Rossiya hech kimga bildirmay yadroviy qurollarini yangilamoqda. Otish joyi Qozog‘iston yaqinida

Orenburg viloyatidagi "Yasniy" raketa otish bazasida barpo etilgan yig‘ish, sinovdan o‘tkazish korpuslari, yoqilg‘i quyish stantsiyasi va ma’muriy-mehmonxona majumasi

Surat manbasi, Wikimedia Commons/ISC Kosmotras

    • Author, Yangiliklar bo‘limi
    • Role, Bi-bi-si Rus xizmati
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Germaniyaning Spiegel jurnali xabar berishicha, Rossiya hukumati bir necha yildan buyon o‘z harbiy yadro ob’ektlarini keng ko‘lamda modernizatsiya qilish bo‘yicha yashirin ishlamoqda. Nashr Spiegel jurnalistlari Daniyaning mustaqil tadqiqot markazi Danwatch bilan hamkorlikda o‘tkazgan surishtiruv natijalarini e’lon qildi.

Nashr tushuntirishicha, ikkala tashkilot xodimlari Ural tog‘lari janubidagi Orenburg viloyatida joylashgan "Yasniy" parvoz bazasi misolida Rossiya yadro salohiyatining "ulkan modernizatsiyasi" qanday kechayotganini ko‘rsatuvchi yuzlab batafsil chizmalar va boshqa maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritishgan.

"Yasniy" – Rossiya hududidagi 11 ta nuqtadan biri bo‘lib, u yerdan uzoq masofali, shu jumladan, yadro kallakli raketalarni uchirishga mo‘ljallangan.

Shov-shuvli maqola mualliflari aytishicha, jurnalistlar jami "Danwatch ko‘p oylar davomida ommaviy ma’lumotlar bazasidan tizimli ravishda olgan Rossiya harbiy xaridlariga oid ikki milliondan ortiq hujjatni tahlil qilishgan."

"Rossiya hokimiyati ushbu bazaga kirishni asta-sekin cheklab bordi, – deydi mualliflar, – ammo biz turli raqamli texnologiyalar, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda joylashgan serverlar tarmog‘i yordamida bu cheklovlarni chetlab o‘tishga erishdik."

Iqtibos

Surat manbasi, .

Rossiya va Qozog‘iston hududi xaritasi va unda ko‘rsatilgan "Yasniy" raketa otish bazasi

Biroq, ish ko‘lamini jurnalistlar e’lon qilgan ushbu hududning bir necha yil farq bilan olingan sun’iy yo‘ldosh suratlarini taqqoslash orqali ham ko‘z bilan ko‘rish mumkin.

Ilgari yer yuzasida faqat "raketa shaxtasining qopqog‘i va past devor bilan o‘ralgan bir juft oddiy bino"ni ko‘rish mumkin bo‘lgan joyda, endi uchta yuqori kuchlanishli chegara bilan o‘ralgan butun harbiy majmualar paydo bo‘lgan.

Hamma joyga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan va zarur mudofaa choralari ko‘rilgan – masofadan boshqariladigan o‘t ochish nuqtalari, pistirma granatalar va zamonaviy havo hujumidan himoya tizimlari.

Kosmicheskie snimki dvux tochek zapuska raket, sdelannыe s raznitsey v neskolko let i demonstriruyuщie prodelannuyu za eto vremya rabotu
Surat tagso‘zi, Tadqiqot mualliflari chap tomondagi suratlar qachon tasvirga olinganini aniqlashtirmaydilar, biroq o‘ng tomondagi xaritalar 2024 yilga taalluqli

Ba’zi tasvirlarda ayrim binolarning aniq konturlarini ham ajratib olish mumkin – masalan, o‘ralgan hudud markazida joylashgan kuzatuv minoralari.

"O‘n yillar davomida tadqiqotchilar Rossiya yadro salohiyati rivojlanishini aynan shunday, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali kuzatib kelishgan," deb yozadi hokimiyatni suiiste’mol qilish, o‘g‘irlik va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega mavzular bo‘yicha surishtiruvlari bilan tanilgan Danwatch nashri.

"Ammo sun’iy yo‘ldosh tom ostiga ham, ayniqsa yer ostiga ham kira olmaydi. Shu bois ilgari yadro bazalarini kuzatish shu bilan cheklangan edi, – deya davom etadi Danwatch mualliflari. – Yaqin-yaqingacha shunday edi."

Sxema vnutrennego ustroystva nablyudatelnoy bashni, raspolojennoy na territorii odnogo iz ZATO — puskovoy bazы «Yasnыy»

Surat manbasi, Danwatch

Surat tagso‘zi, Tadqiqotchilar "Yasniy" otish bazasi ichida joylashgan binolarning loyiha chizmalarini qo‘lga kiritganlar. Mana bu kuzatuv minorasining kesimi

Endi esa, Rossiya kuch tuzilmalaridan maxfiy hujjatlarning "ulkan sizib chiqishi" natijasida, jurnalist-surishtiruvchilar yopiq hududda aynan nimalar joylashgani, bu ob’ektlar qanday tuzilgani va ularning qo‘riqlanishi qanday amalga oshirilishi haqida ancha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Jurnalistlar qo‘lida "Vladimir Putinning rejalarini o‘rab turgan sir pardasini birinchi marta ko‘tarish" imkonini beruvchi "yangi bazalarining yuzlab batafsil chizmalari" bor.

