Hijob yana O‘zbek rasmiylarining jig‘iga tegayapti - O'zbekiston

Сурат манбаси, FACEBOOK/РАСУЛ МЎМИН
Ana shu jumla bilan boshlanadi nufuzli The Diplomat nashrida e'lon qilingan maqola.
Maqola "Nega xotin-qizlarning O'zbekiston maktablariga hijob o'rab borishlari taqiqlandi?" deb sarlavhalangan.
"Yangi o'quv yili yaqinlashar ekan, aftidan, rasmiylar o'qituvchilar va o'quvchilarga boshlarini ochishlari uchun bosim o'tkazmoqdalar, bu ularning haq-huquqlarining poymol etilishidir", deyiladi maqolada.
Алоқадор мавзулар:
"Ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlardan ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston maorif muassasalarida hijob - ayrim musulmon ayollarning bosh yopinchig'i yana bahs mavzusiga aylangan. O'zbek maktablaridagi ta'lim sifatida ko'proq qayg'urishlari kerak bo'lgan maorif rasmiylari xodimlar va o'quvchilarning tashqi ko'rinishidan nariga o'tolmayotgan ko'rinadi. Aftidan, hijob atrofidagi bahsu munozaralar har o'quv yili boshlinishi va oxirida qiziydi", deyiladi maqolada.

Сурат манбаси, .
"Xabarlarga ko'ra, shu yil iyul oyi boshida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati o'tkazgan majlisda kelayotgan o'quv yilida o'qituvchilar va o'quvchilarning hijobini yechish va boshini ochishga ko'nmaganlarni haydash masalasi muhokama qilingan", deyiladi maqolada.
Maqola muallifi qarorgohi Shvetsiyada joylashgan "Markaziy Osiyo Uyushmasi" Jamiyatining O'zbekiston vakolatxonasi direktori Gulnoz Mamarasulova bo'lib, uning yozishicha, jamiyatga Jizzax va Sirdaryo viloyatidagi o'qituvchilar ish vaqti ro'mol o'rash talabi bilan maktablar rahbariyatlari tomonidan o'zlariga bo'layotgan bosimlar haqida shikoyat qilganlar.

Сурат манбаси, BBC.COM/UZBEK
"Markaziy Osiyo Uyushmasi" Jamiyatiga ko'ra, o'qituvchi va o'quvchilardan ro'molini yechish maqsadidagi bosimlar bir necha yildan buyon davom etayapti, misol sifatida Jizzax viloyatidagi Paxtakor tumanidagi vaziyat keltirilgan.
The Diplomatdagi maqolada yozilishicha, tuman maorif bo'limlari o'qituvchilardan ro'mollarini yechishni talab qilmoqdalar, talabga bo'ysunmaganlar "ishdan haydalasiz" degan tahdidga duch kelganlar.

Сурат манбаси, Screenshot thediplomat.com
Ro'molini yechishdan bosh tortgan o'quvchilar ancha vaqtdan buyon darsga qatnamay qo'yganlarini aytishgan jizzaxlik o'qituvchilar inson huquqlari tashkilotiga.
Sirdaryo tumanilik o'qituvchi bankdan kreditlari borligi, ishidan ajralsa, oilaviy moliyaviy ahvoli yomonlashishini aytgan.
"Bu qonuniy talabmi? Ular mening professional bilimim va pedagogik malakamni nazorat qilish o'rniga ro'molimni nazorat qilishlari qanchalar to'g'ri?", degan savolni qo'ygan Sirdaryo tumanilik o'qituvchi.
Ro'mol bilan bog'liq bosimlar nafaqat o'rta maktablarda, balki oliy ta'lim muassasalarida ham qayd etilgani aytiladi maqolada.
Misol tariqasida 2024 yil bahorida Toshkentdagi Nizomiy nomidagi Pedagogika Universitetida talabalarga bosimlar va Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti ko'zi ojiz talabasi Karomat Muqimova universitet yotoqxonasiga kiritilmagani hodisasi keltirilgan.
Maqolada O'zbekiston yangi Konstitutsiyasining 35-bandi va 2021 yil 26 iyunda qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun ro'molni taqiqlamasligi, biroq O'zbekiston rasmiylari eski qonunning "diniy libosda jamoat joylarida bo'lish taqiqlanadi" degan talabi bo'yicha ish ko'rayotganlari aytiladi.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002















