazandagi desantchilar dafn qilingan qabristonda Shri-Lanka fuqarolari nomlari yozilgan to‘rtta lavha topilgan. Shri Lanka hukumati ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasiga kamida 288 nafar fuqarosi yollangan, ulardan 16 nafari halok bo‘lgan.

harbiy

Surat manbasi, Getty Images

Rossiya tomonida halok bo‘lganlar orasida amerikaliklar ham bor. Ulardan biri — Markaziy Razvedka boshqarmasining amaldagi direktor o‘rinbosarining o‘g‘li Maykl Gloss. "Vajnыe istorii" xabariga ko‘ra, u bir necha yil fermer xo‘jaliklarida va xippilar lagerlarida qatnashib yurgan. 2023 yil avgustida Rossiyaga kelgan va sentyabrda shartnoma tuzgan. 2024 yil aprelida esa halok bo‘lgan.

AQSh razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida amerikaliklar "sanoqli". Ukraina tomonida esa 2–3 ming AQSh fuqarosi jang qilgan.

Ro‘yxatimizda Rossiya safida halok bo‘lgan 54 nafar Ukraina fuqarosi bor. Ular urush boshlangan paytda Ukraina nazoratidagi hududlarda yashagan bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi jazo koloniyalaridan urushga jalb qilingan. Rossiya tomonida jang qilgan Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojьe viloyatlari aholisi bu hisobga kiritilmagan.

Biz halok bo‘lgan harbiylarning ma’lumotlarini to‘plashda davom etamiz. Bu borada xabar ulashmoqchi bo‘lsangiz, bizga maktub yozing: [email protected].

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Biz qanday hisoblaymiz?

Rossiyada har kuni halok bo‘lgan yangi askarlar nomi va dafn marosimidan suratlar chop etiladi. Odatda, ism-shariflarni viloyat rahbarlari, tuman ma’muriyati, mahalliy OAV va halok bo‘lganlar o‘qigan ta’lim muassasalari, hamda yaqinlari e’lon qiladi.

BBC, "Mediazona" va ko‘ngillilar jamoasi ushbu ma’lumotlarni o‘rganib, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri maxsus yuritilayotgan ro‘yxatga qo‘shadi.

Halok bo‘lish tasdig‘i deb, rasmiy manbalar yoki OAVdagi nashrlar, yaqinlarining yozuvlari, qabr suratlari bilan tasdiqlangan ijtimoiy tarmoq postlari olinadi.

Asosiy ro‘yxatda Donbassdagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublika yo‘qotishlari kirmaydi. Biroq agar RF fuqarosi ixtiyoriy ravishda u yerga jo‘nab, urushda qatnashgan bo‘lsa — hisobga olinadi.

Qo‘shin turi halok bo‘lgan shaxsning qaysi qismda xizmat qilgani va kiyimidagi nishonlar orqali aniqlanadi. Safarbar qilinganlar, ko‘ngillilar va mahbuslarni alohida qo‘shin sifatida emas, balki professional armiya qismlari bilan solishtirish uchun alohida toifa sifatida qayd etiladi.