"Ushbu chizmalar yordamida biz birinchi marta binolarning ichiga nazar solishimiz va hatto yer ostiga kirishimiz mumkin, – deydi Danwatch hammuassisi va yadro quroli bo‘yicha dunyodagi yetakchi ekspertlardan biri Hans Kristensen. – Bu mutlaqo misli ko‘rilmagan holat."

Vnutrennee ustroystvo korpusov

Surat manbasi, Danwatch

Putinning tahdidlari reallikka aylanmoqda

Surishtiruvda eslatilganidek, 2018 yil 1 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvada shov-shuvli nutq so‘zlab, mamlakatni G‘arb bilan qurollanish poygasida bir qadam oldinga olib chiqadigan bir qator yangi yadro qurol tizimlari yaratilganini e’lon qilgan edi.

"Hech kim bizni eshitishni istamadi, – degan edi o‘shanda Putin. – Endi eshitasiz."

O‘shanda Rossiya prezidenti sukut saqlagan narsa – bu Rossiya yadro qurollari majmuasini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish edi.

Modernizatsiya rejasini ishlab chiqishga 10 yildan ko‘proq vaqt ketgan – biroq Putin Moskvadagi nutqini so‘zlaganida, bu ish (shu jumladan, "Yasniy"da ham) allaqachon qizg‘in davom etayotgan edi.

Jurnalistlar o‘rgangan yuz minglab hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda butun Rossiya bo‘ylab yangi harbiy ob’ektlar qurilgan.

Sovet davridagi eski bazalar deyarli qayta qurildi: ularning hududida allaqachon yuzlab yangi kazarmalar, kuzatuv minoralari, boshqaruv markazlari va omborlar barpo etilgan, ular orasida korpuslarni bog‘lovchi umumiy uzunligi bir necha kilometrga cho‘zilgan yer osti tunnellari qazilgan.

Plan-sxema zdaniya na territorii ZATO

Surat manbasi, Danwatch

Surat tagso‘zi, "Yasniy" bazasi ichida barpo etilgan korpuslardan birining chizmasi

Bi-bi-si harbiy sharhlovchisi Pavel Aksenovning tahlili:

Spiegel va Danwatch nashrlarida e’lon qilingan hujjatlarda Rossiya harbiy ob’ekti hududidagi binolardan birining chizmalari bor. Binoning vazifasini aniq belgilash qiyin, biroq uning rejasida "boshqaruv pulti" va qorovulxonalar ko‘rsatilgan.

Bu nashrda tilga olingan bir qator harbiy ob’ektlarda joylashgan ko‘plab inshootlardan biridir. Ulardan qaysi birining rejasi jurnalistlarga ma’lum bo‘lgani noma’lum. Biroq, xorijiy davlatda bunday chizmalarning mavjudligi Strategik raketa kuchlari bazalari xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.

Statsionar yadro ob’ektlari, masalan, shaxtali parvoz qurilmalari yoki jangovar zaryadlar omborlari havo hujumlaridan yaxshi himoyalangan. Ular yuqori aniqlikdagi raketa zarbasiga ham, yaqin atrofdagi yadro portlashiga ham bardosh bera oladi, deb hisoblanadi.

Shaxta inshootlarining joylashuvi potentsial dushmanga ma’lum bo‘lib, ularning xavfsizligi faqat mustahkamligi va yer ostida chuqur joylashganligi bilan ta’minlanadi.

Bu ularning bunday tahdidlardan unchalik yaxshi himoyalanmagan, ammo manyovrchanlik va harakat yashirinligi tufayli ustunlikka ega bo‘lgan ko‘chma parvoz tizimlaridan farqidir.

Statsionar ob’ektlar esa nafaqat raketa zarbalari, balki maxsus kuchlarning ehtimoliy diversiyalari uchun ham zaif hisoblanadi.

Sxema yeщe odnogo zdaniya na territorii ZATO

Surat manbasi, Danwatch

Surat tagso‘zi, Yaqinda qurilgan korpuslardan birining chizmasi

Aynan shu sababli bunday ob’ektlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘linmalar va boshqa kuch tuzilmalari qo‘riqlaydi. Agar bunday ob’ektlarning chizmalari ochiq foydalanishga tushib qolsa, bu nazariy jihatdan ularning hududiga bostirib kirishga urinishga tayyorgarlikni osonlashtirishi mumkin.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, g‘arblik jurnalistlar qo‘liga tushgan ob’ektlardan biri Rossiya-Qozog‘iston chegarasidan atigi 30 kilometr narida joylashgan.

Bu davlat Rossiya bilan yaxshi munosabatda va uning hududidan yadro ob’ektlariga hujum qilinishini tasavvur qilish qiyin.

Ammo bunday ob’ektlar, hatto shunday ehtimoli past stsenariyni hisobga olganda ham, joylashuvi fosh bo‘lib qolganining o‘zi Rossiya harbiylarini jiddiy tashvishga solishi kerak.