Yo hijob, yo Olimpiada: Fransiya muslima sportchilardan nima istaydi? Video

Hijobli basketbolchi qiz
Сурат тагсўзи, Salimata Silla Fransiya sportchilarga hijobni taqiqlaganiga qadar ro'molda basketbol o'ynagan
Ўқилиш вақти: 3 дақ

Fransiyada sportchilarning musobaqalarda diniy yoki siyosiy qarashlarni ko'rsatadigan har qanday bosh kiyim bilan ishtirok etishi taqiqlangan. Bu qonun Fransiya senati tomonidan 2022 yilning boshida ko'pchilik ovoz olishi bilan amalga kirgan.

O'tgan yili sentabr oyida, hijobli sportchilarning Olimpiya o'yinlariga ham qatnashish huquqlari bekor qilingan.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi kutilgan hijobli sportchilar Fransiyaning sekyularizm prinsiplari sabab o'z Olimpiya orzularidan voz kechishga majburlar.

Inson huquqlari bo'yicha Xalqaro Amnistiya tashkiloti bu qaror musulmon ayol-qizlarga o'ta jiddiy ta'sir ko'rsatganini bildiradi.

iqtibos

Сурат манбаси, .

Basketbol mening hayotimni qutqarib qolgan

"Basketbol men uchun juda katta ahamiyatga ega. Basketbol mening hayotimni qutqarib qolgan. Men giyohvandlik avj olgan mahallada katta bo'lganman. Ayanan sport meni bu balodan saqlab qolgan. Basketbol meni yaxshiroq, tartib - intiziomli inson bo'lishimga, o'zimning eng yaxshi shaklimda erishishimga yordam berdi" deydi Salimata Salli.

Aloqador mavzular:

O'tgan yili, jamoasining sardori qilib tayinlanishi arafasida, murabbiy unga basketbol maydoniga sport uchun mo'ljallangan hijobini yechsagina kirishi mumkinligini aytgan.

"Juda xafa bo'ldim, chunki Fransiya mening tug'ilgan yurtim. Bugun esa ular meni chetga surib qo'yishdi, bundan juda aziyat chekdim va nohaqlikdan qattiq xafa bo'ldim. Men uchun boshqa yo'l yoq. Siz meni shu ko'rinishimda qabul qilasiz, yoki umuman ko'rmaysiz".

Parijning 19-mahallasidagi basketbol maydonchasida Salli o'zining basketbol oy'inini o'tqazmoqda.

Hijob kiyib kiymaganligidan qat'iy nazar, bu yerda bo'lishni istagan barcha ayol-qizlar uchun xafvsiz joy, deydi u ayni joyni.

Fransuz basketbolini boshqaruvchi tashkilot F.F.B.B 2022 yilda diniy bosh kiyimni ta'qiqlaganidan beri, Sallining ahvoliga tushganlar ko'payib kelmoqda.

Muslimaning o'rni oshxonada emas

"Odamlar agar hijobli bo'lsang, joying faqat oshxonada deb o'ylashadi. Hayotingda biror bir ish qilishing kutilmaydi. Lekin men bir o'rnakman. Men nafaqat musulmon ayolman. Shunchaki hijobli ayol emasman. Men tadbirkorman, marketing sohasida ishlayman. Mening masterlik darajam bor va shunigdek men basketbolchi ham man. Shunday ekan, nima sababdan meni chetga surib qo'yayapsiz?" deb o'ksinib gapiradi Salli.

F.F.B.B uning qoidalari Fransiyaning 1905 yilgi sekyularizm tamoyillariga va uch yil oldin kiritilgan qat'iy hukumat qonunchiligiga tayanishini aytadi.

Ammo Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko'ra bu musulmon sportchilarning haq-huquqlarini poymol qiladi.

Bugun biz, ertaga siz

Basketbolchi ayollar himoyasidagi hijobli huquqshunos

Сурат манбаси, Basket Pour Toutes

Сурат тагсўзи, Helen Ba hijob kiygan sportchilarni himoya qiluvchi tashviqot guruhi tuzgan

Ayni taqiqni quyi darajada boshidan o'tkazgan huquqshunos Helen Ba hijob kiygan sportchilarni himoya qiluvchi tashviqot guruhi ham tuzdi.

"Agar qonun-qoida kamchilikdan iborat bir guruhga qaratilgan bo'lsa, ayirmachilikni yuzaga keltirsa va inson huquqlarini poymol qilsa - bu narsa hammani tashvishga solishi kerak. Bu borgan sari chegaradan oshib ketayotganimiz, kundan-kun yanada ko'proq haq-huquqlarni poymol qilayotganimizni bildiradi. Bugun bizning huquqlarimiz poymol qilinar ekan, ertaga navbat sizga kelishi mumkin" deydi huquqshunos Helen Ba.

Fransiyaning olimpiya terma jamoasi ishtirokchilarining hijob kiyishiga qo'yilgan ta'qiq oʻyinlarning asosiy tamoyillariga zid deb tanqid qilindi.

Ammo shu yil boshida BBC bilan gaplashgan Parij 2024 rahbari bu ichki masala ekanligini aytgan.

Hijob mening o'zligim, bir qismimga aylandi

Hijobli basketbolchi qiz

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи, Diaba Konat Parij 2024 o'yinlarida ishtirokchi o'rniga tomoshabin bo'ldi

Diaba Konat Amerikada o'qib kelgan va aynan o'sha yerda Kovid pandemiyasi avj olgan vaqtda hijob kiyishni boshlagan.

"So'nggi uch yil Ichida hijob mening o'zligim, bir qismimga aylandi."

"Qiyinchiliklarni boshdan kechirdim va menga umid beruvchi nimagadir ehtiyoj sezdim. Ichki dunyoyimni, o'zligimni ko'zdan kechirdim. Meni noaniqlik chulg'ab olgan edi, o'zimni yolg'iz his qilganman. Musulmon oilada tug'ilganman, shu sababdan o'z dinimni chuqurroq o'rgana boshladim. Shu yo'l bilan va nihoyat butun savollarimga javob topdim", deya dinning uning hayotidagi o'rni haqida gapiradi Daiba.

U 2018 yilgi Yoshlar Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan. Shundan so'ng, uning orzusi Fransiya sharafini o'z vatanida bo'ladigan o'yinlarda himoya qilish bo'lgan.

"Fransiya milliy jamoasi bilan o'ynash imkoniyatiga hech ega bo'lmaganman. Bu har bir sportching orzusi, shunday emasmi? O'z davlating sha'nini himoya qilish. Menimcha bu juda ajoyib bo'lar edi, buning ustiga o'z vatanimizda, oilamning ham kelib meni qo'llab-quvvatlashga imkoni bo'lar edi", deydi o'kinch bilan Daiba.

"Fransiya o'zini sekulyar, dunyoviylik, erkinlik, inson huquqlari ustuvor davlat deb aytadi, lekin ayni paytda musulmon bo'lgan fuqarolariga diniy kimligini ifodalashga yo'l qo'ymasligi juda ikkiyuzlamachilikdir. Nazarimda, bu yerda bir-biriga zid tushunchalar bor."

Olimpiya o'yinlari tarixida bu yilgi o'yin gender tenglikka erishganligi bilan ajralib turadi. Shunday bo'lsada, qonun-qoidalar sabab fransiyalik musulmon sportchilar bu tenglikni his qila olmaydilar.

BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bog'laning.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek